Ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirishning uslubiy asoslari

CC BY f
248-250
10
2
Поделиться
Бадалова, Г., Каюмова, М., & Ходжанов, Е. (2023). Ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirishning uslubiy asoslari . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 248–250. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/21017
Г Бадалова, Ташкентский химико-технологический институт

Ассистент

М Каюмова, Ташкентский химико-технологический институт

SS.

Е Ходжанов, Ташкентский химико-технологический институт

студент 2 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida ijodiy jarayonni tashkil qilishda muammoni hal etish uchun o’quv va o’quv axboroti o’rtasidagi optimal munosabatni ta’minlash kerak. O’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyasini tadbiq etish yo’llarini ishlab chiqish zarur.


background image

248

TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING MUSTAQIL O’QUV FAOLIYATLARINI

RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI

Ass. G.T. Badalova, ass. M.R. Kayumova, 2-kurs talabasi E.Xodjanov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish maqsadida ijodiy jarayonni

tashkil qilishda muammoni hal etish uchun o’quv va o’quv axboroti o’rtasidagi optimal
munosabatni ta’minlash kerak. O’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyasini tadbiq
etish yo’llarini ishlab chiqish zarur.

Talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish uchun an’anaviy tarzdagi

o’qituvchining faolligi va barcha materialni tushuntirish bilan bog’liq bo’lgan darslarning
o’rniga ularning faolligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan darslarni amalga oshirish hozirgi
kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shu munosabat bilan ta’lim jarayonida talabalarning
mustaqil bilim olishlarini rivojlantirish, tashkil qilish, ularni mustaqil ravishda tegishli o’quv
materialni izlash, topish, o’zlashtirish va bu o’quv materialarga bo’lgan ijodiy munosabatni
shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. O’qitish jarayonida talabalarning mustaqil o’quv
faoliyatlarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan sharoitni hal qil ish yo’llarini birmuncha aniq
belgilash uchun o’quv faoliyatning o’ziga xos bo’lgan ayrim pedagogik-psixologik tomonlarini
qarab chiqish kerak bo’ldi. Mustaqil o’quv faoliyatning harakterli belgisi sifatidagi subyektiv
yangilik talabaning o’quv faoliyatini boshqarish uchun imkoniyat yaratadi. Bunda talaba uchun
noma’lum va yangilik bo’lgan narsa o’qituvchi uchun ma’lum bo’lishi shart va zarur. Lekin
ushbu shart zarur, biroq yetarli emas. Ushbu faoliyatni o’qituvchi uchun kerak bo’lgan bilim
sohasiga yo’naltirish imkonini beruvchi usullarni qo’llash talab qilinadi.

O’quv jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sikllilik tamoyili shuni taqozo qiladiki, hozirgi

davrda oliy o’quv yurtlarini chuqur fundamental tadqiqotlar keng qamrovli yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash bilan uyg’unlashgan o’quv-ilmiy majmualarga aylantirish vazifasi
turibdi. Aksariyat olimlarning fikriga ko’ra, ushbu vazifani oliy o’quv yurtining har bir talabasi
ilmiy izlanishlarda, amaliy va nazariy tadqiqotlarda, fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq qilishda
o’qituvchilar bilan birgalikda faol ishtirok etgandagina hal qilish mumkin.

Amaliyotdan olingan natijalar o’rganilajak fanlarning o’qitish funksiyasini amalga

oshirish bilan uyg’unlashgan bo’lishi lozim. Ushbu qoida oliy maktab didaktikasida o’quv
jarayonini tashkil qilish jarayonlaridan biri sifatida qaraladi. Oliy o’quv yurti talabalarida
mustaqil o’quv faoliyatlarni rivojlantirish ularni rejadagi ilmiy tekshirish ishlarida ishtirok
etishga jalb qilishga ham ko’maklashdi. Fizika fakulteti talabalarining fizika fanlarini o’rganish
jarayonida mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirishga taalluqli ta’lim va tarbiya masalalarini
birgalikda hal qilish vositasi bo’lishi mumkinligini isbot etadi.

Ko’pchilik olimlar jumladan, L.I.Rubinskiy, V.P.Bespalko, V.G.Razumovskiy,

ma’lumotini kasbiy faoliyat davrida davom ettirish qobiliyatiga ega bo’lgan yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash oliy ta’limning e’tiborga olinishi o’ta zarur bo’lgan muhim vazifasidir
deb hisoblaydilar.

Bu faoliyat davomida bo’lajak mutaxassis kasbiy bilimlar va ularning tuzilish usullarini

o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zi ham yangi bilimlar va ijtimoiy ahamiyatga molik tajribani
yaratadi. Yuqorida aytilganlardan oliy o’quv yurtlarining fizika fakulteti talabalarida ularning
fizika va nazariy fizika fanlarini o’rganishda dastlabki mustaqil o’quv faoliyatlarni
rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi bevosita kelib chiqadi.


background image

249

Quyida talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish tuzilmasi keltiriladi.

O’quv faoliyatni rivojlantirishning mazkur tuzilmasi 6 xil blok yondashuv ko’rinishida berish
mumkin, ya’ni:

Chizmadan ko’rinadiki, talabalarning mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirishning

samarali jihatlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil
etishdan iboratdir.

