Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Socio-political speech and its linguistic features
Adiba KASIMOVA
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
10 August 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 November 2023
The article contains the concept of language and speech,
types of speech, the art of speech, forms of speech,
communicative
qualities
of speech,
artistic speech,
pronunciation, spelling and grammatical norms, linguistic
norms, certain requirements for speech, legal terms, spelling
(orthographic) norms, phonetic writing rule, morphological
writing rule, legal language, and grammatical norm, the current
concept of political linguistics are discussed.
2181-3701
/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss5-pp109-114
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
language and speech,
external speech,
eloquence,
orthographic norm, legal
language lexicon,
grammatical norm,
communicative qualities,
pronunciation norms,
spelling norms,
grammatical norms,
shift of emphasis.
Ijtimoiy-siyosiy nutq va uning lingvistik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
til va nutq,
tashqi nutq,
notiqlik,
orfografik me’yor,
qonun tili leksikasi,
grammatik me’yor,
kommunikativ sifatlar,
talaffuz normalari,
imloviy normalar,
grammatik normalar,
urg‘uning ko‘chishi
.
Mazkur maqolada til va nutq tushunchasi, notiqlik turlari,
notiqlik san’ati, nutq ko‘rinishlari, nutqning kommunikativ
sifatlari, badiiy nutq, talaffuz, imloviy va grammatik normalar,
lisoniy normasi, ijtimoiy-
siyosiy nutq oldiga qo‘yiladigan
ma’lum talablar, yuridik terminlar, imloviy (orfografik)
me’yorlar, fonetik yozuv qoidasi , morfologik yozuv qoidasi,
yuridik til va grammatik me’yor, siyosiy tilshunoslikning hozirgi
konsepsiyasi haqida so‘z boradi
.
1
Senior teacher, Department of Translation Theory and Practice, Samarkand State Institute of Foreign Languages.
2
Master's student, Faculty of English Philology and Translation Studies, Samarkand State Institute of Foreign
Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
110
Общественно
-
политическая речь и ее лингвистические
особенности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
язык и речь, внешняя
речь,
красноречие,
орфографическая норма,
лексика юридического
языка,
грамматическая норма.
коммуникативные
качества
,
нормы произношения,
орфографические нормы,
грамматические нормы,
смещение ударения.
В статье содержатся понятия язык и речь, виды речи,
искусство речи, формы речи, коммуникативные качества
речи,
художественная
речь,
произношение,
орфографические и грамматические нормы, языковые
нормы, некоторые требования к речи, юридические
термины., орфографические (орфографические) нормы,
правила
фонетического
письма,
правила
морфологического
письма,
юридический
язык
и
грамматическая
норма,
обсуждается
современная
концепция политической лингвистики
.
KIRISH
. Ijtimoiy-
siyosiy nutqning lingvistik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritishda,
avval til va nutq hodisalarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olishimiz o‘rinlidir. Til va nutq
bir biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro aloqador ikki ijtimoiy, ruhiy
-
ma’naviy hodisadir. Ya’ni til
aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo‘lsa, nutq so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish
jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani
qiyoslaganda oradagi farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir auditoriyada ellik nafar talaba
o‘tirgan bo‘lsa, ularning gaplashadigan tillari bir bo‘lsa
-da, lekin ularning nutqlari ellik xil
bo‘lishi tabiiy. Birining nutqi salohiyatli bo‘lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talabga javob
bermaydigan darajada bo‘lishi mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, balki
dunyoni ko‘rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Nutq —
tilning fikr ifodalash va
almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan
yashash shakli hisoblanadi. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon
boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi xotirada saqlangan yoki
yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar tushuniladi.
Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda
vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga, hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng
xarakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroq til tushunchasiga qarama
-qarshi
qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulq
-
atvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot,
xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni gapirish, til belgilarining
eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan artikulyatsiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning
yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Notiqlik
—
og‘zaki nutq bilan bog‘liq hodisa, demak u nutqning og‘zaki shakli bo‘lib,
nutq san’ati hisoblanadi. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun
taalluqli tushunchadir.
Notiqlik turlari:
1. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik. Siyosiy va ijtimoiy ritorika {notiqlik} - bu jamoatchilik fikrini
shakllantirish, siyosiy qarorlarga ta’sir qilish va ijtimoiy sabablarni ilgari surish uchun til va
muloqot strategiyalaridan foydalanishdir. Ritorikaning bu turi siyosatchilar, faollar va fikr
yetakchilari tomonidan ma’lum siyosatlarni qo‘llab
-
quvvatlash, ma’lum mafkuralarni ilgari
surish va o‘ziga xos tarzda ommaviy munozaralarni o‘tkazish uchun ishlatilishi mumkin.
Siyosiy-ijtimoiy notiqlik siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq, sessiya,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
111
konferensiyadagi nutq, siyosiy nutq, diplomatik nutq, siyosiy sharh, harbiy vatanparvarlar
nutqi, miting nutqi, ilmiy-
ommabop nutq turlarini o‘z ichiga oladi
2. Akademik notiqlik. Akademik notiqlik o‘zining akademizmi, ya’ni ilmiyligi bilan,
yuksak talabchanligi bilan xarakterlanadi. Akademik notiqlikning eng muhim xususiyati ilmiy
dalillarning kuchliligi va uning muayyan fan tarmog‘ining mohiyatini yechishga
bag‘ishlanganligidir. Biror fanga xos bo‘lgan barcha asos va qonuniyatlar to‘la ilmiy tarzda
yoritib beriladi. Akademik notiqlik o‘quv yurtlari ma’ruzalari, ilmiy nutq{ma’ruzalar}, ilmiy
sharh, ilmiy axborot turlarini o‘z ichiga oladi.
3. Sud notiqligi. Bu notiqlik turi qoralovchi (prokuror) nutqi, jamoatchi-qoralovchi
nutqi, oqlovchi (advokat) nutqi, jamoatchi-
oqlovchi nutqi, o‘z o‘zini himoya qilish nutqlarini
o‘z ichiga oladi. Sud jarayoni o‘ziga xos bir munozara maydoni bo‘lib, unda umuminsoniy axloq
me’yorlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda, ayblanuvchi va jabrlanuvchi
manfaatini himoya qiladigan adolat va haqiqat tushunchalari hukmron bo‘ladi. Bu jarayondagi
barcha vositalar, jumladan nutq ham ana shu adolat va haqiqatning tantanasiga qaratilgan
bo‘ladi. Sud jarayonida da’vogar ham, himoyalanuvchi ham
-
har biri o‘z manfaatini himoya
qilish uchun kurashadi. Sud hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha
sudlanuvchi shaxs yoki da’vogarning notiqlik san’atidagi mahoratiga bog‘liq hisoblanadi.
4. Ijtimoiy-
maishiy notiqlik. Bu notiqlikka turli tadbir va yig‘inlarda, yubiley
tantanalarida so‘zlanadigan qisqa va lo‘nda nutq yoki suxan so‘zlar kiradi. Masalan: madhiya
(yubiley yoki maqtov nutqi), ta’ziya (motam) nutqi, tabrik nutqi.
5. Diniy notiqlik: xutba, va’z
1. Xutba musulmon orasida keng tarqalgan diniy nutq ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Xutba nutqi juma va hayit namozlarida, shuningdek, boshqa katta marosimlardagi
so‘zlanadigan nutq hisoblanadi. Shu rasmiy nutqni so‘zlovchi notiq
-arbob xatib deb ataladi.
Xutba nutqining diniy, axborot xususiyatlaridan tashqari axloqiy jihati ham mavjud. Xutba
nutqlari quruq rasmiy tilda emas, hikoyat, rivoyat, sarguzasht va boshqa inobatli, ayni paytda
qiziqarli, ko‘rgazmali materiallar bilan asoslangan holda so‘zlanadi. Bu esa xutba nutqlarining
ritorik va estetik-badiiy qiymatini oshiradi.
