Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Expression of pragmatic relationships in text and speech
through gender markers
Mansur KUCHIBAYEV
1
, Nigora NIZAMIDDINOVA
2
Uzbek-Finnish Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2024
Received in revised form
10 December 2024
Accepted 25 December 2024
Available online
25 January 2024
This article examines the role of gender-marked words in
language and communication, focusing on how they reflect
pragmatic goals, speech acts, and social relations. It discusses
the semantic categories of gendered vocabulary, including
terms related to sexual differences, age, family relations, social
roles, and professions. The study highlights how gendered
language shapes communication, influencing not only
information transfer but also persuasion, emotional impact, and
power dynamics. Additionally, it explores the influence of
cultural and social factors on the formation of gender
stereotypes in language and their pragmatic implications across
various linguistic contexts.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
pragmatics,
gender character,
gender of the recipient,
linguistic signs,
semantic field,
communicative situation,
stereotypes,
speech movement.
Matnda va nutqda pragmatik munosabatlarning gender
belgilarida ifodalanishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
pragmatika,
gender belgi,
adresat genderi,
lisoniy belgilar,
semantik maydon,
kommunikativ vaziyat,
stereotiplar,
nutqiy harakat.
Ushbu maqola tildagi va muloqotdagi gender belgilangan
so‘zlarning rolini tahlil qiladi, bu so‘zlarning pragmatik
maqsadlar, nutq aktlari va ijtimoiy munosabatlarni qanday aks
ettirishiga e’tibor qaratadi. Maqolada jinsiy farqlar, yosh, oilaviy
aloqalar, ijtimoiy rollar va kasblarni ifodalovchi gender
leksikasining semantik guruhlari muhokama etiladi. Tadqiqot
gender tilining muloqotni shakllantirishi, nafaqat ma’lumot
uzatishga,
balki
ishontirish,
hissiy
ta’sir
va
kuch
munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Bundan
tashqari, maqolada madaniy va ijtimoiy omillarning tildagi
gender stereotiplarning shakllanishiga ta’siri va ularning turli
lingvistik kontekstlardagi pragmatik oqibatlari o‘rganiladi.
1
Teacher, Uzbek-Finnish Pedagogical Institute. Uzbekistan, Samarkand.
2
Teacher, Uzbek-Finnish Pedagogical Institute. Uzbekistan, Samarkand. E-mail: m6160612k@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
214
Выражение прагматических отношений в тексте и
речи посредством гендерных маркеров
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
прагматика,
гендерный характер,
гендер адресата,
языковые признаки,
семантическое поле,
коммуникативная
ситуация,
стереотипы,
речевое движение.
В
данной
статье
исследуется
роль
гендерно
маркированных слов в языке и коммуникации, с акцентом
на то, как эти слова отражают прагматические цели,
речевые акты и социальные отношения. В ней
рассматриваются
семантические
группы
гендерной
лексики, такие как слова, выражающие половые различия,
возраст, семейные отношения, социальные роли и
профессии. Исследование подчеркивает, как гендерно
окрашенный язык формирует общение, влияя не только на
передачу информации, но и на убеждение, эмоциональное
воздействие
и
динамику
власти.
Кроме
того,
анализируется влияние культурных и социальных
факторов на формирование гендерных стереотипов в
языке и их прагматические последствия в различных
лингвистических контекстах.
Pragmatika bugungi kunda lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul
qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi kommunikativ ma
qsad, nutqiy harakat va munosabatlarni
o‘rganuvchi fan sifatida ta’riflanadi. Muloqot
maqsadi oddiygina axborot almashish bilan
chegaralanib qolmaydi, axborot uzatishdan
“
hamkor
”
ga (tinglovchiga, kitobxonga) ta
’
sir
o
‘
tkazish, uni biron-bir narsaga ishontirish, bo
‘
ysundirish, harakatga undash so
‘
zlovchilar
tomonidan o
‘
z maylini, birovni yoki biror narsani yoqtirish-yoqtirmasliginini, norozilik,
hayrat kabi pragmatik maqsadlar, nutqiy harakatlar, munosabatlar kuzatiladi. Bunday
munosabatlar ayniqsa
gender belgili so‘zlarda o‘ziga xos ifodalanadi.
