Raqamli iqtisodiyot sharoitida chakana savdo korxonalarida xalqaro va raqamli marketing

CC BY f
289-296
11
14
Поделиться
Розиматов, Ш. (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida chakana savdo korxonalarida xalqaro va raqamli marketing. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 289–296. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp289-296
Шохбоз Розиматов, Ташкентский государственный экономический университет

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Chakana savdoda raqamli marketingni joriy etish va mavjudlarini baholash, raqobatdan aynan raqamli marketingning, o‘sib borayotgan internet foydalanuvchi- lari, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatimizga kirib kelish va ta’siri, elektron savdo, e-tijoratning ijobiy va salbiy taraflari xorijiy chakana brendlari misolida yoritildi. Shuningdek, e-tijoratda foydalanish uchun tavsiya va takliflar keltirilib o‘tildi.


background image

STARS International University

289

Annotatsiya:

Chakana savdoda raqamli marketingni joriy etish va mavjudlarini bahol-

ash, raqobatdan aynan raqamli marketingning, o

sib borayotgan internet foydalanuvchi-

lari, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatimizga kirib kelish va ta’siri, elektron
savdo, e-tijoratning ijobiy va salbiy taraflari xorijiy chakana brendlari misolida yoritildi.
Shuningdek, e-tijoratda foydalanish uchun tavsiya va takliflar keltirilib o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

raqamli marketing, e-tijorat, chakana savdo, brend, brending, samarador-

lik, naflilik, istemolchi, sotuvchi, ta’minotchi. B2B, B2C.

Kirish

Pandemiya bilan bog‘liq blokirovkalar raqamli xaridlarning global o‘zgarishiga

olib keldi. Ko‘plab do‘konlar endi chakana savdo sohasida raqamli marketingni
o‘rganishga va pandemiya davrida o‘z biznesini saqlab qolish uchun raqamli
xaridlar va marketing strategiyalariga muhjot edi, chunki uzoq muddatli pandemiya
har qanday biznesning chegarisi va imkoniyatlarini qay darajada ekanini ko‘rsatib
berdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra

respublikamizda chakana savdo aylanmasi 2018-yilda 133 195,2 mln so‘m,

2019-yilda 166 094,4 mln so‘m, 2020-yilda 199 518,8 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich joriy yilning iyul oyiga kelib, 159 939 839,8 mln so‘mni tashkil etmoqda

1

.

Bu O‘zbekistondagi savdo aylanamasi va chakana savdodagi o‘sishlarni ko‘rsatadi.
Pandemiya zararli oqibatlar bilan bir qatorda o‘zi bilan ishlab chiqaruvchilar va
xizmat ko‘rsatuvchilarga masofdan turib ishlash va raqamlashtirishning ayni shart
va sharoitlarini olib keldi.

Hozirgi zamonda internetsiz dunyoni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda

butun dunyo bo‘ylab jami 5,03 milliard odam internetdan foydalanadi - bu butun
dunyo aholisining 63,1 foiziga teng

2

. Internet ma’lumot almashish va tarqatish

1

Super. (n.d.). Chakana savdoning asosiy ko‘rsatkichlari. Ichki savdo aylanmasi. Retrieved August 18, 2022, from https://

www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/internal-trade

2

Digital around the world - datareportal – global digital insights. DataReportal. (n.d.). Retrieved August 20, 2022, from

https://datareportal.com/global-digital

RAQAMLI IQTISODIYOT
SHAROITIDA CHAKANA
SAVDO KORXONALARIDA
XALQARO VA RAQAMLI
MARKETING

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 2 8 7 - 2 9 4

RO‘ZIMATOV SHOHBOZ HAMDAMBEK O‘G‘LI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch
doktoranti, O‘zbekiston,
shohboz2610@gmail.com


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

290

uchun asosiy markazga aylandi - u oilaviy, fan va siyosatdagi yangiliklar yoki
do‘stlar o‘rtasidagi o‘yin-kulgi haqida yangiliklarni ulashadi. Bundan ko‘rinadiki
raqamlashtirilgan har qanday faoliyat va xizmat turi o‘z mijozlariga o‘z vaqtida
yetib bora oladi va bu masofa va vaqtning qaysi qismiga qaramasdan oson egasi
yetkaziladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Mahalliy olimalarimizdan Sh. Dj. Ergashxodjayeva o‘zining “Strategik Market-

ing” nomi darsligida Marketingda kommunikatsiyaning roli haqida amaliy takliflar
va uning yaratilish bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tgan. Unga ko‘ra, olima kom-
munikatsiyaning bosqichlarini bir nechta davrga bo‘ladi

