Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Developing critical thinking in foreign language learning
through the use of communicative competence
Mekhriniso AKABIROVA
1
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
10
April 2025
Accepted 2 April 2025
Available online
25 May 2025
This article examines methods and skills that help activate
communication technologies and utilize them effectively in the
educational process. The main feature of communicative
education is identifying conditions that contribute to the
activation of communicative skills in foreign language learning.
Consequently, to further improve the quality of education in
New Uzbekistan, it is emphasized that it is necessary to develop
critical thinking in young students, enrich their knowledge from
an early age, and teach them to think independently and create
freely.
2181-3701/© 2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss5
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
communication-oriented
education,
communicative approach,
critical thinking,
activation,
motivation,
competence.
Kommunikativ kompetensiyadan foydalangan holda chet
tilini o‘rganishda tanqidiy fikrlashni shakllantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
muloqotga yo‘naltirilgan
ta’lim,
kommunikativ yondashuv,
tanqidiy fikrlash,
faollashtirish,
motivatsiya,
kompetensiya.
Ushbu
maqolada
kommunikatsiya
texnologiyalarini
faollashtirish va ulardan o‘quv jarayonida foydalanishga
yordam beradigan usul va ko‘nikmalar ko‘rib chiqiladi.
Kommunikativ ta’limning asosiy xususiyati chet tilini
o‘rganishda kommunikativ ko‘nikmalarni faollashtirishga
yordam beradigan shartlarni aniqlashdan iboratdir. Shunday
ekan, Yangi O‘zbekistonda ta’lim sifatini yanada yaxshilash
maqsadida talaba yoshlarni tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga,
ularni yoshligidan bilimlarini boyitishga, mustaqil fikrlashini,
erkin ijod qilishini yo‘lga qo‘yishga o‘rgatish lozimligi haqida
bayon qilingan.
1
Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov.
E-mail: akabirovamehriniso@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
419
Формирование критического мышления при изучении
иностранного языка с помощью коммуникативной
компетенции
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коммуникативно-
ориентированное
образование,
коммуникативный подход,
критическое мышление,
активизация,
мотивация,
компетентность.
В
данной
статье
рассматриваются
методы
и
навыки, помогающие активизировать коммуникативные
технологии и использовать их в образовательном процессе.
Главной особенностью коммуникативного образования
является выявление условий, помогающих активизировать
коммуникативные навыки при изучении иностранного
языка. Поэтому в целях дальнейшего повышения качества
образования в Новом Узбекистане утверждается, что
необходимо
учить
молодых
студентов
развивать
критическое мышление, обогащать их знания с юных лет,
формировать самостоятельное мышление и свободное
творчество.
Mamlakatimizda xalqaro munosabatlarning kengayishi va o‘zgarishi tufayli inson
hayotida chet tillarga bo‘lgan talab kundan-kunga o‘sib bormoqda. Kommunikativ
yo‘naltirilgan o‘qitish bu talaba chet tilidan nutq va fikrlash faoliyati vositasi sifatida
foydalanishga tayyorligi, talabalarning til, suhbat, amaliy, ijtimoiy, lingvistik va fikrlashda
kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishni anglatadi. O‘qitishning kommunikativ
yo‘nalishi uslubiy va pedagogik faoliyatning barcha tomonlarini belgilaydi. O‘quv jarayonida
esa kommunikativlik o‘rgatish uchun yuqori motivatsiyani yaratishni nazarda tutadi.
Ma’lumki, ta’lim maksimal darajada rag‘batlantirilgan joyda muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Motivatsiya deganda o‘qituvchining chet tilini chuqurroq o‘rganishga ijobiy munosabatda
bo‘lgan ta’lim faoliyatini yo‘naltiradigan rag‘batlantiruvchi impulslar tizimi tushuniladi. [1].
Chet tilini kommunikativ o‘qitishda asosiy o‘rinni o‘yin vaziyatlari, sherik bilan
ishlash, xatolarni topish bo‘yicha vazifalar egallaydi, bu nafaqat so‘z boyligini oshirishga
imkon beradi, balki bizni analitik fikrlashga o‘rgatadi.
Chet tilida nutq so‘zlash murakkab integral mahoratdir. U so‘zlovchining
motivatsiyasi, faolligi va mustaqilligi, maqsadga muvofiqligi, fikrlash bilan bog‘liqligi,
vaziyatga to‘g‘ri baho bera olishi bilan tavsiflanadi. Har qanday izchil matnda tematik
lug‘at va ma’lum grammatik hodisalar mavjud bo‘lib, ularning ma’nolarini bilish ham bir
mahoratdir [2]. Ushbu bosqichda tanqidiy fikrlashni, ya’ni o‘z nuqtai nazarini ifoda etish
qobiliyatini shakllantirish va o‘quvchi shaxsining o‘zini o‘zi anglashini ta’minlash uchun
o‘quv va kognitiv faoliyatni faollashtirish, mustaqillik va ijodiy salohiyatni rivojlantirish,
nutqqa bo‘lgan ehtiyoj va istakni uyg‘otish ham juda muhimdir.
Tanqidiy fikrlash o‘quv jarayonida muhim rol o‘ynaydi, chunki u ongli va amaliy
faoliyatga qodir rivojlangan shaxsning eng muhim jihatini ko‘rsatib beradi. An’anaviy va
tanqidiy o‘qishni solishtirganda, an’anaviy o‘qish matnda taqdim etilgan ma’lumotlarni
tushunish va qabul qilishga asoslanishini, tanqidiy o‘qish esa matn g‘oyasini har
tomonlama tahlil qilishga qaratilganligini kuzatishimiz mumkin. Bunday o‘qishning
mahsuli, shunchaki matnda taqdim etilgan ma’lumotlarni yodlash va takrorlash emas,
balki matn muallifi aytmoqchi bo‘lgan ma’nolarni baholash va shaxsiy talqin qilishdir [3].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
420
Chet tili darslarida tanqidiy o‘qishni o‘rgatish tuzilishi talabadan quyidagilarni
bajarishni talab qiladigan kommunikativ muammolarni hal qilishni shakllantirish va
tashkil etishdan iborat:
– matnda yashirin ma’nolarni qidirish;
– matnning ijtimoiy-madaniy tarkibiy qismlarini aniqlash;
– matnning rag‘batlantiruvchi tomonini aniqlash: muallif bizning xatti-
harakatlarimizga qanday ta’sir qilishni xohlaydi;
– matn uslubini aniqlash.
Bundan tashqari, tanqidiy o‘qish tanqidiy fikrlash jarayonlari asosida turli janrdagi
matnlar bilan ishlashda ma’lum ko‘nikmalarni egallashni nazarda tutadi:
– mazmunni bashorat qilish, matnning davomini, tugallanishini taxmin qilish;
– muallifning matn muammosiga munosabatini aniqlash;
– o‘qiganlaringizni tahlil qilish va baholash, oldingi tajriba va bilimlar asosida o‘z
munosabatingizni shakllantirish;
– o‘qiganlaringiz asosida umumlashma va asosli xulosalar chiqarish.
Kommunikativ yondashuvga tayanish darsning deyarli barcha bosqichlarida o‘quv
jarayonini optimallashtirishga yordam beradi.
Monologik va dialogik nutq ko‘nikmalarini
rivojlantirishda o‘quvchilar juftlik va guruhlarda muloqot qilish hamda hamkorlik
qilishni, o‘z-o‘zini nazorat qilishni, muloqotning boshqa ishtirokchilarini baholashni
o‘rganadilar. Loyihalar ustida ishlashda esa talabalar o‘z g‘oyalarini ishlab chiqish, eng
oqilona yechim topish, yangi muammoni ko‘rish, ishni rejalashtirish va xulosa chiqarishni
o‘rganadilar [4].
XXI asrda, har bir o‘qituvchi ta’lim resurslari va internetdan unumli foydalanishni
bilishi, zamon bilan hamnafas bo‘lishi lozim. Misol uchun, ingliz tili darslarida leksik
ko‘nikmalarning shakllanish darajasini monitoring qilish bo‘yicha eng mashhur
saytlardan biri bu http://learningapps.org/login.php saytidir. U ingliz tilida interfaol
o‘qitish vositalarini yaratish uchun ishlatiladi. Ushbu sayt shablonlar bilan ishlashga
asoslangan bo‘lib, nazoratning interaktiv shakllaridan foydalanish imkonini beradi, yopiq
testlar, viktorinalar, mavzuga mos krossvordlar va qiziqarli ko‘rinishdagi topshiriqlar o‘z
topshiriqlarimizni yaratish imkoniyatini beradi.
Test (ingliz tilidan – test, o‘rganish) – bu topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning bajarilishi
maxsus natijalar shkalasi yordamida tilni bilish darajasini tavsiflash imkonini beradi.
An’anaviy nazorat topshiriqlari va test topshiriqlari o‘rtasidagi asosiy farq shundaki,
ikkinchisi har doim maxsus shkala (matritsa) yordamida o‘lchashni o‘z ichiga oladi.
Vazifalar shakli ish samaradorligini va natijalarni hisoblash qulayligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda, xorijiy mamlakatlarda TOEFL testlari (Test of English as a Foreign
Language) keng qo‘llaniladi. Ularning yordami bilan oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun
yetarli darajada ingliz tilini bilish darajasi belgilanadi. Aksariyat AQSh universitetlari
TOEFL imtihoniga o‘tish balli sifatida 500 raqamini tanlaydi, bu test jarayonida to‘g‘ri
bajarilgan topshiriqlarning 75% ga to‘g‘ri keladi. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, nufuzli
universitetlarga kirish uchun kamida 600 ball to‘plash lozim.
IELTS (International English Testing System) ingliz tilida ta’lim olishni
xohlovchilar uchun testdir. Har yili 25 mingdan ortiq nomzodlar, shu jumladan Britaniya
Kengashi, BMT va boshqa tashkilotlar tomonidan yuborilgan nomzodlar bisyor bo‘ladi.
Ballardagi natijalar o‘qish, tinglash, gapirish va yozish uchun baholanadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701
421
Close test – oʻqish va tushunishda matnning qiyinligini aniqlash uchun test
hisoblanadi. U amerikalik olim V. Teylor tomonidan ishlab chiqilgan, asosan, chet tili
darslarida nazorat qilish uchun foydalaniladi va yozma shaklda olinadi. Talabalarga
kamida 100 va 400 dan ortiq bo‘lmagan so‘zlardan iborat matn beriladi, unda kontekst
bilan ishlashni bilish muhimdir.
Muloqot ko‘nikmalarini faollashtirishning ushbu usullari chet tilini o‘rganishga
qiziqqan har bir kishiga yordam beradi. Samarali metodik usullardan foydalanish chet
tilini o‘rganishga qiziqishni oshirishga, kognitiv faollikni rivojlantirishga va yuqori
natijalarga erishishga imkon yaratadi [5].
Kommunikativ yondashuv o‘zining universalligi va moslashuvchanligi tufayli ham
mahalliy, ham xorijiy olimlarining diqqat markazida bo‘lib, rivojlanishda hali ham davom
etmoqda va bugungi kunda O‘zbekistonda va xorijda chet tillarini o‘qitish amaliyotida
tadqiqot, takomillashtirish va rivojlantirish mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Kommunikativ yo‘naltirilgan o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni nazarda
tutadi, asosiy e’tibor o‘quvchilarning o‘ziga qaratiladi, ularga darsda ko‘proq tashabbus
va erkinlik beriladi, bu esa o‘z navbatida tanqidiy fikrlashni, shuningdek, kommunikativ
strategiyalarni o‘rgatishni nazarda tutadi, shunda o‘quvchilar muloqot jarayonida oldida
turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qila oladilar. Kommunikativ faoliyat yordamida
tanqidiy fikrlashga zamin yaratish uchun taqdim etilgan metodik usullar, diagnostika
vositalari ingliz tilini o‘rganishda o‘quvchida ijobiy psixologik munosabatni
shakllantirishga yordam beradi va o‘quv jarayonini motivatsion va maqsadga muvofiq
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Васильева М. М. Условия формирования мотивации при изучении
иностранного языка // Иностр. языки – 2001. – № 2.- С.40–44 / Vasileva M. M.
Usloviya formirovaniya motivatsii pri izuchenii inostrannogo yazika // Inostr. Yaziki,
2001/
2.
Захарова Е. А. Коммуникативное обучение иностранному языку и его
практическая значимость // Молодой ученый № 5(109) – 2016. – С. 676–679 /
Zaxarova Ye. A. Kommunikativnoye obucheniye inostrannomu yaziku i yego
prakticheskaya znachimost // Molodoy ucheniy № 5(109)/
3.
Лебедева А. Е. Критическое чтение как средство достижения
метапредметных результатов обучения иностранным языкам в средней
общеобразовательной школе // Иностранные языки – 2018. – № 3. – С. 52–57 /
Lebedeva A. Ye. Kriticheskoye chteniye kak sredstvo dostijeniya metapredmetnix
rezultatov obucheniya inostrannim yazikam v sredney obsheobrazovatelnoy shkole //
Inostrannie yaziki, 2018/
4.
Пассов Е. И. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению. –
Просвещение, 1991. – 223 с. / Passov Ye. I. Kommunikativniy metod obucheniya
inoyazichnomu govoreniyu. – Prosvesheniye, 1991/
5.
Филатова Т. Н. Создание коммуникативных задач на уроке английского
языка // Английский язык. – 2012. – № 1(33) – С. 2–4. / Filatova T. N. Sozdaniye
kommunikativnix zadach na uroke angliyskogo yazika // Angliyskiy yazik/.