Gender belgili so‘zlar odatda ma’lum bir konsept ichida leksik
-semantik
guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi. Masala
n, “
odam” konseptiga kiruvchi genderli so‘zlarni
quyidagi leksik semantik guruhlarga bo‘lib o‘rga
nish mumkin:
1)
jinsiy farqlarni ifodalovchi gender belgili so‘zlar
(erkak, odam, inson, ayol, xotin,
rafiqa qiz, o‘g
‘il);
2) insonning yosh-qariligini ifodalovchi sematik guru
h (yosh qiz, yosh o‘g‘il bola,
go‘dak, ayol, erkak, chol, kampir, boboy, qar
iya, oqsoqol
);
3) qardoshlikni ifodalovchi genderli semantik guruh:
–
referentning ayol kishiligini ifodalovchi birlikla
r: buvi
–
ona, singil, xola, amma,
kelin, qalliq; rafiqa, yanga, qayin singil; qayn
ona;
–
referentning erkak kishiligini ifodalovchi birliklar
: bobo, aka, birodar, tog‘a,
pochcha, og‘ayni,
oshna
;
4)
oilaviy ahvolni ifodalovchi gender so‘zlar:
er-
xotin; bo‘y qiz
–
turmushga
chiqmagan qiz, yesir, to‘l,
bo‘ydoq;
5)
shaxslararo yaqinlikni, mehribonlikni ifodalovchi gender so‘zlar odatda
kattalar
tomonidan kichiklarga erkalatish ma’nosida, yoki erkak kishining ayolga pragmatik
munosabatini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Bu o‘rinda odatda narsa va tushunchalarning
qimmat baholigi, go‘zalligi, shirinligi, yoqimliligi assotsiatsiya qilinadi:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
215
azizim, mehribonim, mushukcham, qimmatligim, oltinim, yulduzim, kaptarim,
qushcham, azizim, dilbarim, go‘zalim, asalim, gavharim, qo‘zichog‘im, oppog‘im, erkatoyim,
oy yuzligim, dilbarim, quyoshim, malikam va h.;
6)
referentning biron-bir ijtimoiy guruhga
mansubligini ifodalovchi gender so‘zlar
qirol-qirolicha,
–
shahzoda, malika, gersoginya, dehqon, rohib-rohiba, kotib-kotiba, rahbar,
rahbar ayol, taqsir, eshon bobo, rais bobo;
7)
biror millat yoki etnik guruhga mansubligini ifodadovchi gender so‘zlar:
negrityanka, irlandiyalik- irlandiyalik ayol (yoki qiz), -
lo‘li
-
lo‘li ayol;
8)
kasbni, mashulot turini ifodalovchi gender so‘zlar: tikuvchi, chevar
–
jodugar;
–
balerina, imperator ayol;
9)
seksual moyillikni ifodalovchi gender so‘zlar:
buzuq ayol; manjalaqi, xotinboz, bokira;
10)
qo‘rinishni, xulq
-
atvorni xarakterlovchi gender belgili so‘zlar:
mallasoch-
mallasoch ayol, ko‘ngli yumshoq ayol, hazilkash, ochko‘z, urushqoq,
janjalkash
–
yalmog‘iz,
qaqajon, vaysaqi, mijg’ov;
11) kelib chiqishini, yashash joyini
ifodalovchi gender belgili so‘zlar :
aslzoda,
malika, zadogon, eshon, xo‘ja, oqsuyak.
Leksik semantik guruh (LSG) shunday qilib “bir xil qiyoslanuvchi ma’no
anglatuvchi leksik birliklar majmuasidir, ular tilning tarixiy taraqqiyot jarayoniga bog‘liq
bo‘lgan o‘ziga hos ijtimoiy xususiyatlarini ifodalaydilar ” [Филиппенко
2001: 119].
U yoki bu semantik maydonga kiruvchi so‘zlarning ko‘pligi ijtimoiy madaniy
faktorlarga bog‘liq.
Matnda yoki suhbatdoshlar muloqotida ikki jinsga mansub kishilar nutqining
leksik semantik maydonining aniqlanishi nutqning gender xususiyatlari muallif-
so‘zlovchi (adresat), tinglovchi, kitobxon(adresant) nutqidagi gender (jinsga oid lisoniy
birliklar) xususiyatlarining pragmatik maqsad, harakat, munosabat sifatida ayollar va
erkaklar
nutqining bir til va qiyoslanib o‘rganilayotgan tillar doirasida tadqiq qilish
imkoniyatlarini beradi.
Bunday tadqiqotni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal qilinishi lozim:
–
erkak yoki ayol suhbatdoshlarning muloqotga kirishuv jarayonidagi pragmatik
munosabatlari tiplarini aniqlash;
–
matni hosil qilishda turli jins vakillariga xos genderli pragmatik munosabatlarni
aniqlash.
Gender xususiyatli so‘zlarning pragmatik asoslari A.V.
Kirilina (1998),
Ye.I. Goroshko (1999), R.K. Potapov (2002), V.V. Potapova (2006), I.I. Xaleyevalarning
(2000) tadqiqotlarida atroflicha o‘rganilgan va ularda gender steriotipi “Har ikki jins
vakillarining xulqiy meyorlarida atribut va sifatlarida madaniy va ijtimoiy sharoitlar bilan
bog‘liq holda shakllangan va nutqda, matnnda voqelanadigan belgilar” sifatida
ta’riflanadi. [Кирилина
,1999:63].
Gender
–
bu ijtimoiy yoki ijtimoiy madaniy jinsga oidlik belgisi hisoblanib, u lisoniy
kategoriya emas, ammo uning mazmuni lisoniy pragmatik maqsad, harakat va
munosabatlarni tahlil
qilish orqali ochilishi mumkin. Bunda so‘z orqali suhbatdoshning
jinsiga, madaniyatiga, ijtimoiy mavqesiga, psixologik xususiyatlariga doir pragmatik
axborotlar oydinlashadi va u nutq faoliyatining turli aspektlarini o‘rganuvchi matn
pragmatikasi bilan ch
ambarchas bog‘liqdir.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
216
Adresat genderi kommunikativ vaziyat hosil qilishda va gapiruvchi (muallif)
shaxsning nutqiy harakatlarini oldindan payqashda muhim omillardan hisoblanadi.
Odatda kundalik muloqot jarayonida adresatning o‘zi ham shaxsan genderli
ishtirokchi hisoblanadi. Adresat genderining muloqotni tashkil qiluvchilik funksiyasi
notanish va unchalik yaqin bo‘lmagan kishilarga nisbatan voqelanadigan nutqiy
harakatda, ayniqsa muloqotning boshlanishida kuchayishi bilan ko‘zga yaqqol
tashlanadi.Masalan:
“
Yaxshi qiz, meditsina institutiga qanday avtobus qatnashini
aytolmaysimi?
Adresat genderni aniqlash bu o‘rinda kontekst orqali, kommunikativ
vaziyat yoki genderli so‘z: “yaxshi qiz” orqali aniqlanadi: demak, adresat yosh yigit, u
talaba; uning maqsadi yo‘l so‘rash. Ayni paytda genderli lisoniy vosita adresatning
emosional ekspressiv nutqiy harakatini ham ifodalayapdi. Bu nutq aktidagi genderli
murojaatning mavzuiy va stilistik (emosional-ekspressiv) belgilarilari (markerlari)
hisoblanadi. Aynan bunday gend
erli vositalar muloqot aktining kommunikativ ta’sirini
ham belgilaydi. Binobarin adresant yosh yigit murojaatidagi “yaxshi qiz” so‘zini
eshitmaganida edi, adresatning nutqiy harakati, maqsadi, munosabati natijasiz qolgan
bo‘lardi.
