Авторы

  • Gulsanam Otaxonova
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari
  • Mexruza Mirzayeva
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari
  • Murtazo Sunnatov
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.108866

Ключевые слова:

Orol dengizi Amudaryo irrigatsiya Xorazm ekotizim Xofizi Abru Jurjon”

Аннотация

Orol dengizi Markaziy Osiyoning tabiiy boyliklaridan biri bo‘lib, uzoq tarixiy davrlardan buyon insoniyat e’tiborida bo‘lgan. Unga quyiluvchi Amudaryo va Sirdaryo daryolari qadimdan vohalarni sug‘orishda muhim rol o‘ynagan. Orol dengizi haqida ilk yozma manbalar qadimgi yunon, arab, fors, va o‘zbek tarixchilarining asarlarida uchraydi. Ushbu maqolada Orol dengizining tarixiy manbalardagi tasviri va irrigatsiya tizimlari rivoji tahlil qilinadi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

67

OROL DENGIZINING TARIXIY MANBALARDA YORITILISHI

Otaxonova Gulsanam Alisher qizi

Mirzayeva Mexruza Sharofiddin qizi

Sunnatov Murtazo Zamonali o'g'li

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari

atakhanovagulsanam@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15672874

Annotatsiya

Orol dengizi Markaziy Osiyoning tabiiy boyliklaridan biri bo‘lib, uzoq tarixiy

davrlardan buyon insoniyat e’tiborida bo‘lgan. Unga quyiluvchi Amudaryo va
Sirdaryo daryolari qadimdan vohalarni sug‘orishda muhim rol o‘ynagan. Orol
dengizi haqida ilk yozma manbalar qadimgi yunon, arab, fors, va o‘zbek
tarixchilarining asarlarida uchraydi. Ushbu maqolada Orol dengizining tarixiy
manbalardagi tasviri va irrigatsiya tizimlari rivoji tahlil qilinadi.

Abstract

.The Aral Sea is one of the natural resources of Central Asia and

has been of interest to mankind since ancient times. The Amu Darya and Syr
Darya rivers flowing into it have long played an important role in irrigating
oases. The first written sources about the Aral Sea are found in the works of
ancient Greek, Arab, Persian, and Uzbek historians. This article analyzes the
depiction of the Aral Sea in historical sources and the development of irrigation
systems

Аннотация

Аральское море является одним из природных богатств

Средней Азии и с древнейших времен представляет интерес для
человечества. Впадающие в него реки Амударья и Сырдарья издавна
играли важную роль в орошении оазисов. Первые письменные источники
об Аральском море встречаются в трудах древнегреческих, арабских,
персидских и узбекских историков. В статье анализируется изображение
Аральского моря в исторических источниках и развитие ирригационных
систем.

Kalit soʻzlar

: Orol dengizi, Amudaryo, irrigatsiya, Xorazm, ekotizim, Xofizi

Abru, ,,Jurjon”

Keywords

: Aral Sea, Amu Darya, irrigation, Khorezm, ecosystem, Khafizi

Abru, “Jurjon”

Ключевые слова

: Аральское море, Амударья, орошение, Хорезм,

экосистема, Хафизи Абру, «Джурджон».

Orol dengizi haqida ilk yozma ma’lumotlar qadimiy geograflarning

kuzatishlarida aks etgan. Bu manbalar bugungi ilmiy izlanishlarga tayanadigan
tarixiy xotiralar vazifasini bajaradi. Ba’zi arab, fors va turkiy yozuvchilar Orolni


