Авторы

  • Odina Turg‘unova
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.105947

Ключевые слова:

sud arbitraj sud Nyu-York Konvensiyasi UNCITRAL arbitraj sudining hal qiluv qarori.

Аннотация

Ushbu tezisda muallif tomonidan chet davlat sudlarining va arbitraj qarorlarining huquqiy ahamiyati, xorij tajribasi va milliy qonunchilikda qo‘llanilishi yuzasidan fikrlar bildirilgan.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

48

CHET DAVLAT SUDLARINING VA CHET DAVLAT ARBITRAJ

SUDLARINING HAL QILUV QARORLARINI TAN OLISH VA IJRO

ETISHNING HUQUQIY AHAMIYATI.

Turg‘unova Odina Akmal qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654731

Annotatsiya:

Ushbu tezisda muallif tomonidan chet davlat sudlarining va

arbitraj qarorlarining huquqiy ahamiyati, xorij tajribasi va milliy qonunchilikda
qo‘llanilishi yuzasidan fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar

: sud, arbitraj sud, Nyu-York Konvensiyasi, UNCITRAL,arbitraj

sudining hal qiluv qarori.

Bugungi kunda deyarli butun jahonda davlatlarning iqtisodiyotni jadal

rivojlantirishga intilishi hech kimga sir emas. Bu maqsadga erishish uchun esa
tijorat sohasidagi faoliyat yurituvchi subyektlarni qo‘llab quvvatlash hamda
ularga yetarlicha sharoit yaratib berish davlatlarning asosiy vazifasi bo‘lib
qolmoqda. Shu sababli xalqaro tijorat arbitrajining o‘rni bugungi global
rivojlanayotgan iqtisodiyotda har qachongi davrdan ham muhim.

Xalqaro tijorat arbitraji nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri

bo‘lib “alternative disputes of resolution” ADR ushbu sohada O‘zbekiston
Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi 674-sonli “Xalqaro tijorat arbitraji
to‘g‘risida”gi qonuni asosida tartibga solinadi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida
nizolarni hal qilishning muqobil turlari bir nechta bo‘lib ular: ekspert xulosasi,
taraflar o‘rtasidagi muzokaralar, mediator ishtirokidagi muzokara, yatashuv,
arbitraj (hakamlik) muhokamasi, nizoni ko‘rib chiqiqsh komissiyalari, xususiy
sud, dastlabki mustaqil baholash, nizolarni hal qilish bo‘yicha sudgacha yig‘ilish
va soddalashtirilgan hay’at sudi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 1995-yil 20-dekabrda

qabul qilingn qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi 1958-yil 10-iyundagi
“Chet el davlatlari hakamlik qarorlarini e’tirof va ijro etish haqida”gi Nyu-York
Konvensiyasiga qo‘shilgan davlatlar qatoriga kiradi. Har qanday xalqaro bitim,
shartnoma yoki nizoning samarali yechimi faqat adolatli sud qarori bilan emas,
balki ushbu qarorning real hayotda ijro etilishi bilan o‘z kuchini ko‘rsatadi. Shu
bois, xorijiy qarorlarni tan olish va ijro etish masalasi nafaqat huquqiy, balki
siyosiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan arbitraj

qarorlarini aʼzo davlatlar tomonidan tan olish va ijro etish mexanizmini vujudga
keltiruvchi bir qancha shartnomalar imzolagan. 1992-yil 20-martda Kiyev
shahrida imzolangan “Xoʻjalik subyektlari oʻrtasida shartnomaviy va boshqa


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

49

fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrib hal etish
hamda ular boʻyicha qarorlar ijrosini taʼminlash haqida”gi Bitim shular
jumlasidan biridir.

Davlatlarning barqaror rivojlanishi, uning xalqaro maydondagi o‘rni,

davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat aksariyat hollarda iqtisodiyotga borib
taqaladi. Mamlakatga investorlaning erkin kirib kelishlari, shubxasiz investitsiya
kiritishlari uchun albatta ularga munosib shart-sharoitlar hamda kafolatlar
berilishi lozim bo‘ladi. Bu sharoitlar nimalarda o‘z aksini topishini bir ko‘rib
chiqmiz:

Eng birinchi huquqiy kafolatlar bo‘lib, bunda tijoratchi taraflar o‘z buzilgan

huquqlarini tiklashni so‘rab sudga murojaat qila olishlari va nizoli vaziyatlarda
taraflar o‘rtasida murosaga erisha olish imkoniyatlarini bilishlari lozim. Bunda
albatta butun dunyoda rivojlanib ulgurgan xalqaro tijorat arbitraji milliy
umumyurisdiksiya sudlariga nisbatan ancha qulay bo‘lib taraflar o‘zlari arbitr
tanlashlari jihatidan ishonchli deb hisoblaydilar. Shu sababli ham o‘z
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimini faollashtirishni istagan mamlakat
xalqaro tijorat arbitrajiniham huquqiy ham tshkiliy jihatdan rivojlantirishlari
lozim.

Shu munosabat bilan UNCITRAL Xalqaro savdo arbitraji to‘g‘risidagi

namunaviy qonun asosida, shuningdek arbitraj muhokamasi sohasida jahon
amaliyotini hisobga olgan holada, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat
arbitraji to‘g‘risida”gi qonini qabul qilingan. Ikki davlat tijoratchi investorlari
o‘rtasidagi nizoli vaziyat Xalqaro arbitrajda ko‘rib chiqilganda uning hal qiluv
qarori har ikki tomon uchun majburiy ijro xususiyatiga ega. Ammo uning ijro
etilish amaliyoti davlatlar o‘rtasida farq qiladi.

Fransiya tajribasiga

ko‘ra agar talablar bajarilgan bo‘lsa va rad etish

uchun asoslar bo‘lmasa, xorijiy sud qarori avtomatik ravishda tan olinadi.
Amaldagi xalqaro hujjatda ekzekvatura talab qilinmasligi nazarda tutilmagan
bo‘lsa, ijro etish faqat sudning ijro etilishi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida ijro
etilishi mumkin. Ekzekvatura sud ijrosi talab qilinayotgan shaxsning yashash
joyidagi Fuqarolik sudi (Tribunal de Grande Instance) tomonidan berilishi
kerak. Agar bu shaxs Frantsiyada yashash joyi bo‘lmasa, ekzekvatura odatda
da'vogar ekzekvaturni so‘ragan joyning fuqarolik sudi yoki sud qarori ijro
etilishi kerak bo‘lgan joy yoki Parij Tribunal de Grande instantsiyasi tomonidan
beriladi.

1

1

Recognition and enforecement of foreign judgements in France https://cms.law/en/int/expert-guides/cms-expert-

guide-to-recognition-and-enforcement-of-judgements/france.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

50

Brаziliyаdа

xоrijiy sud qаrоrlаri vа аrbitrаj qаrоrlаrini tаn оlish vа ijrо

еtish tаrtibini yоritаdigаn bо‘lsаk, аvvаlо Brаziliyаdа аrbitrаj qаrоrlаri vа xоrijiy
sud qаrоrlаri sudgа tаqdim еtilishidа ulаrgа nisbаtаn mа’lum bir tаlаblаr
о‘rnаtilgаn bu tаlаblаr 1996-yil 23-sеntаbrdа qаbul qilingаn “Brаziliyа аrbitrаj
qоnuni”dа о‘z ifоdаsini tоpgаn. Xоrijiy аrbitrаjning hаl qiluv qаrоri Brаziliyаning
huquq tizimidа аmаl qiluvсhi xаlqаrо shаrtnоmаlаrgа muvоfiq, yоki u mаvjud
bоʻlmаgаndа, yuqоridаgi qоnunning shаrtlаrigа qаtʼiy muvоfiq rаvishdа tаn
оlinаdi vа ijrо еtilаdi. Shu о‘rindа ushbu qоnundа xоrijiy аrbitrаj qаrоrlаrigа
tа’rif bеrilgаn bо‘lib, ungа kо‘rа, mаmlаkаt hududidаn tаshqаridа qаbul qilingаn
qаrоr xоrijiy аrbitrаj qаrоri hisоblаnаdi. Xоrijiy аrbitrаj qаrоri Brаziliyаdа tаn
оlinishi yоki ijrо еtilishi uсhun fаqаt Оliy sud hаqli

2

.

Umuman olganda milliy va xalqaro tijoratni rivojlantirish, investorlarni jalb

qilish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun nizolarni hal qilish
mexanizmlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida nizolarni muqobil hal qilishning

quyidagi turlari mavjud:

Hakamlik sudida ish yuritish;

Xalqaro tijorat arbitraj sudi;

Mediatsiya;

Muzokaralar;

Kelishuv bitimi.

Bu sоhаdа islоhоtlаrning hоzirgi bоsqiсhi dаvlаt оrgаnlаridа nizоlаrni

sudgасhа kо‘rib сhiqishning yаgоnа tizimini yаrаtish, mеdiаtsiyа, hаkаmlik
sudlаri hаmdа

xаlqаrо

аrbitrаjlаrni

fuqаrоlаr hаmdа tаdbirkоrlаrning

ishоnсhigа sаzоvоr bо‘lаdigаn nizоlаrni hаl еtuvсhi sаmаrаli muqоbil
institutlаrgа аylаntirish lоzimligini tаqоzо еtmоqdа. Shu munosabat bilan
O‘zbekiston Respublikasida sudlar faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda, bunga asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining
11.09.2023 yildagi 158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmoni asosidagi Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi
islohotlar sohasida quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:

Sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50

foizga oshirish;

2

Perri C.H Recognition and Enforecement of Foreign Judgements in Brazil.

Рreliminаry Studies on the

Рrocedure in the BRICS Countries //Euroрeаn аnd Аsiаn Lаw Review. – 2021. – Т. 4. – №.
2, р-5-15.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

51

Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib

tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonuni;
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “ChET EL ARBITRAJLARI QARORLARINI
TAN OLISh VA IJROGA QARATISh TO‘G‘RISIDA”gi Konvensiyasi;
4. “Xoʻjalik subyektlari oʻrtasida shartnomaviy va boshqa fuqarolik huquqiy
munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrib hal etish hamda ular boʻyicha
qarorlar ijrosini taʼminlash haqida”gi Bitim.
5. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 11.09.2023 yildagi 158-son
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;

O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonuni;

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “ChET EL ARBITRAJLARI QARORLARINI TAN OLISh VA IJROGA QARATISh TO‘G‘RISIDA”gi Konvensiyasi;

“Xoʻjalik subyektlari oʻrtasida shartnomaviy va boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni koʻrib hal etish hamda ular boʻyicha qarorlar ijrosini taʼminlash haqida”gi Bitim.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 11.09.2023 yildagi 158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.