“Erkaklar murojaatida ge
nderli belgilar ayollarnikiga nisbatan kamligi bilan
xarakterlanadi” [Vejbitskaya 1996: 41]. Demak, “Adresat bu kommunikativ ta’sir qiluvchi
shaxs sifatida muloqot mohiyatini aniqlab beruvchi figuradir” [Бородина
2001:120].
Tadqiqotlarda adresatning muloqot subyekti sifatidagi quyidagi funksiyalari
farqlanadi:
1) adresant tinglovchiga matnni idrok qildiruvchi va tushuntiruvchi subyektdir;
2)adresat (gapiruvchi shaxs,muallif) adresantdan nutqiy axborotni eshitib (lokutiv
harakatni) til vositalarini tanlab (emotsiyalar,munosabatlar, harakatlar orqali), javob
nutqi vujudga keltirishga majbur qiluvchi undovchi subyektdir.
Bunday holatda turli jinsga va genderga mansub shaxslarning nutqiy
harakatlaridagi farqlar quyidagi gender belgilarda o‘z aksini topadi:
–
fonetik markerlar-
bu tur o‘z ichiga eng avvalo erkaklar va ayollar nutqidagi
ovoz tonining balandligi yoki pastligi, tovush tembri, intonatsiyalash, pauzalar, mantiqiy
xulosalash turlarida o‘z aksini topadi;
–
morfologik markerlar
–
bu tur o‘z ichiga ma’no
-mazmuni bilan mujskoy va
jenskoy rodga mansub so‘zlarni hosil qiluvchi belgilarda o‘z aksini topadi;( o‘zbekcha:
ojiz-ojiza, ozod-ozoda,rafiq-rafiqa; fransuzcha: maitre-
maitresse, poéte
-
poètesse,
instituteur-institutrice, conte-contesse);
–
leksik markerlar
–
erkak va ayollar nomini, yoki o‘z semantik komponentida
erkak va ayol tushunchasini ifodalovchi so‘zlarni qo‘llanishida o‘z aksini
topadi;(Teshaboy, Boltaboy, Anora, Yo‘lchi, Gulnor, ma’shuqa, ojiza, adiba);
–
ekspressiv-stilistik
markerlar muloqot jarayonida yo erkaklar yo ayollar uchun
ko‘proq xarakterli bo‘lgan so‘z va konstruksiyalarni qo‘llanilishida o‘z aksini topadi.
Odatda faqat erkaklar steriotipiga mansub so‘zlar sifatida “qo‘pol so‘zlar” tushuniladi
(pondavoy, xezalak, mishiqi, ko‘
rnamak,manjalaqi, laqma); ayollar steriotipiga mansub
so‘zlar sifatida yuqori darajali stilistik bo‘yoqdor so‘zlar yoki his
-hayajonli, erkalatuvchi,
ko‘tarinki nutqlar, diminutivlar va b. tushuniladi (asalim, shakarim, paxmog‘im, ayiqvoy);
–
tematik markerlar
–
steriotip jihatdan erkaklar va ayollar mavzusiga bog‘liq
bo‘lgan so‘zlarni qo‘llanishida o‘z aksini topadi [Горошко
,
Кирилина
1999: 234-241].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
217
Yuqorida berilgan markerlarning barchasi adresat, adresant yoki uchinchi shaxs
nutqlarida uchrashi mumkin
. Agar zonalarning qaysi biridadir markerlar kamroq bo‘lsa,
bunday holda jins
–
gender noaniqligi vujudga keladi va bu kommunikativ vaziyat yoki
kontekst orqali aniqlanishi mumkin.
O.S.
Issersning ta’kidlashicha, muloqot jarayonida adresat nutqi quyidagi
p
arametrlarda o‘z aksini topadi:
–
u o‘z nutqida o‘z “men”ini, shaxsiy xususiyatlarini
(bevosita yoki bilvosita,
o‘z mavqeini ko‘tarish yoki pasaytirish darajasida) namoyon qiladi;
–
so‘zlarni qullashda odobliligini (xushmomalalik borasida suhbatdoshini o‘ziga
jalb qilishga qiziqish yoki kiziqmaslikigini) namoyon qiladi;
–
fikr almashinuv jarayonida
suhbatdoshlar o‘z nutqlarining kommunikativ
-
pragmatik ta’sirning samaradorligi nazorat qiladilar (ohangni ongli tarzda tanlaydi,
vaziyat va holatni boshqaradi) (
Иссерс 2002:
173).
Kundalik muloqot jarayonida genderli murojaat kishilar hayotida har kuni ro‘y
beradi, u tabiiyligi, avvaldan tayyorlanmaganligi va suhbatdoshlarning muloqotga
bevosita ishtirok etishlari bilan xarakterlanadi .
Genderli murojaat muammosida gapiruvchi shaxsning odatda o‘z suhbatdoshining
kim ekanligini bilishi muhim va bunday hollarda unga murojaatda xushmuomalalik
formalaridan, performativ fe’llardan, olmoshlardan va h. foydalaniladi. Bu adresatning
kommunikativ
maqsadi, harakati, munosabati va gapning grammatik tizimida o‘z aksini
topadi. Masalan:
–
Telefondan uning yoqimli ovozini eshitib, o‘zim shoshib qoldim, axir telefon
raqamini unutib qo‘ygandim
-da!
–
Xo‘sh, endi esladingmi pondavoy? (yoshlar suhbatidan).
Genderli markerlangan mavzu ko‘p hollarda bir gerderli suhbatdoshlar
dialoglarida o‘z aksini topadi,buni biz yuqoridagi misolda ikki yosh yigitning qizlar
haqidagi mavzuda suhbatlashayotganini his qilamiz. Agar muloqot boshqa gender vakili
bilan uyushtiril
sa, mavzu markeri kamroq namoyon bo‘ladi.
Ayollar muloqoti haqidagi tasavvurlar maxsus steriotiplarda, masalan “ayollar
g‘iybati”, “xotinlar suhbati”, erkaklarniki
–
madaniy ongida shakllangan “erkakcha
suhbat”, “erkakchasiga gaplashmoq” birikmalarida namoyon bo‘ladi. Ayollar muloqotiga
erkaklarga nisbatan salbiy konnotatsiyali birliklardan foydalanish xarakterli bo‘lsa,
erkaklar muloqotini xarakterlovchi birliklarda ijobiy baholash ko‘proq uchraydi.
Turqi ko‘rsin, biram
sovuq basharali
odam ekanki! (ayollar suhbatidan).
Voy-vuy! Munchalar
ofatijon
ekan (erkaklar suhbatidan).
Erkaklar muloqotida mavzu unchalik qiziqarli bo‘lmasa yoki u uchinchi bir
kishining hayoti haqida ketsa, bu holda ularning suhbati “ayollarcha g‘iybat” yoki
“ayollarcha ezmalik” s
ifatida baholanadi
.
Ma’lum bo‘lishicha, ayollar erkin suhbat jarayonida tashqi ko‘rinish, sog‘liq, xarid
qilingan narsalar, kiyimlar, bolalar, erkaklar boshqa odamlar va h. haqida fikr
almashishni afzal ko‘rishadi. Sotib olingan kiyim va narsa haqida fikr
almashish ayollar
orasida eng keng ommalashgan suhbat mavzusidir:
Men o‘zimga boshni aylantirib yuboradigan darajada katta atlas yoqali oppoq
shohi buluzka sotib oldim (ayollar nutqidan).
Adresat bilan kiyim-kechaklar, nimani-nima bilan kiyish haqidagi fikr almashuvlar,
maslahatlar ayollar suhbatidagi eng muhim mavzulardir:
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
218
–
Oq sviterimni nima qilsam ekan-a, men uni endi hech qachon kiymayman.
–
Olib-sotarlarga berib yubora qol ( ayollar suhbatidan).
Ayollar ko‘pincha adresat bilan tashqi ko‘rinish, sog‘l
iq, ozish va bu orqali yaxshi
ko‘rinishga ega bo‘lish haqida suhbatlashishadi. “Ozish sirlari”, “go‘zallik retseptlari”
singari mavzular aynan ayollarga xos gender birikmalarda o‘z ifodasini topadi.
Erkaklar esa o‘zlaridagi xushbichimlik, tashqi ko‘rinish mavzularda ko‘pincha
suhbatlashishni xush kurishmaydi, sog‘lik haqidagi suhbatlar esa keksalik yoshidagi
erkaklarga xos.
–
Haliyam yuribsanmi, birodar? Kampiring qalay?
–
Xali baquvvatman. Har kuni jismoniy mashqlar qilaman. Kampirim ham otdek,
mendan norozi emas (Keksalar suhbatidan).
Erkaklar haqidagi mavzu ayollar muloqotida o‘z adresati bilan erkaklar bilan yuz
berayotgan shaxsiy munosabatlari, erkaklarning fazilatlari (tashqi ko‘rinishi, xulq
-atvori,
xarakteri, jamiyatdagi mavqesi va b.) haqida suhbatlashadilar va bu mavzular ayollarnig
o‘zaro munosabatlar o‘rnatishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Qizlar, tan olishim kerakki, menga Erkin yoqib qoldi. Aytinglar, qizlar, endi nima
qilay?”
(qizlar suhbatidan).
Boshqa kishilar hayotini muhokama qilish ayollar muloqotidagi muhim
mavzularidan biridir va bu ularning “g‘iybatkashligi” haqidagi tasavvur uyg‘otadi.
“Bilasanmi, dugonajon, mening tengdoshlarimdagi o‘zgarishlar menga juda yoqadi,
ammo anavi ayol esa sirayam o‘zgarmayaptida! (ayollar suhbatidan
).
Shu nuqtai nazardan “mashhur kishilar hayoti”ni muhokama qilish ham ayollar
muloqotining eng muhim mavzusidir
.
Erkaklar muloqotini kuzatish natijalariga ko‘ra ular o‘z adresati bilan texnika,
qurollar, mashinalar, ayollar, sport, xobbi, bahsli hisoblanuvchi tarixiy va siyosiy
masalalar haqida suhbatlashadilar. Hatto ma’lum bir texnik qurilma ularning kasbiga
taalluqli bo‘lmasa ham, ular bunday yangiliklarga qiziqish bilan munosabat bildirishadi:
“Bunga qara, jo‘ra, qanday zo‘r narsa sotib oldim: klaviat
ura va infraqizil
sichqoncha, divanda o‘tirib olib, masofadan turib boshqarib bemalol kino tomosha qilish
mumkin”
(katta yoshli erkaklar suhbatidan).
Erkaklar muloqotida ham ayollar mavzusi genderli markerlangan. Ular eng avvalo
ayollarning tashqi ko‘rinis
hini va xulqini muhokama qilishadi, ayollarning shaxsiy sifat
–
fazilatlari esa ular erkaklar hayotiga muayyan darajada ta’sir qilganidagina muhokama
qilinadi. Masalan:
–
Jamilaga gap yo‘q, u juda ketvorgan, ammo unga qanday yaqinlashishni
bilmayman. Nima maslahat berasan?
–
Og‘zingdan so‘lagingni oqizmay qo‘yaqol, uning qallig‘i bor (y
osh yigitlar
suhbatidan).
O‘zbeklar madaniyatida ayollar “faol salbiy emotsiyalarini namoyon qilishlarida
erkaklarga nisbatan o‘zini tiya olishlari lozim” degan ahloqiy
-tarbiyaviy aqida mavjud.
Erkaklar esa, o‘z salbiy emotsiyalarini odatda g‘azab, achchiqlanish va g‘ijinishlarini
uyatli ekspressiv so‘zlar orqali ifodalashadi. Ayni paytda erkaklar og‘riqni, ranjishni,
hayratni ifodalovchi salbiy va ijobiy emotsiyalarini ifoda
lashda o‘zlarini ancha tiyishadi.
Masalan, yosh bolaga qilinadigan o‘gitlarni qiyoslang:
–
Yig‘lashni bas qil, nima, qiz bolamisan?
–
Uni qara-ya, xuddi qizlardek qilpillaysan-a!.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2025) / ISSN 2181-3701
219
Kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, ayollar muloqot jarayonida o‘z emotsiyalarin
i
ko‘proq namoyon qilishadi, ammo ularni o‘z dugonalariga hamdardlik istaganlari holda
gapirishadi. Bunday holat ayniqsa ranjishni, adresantdan hayratda qolganlikni, suhbat
mavzusiga baholovchi munosabat bildirishda yorqin ifodalanadi:
–
Voy-
buy, o‘zimni bosolmayapman, bu qanday muhtasham uy, yo‘q, yo‘q, o‘zimni
tutolmayman, bu yerdan ketaman, men unga qarolmayman. Dugonajon, hozir bug‘ilib
o‘laman. Men ham shunday uyda yashashni xohlayman! Qanday yaxshi! (25 yoshli ayol gapi).
Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lish
icha, erkak va ayollarning adresatga nisbatan
kommunikativ xulq-atvorlari emotsionallik darajasi bilan ham farqlanadi. Ammo bu
farqlar “ekspressivlikning mavjudligi yoki mavjud emasligi” nuqtai nazardan emas,
“ekspressivlikning kuchliligi yoki kuchsizligi”
nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Masalan,
qo‘pol yo‘naltirilgan nutq har doim erkaklarga tegishli deb baholanadi, Ayni paytda
gender sreriotip qo‘pol gapiruvchi ayollarga ham xos. Bunday holda ular “erkakshoda”
deya baholanadilar. Xuddi shuningdek, ko‘ta
rinki, his- hayojonli nutqni sof ayollarga xos
nutq deya talqin qilishadi (
Потапов
М
., 2000.).
Kundalik turmush tajribasidan biz aynan turli jins vakillarining o‘zaro
munosabatlaridan
–
gender belgilarini, erkak yoki ayol diqqatini qanday tortish
usullarini, ular bilan muloqot qilish usullarini bilib olamiz.
Shunday qilib so‘zlovchi nutqidagi pragmatik munosabatlar unga javob
qaytaruvchi tinglovchida ham muayyan tarzda ijobiy, salbiy pragmatik munosabatlarda
o‘z ifodasini topadi. Bunday munosabatlani o‘rgan
ish shaxs genderini pragmatik tahlil
qilishda keng imkoniyatlarni ochishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Бородина, Т.В. К универсальности оппозиции мужской/женский: лицо
человека в культурных моделях Запада и Востока // Международная
конференция: «Язык и культура». –
М., 2001. С. 129.
2.
Вежбицка А. Язык. Культура. Познание. –
М: «Русские словари», 1996. –
416 с.
3.
Горошко Е.Н., Кирилина А.В. Гендерные исследования в лингвистике
сегодня // Гендерные исследования. М., 1999. Вып. 2. С. 234
-241.
4.
Иссерс О.С. Проблемы создания «коммуникативного портрета»: тендерный
аспект // Гендер: язык, культура, коммуникация. М., 2002. Вып. 2
5.
Кирилина А.В. Гендер: лингвистические аспекты. –
Москва, «Институт
социологии РАН», 1999.
6.
Нефёдова Н.К. К проблеме использования гендерного анализа в
лингвистических исследованиях
\\
Вопросы лингвистики. 2001
7.
Потапов В.В. Современное состояние гендерных исследований в
англоязычных странах// Гендер как интрига познания. М., 2000. Вып. 1.
8.
Шмелев Д.Н. Проблемы семантического анализа лексики. –
М., 1973.
9.
Abdumurotovich,
Kuchiboyev
Mansur.
"Badiiy
tarjimada
tarjima
transformatsiyalari-
ingliz, rus va o ‘zbek tillari misolida." barqarorlik va yetakchi
tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali 3.12 (2023): 367-371.
