Authors

  • Elyorbek Soliyev
    New Century University, Mumtoz Oriental Philology teacher, Researcher of Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67672

Keywords:

Tafsir translation hadith Turkish interpretations Persian interpretations ulumul Qur'an

Abstract

This article examines the processes of introduction and development of the science of Tafsir in Mawarannahr, emphasizing the necessity of interpreting the Quran from beginning to end. This need arises from the fact that various schools often distort and dispute ayahs, interpreting them in accordance with their own beliefs and perspectives on specific parts of the Quran. Although translations of the meanings of the Quran into modern Uzbek continue to appear to this day, the article highlights in detail that the history of Quranic interpretation and translation into Turkic languages spans almost a thousand years.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Structural Analysis of Early Turkish Interpretations

Elyorbek SOLIYEV

1


New Century University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

25 October 2024

This article examines the processes of introduction and

development of the science of Tafsir in Mawarannahr,

emphasizing the necessity of interpreting the Quran from

beginning to end. This need arises from the fact that various

schools often distort and dispute ayahs, interpreting them in
accordance with their own beliefs and perspectives on specific

parts of the Quran. Although translations of the meanings of the

Quran into modern Uzbek continue to appear to this day, the

article highlights in detail that the history of Quranic
interpretation and translation into Turkic languages spans

almost a thousand years.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss4

/S

-pp319-323

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Tafsir,

translation,

hadith,

Turkish interpretations,

Persian interpretations,
ulumul Qur'an.

Ilk turkiy tafsirlarning struktur tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Tafsir,

tarjima,

hadis,

turkiy tafsirlar,

forsiy tafsirlar,

ulumul Qur’on.

Ushbu maqolada tafsir ilmining Movarounnahrga kirib

kelishi, rivojlanishi, u yerdagi turli oqimlarning

Qur’onning har

xil joylaridan o‘zlarining aqidalariga mos keluvchi oyatlarni

buzib talqin etib, dalillashlari natijasida Qur’onning boshidan
oxirigacha sharhlash zarurati paydo bo‘lgani haqida bayon

etilgan. Qur’on ma’nolarining hozirgi zamon o‘zbek tiliga

tarjimalari endi paydo bo‘layotgan bo‘lsa ham, turkiy tillarga

tafsir va tarjima tarixi salkam ming yillik davrni o‘z ichiga

qamrab olgani haqida batafsil keltirilgan.

1

New Century University, Mumtoz Oriental Philology teacher, researcher of Tashkent State University of Uzbek

Language and Literature named after Alisher Navoi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

320

Структурный анализ раннетюркских интерпретаций

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Тафсир,

перевод,

хадис,

турецкие толкования,
персидские толкования,
улюмул Коран.

В данной статье рассматриваются процессы внедрения и

развития науки тафсир в Мовароуннахре, а также

подчеркивается необходимость толкования Корана от

начала до конца. Это

связано с тем, что различные школы

зачастую искажают и оспаривают аяты, интерпретируя их в

соответствии со своими убеждениями и взглядами на

отдельные части Корана. Несмотря на то что переводы

смыслов Корана на современный узбекский язык
продолжают появляться и в наши дни, в статье подробно

отмечено, что история толкования и перевода Корана на

тюркские языки насчитывает почти тысячу лет.


KIRISH

X

XV asr tafsirlarining tuzilishi va lisoniy jihatlari Movarounnahrda tafsir ilmi tarixi

hadis ilmining kirib kelishi bilan bogʻliqdir. Chunki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam
va sahobiylarning Qur’onga sharhlari hadislar tarkibida jamlangan. Umar ibn Xattob
buyrugʻiga koʻra arablar Marvgacha yetib kelib,

oʻzlari oʻrgangan ilmlardan hadislarni

mahalliy xalqqa oʻrgatadilar. Soʻng islomiy ilmlar Buxoro, Samarqand, Shom, Nasaf kabi
shaharlarda mustahkam oʻrnashdi.

Samarqand boshqa Movarounnahr shaharlaridan farqli ravishda bir nechta

mufassirlarni yetishtirib berishi hamda kalom ilmining ham markaziga aylangan. Taxmin

qilish mumkinki, hadis ilmi rivojlangandan soʻng tafsirga doir ma’lumotlar ham uning

tarkibida rivoyat tarzida hadis markazlaridan biri Samarqandda tarqalgan. Shuning uchun

boʻlsa kerak, rivoyat

lar har tomonlama keng tarqalgan Samarqandda ularni jamlab,

tafsirga doirlarini saralab chiqish birinchi boʻlib amalga oshirilgan.

Bu borada VIII asrda tobe’inlardan ta’lim olgan Abdulloh ibn Muborak Marvaziyning

tafsir sohasida faoliyatini ta’kidlab oʻtish oʻrinlidir. U Oʻrta Osiyoda oʻtgan ilk muhaddis va

mufassirlardan hisoblanadi. U Marvda yashab ijod etgan, otasi turk, onasi Xorazmlik edi. U

yoshlik davrida Imom A’zam Abu Hanifa shogird boʻlgan. Shuningdek, tobe’inlardan Rabi’

ibn Anas ibn Ziyod Bakriy

unga ta’lim bergan. U she’rlar ham bitib, odob

-axloq, insoniylik

nafosatini ulugʻlagan. U tafsir sohasida ham faoliyat olib borgan. Uning “Kitob az

-zuhd var

raqoiq” kitobi ilm ahli orasida mashhur kitoblardan biri hisoblanadi. U birinchi boʻlib

hadislarni

kitob shakliga keltirgan olimdir. Shuningdek, uning “Tafsir” asari yozganligi

haqida ba’zi manbalarda zikr etilgan.

Lekin uning tafsiri bizning davrimizgacha yetib

kelmagan.

ASOSIY QISM

X

XII asrlarda Movarounnahrda tafsir ilmi taraqqiy etdi. Ilgari hadislar tarkibida bir

bob sifatida zikr etib borilgan Qur’onga sharhlar zamon talablariga toʻliq javob bermay
qoʻydi. Movarounnahr mufassirlarining tafsir asarlarining kirish qismida arab tilini
bilmagan, oyatning nozil boʻlish sabablari, hadislarni bilmagan kishilarning Qur’on oyati
haqida faqat oʻz fikrlaridan kelib chiqib sharhlashlari mumkin emasligini uqtirishlariga
koʻra, oyatlarning buzib sharhlanishi avj olib, har bir fikr egasining oʻz tomoniga sharhlarni
ogʻdirishiga harakat qilganlarini koʻrish mumkin. Abu Laysning “hech kim arab tilini,


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

321

oyatning nozil boʻlish sabablarini bilmay tafsir qilishi mumkin emas”, degan fikri bu davrda
hanafiy mazhabi olimlarining oyatlarni tafsir qilishga oʻta ehtiyotkorona yondoshganligini

bildiradi. Umuman, bu davrda Mov

arounnahr va Xuroson oʻlkalarida tafsirlarning yozilishi

asosan ikki sababga koʻra amalga oshdi.

1.

Movarounnahrda turli oqimlarning Qur’onning har xil joylaridan oʻ

zlarining

aqidalariga mos keluvchi oyatlarni buzib talqin etib, dalillashlari natijasida

Qur’onning

boshidan oxirigacha sharhlash zarurati.

2.

Qur’on tafsiriga oid tarqoq holda boʻ

lgan hadislar, sahobiylar rivoyatlari,

sharhlarni bir joyda jamlash.

Bu ikkisi bir-biriga bog

ʻ

liq sabablar chunki, oyatlarni buzib talqin qilinishi

oyatlarning haqiq

atda ma’nosi nima boʻ

lishi kerakligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun

mufassirlar manbalarga asoslanib sharhlashga ehtiyoj sezdilar. Bu davrda bir nechta
mufassir olimlar faoliyat ko

ʻ

rsatgan bo

ʻ

lib, ularning asarlari bizgacha yetib kelgan.

Har bir mufassirning bu boradagi turlicha uslublari albatta diqqatga sazovor. Bu davda
Samarqandda ikki xil uslubni kuzatish mumkin. Birinchisi, Abu Laysning asosan

rivoyatlardan foydalanib Qur’onni sharhlashi, ikkinchisi Abu Mansur Moturiydiyning

tafsirga oid rivoyatlarni tahlil etib, aqidaviy masalalarga alohida ahamiyat qaratishi.
Bu esa tafsir sohasida Samarqandning o

ʻ

ziga xos jihatini ko

ʻ

rsatib beradi.

Qur’on tarjimalari asliyat bilan chambarchas bogʻ

liq holda jahon adabiy jarayonida

singib o

ʻ

tib, Islom adabiyotining yuksalishiga omil bo

ʻ

ldi. Arab milliy madaniyati va

adabiyotining osori jahin adabiy mavzulariga asos soldi. Shu tariqa milliy adabiyot o

ʻ

zga

adabiyotlar matniga ta’sir etib, Sharq

-u G

ʻ

arb adabiy jarayonida alohida o

ʻ

rin egalladi. Bu

borada tarjima adabiyotlar orasida vositachi vazifasini o

ʻ

tab, jahon adabiyoti rivojida

muhim omil ekanini isbotladi.

Qur’on tili oʻ

ta murakkab bo

ʻ

lib, tarjimalarining o

ʻ

zi ham bir olam sifatida alohida

tadqiqotlar mavzuidir. Qur’onning jahon tillariga oʻ

girilgan tarjimalarini o

ʻ

rganish qiyosiy

tahlil bilan bir qatorda turli vaqt voqeligini ham inobatga olishni taqozo qiladi. Ayni paytda

Qur’onda oʻ

z zamonasining tarixiy voqeligi munosib o

ʻ

rin olgan bo

ʻ

lib, uni o

ʻ

rganmay turib,

tarjimaga qo

ʻ

l urish befoydadir.

Manbalarning ko

ʻ

rsatishicha, asosan XII

XIII asrlardan boshlab aqliy tafsirlar

ko

ʻ

plab yozila boshlagan. Bu bir tomondan, o

ʻ

sha paytda aqliy ilmlarning rivojlanganini

ko

ʻ

rsatsa, ikkinchi tomondan, bahsli masalalarda aqliy misollardan ko

ʻ

p foydalanganiga

ishora qiladi. Demak, vaqt o

ʻ

tishi, turli sabablarning paydo bo

ʻlishi bilan Qur’onni naqldan

tashqari aqlga asosan tafsir qilish ham davr talabiga aylangan. Bu turdagi tafsirlarning ilk
yozilish davri VI/XII asrga borib taqaladi. Ular uslub, xususiyat va ularda ilgari surilgan
ilmlarga qarab turli yo

ʻ

nalishlarga bo

ʻlinadi. Ba’zilarida nahv, boshqalarida aqida yoki

falsafa, yana ba’zilarida tarix hamda isroiliyot

*

ga ko

ʻproq e’tibor qaratilgan boʻ

lib, ularning

barchasi ruxsat etilgan aqliy tafsirlardan sanaladi. Bular Abul Barakot Nasafiyning

“Madorikut tanzil va haqoiqut ta’vil”i bilan bir qatorda Abu Abdulloh Muhammad
Roziyning “Mafatiyhul gʻayb”, Imom Bayzoviyning “Anvorut tanzil va asrorut ta’vil”, Abul
Hasan Xozinning “Lubobut ta’vil fiy maonit tanzil” va shu

kabi ko

ʻ

plab asarlar shular

jumlasidandir. Aqliy tafsirlar orasida alloma Zamaxshariyning “al

-

Kashshof”i arab tili

imkoniyatlarini o

ʻzida keng mujassam etgan eng e’tiborli asarlardan biri hisoblanadi.

*

Ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar rivoyati.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

322

Qur’on ma’nolarining hozirgi zamon oʻ

zbek tiliga tarjimalari endi paydo bo

ʻ

layotgan

bo

ʻ

lsa ham, turkiy tillarga tafsir va tarjima tarixi salkam ming yillik davrni o

ʻ

z ichiga

qamrab oladi. Buxoro ahli Qur’onni tojik tarjimasida 961–

976-yillardanoq tanish (238).

Narshaxiy aytishicha, “Buxoroliklar dastlab islomn

i qabul etgan paytlarida arabchani

o

ʻrgana olmaganlaridan namozda Qur’onni fors tilida oʻ

qir edilar. Rukuga borish vaqtida

ularning orqalarida bir kishi turib, “Bknitonkint”, deb sajda qilmoqchi boʻ

lganlarida

“Nkuniyonkuti”.

deb qichqirar edi”. –

(238

124).

Islom dinini Movarounnahrliklar orasida tezroq yoyish maqsadida din ulamolari

hatto Qur’onni turkiy tillarga tarjima ham ruxsat berishadi. Butparastlik, zardushtiylik,
totemizm, fetishizm va boshqa diniy e’tiqodlar kuchli boʻ

lganini nazarda tutsak, bu fatvo

tushunarli bo

ʻ

ladi. O

ʻ

sha zamonlardan bizgacha bir nechta turkiy tafsirlar yetib kelgan.

Shulardan biri hozirgacha fanda O

ʻrta Osiya XII asr tafsiri nomi bilan ma’lum boʻ

lib,

1914-yili Qarshidan topilgan. U haqida S.E. Malov, A.K. Borovkov. Abdulqodir Inon
tadqiqotlar olib borishgan. O

ʻ

zbek olimlaridan bu masalani fidoiylarcha ko

ʻ

tarishga jazm

etgan Qozoqboy Mahmudovni alohida nomlash lozim. Q. Mahmudov mazkur tafsirni
hozirgi zamon o

ʻ

zbek tiliga o

ʻ

girib, katta ilmiy tadqiqot mavqeini egallaydigan kirish so

ʻ

zi

bilan nashrga tayyorlagan. Bu ish asosan Qur’on haqida gapirish taqiqlangan davrda

bajarilganini nazarda tutish kerak.

V.V. Bartold mazkur tafsirni XI

asrdan ilgariroq, “Qutadgʻu bilig”dan ham ilgari

yozilgan deb taxmin qilgan. Fuad Kuprulu fikricha ham bu tafsir G

ʻ

arbiy Turkistonda

X asrning oxiri yoki XI asrning boshlarida yozilgan. Q. Mahmudov fikricha ham tafsir

“fonetik, grammatik, leksik xususiyatlariga koʻ

ra XI asrda ijod qilingan, ko

ʻ

chirilganda esa

ba’zi oʻzgarishlar kiritilgan”. Tu

rkiy tafsir o

ʻ

zbek tili ildizlarini o

ʻrganishda va Qur’on

ma’nolarining asrlar osha turkiy adabiyotda talqin etilishiga misol boʻ

la oladi.

Bu tafsirning ijod qilinishida “Oʻ

rta Osiyo va Qozog

ʻ

iston hududlarida yashagan Qorluq,

Chigil, Yarmo, O

ʻ

g

ʻ

uz, Qipch

oq va boshqa turkiy qabila tillari qatnashgan deb qaraymiz”.

XULOSA

Mazkur tafsir bilan hozirgi zamon o‘zbekcha tafsir va tarjimalarini qiyoslash o‘zbek

tilining ming yillik rivojlanish tarixini ko‘rsatadi. Tafsirning o‘zbek tili bilan bog‘langanligi
matnni o‘qish zahotiyoq aniq

-

ravshan bo‘ladi. So‘zimizga izoh sifatida birgina misraning

turkiy tafsir va hozirgi zamon o‘zbek uyg‘ur va turk tarjimalarida qiyosiy tahlilini berdik.
Turkiy tafsirda avvaliga Qur’on oyati berilgan, so‘ngra esa turkiy tilda t

afsir: Misol uchun

63-

suraning birinchi oyati tarjima qilinib, so‘ngra batafsil tafsir beriladi:

ََنوُقِفاَنُمْلا

ََكءاَج

اَذَِإ

Turkiy tafsir:

“Qachon kelsa sen ya Muhammad munafiqlar

uch qism

bo

‘ldilar bir qism Makkaliklardin bir qism Madilaliklardin taqi

bir qism ahli

kitablardin. Bu sura ahli kitab munafiqlarnin haqig‘a turur”

.

Adabiyotlar:

1.

Doktor Muhammad Said Buxoriy. Abdulloh ibn Muborak Marvaziy

Saudiya

Arabistoni. Maktaba ar-Rushd, 2003.

B. 10-33.

2.

Dovudiy Shamsiddin. Muhammad ibn Ali ibn Ahmad. Tabaqotul

mufassirin/Abdussalom Abdulmo’in tahriri ostida. –

Bayrut: Dorul kutubul ilmiyya. 2002.

B.243.

3.

Abdullayev.A.G.

“Abul

Lays

as

-Samarqandiyning

Movarounnahr

tafsirshunosligida tutgan o

ʻrni” dissertatsiyasi. 2007

-yil.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

4 (2024) / ISSN 2181-3701

323

4.

D.R.Maxsudov. Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmida tutgan o

ʻ

rni.

Dissertatsiyasi. 29.03.2009.

5.

X.Karamatov. O`zbek adabiyotida qur’on mavzulari (adabiy tarixiy tahlil)

.

Dissertatsiyasi. 1993.

References

Doktor Muhammad Said Buxoriy. Abdulloh ibn Muborak Marvaziy – Saudiya Arabistoni. Maktaba ar-Rushd, 2003. –B. 10-33.

Dovudiy Shamsiddin. Muhammad ibn Ali ibn Ahmad. Tabaqotul mufassirin/Abdussalom Abdulmo’in tahriri ostida. –Bayrut: Dorul kutubul ilmiyya. 2002. –B.243.

Abdullayev.A.G. “Abul Lays as-Samarqandiyning Movarounnahr tafsirshunosligida tutgan oʻrni” dissertatsiyasi. 2007-yil.

D.R.Maxsudov. Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmida tutgan oʻrni. Dissertatsiyasi. 29.03.2009.

X.Karamatov. O`zbek adabiyotida qur’on mavzulari (adabiy tarixiy tahlil). Dissertatsiyasi. 1993.