Law Tech и legal Tech программы в сфере медиaции

CC BY f
183-186
23
1
Поделиться
Абдуллажонов, Х. (2022). Law Tech и legal Tech программы в сфере медиaции. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 183–186. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13782
Хумоюн Абдуллажонов, Ташкентский государственный юридический университет

Магистрант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Сегодня цифровизация и современная информация во всех сферах процессы применения технологий растут. В частности, в области права эти тенденции можно наблюдать. Право в мире особенно в этом направлении технические и юридические технические приложения развиваются


background image

183

Abdullajonov Xumoyun Nozimxon oʻg‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

MEDIATSIYA SOHASIDA LAW TECH VA LEGAL TECH DASTURLARI

------------------------------------------------------

Abdullajonov Khumoyun Nozimkhon ugli

Master student of Tashkent State University of Law

LAW TECH AND LEGAL TECH PROGRAMS IN THE SPHERE OF

MEDIATION

------------------------------------------------------

Абдуллажонов Хумоюн Нозимхон угли

Магистрант Ташкентского государственного юридического университета

LAW TECH И LEGAL TECH ПРОГРАММЫ В СФЕРЕ МЕДИAЦИИ

------------------------------------------------------

Mediatsiya sohasida Law tech va Legal tech dasturlari

Bugungi kunda barcha sohalarda raqamlashtirish va zamonanaviy axborot

texnologiyalar qo‘llash jarayonlari o‘sib bormoqda. Xususan, huquq sohasida ham
mazkur tendensiyalarni kuzatish mumkin. Ayniqsa, ushbu yo‘nalishda dunyoda Law
tech va Legal tech dasturlaridan foydalanish rivojlanib bormoda.

Ma’lumot uchun:

Legal tech

- bu yuridik sohani raqamli texnologiyalar bilan qamrab

oluvchi, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirilgan tarzda ko‘rsatish, shuningdek yuridik masalalarni
raqamli texnologiyalar yordamida yechishga qaratilgan yurisprudensiya va axborot texnologiyalari
sohalari uyg‘unligida hosil bo‘lgan yo‘nalishidir.

LawTech

- huquqiy xizmatlarni olishni an’anaviy usulidan yangisiga almashtirishga imkon

beruvchi va (yoki) foydalanuvchilarga huquqiy ma’lumotlarga kirishni osonlashtiruvchi turli xil
onlayn ilovalar va xizmatlardir.

Law tech va Legal tech

o‘rtasidagi asosiy farqi

shundaki, Law tech texnologiyalari yuridik

xizmatlarning oxirgi iste’molchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular huquqiy maslahat yoki xizmatni
huquqshunoslarga murojaat qilmasdan olish imkoniyatini ochadi, Legal tech esa raqamlashtirish va
huquqshunoslar ishlarini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan.

2019-yilda Legal tech dunyo bo‘yicha 17 mrld dollar foyda keltirgan. Legal tech

and law tech bo‘yicha yangi loyihalarning o‘sishi 28%ni tashkil etadi hamda 2025-
yilga kelib 2.5 mrld dollar foyda keltirishi kutilmoqda. Dunyoda yuristlar ishining 63
foizi qaytariladigan jarayondan iborat bo‘lib, ularni osongina legal tech va law tech


background image

184

orqali bajarish mumkin. So‘nggi 5 yil ichida dunyoda Law tech va Legal tech uchun
patentlar soni 484% ga o‘sgan.

Mazkur texnologiylardan foydalanish quyidagi qulaylik va imkoniyatlarga ega:

xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kengligi.

Yangi texnologiyalar yuridik

firmalar uchun global bozorga chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Buning natijasida
yuridik firmalar mijozlarga chet hududlardan xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishdi;

shaffoflikning yuqoriligi.

Biror masala bo‘yicha aniq va ochiq ma’lumotga

ega bo‘lishlari mumkin bo‘lmoqda;

manbalardan keng foydalanish imkoniyatlarining ortishi

. Yangi

texnologiyalar tufayli endilikda biror masala yuzasidan ma’lumot manbalari bilan
ishlashda inson omili o‘rniga maxsus dasturlardan foydalanish yuqori samaradorlikni
ta’minlamoqda;

tezkorlik

. Sun’iy intellekt yechimlari tadqiqotni tezkor bajarishi va

hujjatlarni millisekundlarda tahlil qilishi mumkin;

kamroq xatolar

. Sun’iy intellekt xatolar ehtimoli sezilarli darajada

kamaytiradi.

Bugungi kundan ilg‘or xorijiy mamlakatlarda mediatsiya sohasida Law tech va

Legal techlarda samarali foydalanilmoqda. Xususan,

Gonkong

dunyoning eng katta

moliyaviy markazlaridan (Osiyoda 1-o‘rinda, dunyoda Nyu-York va Londondan keyin
3-o‘rinda turadi) biri hisoblanib, mamlakatda yirik iqtisodiy shartnomalar tuzilishi
uchun yuqori darajadagi yuridik xizmatlar ko‘rsatishni talab qiladi. Biznes
muzokaralarni olib borishni yengillashtirish, ularda innovatsiyalarni keng joriy etish
hamda elektron biznes bilan bog‘liq nizolarni oldini olish maqsadida mamlakat adliya
vazirligi tashabbusi bilan elektron mediatsiya platformasi (eBRAM) yaratildi.

