Авторы

  • Zarnigor Jabbarova
    Toshkent Davlat Yuridik Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.103388

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, xotin- qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirdi. Ayollar huquqlarini himoya qilish nafaqat inson huquqlari sohasidagi majburiyat, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayollar huquqlariga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlanmoqda. 2021-yilda oilani himoya qilish bilan bog‘liq 391 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, bu ayollarning turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshlari tomonidan tazyiqqa uchraganligini ko‘rsatadi. Ushbu tezisda O‘zbekistonning ayollar huquqlari sohasidagi yutuqlari, qonunchilik islohotlari, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi choralar, xalqaro tajriba va kelajakdagi takliflar tahlil qilinadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

O’ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIKNI

TA’MINLASH: OILAVIY ZO’RAVONLIKKA QARSHI KURASH

Jabbarova Zarnigor Bahriddin qizi

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15623176

O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, xotin-

qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish hamda ularni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirdi. Ayollar
huquqlarini himoya qilish nafaqat inson huquqlari sohasidagi majburiyat, balki
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayollar huquqlariga alohida
e’tibor qaratilayotgani, xususan, zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish
tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlanmoqda. 2021-yilda oilani himoya
qilish bilan bog‘liq 391 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, bu ayollarning turmush
o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshlari tomonidan tazyiqqa uchraganligini ko‘rsatadi.
Ushbu tezisda O‘zbekistonning ayollar huquqlari sohasidagi yutuqlari,
qonunchilik islohotlari, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi choralar, xalqaro tajriba va
kelajakdagi takliflar tahlil qilinadi.

Oilaviy zo’ravonlik bo’yicha 2021-yil statistikasi

2021-yilda O‘zbekistonda oilani himoya qilish bilan bog‘liq jami 391 ta

murojaat
qayd etilgan bo‘lib, bu murojaatlar oilaviy zo‘ravonlikning turli shakllarini aks
ettiradi (Gazeta.uz, 2022). Ushbu murojaatlar quyidagicha tasniflanadi:

228 ta murojaat (58,3%) ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan tahqirlanishi
bilan bog‘liq. Bu oilaviy zo‘ravonlikning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib,

jismoniy, psixologik va iqtisodiy tazyiqni o‘z ichiga oladi.

91

ta murojaat (23,3%) voyaga yetmaganlarning huquqlari bilan

bog‘liq.

Bu holatlar bolalarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik huquqlarining

buzilishini ko‘rsatadi.

17 ta murojaat (4,3%) turmush o‘rtog‘ining ota-onasi yoki yaqin

qarindoshlari tomonidan tahqirlanish bilan bog‘liq. Bu oilaviy munosabatlardagi
kengaytirilgan zo‘ravonlikni aks ettiradi.

17 ta murojaat (4,3%) farzandni qaramog‘iga olish nizolari bilan

bog‘liqbo‘lib, ajralish jarayonlarida yuzaga keladi.

7 ta murojaat (1,8%) bolalarning ota-onasining uy-joyiga bo‘lgan huquqlari

bilan bog‘liq.

31 ta murojaat (7,9%) boshqa holatlarni, masalan, iqtisodiy qaramlik yoki


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

psixologik bosimni qamrab oladi.

Bu statistika oilaviy zo‘ravonlikning jiddiy muammo ekanligini ko‘rsatadi.

Biroq, ushbu raqamlar faqat rasmiy murojaatlarni aks ettiradi, haqiqiy vaziyat
esa yanada murakkab bo‘lishi mumkin. Ko‘plab ayollar ijtimoiy stigma, huquqiy
bilimning yetishmasligi yoki qo‘rquv tufayli zo‘ravonlik haqida xabar bermaydi

1

.

Ayollarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tizimi

Respublikamizda ayollarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish uchun bir

qator mexanizmlar joriy qilingan. Quyida asosiy tizimlar va ularning hozirgi
holatitahlil qilinadi

Himoya ordeni tizimi

“Himoya orderi” zo‘ravonlikka uchragan ayollarni tezkor himoya qilish

uchun 2019-yilda joriy etildi

2

. Ushbu tizim zo‘ravon shaxsga nisbatan qonuniy

choralar
qo‘llash va jabrlanuvchining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 2021-yilda
39 343 nafar ayol himoya orderi asosida davlat himoyasiga olingan

3

. 2023-

yilningdastlabki 7 oyida esa tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan 21 871 nafar
xotin-qizga himoya orderi berildi. Xotin-qizlarga nisbatan qayd etilgan tazyiq va
zo'ravonlik holatlarining 18 526 tasi yoki 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan

4

.Biroq,

himoya orderining 30 kunlik muddati uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlash
uchun yetarli emas. Muddat tugagach, jabrlanuvchilar qayta zo‘ravonlik xavfiga
duch kelishi mumkin.

Tizimdagi asosiy kamchiliklar:
1.Himoya orderining qisqa muddati zo‘ravonlik xavfini to‘liq bartaraf

etmaydi.

2/Keyingi

jarayonlarda,

masalan,

jabrlanuvchilarning

ijtimoiy

reabilitatsiyasi bo‘yicha tizimli yordam yetishmaydi.

3.Zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha to‘liq statistik ma’lumotlar va monitoring

tizimi hali shakllanmagan.

“Ishonch telefoni” va reabilitatsiya markazlari

Zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun 1211 qisqa raqamli “ishonch

telefoni” tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yilda “1146” Ishonch raqami operatorlari
tomonidan Respublika bo‘ylab tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 19 088 nafar
fuqaroga xizmat ko‘rsatildi

5

. Ushbu xizmat ayollarga tezkor huquqiy, psixologik

va ijtimoiy yordam ko‘rsatadi. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish






background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

Respublika markazlari bo‘yicha 2024 yil may oyi holatiga vaqtincha
boshpanalardagi koykalar soni to‘g‘risidagi malumotga ko’ra jami 258 ta
reabilitatsiya markazi faoliyat ko’rsatayotgani qayd etilgan

6

.

Ayollar daftari tizimi

“Ayollar daftari” ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga

manzilli yordam ko‘rsatish uchun joriy etildi. u tizim ayollarni ish bilan
ta’minlash,kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy yordam ko‘rsatishda muhim rol
o‘ynaydi.

Biroq, moliyaviy resurslarning cheklanganligi tufayli barcha ayollarga

yetarli yordamko‘rsatish qiyinlashmoqda.

Qonunchilik islohotlari va davlat siyosati

“Xotin qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonun

2019-yilda qabul qilingan ushbu qonun zo‘ravonlikning huquqiy ta’rifini
belgilab, jabrlanuvchilar huquqlarini kafolatlaydi. Qonun jinsiy, jismoniy,
iqtisodiy va psixologik zo‘ravonlikka qarshi choralar ko‘rishni majburiy qiladi.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari

to’g’rida”gi qonun 2019-yilda qabul qilingan ushbu qonun gender tengligini
ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Qonun davlat xizmatida, mehnat
bozorida va ta’lim sohasida ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar
yaratishni kafolatlaydi.

Prezident farmonlari

2022-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni

tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni (PF-87) qabul qilindi. Bu farmon ayollar bandligini
oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va zo'ravonlik qurbonlariga yordam
ko'rsatishni ko'zda tutadi. Xususan, 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda
ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to'lash tizimi
joriy etildi.

Bu maqsadlar uchun, budjetdan 2022 yilda 200 milliard so‘m, 2023 yilda

esa 1,7 trillion so‘m yo'naltiriladi

7

.

Sud tomonidan himoya tizimi

Kelgusida ayollarning zo‘ravonlikdan himoyasi sud organlari tomonidan

ta’minlanadi. Bu quyidagi afzalliklarni beradi:

1.Sud qarorlari zo‘ravonlikka qarshi choralar qat’iy va uzoq muddatli

bo‘lishini ta’minlaydi.

2.Himoya muddati bir yilgacha uzaytiriladi, bu ayollarga psixologik, ijtimoiy



background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

va huquqiy yordam olish uchun yetarli vaqt beradi.

3.Sud tizimi zo‘ravonlik holatlarini monitoring qilishda samarali

mexanizmlar yaratadi

Iqtisodiy mustaqillik

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi an’analarga ko‘ra, uy ishlari va farzandlar

tarbiyasi bilan shug‘ullanish ayolning asosiy vazifasi hisoblanadi. XMT
tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 80 foizi oilada erkakning ro‘zg‘or
tebratishi, ayolning esa uy yumushlari va bolalar bilan shug‘ullanishini afzal
ko‘radi.

Mamlakat aholisining 93 foizi turmush o‘rtog‘i ishlamasa ham, ko‘pchilik uy

yumushlarini ayol bajarishi kerak, deb hisoblaydi. Bunday qarashlarning
barchasi jamiyatda ham, mehnat bozorida ham gender tengsizligi mavjudligidan
dalolat beradi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ishlaydigan ayollar

erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39 foiz kam maosh oladi. Jahon banki
ekspertlarining fikricha, bu, jamiyatda hukm surayotgan qarashlar va
O‘zbekistonda kasblarning erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan kasblarga
ajratilishi bilan bog‘liq.

Xalqaro tajriba

Norvegiya tajribasi

Norvegiyada 1978-yilda qabul qilingan “Gender Equality Act” mehnat

bozorida va ta’limda gender tenglikni ta’minlaydi

8

. Ushbu qonun ayollar va

erkaklar uchun teng ish haqi va imkoniyatlarni kafolatlaydi. Norvegiyada
zo‘ravonlik qurbonlari uchun boshpana tizimi va psixologik yordam markazlari
muvaffaqiyatli ishlaydi.

O‘zbekiston ushbu tajribani o‘rganib, reabilitatsiya markazlarini

kengaytirishi mumkin.

Bangladesh tajribasi

Bangladeshdagi “Domestic Violence (Prevention and Protection) Act”

oilaviy zo‘ravonlikka qarshi huquqiy choralar va jabrlanuvchilar uchun
boshpana tizimini joriy etdi

9

. BRAC tashkiloti orqali ayollar kasb-hunarga

o‘qitilib, iqtisodiy mustaqillikka erishmoqda. O‘zbekiston bu tajribadan
foydalanib, “Ayollar daftari” tizimini yanada takomillashtirishi va qishloq
ayollarini tadbirkorlikka jalb qilishi mumkin.

Muammo:

Respublikamizda ayollar huquqlari va gender tenglikni ta’minlash, xususan,



background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida muhim yutuqlarga erishilgan
bo‘lsa- da, bir qator muammolar hali ham saqlanib qolmoqda:

Oilaviy zo‘ravonlikning yuqori darajasi va yashirin holatlari

:

2021-yilda qayd etilgan 391 ta murojaat oilaviy zo‘ravonlikning faqat

rasmiy qismini aks ettiradi. Ijtimoiy stigma, huquqiy bilimning yetishmasligi va
qo‘rquv tufayli ko‘plab ayollar zo‘ravonlik haqida xabar bermaydi, bu esa
muammoning haqiqiy ko‘lamini aniqlashni qiyinlashtiradi.

Himoya ordeni tizimining cheklovlari

: Himoya orderining 30 kunlik

muddati zo‘ravonlik xavfini to‘liq bartaraf etmaydi. Muddat tugagach,
jabrlanuvchilar qayta zo‘ravonlikka duch kelishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy
reabilitatsiya va monitoring tizimlarining yetishmasligi bu jarayonni yanada
murakkablashtiradi.

Iqtisodiy tengsizlik va an’anaviy qarashlar

: Ayollar mehnat bozorida

erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi. Jamiyatdagi an’anaviy
qarashlar, ya’ni ayolning asosiy vazifasi uy ishlari va farzand tarbiyasi deb
hisoblash, gender tengsizligini kuchaytiradi. Bu ayollarning iqtisodiy
mustaqillikka erishishini qiyinlashtiradi.

Reabilitatsiya va yordam xizmatlarining cheklangan imkoniyatlari

:

“Ishonch telefoni” va reabilitatsiya markazlari mavjud bo‘lsa-da, moliyaviy
resurslarning

cheklanganligi

va

infratuzilmaning

yetarli

darajada

rivojlanmaganligi tufayli barcha jabrlanuvchilarga yetarli yordam ko‘rsatish
qiyin kechmoqda.

Statistik ma’lumotlarning yetishmasligi: Zo‘ravonlik holatlarini to‘liq

monitoring qilish va tahlil qilish uchun tizimli statistik ma’lumotlar bazasi hali
shakllanmagan. Bu muammoning ko‘lamini aniqlash va samarali choralar
ko‘rishni qiyinlashtiradi.

Yechimlar:

Respublikamizda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ayollar

huquqlari hamda gender tenglikni ta’minlash uchun quyidagi yechimlar taklif
etiladi:

Himoya ordeni tizimini takomillashtirish

:

Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish (masalan, 6 oy yoki 1

yilgacha) va jabrlanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun qat’iy monitoring
mexanizmlarini joriy etish.

Zo‘ravon shaxslarga nisbatan sud qarorlari orqali uzoq muddatli choralar

qo‘llash va ularning bajarilishini nazorat qilish.

Ijtimoiy reabilitatsiya va yordam xizmatlarini kengaytirish

:


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

Reabilitatsiya markazlari va boshpanalarning sonini ko‘paytirish, ularning
moliyaviy ta’minotini mustahkamlash. Norvegiya tajribasidan foydalanib,
psixologik va huquqiy yordam xizmatlarini rivojlantirish.

Iqtisodiy mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash

: Bangladeshdagi BRAC

tashkiloti tajribasidan foydalanib, “Ayollar daftari” tizimi orqali ayollarni kasb-
hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish dasturlarini kengaytirish. Mehnat
bozorida ayollar uchun teng ish haqi siyosatini joriy etish va gender
stereotiplarini bartaraf etish uchun ish beruvchilar bilan hamkorlikni
kuchaytirish.

Jamoatchilik ongini o‘zgartirish

: An’anaviy gender stereotiplarini yo‘q

qilish uchun ommaviy axborot vositalari va ta’lim dasturlari orqali keng ko‘lamli
ma’rifiy kampaniyalar o‘tkazish. Maktab va universitetlarda gender tengligi
bo‘yicha darslarni joriy etish, bu orqali yosh avlodda tenglik qadriyatlarini
shakllantirish.

Statistik ma’lumotlar tizimini rivojlantirish

: Zo‘ravonlik holatlarini tahlil

qilish va monitoring qilish uchun yagona statistik ma’lumotlar bazasini yaratish.
Bu muammoning ko‘lamini aniqlash va samarali siyosat ishlab chiqishda yordam
beradi. Xalqaro tajribaga (masalan, Norvegiyaga) asoslanib, zo‘ravonlik holatlari
bo‘yicha muntazam hisobotlar tizimini joriy etish.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

: Norvegiya va Bangladesh kabi

mamlakatlarning tajribasini o‘rganib, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonunchilik va
amaliy choralar bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Xulosa:

O‘zbekiston ayollar huquqlari va gender tenglikni ta’minlash yo‘lida muhim

qadamlar tashlagan bo‘lsa-da, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashda tizimli
yondashuv va uzoq muddatli strategiyalarni joriy etish zarur. Himoya ordeni
tizimini takomillashtirish, reabilitatsiya markazlarini kengaytirish, iqtisodiy
mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik ongini o‘zgartirish orqali ushbu
muammolarni bartaraf etish mumkin. Xalqaro tajribadan foydalanish va ichki
resurslarni samarali boshqarish O‘zbekistonni gender tenglik sohasida yanada
muvaffaqiyatli mamlakatga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Ombudsmani. (2023). Xotin-qizlar huquqlarini

ta’minlash davlat

siyosatining

ustuvor

yo‘nalishidir.

2.

https://ombudsman.uz/oz/docs/xotin-qizlar-huquqlarini-taminlash-

davlat-
siyosatining-ustuvor-yonalishidir
3.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni. (2019). Xotin-qizlarni tazyiq va


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida. http://lex.uz/docs/-4494709
4.

Gazeta.uz. (2022). Himoya orderlari: Toshkentda eng ko‘p, Qashqadaryoda

eng kam. https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/25/himoya-orderi/
5.

AOKA. (2023, 4-sentabr). Telegram post. https://t.me/aoka_uz

6.

Ijtimoiy himoya markazi. (2024). 1146 ishonch raqami operatorlarining

2024-
yilda ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha sarhisob. https://ihma.uz/uz/news-
category/1146-ishonch-raqami-operatorlarining-2024-yilda-korsatgan-
xizmatlari-boyicha-sarhisob/
7.

Ijtimoiy himoya markazi. (2024, may). Ayollarni reabilitatsiya qilish va

moslashtirish markazlari to‘g‘risidagi ma’lumot. https://ihma.uz/wp-
content/uploads/2024/05
8.

Gazeta.uz. (2022). O‘zbekistonda ayollar huquqlari: statistika va islohotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/01/women
9.

Norvegiya qonunchiligi.

(2017). Gender Equality Act.

https://lovdata.no/dokument/NLE/lov/2017-06-16-51
10.

Bangladesh qonunchiligi. (2010). Domestic Violence (Prevention and

11.

Protection) Act. https://learningpartnership.org/resource/domestic-

violence-
law-bangladesh-document

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Ombudsmani. (2023). Xotin-qizlar huquqlarini

ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni. (2019). Xotin-qizlarni tazyiq va

zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida. http://lex.uz/docs/-4494709

Gazeta.uz. (2022). Himoya orderlari: Toshkentda eng ko‘p, Qashqadaryoda

AOKA. (2023, 4-sentabr). Telegram post. https://t.me/aoka_uz

Ijtimoiy himoya markazi. (2024). 1146 ishonch raqami operatorlarining 2024- yilda ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha sarhisob. https://ihma.uz/uz/news-

category/1146-ishonch-raqami-operatorlarining-2024-yilda-korsatgan-

xizmatlari-boyicha-sarhisob/

Ijtimoiy himoya markazi. (2024, may). Ayollarni reabilitatsiya qilish va

moslashtirish markazlari to‘g‘risidagi ma’lumot. https://ihma.uz/wp-

content/uploads/2024/05

Gazeta.uz. (2022). O‘zbekistonda ayollar huquqlari: statistika va islohotlar.

Norvegiya qonunchiligi. (2017). Gender Equality Act.

Bangladesh qonunchiligi. (2010). Domestic Violence (Prevention and

Protection) Act. https://learningpartnership.org/resource/domestic-violence- law-bangladesh-document