Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Research on symmetric and asymmetric relations of
lexemes expressing the sense of sight in English and Uzbek
languages
Sherali SHOKIROV
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 25 January 2025
Available online
15 February 2025
This study explores the symmetric and asymmetric relations
of lexemes that express the sense of sight in the English and
Uzbek languages. It aims to analyze how these lexemes are used,
their meanings, and the cultural implications behind their usage.
By comparing the two languages, the research sheds light on the
similarities and differences in linguistic expressions of visual
perception.
2181-3663/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss1-pp72-78
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Symmetric relations,
Asymmetric relations,
Lexemes,
Sense of sight,
English language,
Uzbek language,
Linguistic analysis,
Visual perception.
Ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini ifodalovchi
leksemalarning simmetrik va asimmetrik munosabati
tadqiqi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
simmetrik munosabatlar,
asimmetrik munosabatlar,
leksemalar,
ko‘rish sezgisi,
ingliz tili,
o‘zbek tili,
lingvistik tahlil,
vizual idrok.
Ushbu tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida ko‘rish sezgisini
ifodalovchi
leksemalarning
simmetrik
va
asimmetrik
munosabatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda bu
leksemalarning ishlatilishi, ularning ma’nolari va ularning
madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ikkala tilni solishtirish orqali
lingvistik ifodalarda ko‘rish qobiliyatining o‘xshashliklari va
farqlari yoritiladi.
1
Professor, Andijan State University. E-mail: Sheralis790@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
73
Исследование
симметричных
и
асимметричных
отношений лексем, выражающих чувство зрения в
английском и узбекском языках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
симметричные
отношения,
асимметричные
отношения,
лексемы,
чувство зрения,
английский язык,
узбекский язык,
лингвистический анализ,
визуальное восприятие.
Данное
исследование
посвящено
изучению
симметричных и асимметричных отношений лексем,
выражающих чувство зрения в английском и узбекском
языках.
Целью
исследования
является
анализ
использования этих лексем, их значений и культурных
аспектов, связанных с их употреблением. Сравнение двух
языков позволяет выявить сходства и различия в
лингвистических выражениях визуального восприятия.
Ma’lumki, insonning his etish, fahmlash, fikrlash, tafakkur qilish, anglash, tushunish
kabi xususiyatlari uning sezish layoqati orqali amalga oshiriladi va bu uning eng muhim
tayanch (fundamental) qobiliyatlaridan biri hisoblanadi.
Insonga uni qamrab olgan borliq to‘g‘risidagi ma’lumotlar ingliz tilida:, hearing,
touch, smell, taste o‘zbek tilida: seeing - kо‘rish, hearing - eshitish, taste - ta’m, smell - hid,
touch - sezgi layoqatini bilish kabi xususiyatlar bilan birgalikda bevosita idroketish (sezgi)
shaklida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur ma’lumotlar (ko‘rish sezgisi, eshitish sezgisi,
sezish, his qilish sezgisi, hid bilish sezgisi)ni yetkazib beruvchi vositalar borliqni idrok
etishning umumiy tizimini tashkil qiladi. Idrok qilishning har bir usuli tananing biror-bir
muayyan organi yordamida yuzaga chiqarilib bunda ko‘rish sezgisi alohida ahamiyat kasb
etib, mazkur tuzilmaning boshqa sensor tizimlarga nisbatan bajaradigan amallari keng
qamrovli hamda hayot uchun muhim hisoblanadi. Inson uning yordamida borliqni
tafakkur qiladi, hodisa va jarayonlar his qilinadi, qabul qilinadi, boshqalaridan farqlanadi,
o‘zlashtiriladi hamda ularning obrazlari shakllantiriladi. Yuqoridagiyо‘nalishlar tasnifi
o‘zining nisbatan aniqligi hamda qator olimlarning ko‘rish sezgisi va idrok qilish
jarayonining yuzaga kelishi to‘g‘risidagi fikrlariga mosligi bilan e’tiborimizni tortdi.
Shuningdek, keltirilgan yo‘nalishlarni tavsiflab o‘tsak:
1)
Kо‘rish sezgisining psixo-fiziologik aspekti
; Kо‘rib idrok qilish jarayonida his
qilish organlari kompleks ravishda ishlaydi, ya’ni qabul qilinayotgan ma’lumotlar
qiyoslanadi, baholanadi va shu tariqa ongimizda о‘z ifodasini topadi. Kо‘rib idrok
qilishning muhim xususiyatlari – bu predmetlar olami bilan bog‘langanligi, bir butunligi,
shakllangani, konstanti (doimiy miqdori) va anglashinganlik darajasida namoyon bо‘ladi.
2)
Kо‘rish sezgisining falsafiy aspekti
;Idrok qilishning mohiyati, mazmuni, asosiy
hislat-xususiyati, amal qilishi va inson faoliyatidagi о‘rni tо‘g‘risidagi masalalar antik
davrlarda ham muhokamalarga sabab bо‘lib kelgan. Faylasuf va psixologlar insonning
perseptiv (idrok qilish) tizimiga oid о‘z farazlarini yoritib, bu jarayonda kо‘rishning
mavhumligini birinchi darajadagi ahamiyatga molik deb hisoblab, uning inson kognitiv
sistemasiga bog‘liqligini turlicha talqin qilganlar.
3)
Kо‘rish sezgisining ijtimoiy-madaniy aspekti
; Kо‘rish sezgisi (persepsiyasi)
о‘zining keng qamrovli xarakterdaligi sababli madaniy aspektda ham о‘rganiladi. Kо‘rish –
bu nafaqat neyrofiziologik vazifani bajaruvchi, balki insonning kо‘rish qobiliyatlari
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
74
natijasida erishgan yutuqlari, tajribalari asosida madaniyatga erishish vositasi
hisoblanadi.
4)
Kо‘rish sezgisining lingvistik aspekti
; Idrok qilish qobiliyatini kognitiv
mexanizm sifatida til orqali ifodalanishining lingvistik mexanizmlaridan biri bо‘lib, tilning
belgilar sistemasi va sо‘zning semantik ma’nosi – nolisoniy mavjudlikni obyektivlashtirib
(ifodalab), inson tomonidan mazkur voqelikning idrok qilinishini belgilab beradi. Bu
jarayonda sо‘zning ma’no-mazmuni kognitiv tizimidagi kо‘rishga doir obrazlarning
shaxsiy, individual tasvirlarini emas, balki ularning ijtimoiy belgilarini namoyon qiladi.
Barcha tillar simmetrik nuqtai-nazaridan «kun» – bu insonlar kо‘rishi mumkin
bо‘lgan payt; «tun» esa asimmetrik hisoblanib insonlar kо‘ra olmaydigan kо‘rsada, uning
butunligini faraz qiladigan vaqtdir. «Yorqin» va «yaltiroq» bо‘lib kо‘ringan predmetlar
“kun”ning yorug‘ligiga nisbatan insonning kо‘rish qobilyatiga nisbatan asimmetrik
munosabatda ekanligini namunasi xisoblanadi. Qolaversa, «qorong‘u» va «za’faron»
(yorug‘ emas) predmetlar ham unga misol bо‘la oladi.
Ma’lumki, ingliz va о‘zbek tillaridagi kо‘rish sezgisini ifodalovchi
to look-boqmok,
qaramoq
/ to see-kо‘rmoq fe’llarining semantik strukturasidakо‘rish yordamida seza olish,
kо‘rish sezgisining amalga oshirilishi, kо‘rish sezgisining maqsadga muvofiqligi,
natijadorlik kabi belgilar mavjudligi aniqlandi. Mazkur fe’llar kо‘p tadbiq etilishi va
tuzilishi jihatidan neytral bо‘lganligi sababli mikromaydonning dominantasi sanaladi va
qо‘llanilishida indentifikator-sо‘zlar sifatida xizmat qiladi.
Kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalar insonning ichki leksikonida mavjud bо‘lgan
verbal va noverbal tushunchalardan iborat muayyan mental mazmunni ifodalaydi. Kо‘rish
sezgisining konseptlashuvi voqelikning ongdagi anglashinuvi va inson ongida biror-bir
konseptni hosil qilinishiga, ushbu konseptning tavsiflari yig‘indisining paydo bо‘lishiga
sababchi bо‘lsa, u holda kategoriyalashuv natijasida ushbu konseptual tavsiflar tartibga
solinadi.
Ingliz va о‘zbek tillarida kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalarning xususiy turlari
haqida sо‘z yuritilganda, mazkur guruhda kо‘rish orqali sezish ma’nosini ifoda etuvchi
о‘ziga xos uslubiy, semantik, grammatik xususiyatlarga ega fe’llar nisbatan kо‘p uchrashini
alohida ta’kidlash lozim. Kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalarning xususiy turlarini
ifodalovchi fe’llar rang-barang ma’nolarni ifodalab, qator xususiyatlarni namoyon qiladi.
Ularga kо‘ra, kо‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning ijobiy, salbiy va neytral xususiyatlari
mavjud.
Kо‘rish sezgisini ifodalaydigan leksemalar yuqoridagi dominantlar yordamida
aniqlanmaydigan bо‘lsa ular о‘rganilayotgan mavzuiy guruhdagi kо‘rish sezgisini
ifodalovchi (ingliz tilidagi
to see / to look
) va (о‘zbek tilidagi
kо‘rmoq/qaramoq
) fe’llar
umumiy invariant mazmunni ifodalaydi, kо‘rish sezgisini ifodalovchi boshqa fe’llar esa
konseptual strukturaning asimmetrik tavsiflarini namoyon qiladi.
Kо‘rish sezgisi ifodalovchi leksemalarning taksonomikmodelining tayanch darajasi
talabiga asosan perseptiv voqelikning konseptualizatsiyasi uchun, kо‘rish sezgisi orqali
ma’lumotlarni qayta ishlash minimal kognitiv hatti-harakatlar evaziga amalga oshiriladi.
Bu daraja konseptualizatsiya rakursining aniqlashtirilish, persepsiyani hisobga olishda
о‘ziga xoslikni belgilab berishni talab qilmaydi. Ushbu darajadagi simmetrik va asimmetrik
tavsiflar iyerarxiyasida muhim hisoblangan, zaruriy konseptual tavsiflar joylashgan bо‘lib,
ular kо‘rish sezgisining prototipik munosabatlari haqida bilimlarni yetkazib beradi. Bular
qatoriga ‘subyekt’, ‘obyekt’ va ‘yо‘naltirilganlik’ tavsiflari kiradi. Ushbu konseptual
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
75
tavsiflar reprezentantlari sifatida ingliz tilida
to see
va
to look
fe’llari, о‘zbek tilida esa
«kо‘rmoq»
va
«qaramoq»
fe’llari chiqadi.Ma’lumki, ingliz tilidagi to see va to look tayanch
darajaning birinchi qatorini tashkil qiladi .
Ushbu leksemalar reprezentatsiya qilgan konseptual strukturada simmetrik
mazmun sifatida tayanch darajadagi konseptual tavsiflar qо‘llanadi.
1.
to see, to look
leksemalari alohida aspektni aniqlashtirmagan holda ikki xildagi
kо‘rish sezgisini ifodalaydi. Masalan:
to see
– «have or use the power of sight»,
to look
- «to
turn your eyes towards something, so that you can see it».
2. Morfologik jihatdan soddalik.
to see
va
to look leksema
lari ikki tilda ham bir
tarkibli fe’llardir.
3. Birikma hosil qilishga moyillik. Mazkur
leksem
alar predlogli, frazali va frazali-
predlogli birikmalar hosil qila oladilar. Lekin ingliz tilidagi
to see
fe’li,
to look
fe’lidan farq
qilgan holda
at
yoki
on
predlogi yordamida о‘zining tarkibiga tо‘ldiruvchini qо‘shib
olmaydi, chunki bu fe’l о‘timli fe’l bо‘lib, kо‘rish sezgisi ifodasini inaktiv va yо‘naltirilmagan
sifatida yetkazish uchun qо‘llanadi. Umuman olganda
to see
fe’li yо‘nalish predloglari bilan
birikma hosil qilganda, о‘timli frazali fe’lning tarkibiy qismi sifatida qо‘llanadi va fe’lning
kategorial maqomi о‘zgarganiga ishora qiladi hamda kategorizatsiyaning funksional
aspektini namoyon qiladi. Ushbu
leksem
aning birikishga moyilligi subyektlar (jonli va
jonsiz, abstrakt subyektlar) bilan birikuvida ham keng namoyon bо‘ladi, masalan:
For a
moment I (a woman, the main character)saw a brief return of animation to her features
,
(jonli subyekt); Rudolph (the man)
looked
curiously around the room.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ingliz tilidagi simmetrik modelning tayanch darajasidagi ikkinchi (“о‘timli”)
qatorida
to watch, to stare
va
to gaze
leksemalari joylashgan. О‘zbek tilida esa tikilmoq,
termilmoq va angraymoq
fe’llari tо‘g‘ri keladi (ushbu leksemalarning ma’nolari pastda
alohida izoh beriladi).
Ingliz tilidagi
to watch, to stare
va
to gaze
, о‘zbek tilidagi tikilmoq,
termilmoq
va
angraymoq
leksema
lari perseptiv situatsiyani simmetrik munosabatini ifodalasa, ushbu
leksemalarning konseptual strukturasida quyidagicha qо‘shimcha asimmetrik tasniflar
mavjud, ya’ni: “payt-davomiylik”) va u bilan bog‘liq bо‘lgan “usul” tavsifi. Masalan:
To
watch
(tikilmoq)
leksemasining asosiy mazmuni: «
to look at someone or something for a
period of time, paying attention to what is happening
».
To watch (tikilmoq)
leksemasiga
berilgan lug‘aviy ta’rifga kо‘ra, ushbu fe’l kо‘rish sezgisini simmetrik tarzda ifodalaydi,
chunki fe’l ifodalagan konseptual strukturada tayanch konseptual tavsiflar qatorida
qо‘shimcha “payt”
(for a period of time)
va “obraz” (usul) (paying attention to what is
happening) kabi tavsiflar ham mavjudligi aniqlandi.
To stare (termilmoq)
leksemasining simmetrik kriteriyasini kuzatish natijasida
ma’lum bо‘ladiki,
to stare (termilmoq)
fe’li perseptiv situatsiyaning muayyaan aspektini
aniqlashtirgan holda kо‘rish sezgisini ifodalaydi, masalan:
«to look at somediv/something
for a long time»
,
To stare leksema
si bir tarkiblidir. Mazkur fe’l kо‘p hollarda predloglar va postverblar
bilan asimmetrik munosabatlarda qо‘llanadi, masalan:
«You were going seventy in a fifty-
mile zone», - he said, staring coldly at Thomas
.
To gaze leksemas
i quyidagi mazmunda qо‘llanadi: «to look at someone or something
for a long time, giving it all your attention, often without realizing you are doing so».
Mazkur definitsiyalarda kо‘rish sezgisini ifodalovchi fe’lning simmetriya kuzatilmaydi
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
76
lekin qо‘shimcha konseptual tasnif – “payt-davomiyligi”
(for a long time)
ning va u bilan
bog‘liq bо‘lgan “obraz” - “usul”
(giving it all your attention
) tasnifi qо‘llanadi.
To gaze leksemas
i bir tarkibli bо‘lib, postverblar bilan birgalikda asimmetrik
ma’noda qо‘llanadi:
Then, in the sorrowful moments of our triumphant power, their eyes
gaze on us with a mute reproach
;
О‘zbek tilida ham
kо‘rmoq
– kо‘rish qobiliyatiga ega bо‘lmoq, kishi va narsalarning,
borliqning qanday kо‘rinishini farqlay bilmoq,
qaramoq
– kо‘rish uchun kо‘zni biror
tomonga narsa yoki kimsaga yо‘naltirmoq degan ma’nolar ifodalab, asimmetrik
munosabatda bо‘luvchi quyidagi leksemalari mavjud.
Qaramoq, tikilmoq, boqmoq
kabi leksemalar ma’no xususiyatlariga kо‘ra boshqa bir
guruhni tashkil qilib fe’lning nutqda kо‘llanilishiga e’tibor bersak, “
kо‘rmoq”
fe’li neytral
hisoblanib, simetrik munosabatni ifodalayabti. Chunki mazkur fe’l ikkinchi guruhni tashkil
qiluvchi fe’llarning kо‘pchiligi о‘rnida qо‘llanilishi mumkin. “
Kо‘rmoq”
fe’li kо‘rish
qobiliyatiga ega bо‘lmoq, kishi va narsalarning, borliqniig kо‘rinishi qandayligini farqlay
bilmoq ma’nolarini ifodalab kelsa-da, ushbu fe’l kо‘rish amali haqidagi eng umumiy
tushunchani ifodalaydi.
Qaramoq, boqmoq, termulmoq, olaymoq, gо‘laymoq
leksemalarida kо‘rish amali
ma’nosi torayadi va gapdagi mazmuni simmetriyadan asimmetriya munosabatiga о‘tadi.
Kо‘rish sezgisini ifodalovchi asimmetrik ma’noni bildiruvchi sо‘zlar uslubiy qо‘llanish
jihatidan о‘zaro farqlanadi. Masalan,
qaramoq
va
boqmoq
fe’llari bir grammatik shakldagi
sо‘z bilan bog‘lanib kelsa ham, qо‘llanilishiga kо‘ra farqlanadi.
Qaramoq
fe’li umumiylik
xususiyatiga ega bо‘lib, adabiy tilda ham, muloqotda ham qо‘llanilishi mumkin.
Boqmoq
fe’li esa kо‘proq badiiy tilda va asarlarda emotsional ma’no qо‘shish, о‘ziga xos asimmetrik
tushunchani ifodalash uchun xizmat qiladi. Fikrimizni misollar asosida tahlil qilsak:
Mо‘min suvchi g‘о‘zaga suv tirab yurar, Qish paytida shiyponga ham qarab turar. Kо‘p og‘ir,
indamay ketib borayotgan, Mо‘min turnalarga boqib, о‘y surmaq.
Berilgan misollardagi
qarab turar, boqib
leksemalarida ushbu holat mavjud. Yoki
Faxriddin yaqinroq borib,
guvohning kо‘ziga tik boqdi
. Bu misolda boqmoq fe’li muayyan amal bajaruvchining ruhiy
holatini ifodalab kelmoqda. Aniqrog‘i, asimmetrik holat bilan bog‘liq kо‘rish sezgisini
ifodalaydi.
Qaramoq
va
boqmoq
fe’llari uslubiy jihatdan farqlanadi.
Kuzatmoq
fe’li ham «zimdan qarab tekshirib turmoq, ta’qib qilish» ma’nosidan
tashqari «muntazam ravishda kо‘z bilan diqqatdan qochirmaslik» simmetrik ma’nolarini
ifodalaydi. Bunda kо‘rish amali nisbatan uzoqroq vaqt davom etishi mumkin.
Masalan:
Muyilishdagi daraxtlar panasida turib, uyni kuzata boshladim.
Termilmoq, tikilmoq
fe’llari ham kо‘rish amalining asimmetrik ma’no turlarini
anglatadi.
Termilmoq
fe’li kо‘z uzmasdan uzoq qarab qolmoq ma’nolarini ifodalab, til
sohibining nimadandir umidvor bо‘layotganini, uning ruhiy holatini qisman ya’ni,
asimmetrik munosabatini ifodalaydi: Masalan: ....
Sanjarbek umidvorlik hissi bilan guvohga
termildi
.
Tikilmoq
fe’li esa muayyan biror narsaga kо‘z uzmay qarash, diqqat e’tibor bilan
razm solib boqmoq, butun vujudi kо‘z bо‘lib qarash kabi simmetrik ma’nolarini anglatadi.
Agar mazkur leksema qattiq sifat sо‘z turkumi bilan birga qо‘llansa, kо‘rish amaliga
simmetrik ekspressivlik qо‘shadi. Masalan:
Shu asnoda Soatga qattiq tikilib turdi-da,
chehrasi yorishdi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
77
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalarning о‘ziga xos ma’no xususiyatlarini
ifodalovchi
qaramoq, boqmoq, kuzatmoq, alanglamoq, tikilmoq, termulmoq, baqraymoq
kabi sо‘zlarni bir qatorga kiruvchi sinonimlar sifatida qaray olmaymiz. Chunki ushbu
leksemalar simmetrik jihatidan о‘xshashligiga qaramasdan, ma’no jihatdan farqlanadi.
Fikrimizni tasdig‘i sifatida kо‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning juz’iy turlarini
bildiruvchi sо‘zlarning ba’zi asimmetrik xususiyatlarini keltirib о‘tamiz.
1. Diqqatga molik biror narsa topolmagach, yon atrofga alanglab, oyoq ostini zimdan
kо‘zdan kechira boshladi
.
2. ..Qarab turib ham kulging keladi, ham yig‘laging
.
Berilgan misollarda
kuzatmoq, qaramoq
fe’llari qо‘llanilgan bо‘lib, ular kо‘rish
vazifasini ifoda qilgani bilan ma’lum darajada bir-biridan semantik jihatdan farqlanadi.
Kuzatmoq
fe’lida holatni payqash mumkin. Bu fe’l kо‘rish sezgisini ifodalovchi fe’llarning
juz’iy turlaridan birini bildirishi bilan birga amalning bajarilishi haqida ma’lumot
beribgina qolmay, unga qо‘shimcha ma’nodorlikni simmetriyadan asimmetrik
munosabatini ham anglatyapti. Shu о‘rinda asimmetrik deganda,
kuzatmoq
fe’li orqali
kо‘rish amalining bajarilishi haqidagi ma’lumotdan tashqari uning bajarilishidagi
agensning holatini ham ifodalanishini nazarda tutdik.
Qaramoq
fe’li esa mazkur ish-
harakatning bajarilishi haqida shunchaki ma’lumot beradi, ma’nodorlik sezilmaydi.
Angraymoq
fe’li о‘zbek tilining izohli lug‘atida «es-hushini yо‘qotganday,
parishonxotirlik bilan loqayd qarab turmoq, hayratda qolmoq, hayratdan og‘zi ochilmoq»
kabi ma’nolarini ifodalab, bu о‘rinda
angraymoq
leksemasi ham personajning (badiiy
asarda) ruhiy holati bilan bog‘liq bо‘lgan asimmetrik amalini izohlab kelmoqda. Masalan:
U
angrayib qolganimni kо‘rib xirillab kuldi.
Keltirilgan misolda
angraymoq
leksemasi qahramonni о‘zi kо‘rgan obyekt xayratga
solganligini, aqlini shoshirib qо‘yganligini ifodalaydi. Bu holatni esa
angraymoq
leksemasining asimmetrik munosabati (qarab angrayib qolmoq, angrayib qarab qolmoq
shaklida ham bо‘lishi mumkin) ifodalangan.
Angraymoq
sо‘zi ifodalangan holat shubhasiz,
kо‘rish amali bilan bog‘liq holda rо‘y beradi. Shuning uchun mazkur holatni ifodalash
uchun asimmetrik shakllardan foydalaniladi.
Kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalarning asimmetrik turlaridan yana biri
alanglamoq
fe’li bо‘lib, «alang-jalang qaramoq, olazarak bо‘lmoq» ma’nolarini ifodalab
keladi. Masalan:
Qurbonoy xola bu sovuq gap kimdan chiqqanini anglamay alanglagan edi,
prapisir о‘g‘lining yelkasiga musht tushirdi.
О‘zbek tilida kо‘rish sezgisini ifodalovchi boshqa yana bir qator leksemalar mavjud.
Bо‘zraymoq, bezraymoq, mо‘ltiramoq, о‘qraymoq
va boshqalar. Ushbu leksemalarning
о‘ziga xos asimmetrik munosabatlarni biz quyidagi misollar orqali kо‘rishimiz mumkin.
1.
Boshiga kulfat tushsa, kurashish, haq-huquqini himoya qilish о‘rniga Xudoga soldim
deydi-da, bо‘zrayib turaveradi.
2.
О‘rmon chetidagi yaydoq maydonda saf tortgan askarlar rо‘parasida ikkitasi bezrayib
turar edi
.
3.
Soat yarq etib qaradi-yu, kapitanning shubha bilan chaqchayib turgan kо‘ziga kо‘zi
tushdi.
4.
Natasha hayron bо‘lib qolgan, goh Komissarga, goh Lolaga mо‘ltirab qarar edi
. [25]
Ushbu leksemalarning о‘ziga xos asimmetrik munosabati haqida gap borar ekan,
avvalambor ularning qо‘llanishi, konstruksiyalarda ishlatilishiga e’tibor qaratishimiz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue – 3 № 1 (2025) / ISSN 2181-3701
78
darkor. Chunki ushbu kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalar
kо‘rmoq
va
qaramoq
leksemalaridan farqli ravishda о‘ziga xos asimmetrik xususiyatlarga ega. Ta’kidlash joizki,
mо‘ltiramoq, bezraymoq, olaymoq, о‘qraymoq
leksemalarida shu harakatlar uchun asos
bо‘lib xizmat qilayotgan denotat–kо‘zning vertikal yoki gorizontal kengayishi, torayishi
e’tiborga olinadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ingliz tilidagi kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalarining
simmetrik va asimmetrik strukturasida kо‘rish yordamida seza olish, kо‘rish sezgisining
amalga oshirilishi, kо‘rish sezgisining maqsadga muvofiqligi, natijadorlik kabi belgilar
mavjudligi aniqlandi. To see, to look leksemalari kо‘p tadbiq etilishi va tuzilishi jihatidan
neytral bо‘lganligi sababli mikromaydonning yadro va dominantasi sanaladi va
qо‘llanilishida indentifikator-sо‘zlar sifatida xizmat qiladi.
Kо‘rish sezgisini ifodalovchi leksemalar simmetrik va asimmetrik munosabati
insonning ichki leksikonida mavjud bо‘lgan verbal va noverbal tushunchalardan iborat
muayyan mental mazmunni ifodalaydi. Kо‘rish sezgisining konseptlashuvi voqelikning
ongdagi anglashinuvi va inson ongida biror-bir konseptni hosil qilinishiga, ushbu
simmetrik va asimmetrik munosabatlarning tavsiflari yig‘indisining paydo bо‘lishiga
sababchi bо‘lsa, u holda kategoriyalashuv natijasida ushbu konseptual tavsiflar tartibga
solinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Saussure, F. (1916). Course in General Linguistics. McGraw-Hill.
(O‘zbek va ingliz tillaridagi simmetrik va asimmetrik munosabatlarni tushunishda
yordam beradigan umumiy lingvistik tushunchalar.
2. Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago
Press.
(Ko‘rish sezgisining metaforik ifodalari, ingliz va o‘zbek tillaridagi farq va
o‘xshashliklar.)
3. Kirk, J. (2006). Cognitive Linguistics: An Introduction. Edinburgh University Press.
(Ko‘rish sezgisi va uning tilshunoslikdagi rolini, ayniqsa semantika nuqtai nazaridan
tahlil qilish.)
4. Baxtiyorov, S. (2020). O‘zbek tilida semantik leksemalar va ularning ta'rifi.
Toshkent: Fan.
(O‘zbek tilidagi semantik leksemalar va ko‘rish sezgisini ifodalovchi terminlar.)
5. Taylor, J. R. (2003). Linguistic Categorization: Prototypes in Linguistic Theory.
Oxford University Press.
(Ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘rish sezgisiga doir leksikal kategoriyalarni tahlil
qilish.)
6. Jezek, E. (2007). Semantics: A Cognitive Account of Meaning. Oxford University
Press.
(Semantikaning kognitiv yondoshuviga asoslanib, ko‘rish sezgisi va uning ifodalari
tahlil qilinadi.)
7. Muminov, O. (2015). O‘zbek tilida obrazli ifodalarning semantik tahlili. Toshkent:
Akademnashr.
(Ko‘rish sezgisini ifodalovchi obrazli ifodalarning o‘zbek tilidagi tahlili.)