O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi tajribalari

CC BY f
426-430
31
250
Поделиться
Суюнов, А., & Болтаева, М. (2022). O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi tajribalari. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 426–430. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp426-430
Аббос Суюнов, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

студентка 3 курса экономического факультета факультета психологии отделения социально-экономических наук

Мохичехра Болтаева, Джизакский филиал Кредитной системы образования Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

главный специалист организационного сектора

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Bunda siz mustaqillik yillarida aholining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida olib borilgan siyosat, ularga yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

426

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan O‘zbekiston Res-

publikasining mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida so‘z boradi. Bunda siz
mustaqillik yillarida aholining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida olib borilgan siyosat,
ularga yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Kalit so‘zlar:

mustaqillik, islohot, suverenitet, bozor iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik, xususiy mulk, YaIM, huquqiy savodxonlik.

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Vatanimiz hayotida tub o‘zgarishlar sodir

bo‘ldi. Endi O‘zbekiston boshqa davlatning buyruqlariga qaramasdan ijtimoiy-siy-
osiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalari yuzasidan milliy manfaatlar-
ga mos ravishda mustaqil qaror qilishi, jamiyatni yangilash, demokratiyaga asoslan-
gan davlat qurish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi muhim va mas’uliyatli vazi-
falar turardi. Mustaqillikning ilk kunlaridayoq O‘zbekiston qanday islohot yo‘llarini
tanlaydi, qanday jamiyat quradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi qanday bo‘ladi,
degan savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka er-
ishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, demokratiyaga asoslangan jamiyat
va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz,
deya ovoza qilgan edilar. O‘sha davrdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
bunday shov-shuvli fikrlarga xomxayol, safsata deb baho bergan edi, amalda ham
aynan shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning ilk yillaridayoq eski tu-
zumning asorati osonlikcha yo‘qolmasligini, bu mafkura iskanjasi odamlar ongidan
tez va yengil chiqib ketmasligini ta’kidlagan edi. Muhimi, yangi ijtimoiy munosa-
batlar va islohotning poydevorini, zarur asosini qurish uchun ma’lum muddat vaqt,
jamiyat islohot o‘tkazish jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, innovatsion
fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash kerak edi.

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng, BMTga va boshqa xalqaro tash-

kilotlarga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda
olib borish, jahon hamjamiyatiga, jahon kurash maydoniga kirish strategiyalarini
ishlab chiqish, mamlakatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini bel-
gilash imkoni yaratildi. Yurtimizning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tar-

O‘ZBEKISTONNING
MUSTAQILLIKDAN
KEYINGI DAVRDA
IJTIMOIY-IQTISODIY
ISLOHOTLARDAGI
TAJRIBALARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-5-pp424-428

SUYUNOV ABBOS ILYOS O‘G‘LI

O‘zMU Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti
“Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

BOLTAYEVA MOHICHEXRA JAMSHID QIZI

O‘zMU Jizzax filiali Kredit ta’lim tizimini
tashkil qilish sektori bosh mutaxassisi


background image

STARS International University

427

moqli faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yish – davlat obro‘-e’tiborini mustahkamlash,
iqtisodiy muammolarni bartaraf etish va aholi turmush darajasini yaxshilashning
g‘oyat muhim va zaruriy shartidir. O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi
siyosat yuritish – davlat iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatining yangi va amalda bo‘lmagan
yo‘nalishlardan biridir.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda adolat tushunchasining ahami-

yati jahonda shakllangan demokratik va milliy qadriyatlar asosida boyitish bosh-
landi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan rivojlanishning
“O‘zbek modeli”ni beshta tamoyilidan biri - mamlakatimizning o‘ziga xos xususi-
yatlarini jamlagan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish davlatning ijtimoiy adola-
tni ta’minlash sari tashlangan qadamlar ekanligini anglatadi. O‘zbekiston davlati
o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bo-
zor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish
ekanligini e’lon qilish asnosida qolgan barcha qoidalar ijtimoiy vazifalarni hal etish-
ga, aholini ijtimoiy himoyalash, aholi turmush darajasini yaxshilash sohasida qat’iy
kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirdi.

O‘zbekistonda hozirgi davrda mamlakatni modernizatsiyalash islohotlari o‘zin-

ing yuksak natijalarini berayotgan ekan, buning asosiy sabablaridan biri - mustaqil-
likning boshidayoq hozirgi davrning poydevori yaratilganidadir. O‘sha davrdayoq
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan quyidagi g‘oyalar ilgari
surilgan edi: “Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijti-
moiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy
siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining printsiplaridan biridir.
Bozor iqtisodiyotini barpo etish - shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o‘zi bu eng avvalo in-
son uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir” Albatta, mam-
lakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlari bosqichma-bosqich
ravishda ijtimoiy adolat printsiplaridan biri - aholini kuchli ijtimoiy himoyalash is-
lohotlari va amaliyoti bilan uzviy uyg‘unlikda amalga oshirildi. Mamlaktni hozirgi
o‘zining taraqqiyot darajasiga har qanday demokratik davlat va jamiyat uchun xos
bo‘lgan qoida - barcha jabha va darajalardagi boshqaruvning adolat printsiplari
asosida amalga oshirilishi o‘laroq erishdi. Hozirgi davrda insoniyat olamshumul tar-
ixiy voqea-hodisalar sodir bo‘layotgan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kecha-
yotgan va butun dunyo hamjamiyati o‘zining bor kuch va salohiyatini uning salbiy
oqibatlarini bartaraf etishga qaratayotgan bir tarixiy davrda yashamoqda. Holbuki,
2008-yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlash-
ib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham, Mamlakat Birin-
chi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining
puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalari, amalga os-
hirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq
va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratmoqda.

“Bugun iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, xalqimiz

turmush darajasi ortib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tob-
ora yuksalib borayotgani diyorimizda yashayotgan har qaysi insonga mamnuniyat
yetkazishi shubhasiz. Bunday yutuqlar negizida avvalambor xalqimizning fidoko-
rona mehnati va bunyodkorlik salohiyati, odamlarimizning ongi va tafakkuri, ha-


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

428

yotga munosabati o‘zgarayotganligi, ular o‘zini shu yurtning haqiqiy egasi deb his
qilayotgani mujassam.”

Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda islohotlar o‘tkazishda bozor iqtisodiyoti-

ga asoslangan iqtisodiy tizim asos qilib olindi. Bozor munosabatlariga o‘tishning
asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
amalga oshirildi. Bu yo‘l bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik
tizimi parchalandi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkka ega bo‘lgan
tadbirkorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy investitsiylardan foydalanib,
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining
turmush darajasi yaxshilana boshladiulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni
shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad:
1.Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish

va bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy kuchli davlat barpo etish;

2.Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning keng qatlamini shakllantirish;
3.Xorijiy investorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini va

mehnat unumdorligini oshirish, aholining turmush tarzini yaxshilashdan iborat.

1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylasht-

irish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korx-
onalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot
qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa
va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib,
aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk
etib berildi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o‘tishda O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni
rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asos qilib olindi. Bu davrda
ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalar aksiyalarini chiqarish, auksion
(kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlar-
ni chiqarish va xususiylashtirishni keng miqyosda olib borish uchun sharoit yarat-
ish ishlari amalga oshirildi.

Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq

xo‘jaligida 770 kolxoz va xo‘jaliklar davlat tasarrufidan chiqarildi, jamoa va ijara
xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloq hududlarda bu jarayon sekin kechdi va qiy-
inchiliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar soha-
dagi byurokratik boshqaruv tizimi asoratlari, har xil to‘siqlari qishloqlardagi islo-
hotlarning olib borilishiga xalaqit berardi. Mulkning xususiylashtirish jarayonining
birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani,
xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan
kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz
bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shaklla-
na boshladi. Birinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish,
ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmat-
baho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy erkin tadbirkorlar “o‘z boyligini
ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga
ham qodir bo‘ladi”-deydi Birinchi Prezident Islom Karimov.


background image

STARS International University

429

Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi – o‘zaro munosabatlarning barcha shakl

va turlari birligi bo‘lib, ularning asosiysi mulkchilik tizimidir. Shu bois ham mulk
masalalari hal qilishga Prezident Islom Karimov tomonidan mustaqillikka qadar
(1989-1991) va mustaqillikning dastlabki yillari muhim ahamiyat berildi. Istiqlol yil-
larida mulkchilikning tuzilishida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ko‘pukladli iqtisodiyot
amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi,
ayni vaqtda bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish odamlarning daro-
madlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi o‘sishining
eng muhim omliga aylandi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng aholining huquqiy
savodxonligini oshirish borasida ham bir qancha izchil ishlar olib borildi. Jumladan
birinchi Prezident Islom Karimov 1997 yil 20 mayda respublika huquq-tartibot ido-
ra va tashkilotlarilari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy-axborot vositalari
vakillari bilan uchrashuvida “Yuksak huquqiy tafakkur-demokratik jamiyat taqozo-
si” mavzusida so‘z yuritildi. Bunda 3 muhim masalaga diqqat qaratildi: (uch sub-
yekt: davlat, jamiyat va fuqarolarning o‘zaro munosabati uyg‘unligini ta’minlash):

1. Huquqiy ong, huquqiy tafakkur. Ong ijtimoiy formalardan biri bo‘lib, u turmush

tarzi almashinish jarayonidir. Huquqiy ongni shakllantirish uchun aholi turmush da-
rajasini o‘stirish, uni erkinlashtirish va imkoniyatlar yaratish lozimligi aytildi.

2. Huquqiy bilim-huquqiy ongni shakllantirish elementi hisoblanadi. U maktab

va oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘qitish, inson
huquqlariga e’tibor berish kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun
ham 1999-2000-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimiga O‘zR Konstitutsiyasini o‘rgan-
ish fanlari kiritildi, huquqiy fanlarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Maktab-
larda “Siz huquqingizni bilasizmi?” viktorinalari o‘tkazildi va o‘tkazilib kelinmoqda.
SHuningdek, huquqqa doir turli ko‘rik-tanlovlar yoshlar o‘rtasida huquqiy savodx-
onlikni oshirishga qaratilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.

3. Huquqiy madaniyat-bu huquqiy ong, tafakkur va huquqiy bilimlarning uzviy

rivojlangan qismi bo‘lib, u jamiyat huquqiy madaniyatining oshganligini bildiradi.
Shu boisdan ham ana shu 3 ta tushuncha bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, u huquqiy madaniyatning takomillashuvi, huquqiy davlat ijtimoiy hayotining
rivojlanishiga olib keladi.

Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan

kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albat-
ta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan
ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat
kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uli-
yatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab
qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlan-
gan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan
umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin» Qisqa davr
mobaynida mamlakatimizda jahon savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mam-
lakatning energetika, oziq-ovqat va transport xavfsizligini ta’minlash kabi murak-
kab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich muvaffaqqiyatli erishdi.

Istiqbolni aniq tasavvur qilish va odamlarning beqiyos kuchiga ishonch unga

“O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan ilhomlantiruvchi va safarbar etuvchi


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

430

maqsadli tezisni shakllantirish huquqini berdi. Rahbarning bu pozitsiyasi, tabiiyki,
mamlakat aholisining psixologik muhitiga ta’sir ko‘rsatdi, odamlarning yangi dun-
yoqarashini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, jamiyat hayotining
barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga faol
turtki bo‘ldi.

Mamlakatda inson hayoti va faoliyati, psixologiyasi va ma’naviyatini qamrab olu-

vchi ochiq siyosiy muhit shakllana boshladi. Bu harakatlar, o‘z navbatida, O‘zbeki-
stonda shakllanayotgan insonparvar jamiyatning ma’naviy qiyofasini, siyosiy qon-
uniyligini, ijtimoiy va huquqiy barqarorligini belgilab berdi.

Eski dogma va qoliplardan butunlay voz kechgan holda, Islom Karimovning

kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli Milliy dasturi ish-
lab chiqildi va amalda yo‘lga qo‘yildi. Darhaqiqat, ta’lim tizimida eng zamonaviy
xalqaro standartlarga asoslangan tub islohotlar amalga oshirildi. Bu oxir-oqibat
O‘zbekistonda davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Vestmin-
ster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Turin politexnika
universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya
iqtisodiyot universiteti, Janubiy Koreya Inha kabi Yevropa va Osiyoning bir qan-
cha yetakchi universitetlarining filiallari ochilib, hozirgacha muvaffaqiyatli faoliyat
yuritib kelishmoqda.

Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq aholisi uchun zamonaviy, shaharga ya-

qin uy-joy sharoitlarini yaratish maqsadida qishloq joylarda imtiyozli uzoq mud-
datli ipoteka kreditlari ajratgan holda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi
uy-joylar qurish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi. Islom Karimovning izchil olib
borilayotgan puxta o‘ylangan siyosati tufayli mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi
tubdan isloh qilindi. Qishloq xo‘jaligining o‘zagi endi fermer xo‘jaliklaridan iborat.
Mamlakatning g‘alla mustaqilligiga erishildi, bu esa respublika aholisini un va non
bilan barqaror ta’minlash bilan bir qatorda aholining go‘sht, sut va go‘sht-sut mah-
sulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z ishlab chiqarishlari hisobiga barqaror ta’minlash
vazifalarini hal etish imkonini berdi.

Shu tariqa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Islohot – islohot

uchun emas, balki inson uchun” shiori ostida belgilab berilgan barcha islohotlarn-
ing bosh mezoni amalda o‘z ifodasini topdi. O‘zbekistondagi barcha millat vakillari
qonun bilan kafolatlangan mutlaqo teng huquqlarga ega. Islom Karimov millati,
irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, kasbi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha
fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash maqsadini izchillik bilan amalga oshirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi.-T.:O‘zbeki-

ston, 2005. –B.4

2.Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.:O‘zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi, 2013. –B.41

3.Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbeki-

ston», 1996.

https://www.gavinpublishers.com/article/view/socio-economic-develop-

ment-of-the-republic-of-uzbekistan-for-years-of-independence

https://hozir.org/mustaqillik-yillarida-ozbekistonning-iqtisodiy-manav-

iy-va-mada.html

Библиографические ссылки

Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi.-T.:O‘zbekiston, 2005. –B.4

Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. –B.41

Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Asarlar, 2-jild. –T.: «O‘zbeki-ston», 1996.

https://www.gavinpublishers.com/article/view/socio-economic-development-of-the-republic-of-uzbekistan-for-years-of-independence

https://hozir.org/mustaqillik-yillarida-ozbekistonning-iqtisodiy-manaviy-va-mada.html

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов