МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
5
TERMIN NOMINATSIYASIDA UYALAR ORQALI YASALGAN KOʻP
KOMPONENTLI TERMINLAR
D.S.Saidqodirova
O‘zDJTU
f.f.d., dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15813861
Annotatsiya
Ushbu maqolada termin nominatsiyasi jarayonida uyalar (slotlar) orqali
shakllangan ko‘p komponentli terminlar tahlil qilinadi. Tilshunoslik va
terminshunoslik nuqtai nazaridan yondashilib, ko‘p so‘zli termin
birikmalarining tuzilishi, ularning semantik va funksional xususiyatlari, hamda
har bir komponentning termin mazmunini aniqlashtirishdagi roli ochib beriladi.
Termin uyalarining tarkibiy qismlari — asosiy va aniqlovchi elementlar
orasidagi grammatik va semantik munosabatlar, shuningdek, soha leksikasida
bu terminlarning qanday nomlanish mexanizmlari asosida yuzaga kelishi
yoritiladi. Maqolada texnik, tibbiy va axborot texnologiyalari sohalaridan
olingan amaliy misollar asosida ko‘p komponentli terminlarning nomlanish
modellari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy terminologiyaning
tuzilishiga aniqlik kiritadi va ilmiy-texnik tarjima hamda til standartlarini
shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar
: termin nominatsiyasi, termin uyasi, ko‘p komponentli termin,
termin birikmasi, semantik tuzilma
, aniqlovchi komponent, terminologiya,
nomlanish modeli.
Koʻp komponentli terminlar odatda umumiy tushunchani ifodalovchi
termin tarkibiga shu tushunchaning xususiyatini bildiruvchi termin
komponentini qoʻshish natijasida hosil qilinadi va oʻziga xos tushuncha paydo
boʻladi. Koʻp komponentli terminlar ta’rif xarakterida boʻlib, ta’riflash bilan birga
tushunchani ham oydinlashtiradi, uning xususiyatlarini ifodalaydi va
umumlashtiradi. Shu tariqa bitta tushuncha doirasida ushbu tushunchani
ifodalovchi butun bir terminlar uyasi hosil qilinishi mumkin. Lingvistik material
tadqiqi shuni koʻrsatadiki, tildagi har bir murakkab termin asosiy terminning
aniq belgilangan ma’nosi asosida va yordami bilan shakllanadi. Murakkab
terminning turli komponentlari oʻrtasidagi munosabatlar terminologik tizimda
qoʻllanish jarayonida oʻzgarishi va bu tizimdagi boshqa terminlarning ma’nosi,
ichki va tashqi lingvistik va nolingvistik omillari ta’sirida boʻlishi mumkin.
Ba’zi hollarda terminologik tizimning oʻzagi bir nechta ma’noga ega boʻlishi
mumkin va bunday hollarda yuzaga kelgan terminlar ushbu yadroning turli
talqinlari atrofida toʻplanishi mumkin.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
6
Tahlilga tortilgan misollar haqiqatan ham kompyuter va internet
terminologiyasida terminologik uyalarni shakllantirish tendensiyasini
koʻrsatadi. Bunday terminologik uyalar ma’lum bir predmet sohasida
rivojlanadigan oʻzaro bogʻliq termin va tushunchalar guruhidir. Ushbu uyalar
kompyuter va internet sohasi terminlarining boshqa bilim sohalari bilan oʻzaro
munosabatda boʻlishi oqibatida yuzaga keladi hamda rivojlanadi, shu soha bilan
shugʻullanuvchilar yoki tarmoq foydalanuvchilari orasida ommalashadi.
Darhaqiqat, terminning mohiyatini tushunish uchun kognitiv yondashuvni
qoʻllash bugungi kunda eng dolzarb yondashuv boʻlib kelmoqda. Dunyoning
gnoseologik konseptualizasiyasi doirasida termin bilish quroli vazifasini
bajaradi va ilmiy tushunchalarning asosiy elementi hisoblanadi. Bu aqliy
tuzilmalarni kodlaydigan va ilmiy mohiyatni maxsus belgilar bilan va belgilarda
aks ettiruvchi murakkab kognitiv hodisadir.
Ma’lum bir sohaning rivojlanishi avvalo uning terminologiyasida oʻz aksini
topadi. Yangi tushunchalarning paydo boʻlishi tilda shu tushunchalarni
ifodalovchi yangi maxsus birliklarning paydo boʻlishini taqozo qiladi.
Terminologiyaning toʻldirilishi boshqa tilllardan soʻz oʻzlashtirish, faol qatlam
soʻzlarini terminlashtirish, yangi terminlarni hosil qilish vositasida amalga
oshadi. Bu holat tilde terminologik uyalarning paydo boʻlishiga olib keladi.
Terminlarning «uyalanishi» barcha sohaga oid terminlarni boshqa leksik
birliklardan ajratib turuvchi xususiyatdir. Terminologik uyalarning paydo
boʻlishi terminologik tizimlarning hosil boʻlishi uchun muhim boʻlgan «tabiiy»
tizimga soluvchi omillardan sanaladi. L.V.Ivina, S.G.Kazarina, N.A.Shurigin,
S.I.Bogomolova, R. Shimuli va boshqalarning ilmiy ishlari terminologik uyalarni
oʻrganishga bagʻishlangan. Terminologik uya odatda murakkab tarkibiy
shakllanish, soʻz hosil qiluvchi terminlar zanjiri toʻplami sifatida tushunilib,
ularning har biri oldingisidan paydo boʻladi hamda va avvalgisi bilan ma’noviy
munosabatlar asosida munosabatga kirishadi. Har bir terminologik uyaning
oʻzagi, ya’ni yadrosi konkret sohaga mansub uya hosil qiluvchi termin
hisoblanadi. Bu termin avval koʻp qirrali qisqartirilgan tushunchaga nisbatan
ixtisoslashlashtiruvchilik vazifasini bajaradigan terminologik uyaning boshqa
komponentlari bilan qiyoslaganda umumiyroq tushunchani anglatadi.
Vaholanki, uyani shakllantiruvchi birliklar – terminologiyaning birlamchi
tuzilmasini hosil qiluvchi maxsus birliklardir. Har qanday terminologiyaning
tarkibiy qismi sifatida termindan foydalanish sohalarga qarab terminlar ham
turlicha boʻladi. Umumiy ilmiy terminlar barcha fan va texnika sohalarida
tubdan yangilangan hamda samarali qoʻllaniladigan toifalar va tushunchalarni
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
7
bildiradi. Shu tariqa fanlararo umumiy boʻlgan terminlar bir nechta bilim
sohalari vositalarini integrallashuviga sabab boʻladi.
Sohaviy terminologiya odatda ma’lum bir fanga oid boʻladi; tor
ixtisoslashgan terminologiya esa kasbiy yoki boshqa maxsus bilimlarning bir
sohasidagi eng yuqori ixtisoslashuvi bilan alohidalik kasb etadi.
Terminologik uyalarni shakllantirishda termin ma’nolarida ma’noviy
siljishlarning roʻy berishi muhim sanaladi. Ma’lum bir birlik ma’nosida ozgarish
sodir boʻladi va u boshqa soha terminiga aylanadi. Masalan,
Online (Adverb)
ulangan
–
ishlamaydigan klaster yoki server klasteridagi komponentni mavjud
deb belgilaydigan holat. Tugun onlayn boʻlsa, u klasterning faol a’zosi boʻlib,
klasterlashgan xizmatlar va ilovalarga egalik qilishi va ularni ishga tushirishi,
klaster ma’lumotlar bazasi yangilanishiga rioya qilishi va kvorum algoritmiga
ovoz berish va takt impulslarini saqlab turishi mumkin. Klasterli xizmatlar va
ilovalar hamda ulardagi resurslar ham «tarmoqda» holatiga ega. Kontekstual
tahlili shuni koʻrsatdiki;
Onlayn (n) tarmoqda –
foydalanuvchining «Mening
holatim» menyusidagi band. Bu foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilarga
hozirda tarmoqda ekanligini koʻrsatishi uchun tizimga kirganida tanlashi
mumkin boʻlgan status. Tor ixtisoslashgan nomlanishlar terminologik uyalar
doirasida uya hosil qiluvchi terminga termin elementlarini qoʻshish orqali
shakllanadi. Internet terminlarini hosil qilishda sintaktik usulda soʻz yasash
samarali usul hisoblanadi. Mavjud boʻlgan terminlarga boshqa termin
komponenti qoʻshiladi va yangi birlashtirilgan nomlanish paydo boʻladi. Shuni
ta’kidlash kerakki, sifatlovchi–sifatlanmish shaklidagi terminlar koʻp uchraydi,
ular boshqa kontekstlarda ham mustaqil birliklar sifatida qoʻllaniladi. Masalan,
Online account
internet xizmatlari hisob yozuvi,
Onlayn xizmat koʻrsatuvchi
provayder (OSP) tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarga kirish uchun
foydalaniladigan kiruvchi yagona ma’lumotlar toʻplami (odatda, elektron pochta
manzili va parol) va
Online Identity (n) tarmoq identifikasiyasi,
tahlil qilish uchun
ma’lumotlarga tezkor kirishni ta’minlash uchun koʻp oʻlchovli tuzilmalardan
foydalanadigan texnologiya.
Uyada hosil qiluvchi va hosil qilinadigan birlik
oʻrtasida ma’noviy aloqalar mavjud. Masalan, ma’lum bir termin yasashda
termin yasovchi asos sifatida umumiy termin qoʻllaniladi
. Online Internet
turli
kontent, koʻngilochar dasturiy taminot reyting kengashi (ESRB) tomonidan
ishlab chiqilgan kontent deskriptori.
Bunday hollarda birlashtirilgan
nomlanishning ma’nosini uni tashkil etuvchi termin elementlari ma’nolaridan
chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, maxsus birliklar aniqlanib, ularning
ma’nosi maxsus leksema tarkibidagi alohida komponentlarning ma’nosiga mos
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
8
kelmaydi. Masalan,
Online Certificate Status Protocol (OCSP) (n) – Online –
sertifikat statusi protokoli (OCSP)
CryptoAPI tomonidan OCSP javob beruvchisiga
va OCSP javob beruvchisiga qoʻngʻiroq qilish orqali sertifikat holatini real vaqt
rejimida tekshirish imkonini beruvchi protokol, taqdim etilgan sertifikat uchun
bekor qilish holatini darhol tekshirish imkonini beradi. Odatda, OCSP javob
beruvchisi sertifikatni bekor qilish roʻyxati (CRL) yoki sertifikatlashtirish
markazlaridan oladigan bekor qilish holatining boshqa shakllari asosida bekor
qilish holatini tekshirish soʻrovi bilan javob beradi
.
Ba’zi nomlanishlarni hosil
qilishda termin elementlarining «takrorlanishi» mavjud, masalan,
Online
document storage (n) hujjatlarni onlayn saqlash
, hujjatlar kutubxonasi
SharePoint Online va h.k.
Ma’lum bir soha terminologiyasining rivojlanishi odatda tilda yangi maxsus
terminlar va terminologik birliklarning paydo boʻlishi va mustahkamlanishi
bilan birga kechadi. Bu bir necha sabablarga koʻra sodir boʻladi.
Yangi kashfiyotlar va texnologik yutuqlar: fan va texnikaning rivojlanishi
bilan yangi hodisalar, materiallar, jarayonlar va texnologiyalar paydo boʻladi,
ularni tavsiflash uchun yangi terminlarni kiritish ehtiyoji tugʻiladi.
Mavjud tushunchalarni oydinlashtirish: ma’lum bir sohada tushunchalar
tushuntiriladi va aniqlashtiriladi, doimiy takomillashtirilib boriladi, bu esa
fikrlarni aniqroq va tushunarli ifodalash uchun yangi terminlarni kiritishni talab
qilishi mumkin.
Adabiyotlar:
1.
Saidkodirova, D. S. (2017). Ingliz va ўzbek tilarida internet terminlarining
lingvistik tadkiki. Filol. fanlari nomzodi… dis.
2.
Tursunovich, S. E. (2022). Student engagement activities for captivating a
classroom in teaching interactive and pragmatic skills. Integration of
Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching
Processes, 104-106.
3.
Sadikov, E. T. (2021). Teaching pragmatic skills and abilities through
activities. ISJ Theoretical & Applied Science, 11(103), 1139-1141.
4.
Tursunovich, S. E. (2021). Speech acts of refusals: Challenging the
challenges. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,
11(10), 2063-2067.
5.
Saidkadirova, D. (2020). PHENOMENON OF RETERMINOLOGIZATION IN
THE FORMATION OF INTERNET TERMS. Theoretical & Applied Science, (6),
106-110.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
9
6.
Saidkodirova, D. (2020). DEVELOPMENT AND FUNCTIONS OF THE
INTERNET TERMINOLOGY: ABBREVIATION AND NOMINATION. Philology
Matters, 2020(4), 67-84.
7.
Гафуров, Б. З. (2009). Роль сокращения фонемного состава слова в
образовании сегментных фоновариантов существительных русского,
узбекского и английского языков. Современные гуманитарные
исследования, (6), 124-126.
8.
Гафуров, Б. З. (2021). АНАЛИЗ ЛИНГВОСТАТИСТИЧЕСКОЙ
ХАРАКТЕРИСТИКИ
АКЦЕНТНЫХ
ФОНОВАРИАНТОВ
ИМЕН
СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ РУССКОГО ЯЗЫКА. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ
ИСКУССТВО СЛОВА, 4(1-1).
9.
Саидкодирова, Д. С. (2011). Лингвистические аспекты изучения
лексики Интернета. Вестник Нижегородского университета им. НИ
Лобачевского, (3-1), 356-360.
10.
Saidqodirova, D. S. (2017). Linguistic study of Internet terms in English
and Uzbek. Dis. PhD.
11.
Ibrakhimovna, K. G. (2024). GAMES AS AN EFFECTIVE WAY OF
DEVELOPING YOUNG LEARNERS’COMMUNICATIVE SKILLS. International
Journal of Pedagogics, 4(03), 97-104.
12.
Xamdamovna, I. M. (2022). Stylistic features of the use of asindetone in
languages of different systems. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE
& INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11,
30-33.
13.
Tukhtaeva, K. (2023). Formation of Lexical Combinations in Media Texts.
Finland International Scientific Journal of Education.