Fizika kursini o’rganish talabalarda yuqorida qayd etib o’tilgan mustaqil o’quv faoliyatni

rivojlantirish uchun yetarlicha qulay sharoitlar yaratadi. Talabalarning navbatdagi fanlarni,
masalan, nazariy fizika, yadro fizikasini yaxshiroq o’zlashtirishga imkon yaratadi va ularning
o’quv faoliyatlarini o’sishiga ko’maklashadi. Binobarin, bo’lajak pedagoglarning yangi
sharoitlarda yuzaga keluvchi masalalarni hal qilish qobiliyatlari sezilarli darajada ortadi.

Oliy o’quv yurtining ilmiy-tadqiqot ishlaridan xabardor va fanlarni o’qitish metodikasini

egallagan bitiruvchilar maktab, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalari talabalari
bilan ishlash tizimini yaxshilashda faol ishtirok etishlari zarur.

Oliy o’quv yurti talabalarining mustaqil o’quv faoliyatlarini rivojlantirish jarayonida ular

egallangan bilimlaridan didaktik masalalarni hal etish yo’llarini izlashda foydalanishni
o’rganadilar. Olimlar talabalarning o’quv faoliyati to’rt tarkibiy qismdan iborat deb
hisoblaydilar:

Faoliyatning vazifa va usullarini rejalashtirish;

Xatti-harakatlarni tashkil qilish;

Isbotlash uchun dalillar keltirish;

O’zini-o’zi tekshirish;

Fizika fakulteti talabalarining mustaqil o’quv faoliyatini rivojlantirish borasidagi

faoliyatining tuzilishi quyidagilardan tashkil topgan:

Bilishga oid masalani ajratib ko’rsatish;

Xatti-harakat usullarini aniqlash va qo’llash;

Masalani hal qilishning yo’llarini topish;

Ilmiy izlanish ishlarini bajarish;
Talabalarning mustaqil ishi uchun mo’ljallangan topshiriqlarni bajarish ikki turdagi
faoliyatni ko’zda tutadi:

- Ichki aqliy faoliyat bunda o’zining mustaqil o’quv faoliyati qanday borayotgani va uning
pirovard natijalarini fikran ko’z oldiga keltirish, mazkur natijalarning masala shartlariga
muvofiqligini hamda talab qilinadigan xattiharakatlarning mohiyati va hajmini idrok etish
qobiliyatini nazarda tutadi.
-Tashqi (texnik) faoliyat-muayyan ketma-ketlikdagi mustaqil faoliyat ishtirok etgan amaliy
xatti-harakatlar. Ular faoliyatni tegishli mahsulotga aylantirib berishni ta’minlaydi;


background image

250

Umumiy fizika kursini o’rganish jarayonida fizika fakulteti talabalarida mustaqil o’quv

faoliyatni shakllantirish uchun mazkur kursning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini amalga
oshirish juda muhimdir. Zero bu sharoit talabalarning o’quv-bilish va ijodiy faoliyatini
jonlantiradi. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar vaqtida talabalarning o’quv-tadqiqot va
amaliy faoliyatga uzluksiz va bosqichma-bosqich jalb qilish tamoyili muntazamlilik, rejalilik
hamda oddiydan murakkabga tomon hisoblangan algoritmik, keyinroq esa mustaqil ijod qilish
faoliyatiga imkon yaratadi.

Shu yo’l bilan bo’lajak fizika o’qituvchilarida turli kutilmagan o’quv sharoitlarda kelib

chiqishi mumkin bo’lgan muammolarni hal eta bilish qobiliyati shakllana boradi. Kelajakda
yaxshi pedagog bo’lish uchun pedagogik uslubiyot blokidagi o’quv fanlari imkoniyatlarining
chegaralanganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bu kabi muammolarni ijodiy hal qilish yo’li,
qayd etilgandek bo’lajak o’qituvchilarda mustaqil o’quv faoliyatini rivojlantirishdan iborat.
Yosh mutaxassislarda bu kabi hislat va fazilatlarini rivojlantirish uchun innovatsion usullardan
foydalanib, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirib dars o’tish, shu asosida ularga bilim berib
borish ijobiy natija beradi.

Adabiyotlar

1.

M. Djo’rayev. Fizika o’qitish metodikasi. Toshkent.TDPU. 2013.

2.

L. V. Golish, D. M. Fayzullaeva Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va

rejalashtirish.

Innovatsion ta’lim texnologiyalar markazi.

Toshkent. TDIU. 2010 y. 122 bet.

3.

B.Xodiyev, L.V.Golish. Mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usullari.

Innovatsion

ta’lim texnologiyalar markazi.

Toshkent. TDIU.2010. 80 bet.

Библиографические ссылки

M. Djo’rayev. Fizika o’qitish metodikasi. Toshkent.TDPU. 2013.

L. V. Golish, D. M. Fayzullaeva Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. Innovatsion ta’lim texnologiyalar markazi. Toshkent. TDIU. 2010 y. 122 bet.

B.Xodiyev, L.V.Golish. Mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish usullari. Innovatsion ta’lim texnologiyalar markazi.Toshkent.TDIU.2010. 80 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов