МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
121
FUTBOL BILAN PROFESSIONAL SHUG‘ULLANADIGAN
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI RIVOJLANISHIGA
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Eshtemirov Abbos Normo‘min o‘g’li
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi.
EMU University mutaxassislik fanlari kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15709990
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktab yoshidagi futbolchilarni gigiyenik tarbiyalash
masalasi har tomonlama tahlil qilinadi. Bolalar va o‘smirlar sportida, xususan
futbolda, jismoniy faollikning yuqori darajada bo‘lishi bola organizmiga salbiy
ta’sir ko‘rsatmasligi uchun to‘g‘ri gigiyenik tarbiya juda muhim ahamiyat kasb
etadi. Maktab yoshi inson hayotida jismoniy, ruhiy va psixologik rivojlanishning
eng faol davri bo‘lib, bu bosqichda to‘g‘ri shakllangan gigiyena ko‘nikmalari
nafaqat sog‘lom turmush tarzini yuritish, balki sportda yuqori natijalarga
erishishga ham xizmat qiladi.
Maqolada futbol bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun jismoniy mashqlardan
oldin va keyin bajarilishi lozim bo‘lgan gigiyenik talablar, sport formalari va
poyabzallarining tozaligi, to‘g‘ri ovqatlanish, mashg‘ulot va dam olish rejimlari,
shuningdek, shaxsiy gigiyena (qo‘l yuvish, dush qabul qilish, tish tozaligi va h.k.)
kabi omillar batafsil yoritilgan. Shu bilan birga, futbolchilarni kasalliklardan
muhofaza qilish, ayniqsa, infeksion va shamollash bilan bog‘liq xastaliklarning
oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi.
Maqolada murabbiy, ota-ona va maktab mutaxassislarining futbolchi
bolalarda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishdagi roli alohida o‘rin tutadi.
Gigiyenik tarbiya nafaqat sog‘liqni saqlash, balki bolalarning o‘zini o‘zi nazorat
qilish, shaxsiy intizom va mas’uliyat tuyg‘usini oshirishga ham xizmat qiladi. Shu
boisdan, mazkur maqolada berilgan nazariy ma’lumotlar va amaliy tavsiyalar
futbol to‘garaklari, sport maktablari hamda umumta’lim muassasalarida
samarali foydalanilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: futbol, gigiyenik tarbiya, jismoniy mashqlar, shaxsiy gigiyena
qoidalari, badantarbiya, jismoniy rivojlanish
Annotatsiya
V dannoy statye vsestoronne rassmatrivayetsya vopros gigiyenicheskogo
vospitaniya shkolnikov, zanimayuщixsya futbolom. V detsko-yunosheskom
sporte, osobenno v futbole, vыsokaya fizicheskaya aktivnost trebuyet
soblyudeniya pravilnыx gigiyenicheskix norm, chtobы predotvratit vozmojnoye
negativnoye vliyaniye na organizm rebyonka. Shkolnыy vozrast — eto period
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
122
aktivnogo fizicheskogo, psixicheskogo i psixologicheskogo razvitiya, i
sformirovannыye v eto vremya navыki lichnoy gigiyenы sposobstvuyut ne tolko
vedeniyu zdorovogo obraza jizni, no i dostijeniyu vыsokix rezultatov v sporte.
V statye podrobno izlojenы gigiyenicheskiye trebovaniya, kotorыx doljnы
priderjivatsya yunыye futbolistы do i posle trenirovok, vklyuchaya chistotu
sportivnoy odejdы i obuvi, pravilnoye pitaniye, rejim truda i otdыxa, a takje
soblyudeniye lichnoy gigiyenы (mыtyo ruk, prinyatiye dusha, uxod za zubami i
t.d.). Takje danы prakticheskiye rekomendasii po profilaktike zabolevaniy, v
osobennosti infeksionnыx i prostudnыx.
Osoboye vnimaniye udelyayetsya roli trenera, roditeley i pedagogov v
formirovanii u yunыx futbolistov navыkov zdorovogo obraza jizni.
Gigiyenicheskoye vospitaniye sposobstvuyet ne tolko ukrepleniyu zdorovya, no i
razvitiyu samodissiplinы, chuvstva otvetstvennosti i umeniya kontrolirovat
svoyo povedeniye. Izlojennыye v statye teoreticheskiye polojeniya i
prakticheskiye sovetы mogut bыt effektivno ispolzovanы v futbolnыx seksiyax,
sportivnыx shkolax i obщyeobrazovatelnыx uchrejdeniyax.
Klyuchevыye slova: futbol, gigiyenicheskoye vospitaniye, fizicheskiye
uprajneniye, pravila lichnoy gigiyenы, fizicheskoye vospitaniye
Futbol – jismoniy tarbiyaning eng ommaviy va mashhur turlaridan biri
bo‘lib, bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari futbol bilan shug‘ullanganda, ularning
organizmlari hali to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, sog‘lom o‘sish va sport
mahoratlarini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun muayyan gigiyenik talablarga
rioya qilish juda muhimdir. Ushbu maqolada futbol bilan shug‘ullanuvchi yosh
yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar haqida so‘z boradi. Futbol
bilan professional ravishda shug‘ullanadigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
kun tartibi, ularga yaratiladigan sharoitlar O‘zbekiston Respublikasida jismoniy
tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi 2020 yil 24 –yanvardagi PF-5924 son qarori va 2015 yilda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi№394 sonli Qonuniga muvofiq, amalga
oshiriladi. Yosh bolalarda jismoniy tarbiya yuklamalarini miqdori va
intensivligini ehtiyotkorlik bilan belgilash kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun juda og‘ir va uzoq davom etadigan mashg‘ulotlar organizmga ortiqcha
stress keltirishi, asab tizimini charchatishi mumkin. Shuning uchun
mashg‘ulotlar jarayonida dam olish paytlari, mashg‘ulotlar orasida tanaffuslar
muntazam bo‘lishi lozim. Dam olish vaqtida organizm mushaklari tiklanadi va
keyingi mashg‘ulotlarga tayyor bo‘ladi. Futbol mashg‘ulotlari uchun kiyilgan
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
123
kiyimlar nafas oluvchi va terni so‘rib oladigan matodan tayyorlanishi kerak.
Sport kiyimlari to‘g‘ri o‘lchamda bo‘lishi lozim, chunki katta yoki juda kichik
kiyim harakatlarni cheklaydi va charchoqni tezlashtiradi. Shuningdek, kiyim va
poyabzallarni tez-tez yuvib, toza saqlash muhimdir, bu infeksiyalarning oldini
olishda yordam beradi.Futbol mashg‘ulotlari oldidan va keyin har doim qo‘llarni
yuvish, dush qabul qilish kerak. Mashg‘ulot jarayonida terlash natijasida terdagi
mikroorganizmlar ko‘payishi mumkin, shuning uchun tana tozaligiga e’tibor
berish organizmni kasalliklardan himoya qiladi. Shuningdek, bolalar sport
anjomlarini (masalan, to‘p, poyabzal) shaxsiy ravishda ishlatishlari kerak.Yosh
sportchilar uchun to‘g‘ri va balanslangan ovqatlanish juda muhim. Organizmning
energiya talabini qondirish uchun ovqatda proteinlar, uglevodlar, vitaminlar va
minerallar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlardan oldin yengil
ovqatlanish va yetarli miqdorda suv ichish organizmga kuch-g‘ayratni saqlashda
yordam beradi. Shu bilan birga, jismoniy faollik vaqtida suv va minerallarning
yo‘qolishini to‘ldirish zarur. Futbol mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan maydoncha
tozaligi va xavfsizligi birinchi darajali ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlar yopiq va
havo harorati yuqori yoki past bo‘lgan sharoitlarda cheklanishi lozim. Ba’zida
juda issiq yoki sovuq havoda jismoniy faollik salomatlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, maydonchada hech qanday zararli yoki
shikastlantiruvchi ob’yektlar bo‘lmasligi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Shu orqali ularning salomatlik
holati kuzatilib, jismoniy yuklamalarni belgilashda shifokorlar tavsiyalari
inobatga olinadi. Agar bolada jarohat yoki og‘riq paydo bo‘lsa, tezda
mutaxassisga murojaat qilish lozim. Shuningdek, organizmni tiklash uchun zarur
bo‘lgan reabilitatsiya ishlari ham amalga oshirilishi shart.
Xulosa
Futbol bilan professional shug‘ullanadigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun gigiyenik talablarga rioya qilish ularning sog‘lom o‘sishi, jismoniy
qobiliyatlarini to‘liq rivojlantirishi va sportda muvaffaqiyatga erishishida muhim
ahamiyatga ega. Ota-onalar, murabbiylar va maktab jamoasi bolalarning sport
mashg‘ulotlarida gigiyena va salomatlik qoidalariga qat’iy rioya etilishini
ta’minlashi kerak.