«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
230
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro stan-
dartlarini joriy etish jarayonlarini takomillashtirishda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’min-
lash masalalari va ularning maqbul yechimlari haqida amaliy tahlil keltirilgan.
Kalit so
‘
zlar:
Xalqaro moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari,
buxgalteriya hisobining milliy standartlari, audit, ACCA.
Kirish
So‘nggi yillarda respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy sub’yektlarn-
ing xorijlik hamkorlar bilan xalqaro aloqalar doirasi sezilarli darajada kengaymoq-
da va o‘z- o‘zidan buxgalteriya hisobotlaridan xorijiy foydalanuvchilar hajmi ham
ortmoqda. Shu munosabat bilan BHMS bо‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarni
kompaniyalarning aksiyalari xalqaro fond bozorlarida kotirovka qilinadigan aksi-
yadorlik jamiyatlari uchun MHXS( Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) ga
muvofiq о‘zgartirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga
kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxas-
sislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish rivojlanib
borayotgan davlatlarning oldida turgan asosiy vaziflardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonlaridan keng islohotlar, bir-
muncha yangi loyihalar amalga tatbiq qilinmoqda.
Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 24-fevralda “Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror
qabul qilinishi va unga binoan, 18 ta banddan iborat “ Yo‘l xaritasi” tasdiqlangani
yurtimizda ushbu yo‘nalishda ham jiddiy ishlarga qo‘l urilayotganidan dalolat beradi,
Albatta, bu – oqilona yo‘l. Ta’kidlash joizki, biz xalqaro doiraga, jahon bozoriga inti-
layotgan ekanmiz, faoliyatimiz ham xalqaro standartlarga mos bo‘lishi lozim.
YUNUSOVA MAFTUNA BAXODIROVNA
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti 3- bosqich talabasi
Mbaxadirovna7@gmail.com
MOLIYAVIY HISOBOTNING
XALQARO STANDARTLARINI
JORIY ETISH JARAYONLARINI
TAKOMILLASHTIRISHDA
TA’LIM VA AMALIYOT
UYG‘UNLIGINI TA’MINLASH
MASALALARI
https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-5-pp228-230
STARS International University
231
Jumladan, MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning mu-
vaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit
sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlar-
ini (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) hamda sohaga
oid oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro ak-
kreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashki-
lotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of
Chartered Certified Accountants — ACCA) va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorliklar
kengaytirilmoqda, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarida, oliy ta’lim muassa-
salarida ta’lim va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanmoqda. Bu sohaga qiziqqan yosh-
larga keng imoniyatlar bilan birgalikda bo‘sh ish o‘rinlari ham taklif etish ko‘zda
tutilgan.
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z ochganda, muhtaram
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bu borada yangilangan qarorlarini ta’kidlash
joiz. Prezident qaroriga binoan:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buxgalterlar va auditorlar respublika
jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tash-
kilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustu-
vor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS bo‘yicha mavjud kadrlar salohi-
yatini o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy
tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma olib
borishi shart.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis
instituti, Farg‘ona politexnika institutining (keyingi o‘rinlarda – tajriba-sinov oliy
ta’lim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xo-
dimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtiril-
gan tarzda o‘qitish jadvalini tasdiqlashi kerakliligi ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir
qatorda, Moliyaviy hisbotning xalqaro standartlari, Auditning xalqaro standartlari,
Tijorat banklarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Budjet hisobining
xalqaro standartlari kabi fanlar bo‘yicha o‘quv va ishchi o‘quv dasturi(syllabus)
lari ishlab chiqilib, amaldagi o‘quv rejalari tarkibiga kiritilib, o‘qitilishi yo‘lga qo‘yil-
di. Buxgalteriya hisobi, audit sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda to‘liq
xalqaro tajriba atroflicha o‘zlashtirildi.
Talabalarning son emas, sifatini yaxshilash maqsadida 2020-yil 31-dekabrga qa-
dar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha
xalqaro tajribani o‘rganish natijalari asosida “Buxgalteriya hisobi va audit” bakala-
vriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoni-
yati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi kerakliligi yuklatilgan.
Hozirgi kunda tatbiq qilingan imkoniyatlarni ko‘rishimiz mumkin, bunga misol
qilib, bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgal-
teriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutu-
vchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlanib, belgilangan tartibda ta’lim jarayo-
niga joriy etilmoqda.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish jarayonlarini takomillasht-
irishda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov tariqasi-
da oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi
«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli
xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.
232
xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loy-
ihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassa-
salarida joriy etish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan bir qatorda “Buxgalteriya hi-
sobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan
o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishi ta’minlangan, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalarining buxgalterlarini xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan
o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi va doimiy ravishda ularni yangilab borish
yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mamlakatimizda yuksak ilm salohiyatli pedagog kadrlar bilan bir qatorda shu
sohaga qadam qo‘yayotgan yoshlarni ko‘paytirish maqsadida MHXS va auditning
xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya
hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari
tomonidan amalga oshirilmoqda. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari lit-
senziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda
tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va
AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turla-
rini amalga oshirish huquqiga egadir.
Ta’limni haqiqatda sifatli olib borish hamda malakali kadrlar yetishtirish maq-
sadida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqi-
yatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega
bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilmoqda hamda kadrlar tayyorlash borasida
yana bir muhim jihatga to‘g ‘ri yondashilgan. U ham bo‘sa, xalqaro buxgalter sert-
ifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Bux-
galteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan
to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqining berilganligidir. Bu kadrlar tayyorlashning
uzviyligini ta’minlaydi.
Xulosa.
Keng ko‘lamli olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim va amaliyotni
teng ravishda olib borish, malakali kadrlarni tayyorlash asosiy masala hisoblanadi.
Shunday ekan, biznes sub’yektlarining xalqaro biznes almashinuvi jarayonida o‘z
nomidan axborotlar oqimini barcha uchun tushunarli hamda aniq shakllarda ochib
berishga qodir bo‘lgan buxgalteriya hisobi, audit sohasini moliyaviy hisob xalqa-
ro standartlariga to‘la javob bera oladigan darajaga keltirish, malakali kadrlarni
tayyorlash ustuvor vazifamiz bo‘lmog‘i darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘
yxati:
PQ-4611-сон 24.02.2020. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (lex.uz)
“ Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari” . Tarjima, A. Rizaqulov, B. Xasa-
nov, A. Usanov, Z. Mamatov. T.: - 2004
“Moliyaviy hisob” I. Ochilov, D. Azlarov 2004
M. Bonham and others. Generally accepted Accounting practice under IFRS.
Ernst&Young LLP, United States, 2010. – part 1. p