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

68

“ko‘l” deb atagan bo‘lsalar-da, ularning ta’riflaridan suv havzasining ulkanligi
ayon bo‘ladi.Masalan, o‘rta asrlarda yashagan geograflar Orol atrofidagi
baliqchilik, kemachilik va suv yo‘llarining ahamiyatini ta’kidlab o‘tganlar. Ular
yozganicha, dengiz sohillari bo‘yicha yirik aholi manzillari mavjud bo‘lgan, bu
esa suvning faqat tabiiy emas, balki iqtisodiy manba sifatida ham faol
ishlatilganini bildiradi.Ko‘plab tarixiy asarlarda Orol suvi Amudaryo orqali
to‘lib-toshgani, hatto ba’zan dengizdan tashqariga oqib chiqqani ham aytiladi. Bu
ma’lumotlar dengizning avvalgi holati va hajmini tasavvur qilishda muhim
manba hisoblanadi. Ayrim tarixchilar Orolni quruqlikdagi dengiz deb atagan,
chunki u hech bir okeanga ulanmagan, lekin ko‘lam jihatidan haqiqiy dengiz
ko‘rinishida bo‘lgan.Miloddan avvalgi II asrda yashagan yunon olimi Ptolemey
o‘zining “Geografiya” asarida hozirgi Orol dengiziga o‘xshash suv havzasini
“Oksian ko‘li” deb ataydi. Bu ko‘lning mavjudligi Sharq geografik maktablarida
ham o‘z aksini topgan.IX–X asrlarda yashagan mashhur arab geografi Ibn
Xurdodbex Amudaryoning “Kurdor” deb atalgan katta ko‘lga quyilishini qayd
etadi. Al-Mas’udiy esa uni “Jurjoniya ko‘li” deb ataydi. Istaxriyning ma'
lumotlarida esa Orolning atrofida baliqchilik, dehqonchilik taraqqiy etganini
yoziladi. XI asrda yashagan buyuk alloma Beruniy Orol dengizini “Xorazm ko‘li”
deb atab, u Amudaryo bilan oziqlanishini ta’kidlaydi. U Kaspiy dengizidan farqli
ravishda bu ko‘lning mustaqil suv tizimi borligini yozadi:“Jayhun daryosi keng
vodiyni kesib o‘tadi va nihoyat, katta, chuqur, sho‘r suvli ko‘lga quyiladi”.XIV–XV
asrlarda yashagan fors geografi Xofizi Abru “Zubdat at-Tavorix” asarida Orol
haqida quyidagicha yozadi:Amudaryo Sug‘d va Xorazm orqali oqib, nihoyat keng
dengizsimon ko‘lga quyiladi. Bu ko‘lning suvlari sho‘r, baliqlari mo‘l, atrofi esa
odamlar bilan to‘la.” Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Orol tarixiy
davrlarda o‘z ekotizimiga ega bo‘lgan, suvli, hayotga to‘la makon
bo‘lgan.Amudaryo va Sirdaryo orqali Orol dengizi bilan bog‘liq bo‘lgan vodiylar
— Xorazm, Farg‘ona, Zarafshon vodiysi qadimdan sug‘oriladigan hududlar
bo‘lgan. Amudaryodan suv olish uchun qadimiy ariqlar, kanallar (masalan,
Ko‘hna Daryo, Oq Daryo) qurilgan. Milodning IV asriga kelibgina, rim olimi
Ammian Martsellin Sug'd tog'larida ikkita -Araksat va Dima daryolari oqib
chiqishi, ularda kemalar qatnay olishi va ular tekislikda quyi havzasida katta Oks
botqoqligini hosil qilishi haqida xabar beradi. Martsellin yozgan ma'lumotlarni
Orol dengizi haqida g'arb mamlakatlarida keltirilgan birinchi yozma ma'lumot
desak bòladi.. Agar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarida Orol haqida
dastlabki kartografik ma'lumot bólsa, ikkinchi bir mashhur xorazmlik olim Abu
Rayhon Beruniy Amudaryo va Orol dengizining uzoq tarixiga hamda óz davri


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

69

uchun batafsil ilmiy xulosa beradi. Muhammad Ibn Najib Bakron (XIII asr)
oʻzining,, Jahonnoma”sida Orol dengizini Jand va Xorazm dengizi deb ataydi va
uning aylanasi 100 farsang ekanligi haqida maʼlumot beradi. Moʻgʻullarning
Markaziy Osiyoga bostirib kirishi va 1221-yil Xorazmning poytaxti Gurganjni
harob etishi bilan bogʻliq tarixiy voqealar Orol dengiziga ham daxldordir. IX-XII
asrlardagi yozma ma’lumotlarda Amudaryoning asosiy qismi Orol dengiziga
oqishi bilan bir qatorda, uning bir tarmogʻi Xorazm poytaxti Gurganjni suv bilan
taʼminlagani, shuningdek, oʻsha yoʻnalishda sugʻorish maqsadlarida ishlatilib,
ortiqcha suv Sariqamish botigʻiga borib tushgani va u yerda koʻp hosil qilgani
qayd etilgan. 1572-1573 yillar – Amudaryo Mazdakand qal’asidan (Xo‘jayli) yana
Orol tomonga qarab oqa boshlagan. Natijada Sariqamish ko‘lining suvi 10
metrga kamaygan.Orol dengizining nomlanishi haqida koʻpgina ma’lumotlar
uchraydi.Masalan: olimlar Eramizning 712-850 yillari – Arablar dengizga Orol
deb nom berganlar deb ma’lumot beradi. Boshqa manbalarda esa fransuz
geografi Delil 1723-yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini
birinchi marta „Orol» deb nomlagan degan maʼlumotlar uchraydi. 1848-yil –
Rossiya geografiya jamiyati dengiz kapitani A.P.Butakov boshliq Orol
ekspeditsiyasini tashkil etib, dengiz xaritasi chizildi, o‘simlik va hayvonot
dunyosini ilk bor ilmiy jihatdan o‘rganila boshlandi. Sovet davlati
mustamlakachilik davrida ma’muriy buyruqbozlik kuchayadi va asosiy e’tibor
paxta yakkahokimligiga qaratiladi. Shuning uchun choʻllarni oʻzlashtirish ishlari
amalga oshiriladi. XX asrning 60- yillarida choʻllarni oʻzlashtirish ishlari
nihoyatda kuchayadi va Orol dengiziga suv beruvchi Amudaryo va Sirdaryo
oʻzanlari oʻzlashtirila boshlanishi natijasida suv sathi kamayib, ilk Orol
dengizining suv sathi kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari ,,choʻlquvarlar “
ishlarida Yerning meliorativ holati, irrigatsiya tizimlariga umuman e’tibor
berilmaydi. Choʻllarni oʻzlashtirish bir tomondan yaxshi natijalarga olib kelsa,
ikkinchi tomondan flora- fauna dunyosiga jiddiy zarar yetkazishi, global ekologik
muammolarga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, choʻllarni oʻzlashtirish vaqtida
suvni yerga singib ketmasligi uchun maxsus qoplamalar qilinmaganligi
natijasida suv bugʻlanib ketishi yoki qumlarga singib ketishi holatlari koʻp
kuzatilganligi, suv omborlari koʻplab qurilishi natijasida yer osti suvlarining
koʻtarilishi va shoʻrlanish, botqoqlanish holatlari bundan tashqari suv
omborlarining notoʻgʻri joyda tashkil etilganligi ham ekologik muammola
keltirib chiqaradi. Xususan, Xorazm viloyatida joylashgan Tuyamoʻyin suv
ombori Sulton Sanjar tuz koni va koʻm koʻk oʻrmonlar ustiga tashkil etilgan. Bu
esa aholining tuz manbaidan ayrilishiga va tuz konining yuvilgan suvlari


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

70

ekinzorlarga quyilishi natijasida ekologiyaga jiddiy zarar yetkazadi. Mana
shunday ekologik muammo,,,Orolqum “ ham shu tarzda bir tomonlama
oʻylangan siyosat orqali yuzaga keladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan soʻng ushbu masalani hal qilish uning global muammo ekanligi,
unga Markaziy Osiyo davlatlari va butun dunyo hamjamiyati birlashib chora
izlashga harakat qildilar. 1993-yil 28-senyabr kuni Birlashgan Millatlar
Tashkilotining 48- sessiyasida ilk bor birinchi prezidentimiz Islom
Abdugʻaniyevich Karimov ishtirok etib, Orol muammosini koʻtarib chiqdilar.
1993-yil 4-yanvarda Markaziy Osiyoning beshta davlati Toshkentda Orolni
qutqarish xalqaro jamg‘armasini (OQXJ) tashkil etish to‘g‘risida tarixiy qaror
qabul qildi va bu qaror 1993-yil 26-martda Qizilo‘rda shahrida tasdiqlandi.
2008-yilda OQXJ BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi va
bu xalqaro tashkilotni Orol dengizi mintaqasi bo‘yicha bir qator rezolutsiyalarni
qabul qilishga undadi. Orol dengizi ekologik inqirozining oqibatlarini bartaraf
etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni izchil davom ettirish Markaziy Osiyo
mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Avvalo,
O‘zbekistonning o‘zi ushbu yo‘nalishdagi aniq loyihalarni faol izlab topib amalga
oshirishda peshqadamlik qilgani barobarida bu jarayonga xalqaro hamjamiyatni
ham jalb etmoqda.O‘tgan davrda OQXJ doirasida mintaqada murakkab suv
xo‘jaligi masalalarini hal etish, suv taqsimoti, Orol dengizi havzasida suv
resurslarini birgalikda boshqarish, foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha
hamkorlik borasida qator shartnomalar hamda bitimlar imzolandi. O‘zbekiston
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholining turmush
darajasini yaxshilash bo‘yicha keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 72 va 75-sessiyalarida Orol dengizi inqirozi chegara
bilmaydigan global ekologik muammolardan biri ekanligini ta’kidlab, dunyo
hamjamiyatini ogohlikka chaqirdi. Ana shunday taklif va tashabbuslar natijasi
o‘laroq, 2018-yilning 27-noyabr kuni Nyu-york shahridagi BMT qarorgohida
muhim tarixiy voqelik yuz berdi. BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson
xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondi tashkil etildi.Davlatimiz rahbari
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining Turkmanistonda 2019-yilda bo‘lib
o‘tgan sammitida Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiya va texnologiyalar
zonasi, deb e’lon qilish taklifini ilgari surdi. 2021-yil 18-may kuni BMT Bosh
Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev taklifiga binoan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va
texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolutsiya bir


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

71

ovozdan qabul qilindi. So‘nggi bir necha yil davomida Orol dengizining qurigan
tubida 1,7 million gektar o‘rmonzorlar yaratildi. Yaqin ikki yilda yana 400 ming
gektar yashil hududlar barpo etish rejalashtirilmoqda. Orol fojiasi oqibatlarini
yumshatish, shuningdek, Orolbo‘yida bioxilma-xillikni saqlash uchun 3,5 million
gektardan ortiq maydonda tabiat parklari, qo‘riqxonalar va davlat himoya
hududlari yaratildi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.Orolning qurigan qismida hozir
200 ming gektar maydonga saksovul, juzg‘un va boshqa o‘simliklar barpo etilib,
qum ko‘chishining oldi olinmoqda.

Bugungi kunda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari

rahbarlari kengashining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart
Toqayev 2024-2026 yillarga OQXJ prezidenti etib saylangan boʻlib, 2024-2026-
yillarda OQXJga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.

Xulosa

Orol dengizi fojiasi – insoniyatning tabiatga nisbatan o‘ylamay bosgan

qadami qanchalik halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligining achchiq
sabog‘idir. Bu muammo nafaqat ekologik, balki chuqur ijtimoiy, iqtisodiy va
gumanitar jihatlarga ega. Garchi dengizni avvalgi holiga qaytarish imkonsiz
bo‘lib tuyulsa-da, uning salbiy taʼsirini kamaytirish, mintaqada hayotni izga
solish va kelajak avlodlar uchun barqaror muhit yaratish yo‘lida hali qilinishi
kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Buning uchun mintaqaviy hamkorlikni
mustahkamlash,

suv

resurslaridan

oqilona

foydalanish,

zamonaviy

texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamjamiyatning doimiy ko‘magi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Omonulla Boʻriyev.Temuriylar yozma manbalarida Markaziy Osiyo.

Toshkent- 1997
2.

Nazirov Baxtiyor Safarovich, Yaqubova Dilorom Tadjiyevna.

O‘ZBEKISTONDA YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXI(qadimgi davrdan hozirgi
kunga qadar) .Termiz – 2023
3.

https://president.uz/oz/lists/view/6661

4.

https://demokrat.uz/2025/04/07/orol-dengizi-fojiasi-tarix-oqibatlar-va-

kelajak
5.

https://karakalpakstan.travel/media-and-resources-3/?lang=uz

Библиографические ссылки

Omonulla Boʻriyev.Temuriylar yozma manbalarida Markaziy Osiyo. Toshkent- 1997

Nazirov Baxtiyor Safarovich, Yaqubova Dilorom Tadjiyevna. O‘ZBEKISTONDA YER-SUV MUNOSABATLARI TARIXI(qadimgi davrdan hozirgi kunga qadar) .Termiz – 2023