Все статьи
Паразиты рыб Хорезмского прудхоза и меры борьбы с ними
Объекты исследования: паразиты рыб Хорезмского прудового хозяйства.
Цель работы: комплексное изучение эпизоотологического состояния распространения возбудителей инвазионных заболеваний ценных и малоценных рыб в системе Хорезмского прудового хозяйства и разработка мер борьбы с ними применительно к местным экологическим условиям.
Методы исследования: полные ихтиопаразитологические, полевые и камеральные методы.
Полученные результаты и их новизна: впервые проведено комплексное изучение паразитологических состояний рыб Хорезмского прудхоза и обнаружено ранее неизвестных 68 видов паразитов в хозяйстве. Выяснена степень заражённости паразитами всех видов рыб, установлены закономерности изменения паразитофауны рыб от экологических факторов (течения, мутности и химического состава воды, сезона года, состава пищи и характера питания рыб), а также выявлены закономерности изменения качественного и количественного состава паразитофауны карпа от возраста.
Практическая значимость: полученные данные о патогенной значимости ихтиопаразитов, заносимых с посадочным материалом в выростные пруды, доказывают необходимость постоянного паразитологического контроля рыб на всех этапах её выращивания.
Степень внедрения и экономическая эффективность: практические рекомендации по профилактике борьбы против возбудителей инвазионных заболеваний рыб внедряются в рыбоводные пруды Хорезмской области и экономическая прибыль от применения ежегодно составляла 3680000 сумов (акты внедрены в производство от 6 мая 2003 и 3 мая 2005 года).
Область применения: в высших учебных заведениях, фермерских рыбных хозяйствах республики.
Зоопланктон трансформированных равнинных озер Узбекистана
Объекты исследования: озера ветланда Судочье, ААСО, Муйнакский Залив, Сарыбас, Восточный Каратерень, Хорезмской обл. и Сарыкамыш (Фергана).
Цель работы: изучить экологические, структурные и количественные особенности зоопланктонных сообществ современных равнинных озер Узбекистана, условия стока (питания) которых изменились в результате хозяйственной деятельности человека.
Методы исследования: включали гидробиологические методы изучения планктона водоемов и методы физико-химического анализа условий существования гидробионтов.
Полученные результаты и их новизна: составлены инвентаризационные списки зоопланктона, включающие в себя виды обнаруженные другими исследователями и самим автором в озерах Узбекистана. Прослежена сезонная и многолетняя сукцессия видов и динамика количества зоопланктона в озерах различной глубины и минерализации. Изучены структурные характеристики зоопланктонных сообществ (индекс плотности, биоразнообразия и др).
Практическая значимость: материалы по зоопланктону, рассмотренные в фаунистическом и биоценологических аспектах, могут быть использованы для прогнозирования структуры сообщества и количества зоопланктона; появляется возможность целенаправленно изменять видовой состав зоопланктона рыбохозяйственных водоемов, и таким образом эффективно воздействовать на развитие кормовой базы.
Степень внедрения и экономическая эффективность: полученные результаты были использованы при обосновании научных проектов связанных с изучением и повышением потенциальной продуктивности естественных водоемов Узбекистана.
Область применения: практическая гидробиология, санитарная гидробиология, экологический мониторинг.
Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning atrof-muhit omillariga moslanishi
Qizil qanot balig‘ining contracaecum spiculigerum (ascaridida: anisakidae) nematodasi bilan zararlanishi
Baliqlarning invazion kasalliklari
Umurtqali hayvonlar ichida baliqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda Respublikamiz suv havzalarida baliqlarning 84 ta turi qayd etilgan. O‘zbekiston suv havzalarida karpsimon baliqlar keng tarqalgan va 45 dan ortiq kenja turlari mavjud. Baliqchilik sohasi xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aholini arzon, oqsilga boy baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sanoatda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlashdan iborat. Baliqchilikni intensiv usulda rivojlantirish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdorlarini oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Inson hayotida organizmni to‘la qiymatli oziq moddalar bilan ta’minlashda oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, minerallar, fosfor, temir, kalsiy mikroelementlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu moddalar esa baliq mahsulotlarida yеtarlicha mavjud. Baliq go‘shti yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan parhez taom va to‘yimli oziqa hisoblanadi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari – Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Shimoliy Amerika, Avstraliyada baliq iste’moli bir kishi hisobiga bir yilda o‘rtacha 25–45 kg ga to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida baliq juda muhim o‘rin tutgani uchun sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan har bir kishi uchun bir yilda eng kamida 12 kg baliq iste’mol qilish tavsiya etilgan. Respublikamizdagi yagona dengiz(Orol)ning qurib qolishi natijasida xalqimizning baliq go‘shti bilan ta’minlanishi keskin pasayib ketdi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda, faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki salomatligini ta’minlovchi ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson hayvonot dunyosi hisobidan qabul qiladigan oqsillarning 18-20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan baliqlarga, to‘g‘ri keladi. Baliq go‘shti tarkibida to‘yimli moddalar mavjud bo‘lgan holda ularning odam organizmida hazm bo‘lish darajasi ham yuqoridir. Baliq go‘shti va ayniqsa, yog‘i «D» vitaminiga o‘ta boy bo‘lib, uni yеtarli darajada iste’mol qilish moddalar almashinuvini me’yorida saqlab turadi. Yosh bolalarda, ayniqsa kech kuz va qish oylarida, quyosh kam bo‘lganda kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi sifat jihatidan qishloq xo‘jaligi hayvonlari go‘shtidan qolishmaydi, eng avzalligi esa hazm bo‘lish jihatidan hayvonot go‘shtidan ancha yuqori turadi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va uning salomatligini yaxshilashda baliq mahsulotlari tarkibida vitaminlarning mavjudligi hamda yuqori sifat ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga egadir. Baliq go‘shtida 15-22 foiz oqsil, 0,2 dan 30,8 foizgacha yog‘, oz miqdorda uglevodlar mavjud. Baliqchilik sanoatida baliq moyi, baliq uni hamda boshqa sohalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar ishlab chiqarilmoqda. Aholining arzon va sifatli baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish xususiy mulkchilikka asoslangan baliqchilik xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga bevosita bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, sun’iy hovuzlar samaradorligini oshirish, tabiiy suv havzalarida baliq zahiralarini ko‘paytirish, mustahkam oziqa bazasini yaratish, ularga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash, mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish hisobiga mahsulot olish va daromad miqdorini oshirishni taqozo qiladi.
Baliq moyi - bu treska, olabug‘a, qalqonbaliq, tunets baliqlari jigaridan olinadigan moydir. U sarg‘ish va tiniq suyuqlik bo‘lib, baliq hidi va mazasi bor. Baliq moyida odam, hayvon va parrandalar uchun zarur biologik faol moddalar, masalan, xolesterin, A va D vitaminlari, yog‘ bor. Raxit, osteomalatsiya, sil, shabko‘rlikning oldini olish va davolashda, suyak singanda bitishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Baliq uni - baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy bo‘lib, qishloq xo‘jaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50-55 % oqsil, 10-20 % yog‘, 30 % gacha kalsiy- fosfor, 5 % gacha osh tuzi mavjud. Baliq uni hayvon organizmida juda yеngil hazm bo‘ladi. Shuning uchun ham birinchi navbatda, yosh hayvonlarga va parrandalarga ayniqsa, jo‘jalarga ularning kunlik yеmiga 10 % miqdorida qo‘shib beriladi.
Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, asosan qishloqlarda zamonaviy va yuqori unumli texnika hamda texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida baliqchilik tarmog‘ini tez sur’atlarda rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish, sohani tartibga solish, baliqchilik xo‘jaliklarida infeksion va invazion kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, intensiv usulda baliq yеtishtirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsion g‘oyalar hamda ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy qilish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2939-son, 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3657-son va 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-sonli Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu qo‘llanma muayyan darajada xizmat qiladi hamda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ammo, sohani rivojlantirishda jiddiy to‘siq bo‘ladigan omillardan biri - bu baliq kasalliklari hisoblanadi. Baliqlar kasalliklari va ularning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ixtiopatologiya - baliq kasalliklarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, unda baliq kasalliklari va ularning sabablari, kasallik chaqiruvchi organizmlar va ularning patogenlik xususiyatlari, baliqlarning kasallikka moyilligi va chidamliligi, profilaktik choralar hamda kasalliklarga qarshi kurash usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur fan hayvonot dunyosini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib, biologiyaning ayrim yo‘nalishlarini va xalq xo‘jaligini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ixtiopatologiya fanining vazifalari baliq kasalliklarini o‘rganish asosida baliqlar organizmining kasalliklarga chidamligini oshirishni o‘rganish; kasallikni kamaytirish, rivojlanish intensivligini va organizmni zararlash darajalarini pasaytirish; kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish; xalq xo‘jaligi amaliyotida bu fanning usul va yutuqlaridan foydalanishni o‘rganish hisoblanadi.
Zamonaviy ixtiopatologiya sohasida keyingi yillarda baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarni intensiv tarzda yetishtirish usuli bilan bog‘liq holatda sun’iy ozuqalardan foydalanishda a-vitaminoz (vitaminlar yetishmovchiligi) va moddalar almashinuvining buzilishi natijasida infeksion va invazion kasalliklarning rivojlanishi kuzatilmoqda. Ixtiopatologiyaning asosiy vazifasi – baliqlar kasalliklarining etiologiyasini aniqlash va unga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, ularni bartaraf qilishdan iboratdir. Ko‘pgina baliq turlari kasalliklari etiologiyasi baliqlarning yoppasiga nobud bo‘lishi bilan amalga oshib, bir vaqtning o‘zida baliqlarga bir nechta omillarning ta’sir ko‘rsatishi qayd qilinadi. Shu sababli baliqlarning nobud bo‘lishi sabablarini birgina omil ta’siri bilan izohlashning o‘zi ayrim holatlarda yetarli hisoblanmaydi va samarali natijalarga olib kelmaydi. Ixtiopatolog mutaxassislarning asosiy vazifasi baliqlarga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni sinchiklab o‘rganib, ushbu kasalliklarga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, baliqlarning yoppasiga kasallanishining oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Baliq kasalliklarini oldini olish va davolash chora–tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim ahamiyaga ega hisoblanadi.
Baliqchilik ozuqalarini bir hujayrali suvo‘tlari bilan boyitish biotexnologiyasi
Baliq kasalliklarini tashxislashda laboratoriya usullarini o‘tkazish
Ushbu qo‘llanma malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari, baliqchilik fermer xo‘jaliklari mutaxassislari hamda magistrant va doktorantlar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek veterinariya, zooinjeneriya fakulteti baliqchilik yo‘nalishi hamda ushbu yo‘nalishlarning sirtqi bo‘lim talabalari qo‘llanmadan unumli foydalanishi mumkin.
Bakterilogiya tekshirishlar faqat tirik baliqlarda o‘tkaziladi. Chunki o‘lgan baliqda mikroflora tez ko‘payib, kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlash qiyinlashadi.
Tekshiriladigan material (a’zo yoki to‘qima. solinadigan idishlar (banka, kolba, probirka, petri kosachasi va hokazo) avtoklavda (1 atm. da 20 – 30 minut) yoki qurutish shkafida (160 – 170 oC 1 – 1,5 soat) sterillanadi. Chelak, bidon, kastryullar sovunli suvda toza yuvilib, qaynoq suv bilan chayqab tashlanadi. Tirik baliqni solishdan oldin idish hovuz suvi bilan yoki artezian suvi bilan to‘ldiriladi.
Laboratoriyada olingan namunalar sun’iy oziqa muhitlarida (GPB va GPA) birlamchi ekish jarayoni o‘tkaziladi.
Dastlab baliqning jarohatlangan joylaridan (yara, absess va hokazo) olingan patologik material tekshiriladi. Yaralardan qirindi olishdan oldin ular fiziologik eritma bilan yuviladi. Material olinadigan joy kuydirilib, keyin Paster pipetkasi bilan suyuqlik olinadi. Ekish uchun qon yurakdan yoki dum arteriyasidan olinadi. Birinchi tomchi qon artib tashlanib, qolgan 2-3-tomchilar ozuqa muhitiga ekiladi.
Baliqlar denaturat spirt yoki 5 % li fenol bilan artib tozalangan taxtachalarda yorib ko‘riladi. Yorishdan oldin asboblar (skalpel, qaychi , pinsetlar va boshqalar) 30 minut qaynatiladi. Bakteriologik tekshiruv uchun material olinayotgan asboblar qo‘shimcha denaturat spirti bilan ho‘llanib kuydiriladi.
Bakteriologik tekshirish uchun ozuqa muhitiga yurak, taloq, buyrak va boshqa a’zolardan material olinib sun’iy oziqa muhitiga ekiladi. Namuna olinadigan joy avval qizdirilib, shpatel bilan kuydirilishi shart.
Bakteriyalar tomonidan chaqiriladigan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini farqlash (identifikatsiya) maqsadida qo‘zg‘atuvchining morfologiyasi, harakatchanligi, kultural va bioximik xususiyatlari o‘rganiladi.
Oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlarni tirik yoki fiksatsiyalangan holatda o‘rganish mumkin. Bunda bakteriyalarning shakli, tuzilishi, harakatchanligi aniqlanadi. Bu tekshiruvlarni yarmi suyuq yoki bosma ezilgan tomchi usulida ham o‘tkazish mumkin.
Fiksatsiyalangan surtmani tayyorlash uchun yog‘sizlantirilgan predmet oynachaga tekshiriluvchi material tomiziladi. Aylantirilib oynachaning barcha sathiga yupqa qilib yopiladi. Bosma surtmalar esa kesilgan a’zo yoki to‘qimalarga predmet oynachani bir necha marotaba bir tekkizib tayyorlanadi.
Surtmalar havoda quritiladi, olovda yoki spirt – efirda (etil spirti + efir 1:1) 10min, spirtli formalinda (40 % - li formalin 5 ml, 96 % - li etil spirti 9,5 ml) – 15 min, atsetonda – 5 min, xloroformda – bir necha sekunda fiksatsiyalanadi.
Quritilgan va fiksatsiyalangan surtmalar Gramm, Sil – Nilsen, Romanovskiy – Gimza, Mizin yoki boshqa usullar bilan bo‘yaladi. Bo‘yash usulini tanlashda kasallik to‘g‘risida anamnez, epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilari hisobga olinadi.
Masalan: Baliqning jabrasi, beli va dumida, suzgichlarida shilimshiq ko‘p bo‘lsa mikrobakteriozga tekshiruv o‘tkaziladi va sitofag - Agarli yoki Mijdi Petri kosachasida ekib bakteriya o‘stiriladi. Baliq kasaliklarining ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilari go‘sht – peptonli muhitda yaxshi o‘sadi.
Anaerob mikroblarni ajratishda oziqa muhitidan erigan kislorod olib tashlanadi. Buning uchun suyuq ozuqa muhitlari probirkaga solinib suv hammomchasida 10 min qaynatiladi yoki havoni vakuum nasosi bilan tortib olinadi.