Авторы

  • Мехринисо Акабирова
    Докторант, Самаркандского государственного университета имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67266

Ключевые слова:

студент и молодежь критическое мышление критический анализ самоконтроль формирование развитие

Аннотация

В статье обсуждаются меры по улучшению качества образования в Новом Узбекистане, с фокусом на развитии критического мышления, самостоятельного мышления и творческих навыков у молодых студентов. Основное внимание уделяется методам, способствующим глубокому обогащению знаний с ранних лет, которые включают стимулирование критического анализа информации и поощрение свободы творчества в образовательном процессе.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Mechanisms of forming critical thinking in students

Mekhriniso AKABIROVA

1

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

The article discusses measures to improve the quality of

education in New Uzbekistan, with a focus on developing

critical thinking, independent thinking, and creative skills in

young students. The focus is on methods that promote deep

enrichment of knowledge from an early age, which include

stimulating the critical analysis of information and encouraging

creative freedom in the educational process.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp626-630

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

student and youth,

critical thinking,

critical analysis,

self-control,

formation,

development.

Talabalarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish mexanizmlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

talaba va yoshlar,

tanqidiy fikrlash,

tanqidiy tahlil,

o‘z

-

o‘zini nazorat qilish,

shakllantirish,

rivojlantirish.

Ushbu maqola Yangi O‘zbekistonda ta’lim sifatini yanada

yaxshilash maqsadida talaba yoshlarni tanqidiy fikrlashini

rivojlantirishga, ularni yoshligidan bilimlarini boyitishga,

mustaqil fikrlashini, erkin ijod qilishini yo‘lga qo‘yishga

o‘rgatish lozimligi haqida bayon qilingan.

Механизмы формирования критического мышления у

студентов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

студент и молодежь,

критическое мышление,

критический анализ,

самоконтроль,

формирование,

развитие.

В статье обсуждаются меры по улучшению качества

образования в Новом Узбекистане, с фокусом на развитии

критического мышления, самостоятельного мышления и

творческих навыков у молодых студентов. Основное

внимание уделяется методам, способствующим глубокому

обогащению знаний с ранних лет, которые включают

стимулирование критического анализа информации и

поощрение свободы творчества в образовательном процессе.

1

Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov. E-mail: akabirovamehriniso@gmail.com


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

627

Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga

aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar
haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda ta’lim

tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy
ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. O‘qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarish,

malakali kadrlar tayyorlashning yangi mexanizmini ishlab chiqish, o‘quv dasturlari va

adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish maqsadida Sharqona tarbiya mazmuni bilan

yo‘g‘rilgan ta’lim muassasalarimizda tahsil olib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga Sharq

namoyondalari bo‘lmish Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek mustaqil
tanqidiy fikrlashga o‘rgatish hamda buning natijasida o‘zlashtirgan bilimlari jamiyat

rivojlanishida katta afzallikga ega ekanligini uqtirish bugungi kun globallashuvi

jarayonida muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan o‘quvchilarda bu bilimlar to‘liqroq va

tezroq rivojlantirilganda e’tiqodga aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy

tanqidiy fikrlashi quroli hisoblanadi. Xususan bu borada yurtboshimiz ham quyidagi

fikrlari orqali to‘xtalib o‘tadi: tanqidiy tahlil, qat’iy tartib

-intizom va shaxsiy javobgarlik

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Tanqidiy fikrlash masalalarini

tadqiq etish bilan ko‘plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar
shug‘ullanadilar. Xususan, V.V.

Davidov, M.G. Davletshin, I.Y. Lerner, A.M. Matyushkin,

M.I. Mahmutov, S. Rajabov, D. Shodiyev, A.M.

Umronxo‘jayev ishlarida muammoli ta’lim

tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, o‘quv jarayonini tashkil etish

ochib beriladi. Shu o‘rinda rus yozuvchisi Tolstoyning quyidagi fikrlarini bayon etamiz:
“Donolik iloji boricha ko‘p bilishda emas, balki qanday bilimlar eng zarur, qandaylari

ozroq va yana qandaylari favqulotda zarurligini bilishdir”. Sotsiolog va faylasuf

G.

Spenser esa: “Agar kishining bilimlari betartib holda bo‘lsa, qanchalik u ko‘proq

bilimga ega bo‘lgan sayin fikrlari shu qadar parokandalashib boradi”,

deydi. Shuning

uchun ham talaba yoshlar kelajakda yurtimizning yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlari

uchun ularni yoshligidan tanqidiy fikrlashga, tanqidiy tahlil qilishga o‘rgatish lozim.

Tanqidiy fikrlash o‘zi nima?

Tanqidiy fikrlash

fikrlashning alohida turi bo‘lib, faktlarni tahlil qilish orqali

xulosalar hosil qilinadi. Tanqidiy fikrlash bu

o‘z

-

o‘zini boshqaradigan, o‘zini o‘zi

tarbiyalaydigan, o‘zini o‘zi nazorat qiladigan, o‘zini o‘zi to‘g‘rilaydigan fikrlash shaklidir.
Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning qat’iy me’yorlariga rozi bo‘lish va ularni

hushyorlik bilan qo‘llashdir. Tanqidiy fikrlash samarali muloqot va mammolarni hal
qilish ko‘nikmalarini egallashni talab etadi. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega inson

mantiqan to‘g‘ri, yaxshi asoslangan mulohaza yuritish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Tanqidiy

fikrlash atamasi Xalqaro terminologiya tizimida (grekcha) fikrlashning tanqidiy shakli

sifatida yuritiladi hamda “tanqid”, “baholash”, “imtihon”

(va boshqalar.) ko‘p ma’noli

so‘zdan kelib chiqqan: bu yerda tanqid tushunchasi kundalik hayotda “ayblash” ma’nosini

anglatmaydi, balki aqliy qobiliyat ma’nosini bildiradi va “baholash”, “aniqlash”, “hukm
qilish”, “ajratish qobiliyati” kabi ma’nolarga ega. Tanqidiy fikrlashning intellektual

asoslari shuningdek, etimologiyasi ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi, ya’ni
bundan 2500 yil avval Suqrotning o‘qitish amaliyoti va fikrlarida bu tushunchaga yaqin

mazmunni uchratish mumkin. Undan keyingi davrda Yaqin va O‘rta Sharqda yashab ijod
etgan o‘rta asr mutafakkirlari tabiiy

-ilmiy asarlarida ilmning turli tomonlari, uning

prinsiplari, tuzilishi, me’zonlari, ilmning inson aqliy rivoji va tanqidiy fikrlashi bilan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

628

bog‘liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi.

Fikrlash nazariyasi kurtagi fan paydo bo‘lishi bilan yuzaga keldi uzluksiz rivojlanmoqda.
Tanqidiy fikrlash mazmuni uchta tashqi omillar: ob’yekti, maqsadi, didaktik asoslar

rivojlanishining qonuniyatlari orqali bog‘lanadi. Tanqidiy fikrlashning tashqi tomoni
deganda biz ancha sodda jarayonlarni rag‘batlantirish va talabaning umumiy ish

qobiliyatini saqlashni tushunamiz. Buning uchun quyidagi usullar xizmat qiladi:

Turli metodlar, turlar va o‘quv ishlari usullarini navbatlashish yo‘li bilan turli asab

markazlari ishlarini almashtirishni ta’minlash;

O‘quv jarayonida so‘z va ko‘rgazmalilik, aniq va mavhumiylikning to‘g‘ri o‘zaro

munosabati;

Darsda jismoniy va musiqiy dam olish daqiqalari;

Ijobiy hissiyotlarni qo‘llab quvvatlash;

Didaktik usul sifatida o‘yin va musobaqalarni qo‘llash.

Tanqidiy fikrlashning ichki tomoni bu avvalambor talabalar fikrlashini

faollashtirish, boshlang‘ich guruhlarda esa ular tasavvuri va ijodkorligini rag‘batlantirish

hamdir. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishning ichki tomoni maqsadlarida foydalanidigan
asosiy usullar quyidagilar:

Talabalarning mustaqil ishi;

O‘z

-

o‘zini va o‘zaro nazorat qilish elementlari;

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’limiga muammoli yondashuv;

Ta’limning moslashuv tizimi elementlari va boshqalar.

Tanqidiy fikrlash Richard V.

Pol tomonidan ikki to‘lqinli harakat sifatida

tasvirlangan (1994). Tanqidiy fikrlashning “birinchi to‘lqini” ko‘pincha “tanqidiy tahlil”,

tanqidni oʻz ichiga olgan sof, oqilona fikrlash deb ataladi. Uning tafsilotlari unga murojaat
qilganlar orasida farq qiladi. Barri K.Beyer (1995) fikriga koʻra, tanqidiy fikrlash aniq,

asosli hukm chiqarishni anglatadi.Tanqidiy fikrlash jarayonida gʻoyalar isbotlanishi, toʻliq
koʻrib chiqilishi va baholanishi kerak. Tanqidiy fikrlash qobiliyatlari boʻyicha AQSh Milliy

kengashi tanqidiy fikrlashni quyidagicha taʼriflaydi: “kuzatish, tajriba, mulohaza yuritish,
mulohazalar yoki muloqot orqali toʻplangan yoki hosil qilingan maʼlumotlarni eʼtiqod va

harakatni boshqaradigan tushunchalarga faol va mohirona aylantirish, qoʻllash, tahlil
qilish, sintez qilish yoki baholashning intellektual, ilgʻor jarayoni sifatida aniqlanadi”.

Zamonaviy tanqidiy fikrlash olimlari ushbu anʼanaviy taʼriflarni sifat, tushuncha va

jarayonga kengaytirishga harakat qilishdi, jumladan ijodkorlik, tasavvur, izlanish,

hayajon, empatiya, bilimlarni bogʻlash, feministik nazariya, sub’ektivlik, noaniqlik va
behudalik. Tanqidiy fikrlashning baʼzi taʼriflari bu sub’ektiv tajribalarni istisno qiladi.

Ennisning fikriga koʻra, "tanqidiy fikrlash

bu eʼtiqod va harakatni boshqaradigan

kuzatish, tajriba, fikrlash, oʻrganish yoki assotsiatsiya orqali toʻplangan yoki hosil

qilingan maʼlumotlarni kontseptsiyalash, qoʻllash, tahlil qilish, sintez qilish va
baholashning intellektual va intizomli jarayoni. Ennisning bu taʼrifi Xarvi Sigel, Piter

Fazione va Deanna Kuhn tomonidan ilgari surilgan. Ennisning fikricha, tanqidiy fikrlash

diqqat va miya faoliyatini talab qiladi. Agar tanqidiy fikrlash taʼlim sohasiga kiritilsa, bu

usul o‘quvchilarning miya faoliyatini oshiradi va matnlarni boshqacha tushunishga

yordam beradi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh

davrida tugallangan va esdan chiqariladigan vazifa ham emas. Tanqidiy fikrlashni

o‘rganish uchun inson hamma narsaga g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Hayotda o‘rganilmagan

narsalar ko‘p. Qiziqish aqlni rivojlantiradi. Qiziqish orqali kashfiyotlar, sarguzashtlar


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

629

sodir bo‘ladi va buning natijasida kishining tanqidiy fikrlashi rivojlanadi, uning hayotini

rang-barang qiladi. Bundan tashqari tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam

beruvchi muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud. Ular quyidagicha:

Talabalarga fikr yuritish uchun vaqt va imkoniyatlar yaratish;

Turli tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;

Talabalarning o‘quv jarayonida faolligini ta’minlash;

Talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish;

Har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishonch hissini

uyg‘otish;

Tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.

Shu munosabat bilan talabalar o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z fikri va

g‘oyalarining qadrini tushunish; o‘quv jarayonida faol ishtirok etish; turli fikrlarni e’tibor
bilan tinglash; o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turish

lozim. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning birinchi bosqichi kundalik tahlildir. Oxir-

oqibat, kun davomida erishilgan yutuqlarni tortish va o‘rganish kerak. O‘tkazib

yuborilganlar sonini ham hisobga olish kerak. Tahlil bajarish jarayonida xatolarga yo‘l
qo‘yilgan harakatlarni aniqlashdan iborat bo‘lishi kerak. O‘tgan kundagi kamchiliklarni

aniqlab, ularni qanday yo‘q qilish haqida o‘ylashingiz kerak. Bu sodir bo‘lgan voqea

maqsadga yaqinlashdimi yoki undan uzoqlashdimi, xulosa qilish kerak. Ushbu oddiy

harakatlar asosida tafakkur rivojlanadi, keyinchalik u tanqidiy fikrlashga aylanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi fikrlash qobiliyatiga tanqidiy

yondashish kerakligidir. Agar ular istalmagan oqibatlarga olib keladigan bo‘lsa, ularni
ko‘rib chiqishga arziydi. Ijobiy fikrlashga harakat qiling va salbiy fikrlardan qoching.

Chunki inson o‘rganishi kerak: Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaror qilgan kishi,
xulosalar va kuzatishlar o‘rtasida chegara chizishi kerak. Ma’lumotni tekshirmasdan

bahslasha olmaysiz. Faqat aniq ma'lumotga ega bo‘lsangiz, xulosa chiqarishingiz mumkin.
Shu bilan birga, mashg‘ulot paytida siz hazil tuyg‘usi yo‘qolmasligini ta'minlashingiz

kerak. O‘z

-

o‘zidan hazil o‘ynash va vaziyatlarda hazilni ko‘rish qobiliyati aniq fikrni

saqlashga va muammo bo‘yicha o‘z fikrini bemalol ifoda etishga yordam beradi. Ammo

agar kulgi psixologik himoya sifatida ishlatilsa, ehtiyot bo‘lish kerak.

Xulosa qilib aytganda, tanqidiy fikrlash bu ijodiy yoki intuitiv fikrlash emas,

dalillarni yodda saqlash yoki g‘oyalarni tushunish ham emas, balki yangi va tushunarli
bo‘lgan fikrlar va g‘oyalarning tanlanishi, tekshirilishi, baholanishi, rivojlantirilishi va

tatbig‘idir. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirgandan so‘ng, inson o‘z xulosalarini to‘g‘rilab, bir
yo‘nalishda o‘ylay boshlaydi. Boshqa tomondan, tanqidiy fikrlash insonga Shaxs bo‘lib

qolishiga, ya’ni jamoatchilik fikrini boshqarishning yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tizimi

provokatsiyalariga berilmaslikka imkon beradi. Tanqid har qanday faoliyat sohasiga

tegishli. Aslida, atrof-

muhitga bunday munosabat ko‘pincha salbiy xarakterga ega. Ammo

tanqidiy deb ataladigan fikrlash turi mavjud bo‘lib, u ko‘rib chiqilayotgan mavzularning

yomon tomonlarini topishni maqsad qilmaydi. Aqliy faoliyatning bu qismi idrok etish

uchun mo‘ljallangan yuqori daraja voqelikni tushunish va unga xolisona munosabatda

bo‘lish. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi ham mavjud. Uning mohiyati
shundaki, har bir kishi olingan ma’lumotlarning ishonchlilik darajasini baholay oladi va

uni talqin qilish, xulosalarni asoslash bo‘yicha tahliliy qarashlar tizimini shakllantirishi
mumkin. Tаnqidiy fikrlаshning аsоslаri orqali о‘qituvchi tаlаbаlаrning fikrlаshini

fаоllаshtirаdi, ta’lim maqsadini aniqlaydi, faollikka undaydi va munozaralar yaratadi,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

630

ta’lim olishga talabalarda qiziqish uyg‘otadi, talabalardagi yutuq va o‘zgarishlarni

rag‘batlantiradi, talabalarga turli xil fikrlarni bayon qilishni va ularni tinglashga
imkoniyat beradi, o‘zlarini namoyon etishni va axborotlarni qayta ishlashni ta’minlashga

erishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib

-intizom va shaxsiy javobgarlik

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016

-yilda

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-

yilga mo‘ljallangan

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.

2017-yil 14-yanvar.

2.

Беспалко В.П Педагогика и прогрессивни

e

технологии обучения, М.,

“Педагогика”, 1995. 223 бет.

3.

Фарберман Б.Л. Прогрессини

e

педагогически

e

технологии.

-

Т.,1999. 165 бет.

4. SOROS xalqaro ochiq jamiyatining

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari

fanlararo dasturi. T. 2004.

5. Nishonov A, Xaydarov B,

Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash metodlari. O‘quv

metodik qo‘llanma.

T., 2003. 190 bet.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2017-yil 14-yanvar.

Беспалко В.П Педагогика и прогрессивниe технологии обучения, М., “Педагогика”, 1995. 223 бет.

Фарберман Б.Л. Прогрессиниe педагогическиe технологии.-Т.,1999. 165 бет.

SOROS xalqaro ochiq jamiyatining “Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari” fanlararo dasturi. T. 2004.

Nishonov A, Xaydarov B, Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash metodlari. O‘quv metodik qo‘llanma. T., 2003. 190 bet.