МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
19
TIL VA AXBOROTNING TALIM SOHASIDAGI ORNI VA VAZIFALARI
Aliyev Dilshod Maxmatrabiyevich
Oriental universiteti katta o’qituvchisi
aliyevali1211@gmail.com
Rahmonova Biomina Raximjon qizi
Oriental unversity iqtidorli talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15790819
Annotatsiya:
Bu maqolada, tilini o‘qitishda axborot texnologiyalarining
foydali tomonlari ko‘rsatilgan. Bu tomonlar turli xil bo‘lib, misol uchun, online
resurslar va darsliklar, interaktiv darslar va o‘quv dasturlari kabi. Axborot
texnologiyalaridan foydalanish uni o‘qituvchilar uchun oson qiladi va
o‘quvchilar bilimlarni yanada yaxshilashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Til , texnologiya, axborot, resurs, interaktiv, talim, platforma,
Zamonaviy jamiyatda chet tillarining roli ortib bormoqda. Chet tilini bilish
jahon madaniyatiga qo‘shilish, o‘z faoliyatida internetning ulkan resurslari
imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) va multimedia o‘quv qurollari bilan ishlash imkonini
beradi. Shu munosabat bilan chet tilini o‘qitishda kompyuter axborot
texnologiyalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqish zarurati paydo
bo‘ldi.Yangi axborot pedagogik texnologiyalari ta’lim jarayonining bir qismiga
aylanibbormoqda.
Til o‘rganishda IT ning yana bir afzalligi shundaki, u tilini o‘rganuvchilarga
o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan materiallardan
foydalanish imkonini beradi. Turli odamlarning qiziqishlari va o‘rganish
uslublari har xil bo‘lib, an'anaviy ta'lim resurslari har doim ham ushbu o‘ziga xos
ehtiyojlarni qondira olmaydi. Biroq, onlayn platformalar individual
o‘quvchilarning qiziqishlari va o‘rganish uslublariga mos keladigan maxsus
moslashtirilgan resurslarni taqdim etishga qodir.
Misol uchun, moliya yoki tibbiyotga qiziqqan ingliz tilini o‘rganuvchi o‘z
qiziqqan sohalarida yanada ixtisoslashgan so‘z boyligini yaratishga yordam
berish uchun bunday mavzular bo‘yicha jurnallar, maqolalar va podkastlar kabi
haqiqiy manbalardan foydalanishi mumkin. Ushbu moslashtirilgan yondashuv
samaraliroq o‘rganishni osonlashtiradi va o‘quvchilarga uzoq muddatda g'ayratli
va faol bo‘lishga yordam beradi.
Til o‘rganishda IT ning yana bir muhim afzalligi - bu o‘quvchilar o‘rtasida
muloqot va hamkorlikni kuchaytirish qobiliyatidir. .Ta’lim tizimida chet tillariga
e’tibor yanada oshdi.Bugungi kunga kelib chet tillarini o’rganishda rivojlanish
tadbiq qilindi, ya’ni axborot texnologiyaga bo’lgan ehtiyoj yanada oshdi. 2019-yil
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
20
Covid-19 pandemiyasi oqibatida barcha ta’lim tizimi butunlay online tizimiga
o’tishga majbur bo’lishdi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarga bo’lgan
ehtiyoj yanada oshdi.Chet tillarini o’qitishda texnologiyalarning ustuvorligi
o’quvchiga berilayotgan ta’lim qulayligidir.
Shuningdek, chet tilliga (ingliz tili misolida) kerakli bo’lgan listening,
writing, reading, speaking kabi yo’nalishlarda internet orqali turli listening
mashg’ulotlarini, reading uchun maqolalar, writingga mos strukturalar mavjud.
Texnologiyaning qulayliklari bu bilan cheklanib qolmaydi. Zamon rivojlanib
borar ekan texnikaga bo’lgan ehtiyoj yanada oshib bormoqda.
Sharqiy mamlakatlar ta’lim bo’yicha IT (innovatsion texnologiya) olib
kirgan. Innovatsion texnalogiyalarning qulayligi shundaki, bunga misol qilib
Activboard (aktivdoska) proektor, shaxsiy notebook, smart TV kabi texnologiya
bilan
o’tilgan darslar
o’z
samarasini
beradi
va
sifati
yanada
oshadi.Kompyuterlardan foydalanib videorolik, namoyishlar, kino va multfilmlar
qo’yib berish va chet tillarida foydali o’yinlar dars samarasini yanada oshirishga
sabab bo’la oladi.
Xorijiy tillarni o’rganishda o’zgacha metodlar orqali o’quvchi, talabalarga
innovatsion yo’nalish orqali turli o’yin va saytdan foydalanib aqliy intelektni
rivojlantirish metodlarni qo’llash dars sifati va o’zgacha yondashuvlar o’quvchini
darsga bo’lgan qiziqishini orttiradi.
Samara beruvchi o’yinlar: “Squiz question “ ya’ni bu o’yin ijtimoiy
tarmoqlarda ingliz tilida olib borilib turli usulda savolarga javob beriladi.
“Sayt orqali o’ynaladigan o’yin” bu o’yinning asosiy maqsadi xotirani
rivojlantirish o’yini, bo’lib ingliz tilida turli so’zlarni eslab qolgan holatda javob
beriladi va qayta o’ynalganda uni ko’proq eslab qolishdir. Bu o’yinlar ijtimoiy
tarmoq orqali o’ynaladi. Bundan tashqari hozirgi kunda zamonaviy
tehnalogiyalardan foydalanib mustaqil til organish ham yahshi samara beradi.
Misol uchun
Duolingo
— bugungi kunda 9.6 million aktiv foydalanuvchilarga ega eng
mashhur va keng qoʻllaniladigan ilova hisoblanadi.
Afzalliklari:
Bepul
Barcha darajadagi oʻrganuvchilar: beginner, intermediate, advanced
foydalanish imkoniyatiga ega
Mashqlar turli xil mavzularga moslab chiqilgan
Oʻqish, yozish, gapirish, tinglash – barchasi uchun mashqlar mavjud
Kunning istalgan vaqtida istalgan muddat foydalanish mumkin
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
21
Har bir bajarilgan mashqdan soʻng harakatlanuvchi odamcha shaklidagi
animatsiyalar foydalanuvchiga oʻziga xos emotsiya beradi. Masalan mashqlarni
yaxshi bajarsangiz animatsion odamchalar harakatlanib sizga tabassum qiladi va
zoʻr deb ishora koʻrsatadi
· Har safar sizga notanish boʻlgan soʻzlarni turli ranglarda ajratib koʻrsatadi,
bu esa foydalanuvchiga aynan qaysi soʻz yangi ekanligini osongina bilib olishiga
yordam beradi
Nega bu ilovadan boshqalariga qaraganda samarali va foydaliroq?
Har bir bajargan mashqingiz uchun ball beriladi va bu doimiy kunlik,
haftalik tarzda davom etadi. Masalan, dushanba kuni barcha mashqlarni va
testlarni bajarib 60 ballni yigʻsangiz, seshanba kuni 80 ball yigʻishga harakat
qilishga undaydi;
Duolingo ilovasi orqali xalqaro foydalanuvchilar bilan jamoa tuzib
oʻzaro kim eng koʻp ball yigʻish musobaqasini tashkil qilish mumkin.
Hello English
– bu ilova orqali til oʻrganish jarayoni yanada interaktiv
qiziqarli boʻlishni boshlaydi, yaʼni bunda foydalanuvchi darajasiga qarab audio
kitoblarni tinglashi, qiziqarli kontentga ega videolarni tomosha qilishi mumkin.
Afzalliklari:
Bepul videolar, darajangizga mos audio kitoblarni yuklab olib eshitish
mumkin;
Oʻrganilgan mavzular boʻyicha oʻyinlar oʻynash;
Koʻproq interaktiv boʻlganligi sababli oʻrganish jarayoni qiziq boʻladi.
Qanday ishlatish mumkin:
Ilovani yuklab olganingizdan soʻng darajangizni aniqlash uchun test
topshirasiz va darajangizga qarab videolar, qiziqarli audio kitoblarni chiqarib
beradi;
Darajangiz ancha yaxshilanib olganidan soʻng esa, endi xabarlarni va turli
mavzudagi suhbatlarni eshitish orqali til boyligingizni yanada boyitishingiz
mumkin bunda esa quyidagi ilova yordam beradi.
FluentU
– ushbu ilova orqali dunyo boʻyicha eng koʻp tarqalgan tillardagi
video suhbatlarni subtitr bilan koʻrish mumkin. Bu ilova koʻrib oʻrganish
qobiliyati (Audio-visual learners) kuchli oʻrganuvchilar uchun oʻz qulayliklariga
ega.
Afzalliklari:
Mavzular doirasi juda keng: turli reklamalar ulardagi musiqalar va
videolarni, suhbatlarni tinglash mumkin;
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
22
Videoni koʻrish davomida soʻzlarning subtitr chiqib turadi va tushunishda
qandaydir muammoga duch kelsangiz ana shu soʻzni ustiga bosilsa soʻz
maʼnosini osongina topib olish mumkin boʻladi;
Bepul va pullik holatda ham foydalanish imkoniyati.
Maʼlum bir mavzularda lugʻat boyligiga va fikrga ega boʻlganingizdan soʻng
oʻrganganlaringizni ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan foydalanuvchilar
bilan suhbatlashish orqali oshirish imkoniyatida ega boʻlasiz.
HelloTalk
HelloTalk
– bu ilova orqali ingliz tilida erkin soʻzlashadigan va turli
mavzularda suhbatlasha oladigan doʻstlar orttirishingiz mumkin.
Afzalliklari:
Til oʻrganayotgan odam nafaqat oʻsha tilni, balki shu tilda
soʻzlashuvchilarning ham madaniyatini oʻrganadi. Bu ilova esa shu ajoyib
imkoniyatni taqdim etadi;
Oʻzingizga doʻst topib oʻsha inson bilan SMS, ovozli xabar va video
suhbatlarni bevosita amalga oshirishingiz mumkin;
Siz oʻrganayotgan tilda gaplashadigan yangi doʻstlar orttirasiz,
madaniyatiga oid savollar boʻlsa soʻrash imkoniyati mavjud.
Xulosa qilib aytganda,til o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarninfg o‘rni
beqiyos.Agar
yaratilgan
imkoniyatlardan
til
o‘rganuvchilar
oqilona
foydalansa,ularning tillarni o‘rganish jarayoni ancha osonlashadi va
samaradorligi ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aliyev, d., & lutfullayeva, m. (2024). Dars sifatini oshirishda zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanib darslarni tashkil etishning avzalliklari. В
solution of social problems in management and economy (т. 3, выпуск 2, сс.
142–145).
2.
Iso — technical committees — tc 229 — nanotechnologies
3.
Natsionalniy standart rf. Nanotexnologii. Chast 1. Osnovnie termini i
opredeleniya. Gost r 55416-2013 / iso/ts 80004-1:2010 gruppa t00
4.
James e. Mcclellan iii, harold dorn. Science and technology in world
history. Second edition. Johns hopkins university press, 2006. P.263
5.
Nanotechnology: principles and practices - sulabha k. Kulkarni.
6.
Introduction to nanotechnology - charles p. Poole jr. Va frank j. Owens.