Некоторые размышления об особенностях рекламных текстов

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
56-59
32
105
Поделиться
Мамирова, Д. (2018). Некоторые размышления об особенностях рекламных текстов. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(3 (68), 56–59. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/844
Дилноза Мамирова, Самаркандский государственный институт иностранных языков

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

При изучении реклам появляется возможность формировать культуру речи, а также различать стили литературного языка. Рекламы в узбекском языке способствуют проявлению возможностей и потенциала нашего языка. В данной статье особое внимание уделяется научным основам рекламы, еѐ языку и тексту

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

56 

 

REKLAMA MATNLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAQIDA  

AYRIM MULOHAZALAR 

 

Mamirova Dilnoza Shirinboyevna, 

SamDCHTI o‟qituvchisi 

 
Kalit so’zlar: 

matn, reklama, axborot, adabiy til, slogan, vizual, kopireyter. 

 

 

Har  qanday  reklama  axborot  matnini  tinglovchiga  yetkazish  uchun  xizmat  qiluvchi  vosita 

sanaladi.  Demak,    reklamaning  birlamchi  va  asosiy  elementi  bu  tildir.  Reklamalar  matni  ko`cha 
tilining  boshqa  turlari  (peshlavha,  shior,  afishalar)  matnlariga  nisbatan  o`ziga  xos  bir  qator 
xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so`z yuritamiz. 

Ma`lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari orqali ifodalanadi. 

Matnning o`ziga xos xususiyati undagi til birliklarining o`zaro bog`liqligi, mosligi va yaxlitligidir. 
Semiotikada  matn  tushunchasi  ostida  kommunikatsiyaning  har  qanday  shakli,  ya`ni  ma`no 
anglashishi  tushuniladi.  Matnni  to`g`ri  qabul  qilishni  ta`minlovchi  vosita  faqat  til  birliklari  va 
ularning o`zaro birikuvi emas, uni tushunish va kommunikativ fon hamdir. 

 Ko`cha  reklama    matnlari  tuzilishiga  ko‘ra    alohida  ahamiyatga  ega.  Ularda  aks  etuvchi 

yozuvlar, rasmlar, shartli belgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, 

 

      HYDROLIFE      

tabiatan musaffo 

       Tog‟ suvi  beg`ubor 
      gazlangan   1 l 
 
 
 
 
 

 

Bu  reklamada  ko`m-ko`k  osmon,  shaffof  suv  tasviri  ifodalanishi  bilan  birga,  suv  solingan 

idish  va  uning  yorlig`i  berilgan.  Bu  misolda  manzara  va  rasm  yozuvlar  bilan  birgalikda  yaxlit 
holatda reklama matnini tashkil qiladi. Bu reklamada lingvistik birliklar bilan nolingvistik vositalar 
o`zaro  yaxlitlikda  reklama  matnini  tashkil  qilgan.  Ushbu  matnni  tashkil qiluvchi  rasm  yoki  yorliq 
bo`lmaganda  edi,  alohida  so`z  yoki  so`z  birikmasi  orqali  berilgan  kommunikativ  ma`lumotlar 
mantiqsiz  va  mavhum  bo`lar  edi.  Demak,  reklamalar  matnida  nolingvistik  vositalar  til  birliklari 
bilan birgalikda reklama matnlarini tashkil etuvchi vositalar sifatida qaralishi kerak. 

Lekin dunyoning mashhur kopireyterlaridan biri (reklama matni yaratuvchi) D.Ogilvi  ―Tayni 

reklamnogo dvora‖  nomli o‘quv qo‘llanmasida  -  reklama uchun grammatikaning ahamiyati yo`q 
[1; 24] - deb hisoblasa-da,  ammo biz bu xulosalarni inkor qilgan holda, quyida fikrimizni dalillab 
beramiz. 

Tilning  ifodali  vositalari  reklama  qilinayotgan  mahsulotning  muhim  qirralarini  ochishda 

zaruriy  vosita  hisoblanadi.  Masalan,  vizual(ko‘ruv)  reklama  matnlarida  lingvistik  vosita  sifatida 
asosan  yuqori  emotsional  -  ekspressivlikka  ega  bo`lgan  sifat  turkumiga  oid  so`zlar  qo`llaniladi. 
Chunki reklama qilinayotgan xizmatlar, tovarlarning o`ziga xos xususiyatlari, afzalliklarini alohida 
ta`kidlab,  bo`rttirib  ko`rsatish,  asosan,  sifat  so`z  turkumi  orqaligina  amalga  oshiriladi.  Masalan, 

xushbo`y,  nozik,  shaffof,  sof,  asl,  toza,  haqiqiy,  tabiiy,  chin,  arzon,  ommabop,  hammabop, 
yoqimli, ko`rkam, yorqin, porloq, xushbichim, orasta, zebo

 kabi. 

Shuningdek,  reklama  matnlarida  buyruq  tarzidagi  da`vat  fe`llari  ham  ko`p  qo`llanilishi 

ma`lum.  Masalan, 

his  eting,  tashrif  buyuring,  marhamat  qiling,  tanishib  chiqing,  tanlang, 

kuting,  ishtirok  eting,  ega  bo`ling,  shoshiling,  lazzatlaning,  quvoning

  va  hokazo.  Shuni  ham 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

57 

ta‘kidlab o‘tish kerakki,  vizual reklamalar turiga kiruvchi ko`cha reklama tilining muhim va jonli 
bo`lishi  hamda  ta`sirchan  shaklda  o`quvchiga  yetkazilishi  uchun  uning  matni  mazmunli,  siqiq 
shaklda  va  tasviriy  san`at  bilan  omuxta  bo`lishi,  ya`ni  reklamalarda  til  birliklari  va  tasviriy  san`at 
uyg`unligi  ta`minlanishi  kerak.  Vizual  reklamalarni  til  birliklarining  qo`llanish  yoki 
qo`llanmasligiga ko`ra shartli ravishda lingvistik matnli va lingvistik matnsiz reklamalarga bo`lish 
mumkin.  Lingvistik  matnli  reklamalar  lingvistik  matnsiz  reklamalarga  qaraganda  ko`proq  axborot 
tashiydi.  Lingvistik  matnli  reklamalarda  ko`zlangan  maqsadga  erishish  reklama  mazmunini 
ifodalovchi  asosiy  so`zlarning  tanlanishiga,  ularning  qisqaligiga,  yozilish  shakli,  rangi  va  boshqa 
xususiyatlariga ham bog`liq. 

Lingvistik  matnsiz  reklamalarda  til  birliklari  deyarli  qo`llanmaydi.  Bunday  reklamalarning 

asosini turli ramzlar, rasmlar va nolingvistik vositalar tashkil etadi. 

Axborot  berish  uchun  xizmat  qiluvchi  lingvistik  va  nolingvistik  vositalarning  barchasi 

reklama  matnini  hosil  qiladi.  Ya`ni  adresatga  ma`lum  bir  narsa,  jarayon  haqida  axborot  berishga 
xizmat qiluvchi barcha vositalar matnning ajralmas qismi hisoblanadi. Ammo matnsiz reklamalarda 
adresat  mahsulot  haqida  qisman  xabordor  bo‘lmasa,  reklamada  nima  namoyish  qilinayotganini 
anglamay qolishi mumkin. Masalan, mana bunday shaklda bo‘lsa: 

 

Agar  adresat  bu  haqida  qisman 

ma‘lumotga  ega  bo‘lsa,  bu  ko‘rgazmaga  ucell 
va  beliene  uyali  aloqa    kompaniyasi  belgisi 
sifatida  qaraydi,  aksincha  bo‘lsa  bunday  
reklama    matnlari  adresatga  hech  qanday 
axborot 

berolmaydi 

va 

o`z 

mohiyatini 

yo`qotadi. 

Ko`ruv  reklamalari  matnlarining  o`ziga 

xos xususiyatlaridan biri ular matnlarining qisqa shaklda, mazmunli va jonli 

tarzda  bo`lishi  hamdir.  Bunday    reklama  matnlarida  gaplar  asosan  sodda  gaplardan  tashkil  topib, 
ko`pincha so`z-gaplar, to`liqsiz gaplardan iborat bo`ladi. Masalan,

 

Sogliqni o`yla - Nestle Sutim tanla!    
       Mutlaqo sof va tabiiy!

  

                              Mahsulot sertifikatlangan 
                               (Nestle suti reklamasi) 

 

Umuman  olganda,  ko`ruv  reklamalari  matni  tuzilishi,  lingvistik 

birliklarning qo`llanish darajasi va doirasiga ko`ra boshqa matnlardan 
keskin  farq  qiladi.  Reklama  matnini  tuzishda  shu  tilning  tabiatidan 
kelib  chiqib,  reklama  matnlarini  tuzish  maqsadga  muvofiq  bo`ladi. 
Boshqa  tilda  yaratilgan  reklama  matnlarini  aynan  tarjima  qilish  har 
doim  ham  ko`zlangan  samarani  bermaydi.  Bu  mavzuga  keyingi 

tadqiqotlarimizda to`xtalamiz. 

Ijtimoiy  hayotda  reklamaning  asosiy  vazifasi  sotish  ekan,  bu  jarayon,  albatta,  asosli  matnlar 

bilan  amalga  oshirilishi,  shubhasiz.  Shu  ma‘noda  fikrimizni  davom  ettirib  aytish  mumkinki,  
lingvistik  birliklar  sifatida  reklama  matnlaridagi  shiorlar    ham  iqtisodda  muhim  o`rinni  egallaydi. 
Asosiysi,  reklama    matni  axborot  berishi  va  ishontirishi  kerak  [2;  13].    E.D.Farbi  ning  fikriga 
qo‘shilgan holda axborot beruvchi reklama matnini quyidagi qismlarga ajratish mumkin: 

1. Ktematonim (gr. kteto «mulk» + otta «ism») - savdo belgisining so`z orqali ifodalanishi. 
2. Slogan (ingl. slogan  «shior») - tovar reklamasini ifodalovchi qisqa shior. Lo`nda, aniq  va 

yodda oson qoladigan ifoda. 

 Ktematonim  so‘ziga  rus  kopireyteri  Maksimova  V.I.  shunday  ta‘rif  beradi    -    reklama 

qilinayotgan  tovarning  jamiyatdagi  vazifasi  g`oyani  -  mazmunni  qisqa-lo`nda  va  tasviriy    shaklda  
ifodalashdir.   Bu  ma`lumotlar  bir yoki ikki jumla bilan berilishi mumkin [3; 57]. Haqiqatdan ham, 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

58 

bu  mulohazalarni  asosli  deyishimiz  mumkin.  Buning  isbotini  kundalik  hayotimizda  uchraydigan 
quyidagi reklamalar orqali ko‘rib o‘tamiz: 

 

Shior beeline – Hayotning yorqin tarafida bo’l!  

ktematonim (evo) 

(tavsiflovchi jumla)-  Evo bilan butun olamingni o`zgartir! 

 

 

Reklama  shiori  reklama  e`lonining  eng  asosiy  elementi  bo`lib, 

telegrammaga  o`xshaydi.  Jamiyat  a`zolari  shior  orqali  reklama 
matnining  davomini  o`qish  yoki  o`qimaslikni  hal  qiladilar.  Chunki  
Hayotbaxsh ta‘m!.  shiorni o‘qishi bilan bugungi kunda insonlar uni 
Coco  Cola  ekanligini  bilishadi  va  matnni  to‘laligicha  o‘qib 
o‘tirishmaydi.    Reklama  bo`yicha  maxsus  shug`ullangan  mutaxassis 

R.Rivzning fikricha, iste`molchi reklama matnidan faqat birgina aniq isbot yoki yagona aniq fikrni 
esda saqlab qoladi [4;27].  Rivzning o`zi «M&M's» shokoladi uchun: «Qo`lda emas, og`izda eriydi» 
(«Tayut  vortu,  a  ne  v  rukax»)  shaklidagi  reklama  shiorini  yaratishda  reklama  qilinayotgan 
shokoladning  eng  muhim  xususiyatlaridan  birini,  ya`ni  unda  shokoladning  ustidan  qiyom 
quyilganligini,  shuning  uchun  u  qo`lda  erimasligini  shioriga  asos  sifatida  tanlaganligini  keltirgan 
iqtibosimizning  isboti  deyishimiz  mumkin.  Qisqacha  aytganda,  shior  bu  qisqa  ifodali  tasviriy 
vositadir.  Shiorlardan  barcha  reklama  turlarida  foydalaniladi.  Shiorning  asosi  -  uning  inson 
ruhiyatiga  doimiy  ravishda  ta`sir  ko`rsatadigan  so`zlardan  iboratligidadir.  Masalan: 

yangi,  bepul, 

samarali, tabiiy, arzon... 

Reklama  shiorlarida  odatda  baxt,  farovon  hayot,  orzularning  ushalishi  va`da  qilinadi.  Shior 

reklama g`oyasining asosi sifatida o`zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 

Harakatga  undash: 

Uzmobayl  kompaniyasiga  a`zo  bo`ling!  Prem‟er-taksiga  a`zo  bo`l! 

Chegirmalar  mavsumi  boshlandi!  Aloqani  mustaqil  boshqar!  «Darakchi»ga  obuna  bo`ling  va 
yuting! 

Reklama  qilinayotgan  savdo  korxonasiga  yuqori  baho  berish

:

  «Aziza  Ziyo»  orzular 

ro`yobi  (o`quv  markazi  haqida).  Bu  yerda  hamma  narsa  bor  (supermarket  haqida).  «Infomed» 
yagona tibbiy ma`lumotlar xizmati. 

Tuzilishiga ko`ra reklama shiorlarini uch guruhga ajratish mumkin:

    

1. Bog`langan shior.

 Bog`langan shiorda tovar nomi ishtirok etadi: 

Har doim Coca-Cola! 

2. Uyg`unlashgan shior

. Unda shior tovar nomi bilan ritmik va fonetik uyg`unlikda bo`ladi: 

Alyumag -oshqozonga ko`mak; Ermak - bu foydali, mazali va toza demak; Muza bilan siz, betakror 
pazandasiz.

 

3. Erkin shior.

 Erkin shiorda tovar markasi alohida qo`llaniladi:  

Nescafe. Hammasi yaxshilikka. 
Nestle. Musaffo hayot davri keldi! Shaffof. Birinchi buloq suvi! 
Coca-Cola. Hayot lazzati. 

Reklama  matn  mazmunini  ochib  berishga  xizmat  qiluvchi  bu  vositalarning  har  biri  o‘z 

qonuniyatlariga  asosan  tayyorlansagina  niyatimizga  munosib  tarzda  yetgan  bo‘lamiz. 
Maqolamizning  xulosasi  sifatida  reklama  matni  quyidagi  shakllarda  namoyish  etilsa,  maqsadga 
muvofiq bo‘lishini yuqorida misollar asosida isbotlashga harakat qildik.  

Demak, reklama matnlari quyidagicha bo‘lishi lozim: 

 -qisqa so‘z, qisqa gap, qisqa abzaslardan foydalanib mazmunli matn tuzish; 
- reklama qilinayotgan taklifni bevosita sarlavhaning o‘zida isbotlash; 
-―qulay‖ so‘ziga asosiy e‘tibor qaratish; 
- sarlavha osti qismida matnni takroran eslatish; 
- reklama matnini mahsulot yoki xizmatni harakatda tasvirlovchi sur‘atlar bilan berish; 
- taklifning qat‘iyligi to‘g‘risidagi iborani kiritish; 
-so‘z yoki iborani katta harflarda yozish. 


background image

Хорижий филология  

№3, 2018 йил 

 

 

59 

Reklama  shunday  jarayonki,  unga  har  kuni,  har  yerda  har  bir  kishi  duch  keladi.  Reklama 

ommaviy kommunikatsiyaning barcha sohalariga kirib bormoqda. 

Lekin o`zbek tilshunosligida uning qonun-qoidalari hali o`rganilganicha yo`q. Biz bu maqola 

orqali  reklama  matnlarining  tuzilishi  va  xususiyatlari  haqida  ayrim  mulohazalarni  keltirishga 
harakat qildik, xolos. 

Adabiyotlar: 

 

1.

 

Огилви Д. Тайны рекламного двора. 2009. -145 с. www.koob.ru. 

2.

 

Фарби Э.Д. Как создать усрешную рекламу. СПб., 2004.–123 с.  

3.

 

Стилистика  и  литиратурное  редактирование.  Под.ред.проф.  Максимова  В.И.  – 

Москва, 2004. –С.158. 

4.

 

Медведева Е.В. Рекламная пропаганда, или ―почем опиум для народа‖//Вестник МГУ. 

Сер.19.№1. 2003. -С.27. 

 

Мамирова  Д.  Некоторые  размышления  об особенностях  рекламных  текстов. 

При 

изучении реклам появляется возможность формировать культуру речи, а также различать 
стили  литературного  языка.  Рекламы  в  узбекском  языке  способствуют  проявлению 
возможностей  и  потенциала  нашего  языка.  В  данной  статье  особое  внимание  уделяется 
научным основам рекламы, еѐ языку и тексту 

Mamirova  D.  Some  important  features  about  the  text  of  advertisement. 

This  article 

emphasizes  the  scientific  basis,  text  and  language  of  advertising.  Formation  of  speech  of 
advertising  depends  on  cultural  feature  and distinguishing  literary texts. Advertising  in  the Uzbek 
language serves to demonstrate

 

the capabilities and cultural features of the language. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Библиографические ссылки

Огилви Д. Тайны рекламного двора. 2009. -145 с. www.koob.ru.

Фарби Э.Д. Как создать усрешную рекламу. СПб., 2004.-123 с.

Стилистика и литиратурное редактирование. Под.ред.проф. Максимова В.И. -Москва, 2004. -С. 158.

Медведева Е.В. Рекламная пропаганда, или “почем опиум для народа’У/Вестник МГУ. Сер.19.№1. 2003.-С.27.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов