Турк дунёсидан болалар ше‟рлари” номли антология хусусида

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
124-125
65
8
Поделиться
Туглажи, Г. (2021). Турк дунёсидан болалар ше‟рлари” номли антология хусусида. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79), 124–125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1738
Гульшах Туглажи, Университет Анкары Ходжи Байрам Вали

Научный сотрудник и докторант кафедры современных тюркских языков и литературы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Туркия Жумҳурияти Буюк Миллат Мажлиси (ТБММ) Гозий Мустафо Камол Отатурк бошчилигида 23 апрель 1920 йилда очилди. Ушбу шарафли кун дунё болаларига совг‗а қилинди. Туркияда ҳар йили 23 апрель куни Миллий Мустақиллик ва Болалар Байрами сифатида нишонланиб келмоқда. 2020 йил — бу ТБММ очилганлигининг 100 йили эди. Ушбу 100 йил шарафига доцент Сонер Сог‗лом ва доцент Эрол Соқолли таҳриридаги Турк Дунёсидан Болалар Ше‟рлари (Тüрк Дüнясıндан Çосук Şиирлери, 268 бет) номли антология, 2020- йилнинг декабрь ойида Бенгü нашриётида босилиб чиқди.


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

124

REVIEW ТАҚРИЗ

“TURK DUNYOSIDAN BOLALAR SHE‟RLARI” NOMLI ANTOLOGIYA XUSUSIDA

Gulshah TUG

LAJI

Anqara Hoji Bayram Vali Universiteti (Turkiya)

Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlari kafedrasi tadqiqotchisi va doktoranti

Turkiya

Jumhuriyati

Buyuk

Millat

Majlisi

(TBMM) G‗oziy Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida
23-aprel 1920-yilda ochildi. Ushbu sharafli kun dunyo
bolalariga sovg‗a qilindi. Turkiyada har yili 23-aprel kuni

Milliy Mustaqillik va Bolalar Bayrami

sifatida nishonlanib

kelmoqda. 2020-yil — bu TBMM ochilganligining 100-
yili edi. Ushbu 100-yil sharafiga dotsent Soner Sog‗lom
va dotsent Erol Soqolli tahriridagi

Turk Dunyosidan

Bolalar She‟rlari

(Türk Dünyasından Çocuk Şiirleri, 268

bet) nomli antologiya, 2020- yilning dekabr oyida Bengü
nashriyotida bosilib chiqdi.

Kitob ―Turk dunyosini tilda, fikrda va ishda birlik

tushunchasi

bilan

birlashtiradigan,

kelajagimizning

vorislari

bolalarimizga‖

bag‗ishlangan.

Kitobning

so„zboshi

(9-10- betlar) qismida tadqiqotning ahamiyati,

maqsadi, metodi, tuzilishi kabi masalalar;

kirish

(11-17-

betlar) bo‗limida esa bolalar adabiyoti fanining va bolalar
she‘riyatining o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Antologiya, so‗zboshi vа kirishdan tashqari 6

bo‗limdan iborat bo‗lib, ushbu bo‗limlarga Ozarbayjon,

Qozog‗iston, Qibris, Qirg‗iziston, O‗zbekiston va Turkmaniston kabi turkiy davlatlarning bolalar
adabiyotidan namunalar kiritilgan. Kitobning har bir bo‗limida ushbu mamlakatlarning bolalar
adabiyoti haqida qishqacha ma‘lumot berilgan bo‗lib, shoirlardan tanlangan 40 ta she‘r va ularning
turkcha tarjimasi yonma-yon berilgan. She‘rlar shoirlarning tug‗ilgan sanasiga qarab xronologik
tartibda joylashtirilgan. Har bir bo‗limning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati ham berilgan.

Ozarbayjon Bolalar She‟rlari

(Azerbaycan Çocuk Şiirleri, 19-62- betlar) bo‗limi Erol

Soqolli vа O‗nder Sezar tomonidan tayyorlangan. Ushbu bo‗limga Ozarbayjon adabiyotining
namoyandalaridan Mirza Alekper Sobir, Husayn Jovid, Ahmad Javad, Nariman Gasanzade, Ilyos
Topdiq, Ibrohim Yusufo‗g‗li kabi 17 ta Ozarbayjon shoirlarining she‘rlari kiritilgan. Akram Ayon
tomonidan tayyorlangan

Qozog„iston Bolalar She‟rlari

(Kazakistan Çocuk Şiirleri, 63-102- betlar)

bo‗limida esa Abay Qo‗nonboyev, Mag‗jon Jumaboyev, Saken Sayfullin, Saparg‗ali Begalin kabi
11 ta qozoq shoirlaridan tanlangan she‘rlar o‗rin olgan. Go‗kche Yuksalan Peler

Qibris Turk

Bolalar She‟rlari

(Kıbrıs Türk Çocuk Şiirleri, 103-137- betlar) bo‗limini yozgan. Ushbu bo‗limda

Shinosi Tekman, Ayshen Dog‗li, Shirin Zafaryulduzi, Ayshe Tural, Husayn Irkadlardan she‘rlar
berilgan.

Qirg„iziston Bolalar She‟rlari

(Kırgızistan Çocuk Şiirleri, 139-184- betlar) bo‗limi

muallifi bo‗lgan Jildiz Ismailova, ushbu bo‗limda To‗xtog‗ul Sotilganov, Aali To‗qumboyev,
Alikul Osmonov, Jalil Sodiqov, Ismoil Qodirov kabi 22 ta qirg‗iz shoirlaridan she‘rlar tanlagan.

Turkmaniston Bolalar She‟rlari

(Türkmenistan Çocuk Şiirleri, 225-268- betlar) bo‗limi Soner

Sog‗lom tomonidan yozilgan. Ozod Rahmanov, Murodkeldi So‗yegov, Berdi Kerboboyev, Qora


background image

Хорижий филология

№2, 2021 йил

125

Seytliyev, Nuriy Bayramov kabi 16 ta turkman shoirlaridan tanlangan she‘rlar ushbu bo‗limga
kiritilgan.

Antologiyaning

O„zbekiston Bolalar She‟rlari

(Özbekistan Çocuk Şiirleri, 185-224- betlar)

bo‗limi Erhan So‗lmaz bilan Gulshah Tug‗laji tomonidan tayyorlangan. Kirish qismida o‗zbek
bolalar adabiyotining vujudga kelishi, rivojlanishi, namoyandalari kabi masalalar bo‗yicha umumiy
ma‘lumotlar berilgan. Keyingi bo‗limda o‗zbek adabiyotining turli namoyandalaridan tanlangan 40
ta bolalar she‘ri turkcha tarjimalari bilan kiritilgan. Ushbu she‘rlar Quddus Muhammadiy,
Nazarmat, Tolib Yo‗ldosh, Obid Rasul, Po‗lat Mo‗min, E‘tibor Oxunova, Miraziz A‘zam, To‗lqin,
Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Shodi Sattor, Anvar Obidjon, Temur Ubaydullo, Umida
Abduazimova, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Ulug‗bek Hamdam, Inobat Boboqulovalar
tomonidan bolalarga mo‗ljallab fasllar, hayvonlar, kitoblar, mehnatsevarlik, ota-ona,
mehmondo‗stlik, hurmat, muhabbat, vatanparvarlik, mustaqillik, ona tili kabi turli mavzularda
yaratilgan.

Antologiyaga Turk dunyosidan turkcha tarjimasi bilan 240 ga yaqin she‘r kiritilgan.

She‘rlarning tarjimalari bilan yonma-yon berilishi uning amaliy ahamiyatini oshiradi. Kitob
o‗quvchilarga Turk dunyosi bolalar adabiyotlari to‗g‗risida qiyosiy ravishda ma‘lumot olishga va
bolalar she‘rlaridan namunalar ko‗rishga imkoniyat beradi. Kitobdan turli turkiy tillar bilan
shug‗ullanuvchilarning ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu antologiyaning Turk dunyosi xalqlarining do‗stligini mustahkamlashtirishini va

bolalarimizga Turk dunyosi xalqlarining bir ildizdan chiqib kelgan rang-barang madaniyatini
tanishtirish vositasi bo‗lishini tilab qolamiz. Xulosa o‗rnida yana shuni ham aytishimiz kerakki
Turkiy xalqlarning bolalar adabiyotlaridan hikoya, ertak, roman kabi boshqa janrlarning ham
jamlanib tarjima qilinishi adabiyotshunoslar oldidagi dolzarb vazifalardandir.



























inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов