Авторы

  • Гульчехра Ахадова
    Ташкентский финансовый институт

Биография автора

  • Гульчехра Ахадова, Ташкентский финансовый институт

    аспирант группы ИБ-3

DOI:

https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp361-364

Ключевые слова:

иностранные инвестиции национальная экономика инвесторы инновации

Аннотация

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsiyalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti- sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o’rin tutadi. Investisiyalarga e‘tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.


background image

STARS International University

361

Annotatsiya.

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va ishlab chiqarishda innovatsi-

yalarni joriy etish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqti-
sodiy o’sishning yukori sur‘atlarini ta‘minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy inves-
tisiyalar muhim o’rin tutadi. Investisiyalarga e‘tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib,
mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.

Kalit so‘zlar:

xorijiy investitsiyalar, milliy iqtisodiyot, investorlar, innovatsiyalar.

Kirish.

Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologi-

yalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish
uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu av-
valambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim
ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi.

Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy

imkoniyatlari kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va
rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni
o‘zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali davlatimiz iqtisodiy
qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama va natijalar.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma‘lumki, xo-

rij kapitali, xususan, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb etish investi-
siyalashda eng samarali vosita hisoblanadi. Aynan xorijiy investisiyalar mam-
lakatda iqtisodiy va texnologik jarayonni harakatlantiruvchi omil bo’lib xizmat
qiladi.

Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish

faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyat-
lari va salohiyati to’g’risida xabardor qilish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va
o’zlashtirish sohasida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokim-
iyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300 sonli ”Respublika
iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini

MILLIY IQTISODIYOTGA
XORIJIY
INVESTITSIYALARNI
JALB QILISHNI
RIVOJLANTIRISH
YO‘NALISHLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 3 5 9 - 3 6 2

AXADOVA GULCHEXRA MIRZAFAR QIZI

Toshkent moliya instituti IB-3 guruh magistranti
gulimirb7@gmail.com


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

362

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu
qarorga asosan quyidagi yo’nalishlarda Davlat dasturi belgilab olindi:

-kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo’jalik yurituvchi sub’yek-

tlar, bank-sug’urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar)
paketlarini sotish;

-to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb etish uchun tayyor investisiya tak-

liflarini ishlab chiqish;

-investisiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kam-

paniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

-davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo’yicha ustuvor yo’nal-

ishlarni tashkil etish.

Investision jozibadorlikni oshirish maqsadida ushbu qaror doirasida chet el in-

vestorlariga istiqbolli investisiya loyihalari taklif qilindi:

- Yoqilg’i-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investisiya takliflari (takliflar

soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSh.doll.)

- Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat soha-

larida investisiya takliflari (takliflar soni– 13, takliflar qiymati — 537,3 mln AQSh.
doll.)

- Qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida is-

tiqbolli takliflar (takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSh.doll.).

- Yo’l-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xo’jaligi qurilishi va qurilish ma-

teriallari ishlab chiqarish sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 5, takliflar
qiymati — 534,3 mln AQSh.doll.).

- Ijtimoiy, turistik va farmatsevtika sohalarida istiqbolli takliflar (takliflar soni —

22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSh doll.).

Hisobotga ko’ra, 2020-yilda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar quyidagi tarmo-

qlarda investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga o’tgan yilning shu davriga
nisbatan 1,6 barobardan ziyod (2,4 mlrd dollardan 3,5 mlrd dollargacha) o’sdi

1

,

jumladan:

•NKMK — 636,5 mln dollar;
•«O’zbekneftgaz» AJ — 154,8 mln dollar («Sho’rtan GKM» MChJ — ishlab chiqa-

rish quvvatini oshirish” — 122,7 mln dollar);

•«O’zeltexsanoat» AJ — 101,8 mln dollar (maishiy muzlatgichlar ishlab chiqar-

ish — 48 mln dollar);

•ATKR vazirligi — 89,4 mln dollar (keng polosali telekommuni­katsiya tar-

mog’ini rivojlantirish — 35,5 mln dollar);

•«O’zqurilishmateriallari» AJ — 91 mln dollar.
Davlatning investisiya faoliyati, davlatni o’zining funksiyalarini bajarish
jarayonida vujudga keladi, ya‘ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish, is-

lohotchilik, ekologik, ijtimoiy va boshqalar. Investisiya faoliyati orqali davlat iqti-
sodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga real ta‘sir ko’rsatadi, xalq xo’jaligi sama-
radorligini o’sishini, alohida tarmoq va hududlarni rivojlanishidagi to’sqinliklarni
yo’q qilishni, yagona iqtisodiy hududni saqlab qolishni ta‘minlaydi.

Mamlakatimiz hududidagi korxonalarning asosiy vositalariga kiritilayotgan in-

vestisiyalarda xorijiy investisiyalarning salmog’i yildan yilga ortib bormoqda. Yil-
lar kesimida asosiy vostilarga kiritilayotgan investisiyalar miqdorini tahlil qiladi-

1

Stat.uz


background image

STARS International University

363

gan bo’lsak, 2016-yilda 51232.0 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich
2017 -yilga kelib 72155.2 mlrd so’mga yetdi, ya‘ni 20923.2 mlrd so’mga oshgan.
2018-yilda esa 124231.3 mlrd so’m, yani 2017 yilga nisbatan 72999.3 mlrd so’mga
oshgan va 2019-yilda 195927.3 mlrd so’mni, 2020-yilda esa 202000.1 mlrd so’mni
tashkil etgan. 2020-yil yakuniga ko’ra, asosiy kapitalga qo’yilgan investisiyalar
hajmi real qiymatida 2019-yilga nisbatan 8,2 foizga kamaygan va 202 trln so’mni
tashkil qilgan. Markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan investisi-
yalar hajmi 34,9 foizga kamayib, 39,3 trln so’mni tashkil etgan. Shuningdek, bud-
jet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiyalar 33,6 foizga, O’TTJ
mablag’lari 75,7 foizga, hukumat tomonidan ta‘minlangan xorijiy investisiyalar va
kreditlar 28 foizga kamaygan. 2020-yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar
hajmi 32,7 foizga (kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni inobatga olmagan holda)
kamayib, 2,9 mlrd dollarni (dollar ekvivalentida pasayish 33,8 foizga yetdi) tashkil
etgan.

1

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish

uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy
mexanizmlarini joriy etish va investision muhitni yanada yaxshilash, ishlab chiqa-
rishni kengaytirish va uning samaradorligini oshirish eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.

Xulosa.

Xulosa qilib

shuni aytish mumkinki, jahon amaliyoti va tajribasidan kelib

chiqib, biznesning investisiya va innovasion faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan mua-
mmolarni endi oddiy vositalar bilan, ya’ni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ
me’yorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo‘q. Xususiy investisiyalar-
ni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes
bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan
to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu
munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faol ish olib borish orqali xorijiy
investisiyalar oqimini ko‘paytirish mumkin.

Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromdagi yuqori va barqaror sur’atlari-

ni saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh,
bank tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini
shakllantirish zarur.

Ikkinchidan, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sish-

ning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan investisiyalar-
ining jadal o‘sishini ta’minlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni
moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investisiyaviy faoliyatni rag‘bat-
lantirish ham faol tarzda olib borish.

Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish

orqali investisiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va chek-
lovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar
optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada ta’minlash va korrupsiyan-
ing oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari bilan ish-
lashni tashkil etish sifati yaxshilash.

To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan

yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining
kamaytirish.

1

Stat.uz


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

364

Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va

keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi
uchun zamin yaratishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning eng istiqbolli sohalariga
yo‘naltirilgan investisiya siyosati strategiyasi ishlab chiqish.

Investisiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga ta’sir ko‘rsatishini

inobatga olgan holda, islohotlar ko‘lami iqtisodiy, institusional, ta’lim, sog‘liqni
saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, energetika, transport va boshqa yo‘nal-
ishlarni qamrab oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi 598-son “Investitsiya

va investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy

rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5621-son Farmoni.

3.”O’zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo’ljallangan Investisiya

dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” PK-4937-son.

4.Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi ”O’zbekiston Respublikasining

to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi
420-sonli qarori.

5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ”Respublika

iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4300 sonli qarori.

6.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investisiyalarni

jalb qilishni faollashtirish. Iqt. fan. nom. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. – T.:
«BMA», 2012.

7. ”Innovatsiya: iqtisod va fan” iqtisodiy ilmiy-amaliy oylik nashr., T.: 2020yil.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi 598-son “Investitsiya va investitsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5621-son Farmoni.

”O’zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo’ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” PK-4937-son.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi ”O’zbekiston Respublikasining to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 420-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi ”Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4300 sonli qarori.

Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investisiyalarni jalb qilishni faollashtirish. Iqt. fan. nom. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. – T.: «BMA», 2012.

”Innovatsiya: iqtisod va fan” iqtisodiy ilmiy-amaliy oylik nashr., T.: 2020yil.