1

: 1950-1960-yillar tizim-

siz kommunikatsiya bosqichi, 1960-1970-yillar tovar kommunikatsiyasi bosqichi,
1970-1980-yillar maqsadli guruh kommunikatsiyasi bosqichi, 1980-1990-yillar
raqobatli kommunikatsiya bosqichi, 1990-2010-yillar raqobatli va integratsiyalash-
ga kommunikatsiya bosqichilariga ajratgan holda kommunikatsiyaning ahamiyati
va yaratilish davrlari haqida keng fikr va mulohazalar olib borgan.

G. Maxmudova o‘zining “Moliyachi ma’lumotnomasi” jurnalida nashr etilgan

“Raqamli iqtisodiyot va unda elektron tijoratning o‘rni”da raqamli iqtisodiyot-
ning va raqamli sotishning bir qancha avzalliklari va shu bilan bir qatorda salbiy
oqibatlari haqida izlanishlar olib boradi

2

. Bunda sotib olinayotgan mahsulotning

iste’molchi tomonidan bevosita ko‘ra olmasligi natijada esa mahsulot u istagan-
idek chiqmasligi bundan tashqari qaysidir ma’noda bu savdo turi an’anaviy sotish
turini bozordan siqib chiqarishi, bir so‘z bilan online savdo jozibali firibgarlikka olib
kelishi mumkin degan firkni ilgari surgan.

V. Shankar o‘zining “Texnologiya chakana savdoni qanday o‘zgartirmoqda”

nomli maqolasida zamonaviy texnologiyalarning chakana savdoga ta’siri haqida
va aynan istemolchi, sotuvchi, ta’minotchi va ish beruvchilarga qanday ta’sir qilishi
mumkinligi haqida yozadi

3

.

Z.A. Xakimov va U. U. Sharifxodjaevlar o‘zlarining “Interaktiv va Raqamli mar-

keting” nomli talabalar uchun o‘quv qo‘llanmasida O‘zbekistonda raqamli iqtisodi-
yotni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, Virtual bozorda raqamli marketing ko-
munikatsiyalari va ularning o‘ziga xosligi bo‘yicha 3 ta turga ajratib keng yoritib
beradi

4

. Ushbu adabiyotda olimlar interactive va raqamli marketing strategiyasini

ishlab chiqish haqida bir qancha amaliy takliflarni ilgari surishgan

5

.

Dinesh K. Gauri “Chakana savdo formatlarining evolyutsiyasi: o‘tmish, hozirgi va

kelajak” nomli maqolasida, ajoyib go‘yani ilgari surafi unga ko‘ra chakana savdo
brendlari o‘z mijozlari uchun online xaridlarda iste’molchining manziliga yetkazib
berish yoki belgilangan vaqtda do‘kondan yoki begilangan maxsus joydan olib
ketishi uchun yaratilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlar haqida amaliy takliflar bergan.

1

Sh. Dj. Ergashxodjayeva. (2019). In Strategik marketing (pp. 182–185). story, Toshkent, Iqtisodiyot.

2

Guljahon Maxmudova. (2021). Raqamli iqtisodiyot va unda elektron tijoratning o‘rni. Moliyachi Ma’lumotnomasi, 7–8

bet(https://www.researchgate.net/publication/356587381).

3

Shankar, V., Kalyanam, K., Setia, P., Golmohammadi, A., Tirunillai, S., Douglass, T., Hennessey, J., Bull, J. S., &

Waddoups, R. (2021). How technology is changing retail. Journal of Retailing, 97(1), 15–17. https://doi.org/10.1016/j.jre-
tai.2020.10.006.

4

Z.A. Xakimov, U. U. Sharifxodjaev. (2020). In Interaktiv va Raqamli marketing (pp. 21–25).O‘quv qo‘llanma, Toshkent,

Iqtisodiyot.

5

Z.A. Xakimov, U. U. Sharifxodjaev. (2020). In Interaktiv va Raqamli marketing (pp. 89-93).O‘quv qo‘llanma, Toshkent,

Iqtisodiyot.


background image

STARS International University

291

Bundan tashqari u 2020-yilning aprelda oyida online savdolarning shu yilning
o‘tgan oyiga nisbatan 37% ga oshganini aniq faktlar misolida keltirib beradi

1

.

Yuqoridagilarga asoslangan holda bugungi kunda o‘z brendini yaratmoqchi

bo‘lgan chakana savdo vakillari mijozlar bilan istalgan vaqt va sharoitda mulo-
qot o‘rnatishi uchun, har bir jarayonni tezkorlik bilan tahlil qilish va qaror qabul
qilishda ayniqsa mijozlar sonini ko‘payganda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni
beqiyosdir.

Tadqiqot metodologiyasi

Chakana savdo korxonalarida zamonaviy marketing strategiyalari va kommu-

nikatsiya vositalaridan foydalanishni samaradorligini o‘rganish bo‘lib, bu chakana
savdo korxonalarida brend strategiyasini yaratishda raqamli marketingni samara-
dorlik darajasini oshirishning asosiy tizimlarini yanada rivojlantirishni asosiy yo‘nal-
ishlarini aniqlashda yordam beradi.

Chakana savdo korxonalarida raqamli marketing texnologiyalaridan keng

ko‘lamda foydalanish iste’molchilar bilan yuzaga keladigan muammolar, ortiqcha
sarf-xarajatlar, xizmatning yanda sifatli va tez yetkazilishida va qolaversa, iste’mol-
chilarning talablarini istalgan vaqt-makonda tez o‘rganib bartaraf etishda naflilik
darajasinining ahamiyati yoritildi. Chakana savdo korxonalarida raqamli market-
ingning joriy etishning asosiy maqsadi faqatgina inson omilini kamaytirib, rent-
abellikni oshirishda iborat emas, balki xizmat ko‘rsatuvchining cheklangan vaqt
ichida maqsimal darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishi va talablarni maqsimal
darajada qondirish va iste’molchi moyilligini oshirish va chakana savdo korxonala-
rining o‘z iste’molchilari uchun BREND darajaga chiqishdir.

Tahlil va natijalar

Raqamli marketing- axborot tizimlari yanada rivojlanib borayotga jamiyat-

da chakana savdo korxonalarining keyingi marketing va brend strategiyalari-
ni yaratishdagi eng asosiy qurol hisoblanadi. Statisrik ma’lumotlarga qaraganda
birgina ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning soni 4.70 milliardni tash-
kil qilmoqda. Bu yer yuzidagi barcha odamlarning 59,0 foiziga teng va Internet
foydalanuvchilarining deyarli 94 foizi har oy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini
ko‘rsatadi. Oxirgi 12 oy ichida butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchi-
lari soni 5 foizdan sal ko‘proqqa oshdi. 2021-yilning iyulidan 2022-yilning iyuliga
qadar ijtimoiy tarmoqlarga 227 million yangi foydalanuvchi qo‘shildi, bu har kuni
620.000 dan ortiq yangi foydalanuvchilarning o‘sishiga teng. Kontekstga kelsak,
bu shuni anglatadiki, ijtimoiy media foydalanuvchilari hozirda har soniyada 7 dan
ortiq yangi foydalanuvchi tezligida o‘sib bormoqda.

Mobil telefondan foydalanishning doimiy o‘sishi raqamli qabul qilish va faollikni

oshirishga yordam beradi. So‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirda dunyo
aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i mobil telefondan foydalanadi, “Shaxsiy”
mobil telefonlaridan foydalanuvchilar soni 2022-yil iyul oyida 5,34 milliardga yetdi.
O‘rtacha global internet foydalanuvchilari har kuni deyarli 7 soatdan vaqtini Inter-
netda o‘tkazadi (1 diagramma).

1

Gauri, D. K., Jindal, R. P., Ratchford, B., Fox, E., Bhatnagar, A., Pandey, A., Navallo, J. R., Fogarty, J., Carr, S., &

Howerton, E. (2021). Evolution of retail formats: Past, present, and future. Journal of Retailing, 97(1), 54–55. https://doi.
org/10.1016/j.jretai.2020.11.002.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

292

Bundan tashqari, dunyo Internet foydalanuvchilari 2022-yilda 1,4 milliarddan or-

tiq insoniyat mavjudligini onlayn tarzda o‘tkazadilar

1

.

Diagramma 1. Muhim raqamli xisoblar.

Bu shuni anglatadiki, insoniyat soniya sayin raqamli texnologiyalar va sun’iy in-

tellekt foydalanuvchisiga aylanmoqda. Shu bilan bir qatorda chakana savdodagi
texnologiyalar ham o‘z strategiyalarini aynan raqamli marketinga moslashtirmoq-
da va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirmoqda. Ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida raqamli marketingning ham ko‘plab turlari mav-
jud. Va agar raqamli marketingning eng so‘nggi usullaridan foydalanilmasa bu,
raqobatchilariga yaxshi imkoniyat demakdir. Raqamli marketingni eng samarali
ko‘rinishlaridan bir bu aynan elektron tijoratdir. O‘zbekiston bozoridagi chaka-
na savdo korxonalarida raqamli tizimlashtirishni o‘rganish maqsadida kichikroq
bo‘lgan iste’molchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda jami 555 da iste’molchi
qatnashdi va ular bir necha yosh doirasida segmentlandi(2-diagramma). Shun-
dan ayollar 27 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, erkaklar eng katta ko‘rsatkichni, ya’ni
73% ni tashkil qildi. So‘rovlarda yosh jihatdan hozirda Uchinchi renessans vakil-
lari deb hisoblanayotgan yoshlar yetakchilik qildi. Bu shuni anglatadiki, hozirda
aynan 13 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar raqamli texnologiyalardan keng
foydalanmoqda.

1

10 Digital around the world - datareportal – global digital insights. DataReportal. (n.d.). Retrieved September 1, 2022,

from https://datareportal.com/global-digital.


background image

STARS International University

293

Diagramma 2. Yosh bo‘yicha segmentatsiya

1

So‘rovnoma davomida ya’na shu aniqlandiki, so‘rovnomada qatnashganlarn-

ing 41% (226) ijtimoiy tarmoqlarning Instagramm, Youtube va Facebookdan
keng foydalansa, 25% (138) esa faqat Instagrammdan, 16.9% (93) faqat mes-
senjerlardan, 8.5% (45) Youtubedan foydalansa, boshqa ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish ko‘rsatkichlari mos ravishda 1.1%, 4%, 3.1%, 0.4% ni tashkil qilmo-
qda. Ushbu tahlillar shuni anglatadiki, hozirda yoshlar orasida ijtimoiy tarmo-
qlardan foydalanmaydiganlar soni ancha kam bo‘lib, bu- chakana savdo brend-
lari tomonidan taklif etilayotgan reklamalar va online xizmatlar o‘z egalariga
yetishi mumkinligini anglatadi. So‘rovlar natijasida yana shu narsa aniq bo‘ldi-
ki, qatnashchilarning 52.2% o‘zlari savdo qiladigan chakana savdo do‘konlar-
ining reklamalarini ijtimoiy tarmoqlardan ko‘rib borishgan bo‘lsa, 17.6% o‘zlari
savdo qiladigan chakana savdo do‘konlarining reklamalarini ijtimoiy tarmo-
qlarda ko‘rishmagan va 18.3 % reklamalarni ko‘rishni xohlamasligi aniqlandi.

6.2 % qatnashchilar esa kulgili va ko‘ngilochar reklamalarni doimiy kuzatishini
bildirgan bo‘lsa, 5.7% esa jiddiy va ta’sirli reklamarga qiziqishini ma’lum qilgan. Bu
shuni anglatadiki, chakana savdo vakillari o‘z reklamalarini joylashtirganda ushbu
talablarni inobatga olishlari zarur.

Hozirgi kunda deyarli barcha chakana savdo vakillari o‘zlarining web sitelari-

ga egalar ammo ularning hammasi ham talabga javob beradimi degan savol ham
mavjud. Ushbu savollarga javob topish maqsadida so‘rovnomada chakana savdo
vakillarining websitedan foydalanish borasada so‘rov o‘tkazdik. Unga ko‘ra qat-
nashchilarning 48.2% deyarli hechqaysi chakana savdo vakillarining websitedan
foydalanmaganini ta’kidlab o‘tgan bo‘lsa, 13.6% esa websitedan hech qanday foy-
da yo‘q deb hisoblashgan. Shunday bo‘lsa-da, qolgan ishtirokchilar turli brend da-
rajadagi chakana savdo vakillarining websitedan foydalanishar ekan (3-diagram-
ma).

1

Muallif tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ishlangan.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

294

Diagramma 3. Chakana savdo brendlarining websitedan foydalanish

Zamonaviy chakana savdo vakillari an’anaviy savdo vakillaridan o‘zlarining

yangicha qarashlari va zamonaviy raqamli marketingdan foydalanish orqali farq
qilishni va raqobat quroli faqat sifat va narxda emas, degan qarashlari sabab
o‘zgara oldi. Yuqoridagilardan ham ko‘rinib turibdi, o‘zbekcha savdo brendlari
iste’molchilarning katta qismi hanuzgacha o‘zlari sevib xarid qiladigan chakana
savdo vakillarining websitedan foydalanish va online xizmatlar sifati va qulayligi
haqida salbiy fikrda. Zamonaviy chakana brendlari sotishlarni faqat bevosita mi-
jozlar bilan yuzma-yuz turib emas, balki masofadan online ham amalga oshirishni
boshlashdi. E-tijorat raqamli marketingning eng yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘lib,
bunda iste’molchilarga yetkaziladigan xizmatlar maksimal darajada raqamlash-
itiraldi. Bunda to‘lovlar, mahsulot turi, sifati, narxi va hattoki yetkazishning si-
fat va xizmat darajasini ham bevosita iste’molchining o‘z har qanday makon va
sharoitda amalga oshirishga qodir bo‘lmoqda. E- tijorat va an’anaviy xaridning
ham asosiy farqi ham shundan iborat. Mahalliy iste’molchilarimiz orasida o‘tkazil-
gan so‘rovlarda aniqlanishicha, 78.1 % (422) ishitorkchi an’anaviy savdoni online
savdodan afzal ko‘rgan va buning eng muhim sabablari sifatida esa xarid qilin-
adigan mahsulotning sifati, mosligini bir so‘z bilan aytganda uni his qilishning
muhimligini ta’kidlashgan. Bundan tashqari mahsulotni xarid qilganda uning asli
ko‘rinishidek bo‘lmasligi, ya’ni reklamada ko‘ringan mahsulot yoki tovar emasligi
uchun ham online xaridlar haqida salbiy fikr bildirilgan. Vaqt va narx ham keyingi
darajadagi va lekin inobatga olinishi zarur bo‘lgan omillardan biri sifatida qaral-
gan, ya’ni mahsulot yetkazish vaqti keragidan ortiq vaqt talab qilsa, uning narxi
ham qimmatligi ta’kidlangan.

Shunga qaramay, so‘rovnoma 21.9% (118) iste’molchi online xaridni afzal ko‘ri-

shi aniqlandi va ularning fikricha, vaqtning va sharoitning aynan qandayligidan
qat’i nazar, zaruriy xizmat yoki mahsulotni xarid qilish, mumkinligi bu yo‘qotilish
mumkin bo‘lgan vaqtdan ustun emasligi aniqlandi. Online xizmatlarning hozir-
da iste’molchilar tomonidan eng yaxshi yo‘lga qoyilgani va keng foydalanilayot-
gan turlari Fast foodlar va milliy taomlar qaralgan bo‘lsa (23.9%), kiyim-kechak-
lar (19.6%), maishiy texnikilar (10.5 %), kitoblar xaridi (7.9%), shirinliklar savdosi
ham kichik bo‘lsa o‘z o‘rniga ega (1.1%). Qolgan iste’molchilar esa online xariddan
an’anaviyni ustun ko‘rishgan. Bundan ko‘rinadiki, hali chakana savdo brendlarim-


background image

STARS International University

295

izda online savdo va xizmatlar yetarli darajada sifatga ega emas. Tahlillar shuni
ko‘rsatdiki, mahalliy brendlarimizda online savdo va xizmatlar sifati o‘rtacha da-
rajada deb hisoblash mumkin (4-diagramma).

Diagramma 4. E-tijoratni baholash darajasi

Online xizmatlar va savdolar bilan bir qatorda an’anaviy savdo hamda raqamli

o‘zgarishlar bor, jumladan: avval to‘lovlar faqat naqd va plastik kartadan amalga
oshirilgan bo‘lsa, hozir telefon orqali Click, Payme, Apelsin va boshqa ko‘plab tur-
dagi shunga o‘xshash ko‘plab turdagi maxsus dasturlar orqali amalga oshirilmo-
qda. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, har qanday yangi xizmat yoki mahsulot
turi albatta iste’molchilarning sinovidan o‘tishi va talablariga javob berishi lozim.

Xulosa va takliflar

Amazon chakana savdo sohasida brendlar uchun eng yaxshi mash’hur vakil-

li bo‘lib qolsa-da, Walmart o‘zining raqamli marketing taklifiga katta sarmoya
kiritib, tezda bozor ulushini qo‘lga kiritmoqda. Walmart o‘tgan yili reklamadan 2,1
milliard dollar ishlab oldi

1

, buning asosiy qismi Walmart Connect raqamli chaka-

na tarmog‘i tufayli. Bundan tashqari Walmart o‘zining sayti orqali ham bevostia
savdo amalga oshirib yetkazish, do‘kondan yoki maxus joydan olib ketish va hat-
toki mahsulotni ko‘chirish xizmatini yo‘lga qo‘yib, B2B va B2C da ham dunyoda
yetakchilikni qo‘lga olmoqda. Walmart misolida biz yangi shakllanayotgan milliy
chakana savdo brendlarni zamonaviy marketing strategiyalari va raqamli inte-
gratsiyalar yordamida jahon standartlariga mos keladigan brendlar chiqishiga
erisha olamiz.

Bungungi kunda chakana savdo brendlari B2B va B2Cdagi eng faol korxo-

nalar hisoblanadi, chunki ularda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi brendlarn-
ing mahsuloti sotiladi. Shunga qaramasdan o‘tkazilgan kichik guruh doirasidagi
so‘rovlardan ko‘rinip turibdiki, mahalliy chakana savdo vakillarimiz o‘z faoliyatida
raqamli marketingdan foydalanishlari va mavjudini yanada takomillashtirishlari

1

Bernat, K. (2022, August 12). Walmart Marketplace Advertising: Digital Retail Media Growth Opportunity. Wpromote.

Retrieved September 5, 2022, from https://www.wpromote.com/blog/amazon-marketing/walmart-growth-opportunities


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

296

lozim. Xaridlarni amalga oshirishda jahon tajribalaridan Amazon.com, Walmart.
com, eBay, Google shopping shu kabi mash’hur chakana savdo vakillarining e-ti-
joratdagi platformalarini alohida e’tiborga olish lozim.

Yuqoridagi tahlillarga asoslanib chakana savdoda raqamli integratsiyasiz raqo-

batda ustun kelinmasligi va iste’molchilar moyilligini oshira olmasligi aniqlandi.
Har qanday biznesda bo‘lgani kabi chakana savdoda ham mobil ilovalardan, ijti-
moiy tarmoqlarida, website va elektron pochta orqali savdolarni amalga oshirish
yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari do‘konlarning o‘zida sotuvchisiz o‘z o‘zi-
ga xizmat ham ortiqcha navbatlarning oldini olishga xizmat qiladi. O‘tkazilgan
so‘rovnomaning so‘ngida istemolchilarni navbatlar haqida fikri o‘rganildi unga
ko‘ra deyarli 29 % istemolchi ortiqcha navbatlar borligini takidlagan. Shu sabab-
dan sotuchisiz- raqamli savdo xizmati mijozlarning ortiqcha vaqtini olmaslik va
ishonchni mustahkamlshga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.Sh. Dj. Ergashxodjayeva. (2019). In Strategik marketing (pp. 182–185). story,

Toshkent, Iqtisodiyot.

2.Z.A. Xakimov, U. U. Sharifxodjaev. (2020). In Interaktiv va Raqamli marketing

(pp. 89-93).O‘quv qo‘llanma, Toshkent, Iqtisodiyot.

Guljahon Maxmudova. (2021). Raqamli iqtisodiyot va unda elektron tijoratning

o‘ni. Moliyachi Ma’lumotnomasi, 7–8 bet (https://www.researchgate.net/publica-
tion/356587381).

Shankar, V., Kalyanam, K., Setia, P., Golmohammadi, A., Tirunillai, S., Douglass, T.,

Hennessey, J., Bull, J. S., & Waddoups, R. (2021). How technology is changing
retail. Journal of Retailing, 97(1), 15–17. https://doi.org/10.1016/j.jretai.2020.10.006.

Gauri, D. K., Jindal, R. P., Ratchford, B., Fox, E., Bhatnagar, A., Pandey, A., Na-

vallo, J. R., Fogarty, J., Carr, S., & Howerton, E. (2021). Evolution of retail
formats: Past, present, and future. Journal of Retailing, 97(1), 54–55. https://doi.
org/10.1016/j.jretai.2020.11.002.

3.Kapferer, Jean-Noël. New strategic brand management : creating and sustain-

ing brand equity long term / JeanNoël Kapferer. – 4th ed. p. cm.(Includes bibli-
ographical references and index. ISBN-13: 978-0-7494-5085-4 2008.

4.Sh.Dj. Ergashxodjayeva Marketing darslik IQTISODIYOT Nashr yili: 2018.
5. Sh.D. Ergashxodjaeva, ,I.Nematov Brendni Boshqarish. O‘quv Qo‘llanma. Iqti-

sodiyot Nashr Yili: 2019

6.M.A. IKRAMOV, S.A. ESHMATOV, J.G. JALILOV BRENDING o‘quv qo‘llanma.

Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uvi Nashr yili: 2021 .

7. M. Qosimova, Sh. Ergashxo‘jayeva, L. Abduxalilova, U. Muhitdinova, M. Yulda-

shev Strategik Marketing O‘QITUVCHI Nashr yili: 2004.

Библиографические ссылки

Sh. Dj. Ergashxodjayeva. (2019). In Strategik marketing (pp. 182–185). story, Toshkent, Iqtisodiyot.

Z.A. Xakimov, U. U. Sharifxodjaev. (2020). In Interaktiv va Raqamli marketing (pp. 89-93).O‘quv qo‘llanma, Toshkent, Iqtisodiyot.

Guljahon Maxmudova. (2021). Raqamli iqtisodiyot va unda elektron tijoratning o‘ni. Moliyachi Ma’lumotnomasi, 7–8 bet (https://www.researchgate.net/publication/356587381).

Shankar, V., Kalyanam, K., Setia, P., Golmohammadi, A., Tirunillai, S., Douglass, T., Hennessey, J., Bull, J. S., & Waddoups, R. (2021). How technology is changing retail. Journal of Retailing, 97(1), 15–17. https://doi.org/10.1016/j.jretai.2020.10.006. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jretai.2020.10.006

Gauri, D. K., Jindal, R. P., Ratchford, B., Fox, E., Bhatnagar, A., Pandey, A., Navallo, J. R., Fogarty, J., Carr, S., & Howerton, E (2021). Evolution of retail formats: Past, present, and future. Journal of Retailing, 97(1), 54–55. https://doi. org/10.1016/j.jretai.2020.11.002. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jretai.2020.11.002

Kapferer, Jean-Noël. New strategic brand management : creating and sustaining brand equity long term / JeanNoël Kapferer. – 4th ed. p. cm.(Includes bibli-ographical references and index. ISBN-13: 978-0-7494-5085-4 2008.

Sh.Dj. Ergashxodjayeva Marketing darslik IQTISODIYOT Nashr yili: 2018.

Sh.D. Ergashxodjaeva, ,I.Nematov Brendni Boshqarish. O‘quv Qo‘llanma. Iqtisodiyot Nashr Yili: 2019

M.A. IKRAMOV, S.A. ESHMATOV, J.G. JALILOV BRENDING o‘quv qo‘llanma. Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uvi Nashr yili: 2021

M. Qosimova, Sh. Ergashxo‘jayeva, L. Abduxalilova, U. Muhitdinova, M. Yuldashev Strategik Marketing O‘QITUVCHI Nashr yili: 2004.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов