МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
77
YOSH SAMBOCHILARNI EGILUVCHANLIK, CHAQQONLIK VA
TEZKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Elmurodova Gulchehra Abdiraxim qizi
O‘zDJTSU XKTN va U kafedrasi
SB 51-22 guruh talabasi
Abduxakimova Maxfuza Abduraxmonovna
Ilmiy raxbari:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15687608
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
yosh sambochilarni umumiy jismoniy
tayyorgarligini tarbiyalashda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni o‘z
vaqtida qo‘llashni o‘rganish. Yosh sambochilarni tezkorligini va chaqqonligini
shakllantirishdagi istiqbolli natijalar yoritib berilgan.
Аннотация:
В данной статье исследуется своевременное применение
упражнений, развивающих физические качества, в воспитании общей
физической
подготовленности
юных
самбистов.
Освещены
перспективные результаты в формировании у юных самбистов быстроты
и ловкости.
Annotation:
This article examines the timely application of exercises that
develop physical qualities in the education of the general physical fitness of
young sambo wrestlers. Promising results in the formation of speed and agility
among young sambo wrestlers are highlighted.
Kalit so‘zlar:
sport, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik, o’smir, mashq,
jismoniy tarbiya.
Ключевые слова:
спорт, скорость, ловкость, ловкость, подростковый
возраст, физические упражнения, физическое воспитание.
Keywords:
sports, agility, flexibility, agility, adolescence, exercise, physical
education.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha”
5 ta muhim tashabbuslarning ikkincha bandiga e’tibor beradigan bo‘lsak,
bugungi kunda har bir yosh avlodni tarbiyasiga alohida vaqt ajratish, ularni
jismonan va ma’nan yetuk bo’lib yetishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish
muhim vazifadir. O‘quvchi yoshlarni sportning basketbol turi bilan doimo
chiniqtirib borish, ularning qobiliyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan
holda to‘g‘ri yo’nalish ko‘rsatish, ularga mos keladigan mashq turlarini tanlash
murabbiy va pedagogning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Sambo bilan
endi shug’ullanishni o‘quvchilarida egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik
qobiliyatlarini shakllantirishda turli xil mashqlardan foydalanish mumkin.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
78
Egiluvchanlik, Chaqqonlik va tezkorlik sifatiga ega bo‘lgan o‘smirlar har qanday
amaliy harakat faoliyatlarda har tomonga egilish, bukulish, o‘tirib - turish,
yotish, kerilish, turnikda osilib turish kabi faol harakatlarni bajara oladilar. Bu
mashqlarni bajarishda mushaklar, paylarning yumshoqligi, qayishqoqligi
(qattiq), bo‘g‘inlar egiluvchanligi asosiy o‘rinda turadi. Mazkur sifatlami
rivojlantirishda quyidgi o‘tirgan holda boshni tizzaga tekkizib 15-20
sekundgacha ushlab turish, yerda turgan to‘pni tizzalarni bukmagan holda
olish,turnikda osilib turish, rezina arqon bilan o’tirgan holda oldinga bukilib
turish kabi mashqlarni doimiy bajarish tavsiya etish mumkin. Ko‘p holatlarda
egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik xususiyatlari katta ahamiyatga ega.
Egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik mashqlari mushak tolalarining
harakatlanishida, umurtqa pog‘onasi va gavdadagi barcha bo‘g‘inlarning
harakat qilishini ta’minlashda muhim sifatlardan biridir. Yosh sambochilar va
talabalar mashg‘ulot elementlarini bajarishga odatlanishi sport to‘garaklarini
tashkil etishning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Sambo
mashg‘ulot jarayonida egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik qobiliyatlarini
imkon qadar me’yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi
mumkin. Zaruriy harakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini
ta’minlaydigan holatda rivojlantirish, uning me’yori esa harakat bajariladigan
maksimal amplitudadan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik, chaqqonlik va
tezkorlik zahirasini boyitishga olib keladi. Egiluvchanlik, chaqqonlik va
tezkorlik qobiliyatidan kelib chiqadigan gipertrofiya, umrtqa disk churrasi,
bo‘g‘inlarning anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o‘zini oqlamaydi, chunki
u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladigan
holga kelishi mumkin.
Xulosa qilsak, bolalar va o‘smirlarning o‘sishi va rivojlanishida
qo‘llaniladigan mashqlar va ularni to‘g‘ri sport turlariga yo‘naltirish murakkab
jarayon bo‘lib, har bir bola bilan alohida shug‘ullanishni talab etadi.
Egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik sifatlarini rivojlantirishda har bir
mashqlarni tashkil etishda nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan holda
yoshlik xususiyatlariga e’tibor berish lozim. Egiluvchanlik, chaqqonlik va
tezkorlik rivojlantirishga yo‘naltirilgan turli xil uslublar va dasturlar mavjud.
Tanlov sizning niyatingiz qanchalik jiddiyligi, bolaning yoshi va jismoniy
tayyorgarligiga bog‘liq. Egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik bo‘yicha
mashg‘ulotlar, qoidaga ko‘ra, 10-15 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulot yuqori
sur’atda o‘tkaziladi, shug‘ullanuvchilar diqqatni jamlagan bo‘lishi kerak. Yosh
sambochilar deyarli barcha mavjud mashqlarni, ma’lum bir miqdorda va
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
79
muntazam bajarishlari mumkin. Egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida mushaklar va paylarni ham
jismoniy yuklamalar evaziga mustahkamlashni talab qiladi. Mashg‘ulotlar
yaxshi natijalar keltirishi uchun bolalar mashqlarni to‘g‘ri bajarishi kerak.
Mashg‘ulotni boshlashdan avval, albatta, yengil mashqlar bilan mushaklarni
«qizdirib» olish lozim.
Sambochi yoshlarning tezkor-chaqqonligi – bu uning mumkin qadar qisqa
vaqt ichida ayrim harakatlar va usullarni bajarish qobiliyatidir. Tezkor-
chaqqonlik sifatini yaxshi rivojlantirmasdan samboda yuqori natijalarga erishib
bo‘lmaydi. O‘z raqib kurashchisidan xatto sekundning yuzdan bir bo‘lagiga
tezroq harakat qiladigan sambochilar uning oldida muhim ustunlikka ega
bo‘ladi.
Sambochilarni tezkor-chaqqonligi ko‘p jihatdan uning asab jarayonlari
harakatchanligiga, sharoitlariga, raqib harakatlaridagi ko‘rimsiz o‘zgarishlarni
sezishga bo‘lgan sezgirlik unda qay darajada rivojlanganligiga, bellashuvda har
safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda baholay olish malakasiga, taktik
harakatlarni o‘z vaqtida va aniq bajarishga bog‘liq.
Tabiatda bironta sport turi yukki, xalk xarakatli uyinlar elementlaridan
foydalanilmagan bulsin. Xalq harakatli o‘yinlar asosan jismoniy tarbiya
darslarining tayyorlov va yakuniy kismlaridan olib borilishi bilan xam o‘ziga xos
xususiyatga ega, chunki xarakatli o‘yinlar yordamchi vosita bulib, o‘quvchi va
talabalarni organizmini tayyorlab u yoki bu maqsadni puxta egallashga
qaratiladi .
Xalq harakatli o‘yinlari - bu turdagi emotsional xarakatlardan iborat
murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan
o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarga bajariladi
Xalq harakatli o‘yinlari boshqa jismoniy mashqlardan shug‘ullanuvchilar
faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari faoliyatini tashkil etish va
boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.
Ular xar tomonlama jismoniy tarbiyalashning muxim vositalaridan biri
xisoblanadi. Biz uyinlarda xarakatning xamma asosiy turlarini kuramiz: yurish,
yugurish, sakrash, uloqtirish, to‘siqlarni engib o‘tish, qarshilik ko‘rsatish. To‘g‘ri
o‘tkazilgan o‘yinlar Sambochilarni chaqqonlik va tezkorlik qobiliyatlarini,
chidamliligini rivojlantirishga, sport musobaqalari esa do‘stlikni tarbiyalashga
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev SH.M. “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz” Toshkent 2017 yil.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
80
2. Kerimov F.A. “Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti” T.2005 yil.
3. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. T., 2017.
4. Bayturayev E.I., Odilov B.B., Sambo bo ‘yicha sport pedagogic mahoratini
oshirish (o‘quv qo‘llama) Toshkent – 2018y
5. Bayturayev E.I. Sambo kurashi nazariyasi va uslubiyati (o‘quv qo‘llama)
Toshkent “Tanaddun”– 2016 y 280 b4.
6. Mirzaqulov Sh.A. Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati. T., 2020.
7. Ergashov B.D. Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati. O‘quv qo‘llanma.,
Chirchiq., 2022.