2. Va’z diniy notiqlikka mansub ikkinchi nutq ko‘rinishidir. Va’zlar asosan keng ommaga
mo‘ljallanganligi uchun xutbaga ko‘ra ancha erkin. Badiiylik va estetik emotsional ta’sirchanlik,
tilining sodda va ravonligi bilan xutbadan farq qiladi. Notiqlik san’ati tur va ko‘rinishlari
jihatidan yuqorida keltirilgan shakllarda namoyon bo‘ladi.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi
bo‘lib, faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi
hisoblanadi. Shuning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo‘lgan maqsadning
tinglovchi yoki kitobxonga to‘liq yetib borishi, ularga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi nazarda tutiladi.
Shunga ko‘ra nutq oldiga ma’lum talablar qo‘yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ
sifatlari bo‘lib, unda nutqning mantiqiy to‘g‘ri, aniq, chiroyli va maqsadga muvofiq bo‘lishi
nazarda tutiladi.
1. Nutqning to‘g‘riligi. “To‘g‘rilik deganda,
-deb yozadi V. G. Kostomarov- nutq
madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan
normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishi, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini (1)
egallashini tushunish lozim”.
Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Chunki nutq to‘g‘ri bo‘lmasa,
uning boshqa kommunikativ sifatlari (2), ya’ni mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga
ham putur yetadi. Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun, asosan, ikki me’yorga
-
urg‘u va grammatik
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
112
normaga qattiq amal qilishni talab qiladi. So‘zlardagi urg‘uning ko‘chishi bilan ma’noning ham
o‘zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim.
Masalan: olma so‘zi. Bu so‘zni alohida urg‘usiz olib qaraganda, uning qanday ma’noda
qo‘llanilayotganini aniqlash qiyin. Faqat urg‘u undagi ma’noning aniqlanishiga ko‘maklashadi.
Ya’ni olma tarzida urg‘u birinchi bo‘g‘iniga tushganda, harakat, olma kabi oxirgi bo‘g‘inga
tushganda esa mevaning bir turi ma’nosida anglashiladi.(1)
Grammatik normaga rioya qilish deganda, gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish,
o‘zak va qo‘shimchalarni qo‘shishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, kelishik qo‘shimchalarini o‘z
o‘rnida qo‘llash, ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish
qonuniyatlari tushuniladi. Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va
ularni joy-
joyida ishlatish, ya’ni nutqning to‘g‘ri tuzilishiga erishish nutq madaniyatining
asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
2. Nutqning aniqligi. -
nutqning aniqligi so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo
mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning asosiy fazilatlaridan biri ekanligi qadimdan
ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi
sharti deb hisoblaganlar.
Masalan, Kaykovus: “Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil,
so‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning
qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan...” deydi. Aristotel: “Agar nutq
noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi”,
- deganlar.
Aniq nutqning muhim xususiyati, fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalash bilan, nutq
predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma’nolarini bilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga xos so‘zlar tanlasa
va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo‘lishi tayin.
Demak, aniqlik nutqda so‘z qo‘llash me’yorlariga amal qilishdan iborat.
3. Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy
normasiga (3) muvofiq kelish - kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, toza nutq hozirgi
o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, turli xil, g‘ayritabiiy til elementlaridan
holi bo‘lishi kerak. Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar xalaqit beradi:
1) Mahalliy dialekt va shevalarga xos so‘z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so‘z
va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi. Nutqda adabiy tilga xos bo‘lmagan so‘zlar, ya’ni
shevaga oid so‘zlar, dialektizmlar badiiy asar tilida ma’lum bir estetik vazifada ijodkorning
maqsadi va niyatini amalga oshirishda tasviriy vosita sifatida qo‘llansa
-da, madaniy nutqqa
soya soluvchi vositadir. Shevaga oid so‘zlarni nutqda tez
-
tez qo‘llash adabiy til me’yorining
buzilishiga sabab bo‘ladi, natijada nutqning tozaligiga putur yetadi. Masalan, kelopti, ketvotti,
bordiz, garmdori (qalampir), zordoli (o‘o‘rik), shoti (narvon), doda, oyi va boshqalar.
2
) Jargonlar. Ayrim kasb egalari yoki guruhlarning o‘zlari o‘ylab topgan ,,tili” bo‘lib,
faqat ular uchun tushunarli bo‘lgan terminlar jargonlar deyiladi. Jargonlar ma’lum guruhga
mansub kishilar o‘rtasidagi sun’iy til hisoblanadi. Masalan, pul so‘zi o‘g‘rilar tilida mullajiring,
aqcha, qassoblar tilida soqqa, yoki “ketdim” oʻrnida “surdim”, “dollar” oʻrnida “koʻki” tarzida
ishlatiladi. Biz badiiy asarlarda bunday so‘zlarga ko‘p marotaba duch kelganmiz. Bunday
so‘zlarni qo‘llash orqali yozuvchi qahramonlar va ularning atrofidagi muhitni haqqoniy tarzda
tasvirlab beradi.
3) Vulgarizmlar -
qo‘pol, haqorat mazmunidagi so‘zlardir. Vulgarizmlardan badiiy
asarlarda salbiy qahramonlarning dag‘alligi, qo‘polligi va madaniyatsizligini ko‘rsatish uchun
ishlatiladi. Lekin bunday so‘zlarning nutqda qo‘llanilishi salbiy hodisadir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
113
4) Varvarizmlar
–
chet so‘zlar, adabiy tilimiz uchun begona bo‘lgan so‘zlarni ishlatish
ham nutqning sofligiga putur yetkazadi. O‘rinsiz ishlatiladigan bu so‘zlar boshqa tillarga
mansub bo‘lib, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, migratsiya, tijorat va boshqa yo‘llar orqali
nutqimizga kirib kelmoqda. Masalan ok, okey, malades, obshi, pajalista, vabshe singari so‘zlar
o‘zbek adabiy tili uchun xos bo‘lmagan so‘zlardir.
5) Nutqda ortiqcha takrorlanadigan “parazit” so‘zlar
-
so‘zlovchining tilga e’tiborsizligi
tufayli yuzaga keladi va doimiy qo‘llanilib borilsa, odatga aylanib qolishi mumkin. Masalan,
ya’ni, demak, xo‘sh, “tak” va boshqalar. Bunday lug‘aviy birliklarni me’yoridan ortiq qo‘llash
nutqning saviyasini pasaytiradi.
6) Kanselyarizmlar -
rasmiy uslubga xos so‘z va birikmalar. Masalan, yuqorida qayd
etilgan, quyida bayon qilingan, ...unvoni berilsin, zimmasiga yuklansin, topshirilsin, tadbirlarni
ishlab chiqsin. Sanab o‘tilgan o‘rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy nutqni ham
xiralashtiradi. Har bir so‘zlovchi o‘z nutqining adabiy normalar darajasida bo‘lishi uchun
harakat qilishi lozim.
Bundan tashqari ijtimoiy-
siyosiy nutqda yuridik terminlar o‘ziga xos rang
-barangligi
bilan o‘zbek tili lug‘at qatlamida salmoqli o‘rin egallaydi. Yillar davomida shakllangan va
mustaqillik sharofati bilan takomillashib kelayotgan qonunchilikda qo‘llaniladigan lug‘aviy
birliklar, terminlar rasmiylik bo‘yog‘i bilan ajralib turadi. Bunday boy lug‘aviy qatlamni
anglatgan ma’nolariga ko‘ra, aniqrog‘i yurisprudensiya tarmoqlariga ko‘ra quyidagicha tasnif
qilishimiz mumkin.
1. Jinoyat va jazo tushunchalarini bildiruvchi yuridik terminlar: bosqinchilik,
tovlamachilik, firibgarlik, retsidiv jinoyat, genotsid, yollanish, terrorizm, nomusga tegish,
josuslik, qo‘poruvchilik, tuhmat, haqorat qilish va h.k.
2. Jinoyat protsessi bilan bog‘liq yuridik terminlar: yuzlashtirish, ko‘zdan kechirish,
jinoyat ishini qo‘zg‘atish, eksperiment, ekspertiza, dalillar, ushlab turish, hukm, appelyatsiya
tartibida ish yuritish, sud tergovi va h.k.
3. Fuqarolik huquqiga oid tushunchalarni bildiruvchi yuridik terminlar: kafillik, yuridik
shaxs, jismoniy shaxs, vakillik, ishonchnoma, vasiylik, intellektual mulk, majburiyat huquqi,
mulkiy munosabatlar, xususiy mulk, shartnoma bitim, homiylik, da’vo muddati va h.k.
4. Fuqarolik protsessi bilan bog‘liq yuridik terminlar: da’voni ta’minlash, da’vo
qo‘zg‘atish, da’vogar, sudda vakillik, javobgar, dalillarni ta’minlash, muomala layoqati, hal qiluv
qarori, kelishuv bitimi, taraflarning o‘zaro kelishuvi, va h.k.
5. Davlat qurilishi va boshqaruviga oid yuridik terminlar: Davlat maslahatchisi,
suverenitet, senat, saylov, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni, respublika, davlat bayrog‘i,
Oliy majlis, hokim, hokimlik, davlat madhiyasi, konstitutsiya va h.k.
XULOSA
. Аdabiy til me’yorlariga amal qilish, milliy til va nutqimizni boyitish, o‘zbek
tilining jozibasini ochib berish va tilimizning sofligiga putur yetkazuvchi omillarni bartaraf
etish uchun kurashish, shu tilda so‘zlashayotgan barcha insonning burchidir. Nutq madaniyati
hozirgi davrda tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal qilish
umummadaniyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, oliy maktablarda, o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida dars o‘tish jarayonini yaxshilash bilan bog‘liq. Shuni qayd etish kerakki, bugungi
kunda nutq madaniyati fanining barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilishi quvonarlidir. Chunki
notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun,
umuman, har qanday madaniyatli inson uchun hayotiy zarurat hisoblanishi kerak. O‘zbek
adabiy tili va uning normalarini ilmiy o‘rganish ham o‘zbek nutq madaniyati sohasi uchun
nihoyatda zarurdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
5 (2023) / ISSN 2181-3701
114
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
B.Omonov “Siyosiy yetakchi nutq madaniyatining jamiyatni demokratlashtirish
jarayonlariga ta’siri”, siyosiy fanlar nom. diss., T.: 2004,
-B. 8.
2.
S.Meyliyev “Tarjima va falsafiy ma’no”, “Tarjima san’ati”, maqolalar to‘plami, 5
-kitob, -T.: 1980, -B. 252.
3.
Kasimova A. N. Must-know skills to translate newspaper articles, P. 281-287.
Scientific Bulletin of NamDU, NamDU ilmiy axborotnomasi- 2023, 2-son, ISSN:2181-0427
Journal.namdu.uz
4.
S.Usmonov “Yuristning nutq madaniyati”, T.; 2006, B.45.
5.
R.Rasulov “Nutq mahorati”. T.;2006, B.15.
6.
https://cyberleninka.ru/article
7.
https://inlibrary.uz/
8.
Salieva, Z. I., oghli Bakiev, F. J., Salieva, Z., & Bakiev, F. (2021). Teaching
Translation with a Moodle Database Activity: A Case-Study for Uzbek Undergraduate
Students. NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 9127-9135.