1

eBRAM – bu biznes bilan bog‘liq elektron mediatsiya platformasi bo‘lib,

muammolarni hal etishning muqobil, samarador va iqtisodiy jihatdan nisbatan zararsiz
yo‘llarini taqdim etadi. Ushbu platforma bosh direktori Daniel Lamning fikricha,
kichik biznes vakillari ham xizmatdan foydalanishi va huquqiy yordam olishlari
mumkin. Gonkong adliya vaziri Tereza Cheng hukumat yuridik sohadagi yangi
texnologiyalarni, ayniqsa mediatsiya masalalari qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Hukumat ushbu loyiha uchun 150 million dollar ajratdi.

Ma’lumot uchun:

eBram nizolarni hal etish onlayn xalqaro markazi (International Online

Dispute Resolution Center Limited) – mustaqil notijorat tashkilot bo‘lib, 2018 yilda Gonkongda
tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi Gonkongda vositachilik va arbitraj xizmatlari sifatini
oshirish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda chet elda nizolarni hal etish
xizmatlariga bo‘lgan talablarni qondirishdir. Shuningdek, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi
tashkiloti, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi(ASEAN), ishtirokchi mamlakatlar va boshqa

1

https://www.ebram.org/index.html


background image

185

davlatlar bilan hamkorlikda Gonkongni LawTech hamda xalqaro biznes nizolarni hal etish markazi
maqomini mustahkamlashdir.

eBRAM quyidagi rejimda ishlaydi:

avvalo platforma hakam va yuristlardan iborat xolis shaxslarni taqdim

etadi. Ular murojaat etuvchilarning taqdim etgan ishlarini ko‘rib chiqadi va
yechimlarini izlaydi;

platforma zamonaviy va nisbatan qulay bo‘lgan to‘lov tizimlariga ega.

eBRAM maxsus himoyalangan virtual axborot tizimi bo‘lib, dunyoning istalgan
qismidan unga ulanish mumkin;

mediatsiya bo‘yicha asosiy uchrashuv va eshittirishlar tashkil etish va

o‘tkazish, shuningdek, elektron imzo texnologiyasidan foydalangan holda muhim
hujjatlarni imzolash;

Ma’lumot uchun:

eBRAM yordami bilan Xalqaro xususiy huquq instituti va Gonkongning

maxsus ma’muriy hududi o‘rtasida virtual imzolash marosimi o‘tkazildi. eBRAM elektron imzo
texnologiyasi dunyoning turli burchaklaridagi bir nechta tomonlarga xususiy onlayn platforma
orqali bir vaqtning o‘zida bir xil elektron hujjatni xavfsiz imzolash imkonini beradi. eBRAM
Gonkongni LawTech markazi sifatida maqomini mustahkamlash uchun ko‘proq LawTech
xizmatlarini joriy qilish orqali zamonaviy va keng qamrovli huquqiy onlayn platformani ishlab
chiqishga intilmoqda.

Singapur

bugungi kunda davlat xizmatlari va huquqiy yordam ko‘rsatish

sohasida dunyoning qolgan davlatlari uchun namuna sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur
davlat 2020-yil qonun ustuvorligi indeksi ko‘ra (World Justice Project Rule of Law)
dunyoda

12-o‘rinda

qayd etilgan.

1

Mamlakatda nizolarni hal etishning onlayn platformalari (Online Dispute

Resolution Platforms) rivojlanib bormoqda. Bunday platformalar mediatsiya
xizmatlarini ko‘rsatadi. Odatda bunday xizmat jarayonlari tomonlar tomonidan
platformaga tegishli ish bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni pochta orqali yuborishi bilan
boshlanadi. Shundan so‘ng, platforma tegishli tomonlar bilan virtual uchrashuv tashkil
qiladi. Uchrashuv tomonlar bilan alohida tashkil etilishi ham mumkin. Agarda tomonlar
o‘zaro murosaga kelishsa, onlayn tarzda kelishuv hujjatini imzolaydi. Hozirgi kunda
davlatlar tomonidan nizolarning hal etishning onlayn platformalari kichik da’volarni
ko‘rib chiqadi va yuridik yordamlar ko‘rsatishadi.

Nizolarni

hal

etishning

onlayn

platformasi

Singapur

mediatsiya

markazi(Singapore Mediation Centre) tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, samarali
faoliyat olib borib kelmoqda.

2

Ma’lumot uchun:

Singapur mediatsiya markazi (Singapore Mediation Center, SMC) nizolarni

hal etishning muqobil yo‘llarini taqdim etadigan yetakchi tashkilotdir. Ushbu xizmatlarga vositachilik,
sud jarayoni ishlari, xolis baholash va nizolarni hal etishlar kiradi. Markaz rasmiy saytida keltirilgan
ma’lumotlarga ko‘ra, markaz tashkil topgan 1997 yil 16 avgustdan buyon 10 milliard dollar

1

https://worldjusticeproject.org/rule-of-law-index/country/2020/Singapore/

2

https://www.mediation.com.sg/


background image

186

miqdoridagi 4900 ta ishni hal etgan. Bundan tashqari ishlarning 90%i bir kunda hal etilganligi, uning
samarali faoliyat olib borayotganligi ko‘rsatadi




































inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов