Авторы

  • A.A. Nurxanov
    Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ direktor o‘rinbosari
  • S.K. Aytmuratov
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti
  • B.Z. Adizov
    t.f.d.,prof. OʻzR FA UNKI laboratoriya mudiri
  • N. X. Yuldashev
    t.f.d., k.i.x. Energetika vazirligi boʻlim boshlig‘i
  • A.A. Ochilov
    t.f.d., dots Buxoro davlat texnika universiteti, dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.129403

Аннотация

Birginа Buхоrо nеftni qаytа ishlаsh zаvоdidа yiligа ikki ming tоnnаgаchа nеft chiqindilаri hоsil bo‘ladi. Hozirgi kundа bu chiqindilаr kаttа хаrаjаtlаr hisоbigа mахsus оmbоrlаrdа sаqlаnаdi yoki qurilish mаtеriаli sifаtidа fоydаlanilаdi. Hisоb kitоblаrning ko‘rsаtishichа, nеft chiqindilаrini qаytа ishlаsh nаtijаsidа bir zаvоd miqyosidа qo‘shimchа 1000 tоnnаgаchа rаngli nеft mahsulotlаri ishlаb chiqish mumkin. Bundаn tаshqаri nеft shlаmlаrining аtmоsfеrаgа, tuprоq vа yеr оsti suvlаrigа sаlbiy ta’siri bаrtаrаf qilinаdi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

67

NEFTSHLAMLARINI UTILIZATSIYASI VA QAYTA ISHLASH TAHLILI

A.A.Nurxanov

1

S.K.Aytmuratov

2

B.Z.Adizov

3

t.f.d.,prof.

N. X.Yuldashev

4

t.f.d., k.i.x.

A.A.Ochilov

5

t.f.d., dots

1

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ direktor o‘rinbosari

2

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti

3

OʻzR FA UNKI laboratoriya mudiri

4

Energetika vazirligi boʻlim boshlig‘i

5

Buxoro davlat texnika universiteti, dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16519509

Birginа Buхоrо nеftni qаytа ishlаsh zаvоdidа yiligа ikki ming tоnnаgаchа

nеft chiqindilаri hоsil bo‘ladi. Hozirgi kundа bu chiqindilаr kаttа хаrаjаtlаr

hisоbigа mахsus оmbоrlаrdа sаqlаnаdi yoki qurilish mаtеriаli sifаtidа

fоydаlanilаdi. Hisоb kitоblаrning ko‘rsаtishichа, nеft chiqindilаrini qаytа ishlаsh

nаtijаsidа bir zаvоd miqyosidа qo‘shimchа 1000 tоnnаgаchа rаngli nеft

mahsulotlаri ishlаb chiqish mumkin. Bundаn tаshqаri nеft shlаmlаrining

аtmоsfеrаgа, tuprоq vа yеr оsti suvlаrigа sаlbiy ta’siri bаrtаrаf qilinаdi.

Shlamlarni tarkibida qattiq aralashmalarning miqdori 70% gacha bo‘lsa

aylanuvchi baraban tipidagi pechlarda yoqish keng tarqalgan. Neft shlamlari

saqlash sig‘imlariga uzatiladi. Sig‘imlarda to‘plangan shlamlar qizdiriladigan

aylanma qobiqli pechlarga yuboriladi. Qurilmalardagi neft shlamining

mahsuldorlik miqdorini 1,3÷3,0 t/soat gacha bo‘ladi, bunda bug‘latish kolonnali

pechkalar mavjud bo‘lgan qurilmalarning mahsuldorligi 2÷4 martagacha yuqori

bo‘ladi.

Qatlamlarning keltirilgan tavsiflari albatta shartli bo‘lib, ularning

o‘lchamlari taxminiy va har doim ham shu tartibda joylashgan bo‘lmasligi

mumkin, ammo keltirilgan xossalari bo‘yicha bo‘linish tendentsiyasi yaqqol

namoyon bo‘ladi. Neft mazutlarini tarkibida deyarli 80-90% uglevodorodlar

mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash uchun NQIZlarining texnologik jarayonlariga

yuborilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Neft shlam qatlamlarining tavsiflari albatta shartli bo‘lib, ularning

o‘lchamlari taxminiy va har doim ham shu tartibda joylashgan bo‘lmasligi

mumkin, ammo keltirilgan xossalari bo‘yicha bo‘linish tendentsiyasi yaqqol

namoyon bo‘ladi.

Neft mazutli qatlamlarini qayta ishlash maqsadida NQIZ texnologik

jarayonlariga qaytarish zarur hisoblanadi, sababi ularning tarkibidagi

komponentlarning asosiy massasi (97-99%) toza neft mahsulotlari tashkil

qiladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

68

Aslini olib qaraganda, neft shlamlarining qatlamlari uchtadan oltitagacha

bo‘lgan qatlamlardan iborat bo‘lib, ular ajralish fazasi chegaralari bo‘yicha juda

aniq tashqi xususiyatlarga egadirlar. Neft mahsuloti hajmini va molekulyar

og‘irligining ortishi bilan tabiiyki neft shlamlarining konsentrasiyasi ham ortib

boradi. Ularni to‘plash va uzatish jarayonlarida emulsiyalar shakllanishi bilan

birgalikda,

suyuqlik

ko‘rinishidagi

uglevodorodlar

hamda

mexanik

aralashmalarning qattiq zarrachalarining o‘zaro ta’siri bilan polidispers tizimlar

yuzaga kelishi kuzatiladi.

Turli yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida neft shlamlarining tarkibi,

sifati va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetarlicha keng ma’lumotlarga ega

bo‘lindi. Neft shlam tarkibi uglevodorodlarni ajratib olish usullarining tahlil

natijalari neft shlamidan uglevodorodlarni ajratish usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek “neft shlam” tushunchasi umumiy va juda murakkabdir.

Amaliy tajribalarda odatda uglevodorod komponentlardan iborat bo‘lgan

neft-mazut qavatlarni ishlab chiqarish jarayoniga qaytarish hamda ulardagi suvli

qavatlarni cho‘ktirish yo‘li bilan tindirish amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan hujjatlar asosida chiqindilarni shakllanish hajmini hisoblash

metodologiyasi MRO-7-99 bo‘yicha, sanoat korxonalari uchun muayyan

talablarni inobatga olgan holatda saqlash sig‘imlarini tozalash jarayonida hosil

bo‘layotgan neft shlamlari miqdorini aniqlash uchun quyida keltirilgan maxsus

formulalardan foydalanib topiladi:

M=0,001∙V∙k

bunda: V – sig‘imning mahsulotni yillik saqlash hajmi, t/yil; k – har bir

tonna majsulotni saqlash natijasida paydo bo‘ladigan neft shlamining muayyan

solishtirma normativi, kg/t.

Agar sig‘imda benzin saqlanayotgan bo‘lsa, u holda saqlash sig‘imlarida neft

shlami hosil bo‘lishining solishtirma miqdori har bir tonna benzin xomashyosi

uchun 0,9 kg/t, mazut saqlashda foydalanilayotgan sig‘imlar uchun neft

shlamlarining paydo bo‘lishining o‘ziga xos xususiyati va talablari bo‘yicha har

bir tonna mazut uchun 0,25 kg bo‘lishi mumkinligi qabul qilingan.

Shuningdek, neft shlamini qayta ishlash bo‘yicha bir qator texnologiyalar

ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan ma’lum birlarigina keng qo‘llaniladigani: AQShda

MTU530 neft chiqindilarini qayta ishlash hamda tozalash mobil hisoblanadi.

Ammo ushbu neft shlamlarini qayta ishlash texnologiyalari yirik hajmdagi

xomashyolarni tozalash hamda qayta ishlash imkoniyatini to‘liq qamrab

olishning imkoniyati doim ham mavjud bo‘lmaydi. Qurilma majmualari Alfa

Loval Oil Field. Ltd korxonasi tarafidan loyihalangan va ishlab chiqarish yo‘lga

qo‘yilgan bo‘lib, ushbu texnologiyada hamma turdagi, turli xususiyatli neft

shlamlarini qayta ishlash imkoniyati bor, bebaho hisoblangan xomashyolardan

tayyor mahsulotlarni olishga imkon yaratadi. Bu texnologiyada yirik hamda

mayda zarrachalarni ajratib olish va ikki fazali sentrifuga qurilmasida ajratish

maqsadida neft shlamlarini filtrlashga asoslangan. Majmua qurilmasining


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

69

tarkibida shlamlarni qabul qilish moslamalari, issiqlik almashtirgichlar,
xomashyolar uchun sig‘imlari hamda separatorlardan iborat bo‘ladi.

Neft shlamlarining fizikaviy va kimyoviy texnologiyalar asosida

utilizatsiyalashda turli xil reagentlardan foydalanish, ajratish hamda

sentrifugalash usullarini bir vaqtda birgalikda qo‘llash texnologiyalari bilan A.A.

Desyatkin shug‘ullangan. Neft shlamlarini qayta ishlash fizikaviy usullar bilan

amalga oshirish borasidagi tadqiqotlar bilan asosan V.D. Dudishev shug‘ullanib

kelishgan.

Alfa Laval Oil Field Ltd korxonasi jamoasi tarafidan yaratilgan texnologiya

asosida to‘liq qamrab oladigan zavod bo‘lib, turli xil turdagi neft shlalamalaridan

qimmatli tayyor mahsulotlar darajasida qayta ishlash imkoniga ega bo‘linadi.

Jarayondagi texnologik qurilmalardan foydalanish va ularnining muayyan
xususiyatga ega bo‘lgan neft shlamlari bilan ta’minlash maqsadida quyida

nomlari keltirilgan tayyor mahsulotlarini olishga erishilishi mumkin bo‘ladi:

tarkibidagi qoldiq suvlarning miqdori 1% gacha bo‘lgan hamda mexanik

aralashmalarning miqdori 0,05% dan ortiq bo‘lmagan neftlarni, nisbatan

tozalangan suv va shlam. Neft shlamlarining ko‘rsatkichlarini minimal darajada

o‘zgarishi ham ajratish samaradorligini va jarayonning texnologik

ko‘rsatkichlarini salbiy ta‘sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek A.V. Laptev tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida

neft xomashyosi chiqindilarini utilizatsiyalash muammolarini olib chiqdi va shu

yo‘nalishda bir qator tajriba sinovlarini o‘tkazdi. A.V. Laptev faqatgin neft

shlamlarini qayta ishlash muammolarini hal qilishdan tashqari yana, olingan

qo‘shimcha uglevodorod tarkibli mahsulotlarni sotish yoki ishlab chiqarish

jarayoniga qaytarish bilan qo‘shimcha daromad olish mumkinligini to‘liq

asoslagan. Flottweg kompaniyasi tomonidan uch bosqichdan iborat bo‘lgan

ajratish qurilmalarida neft shlamlarini uchta alohida-alohida fazalarga ajratish

effektini aniqlagan.

K. Kusuev tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotda “Neft shlamli

emulsiyalarni qayta ishlash texnologiyasi” nomli ishida neft shlamli

emulsiyalarni suvsizlantirishning issiqlik fizikaviy jarayonlarini o‘rganib, olingan

natijalar asosida neft shlamli emulsiyalarni issiqlik fizikaviy suvsizlantirish

jarayonlarining dinamikasi asosiy qonuniyatlarini aniqlagan. Muallif tomonidan

ishlab chiqilgan qarama-qarshi oqim bilan bug‘latishning matematik modelini

taklif qildi.

Silin M.A., Magadova L.A., Nikolaeva N.M, Uchaeva A.Ya. shlam

emulsiyalarini fazalarga ajratish maqsadida deemulgatorlarning yangi

tarkiblarini ishlab chiqish nomli ilmiy tadqiqot ishlarida neft shlam

emulsiyalarini parchalash uchun samarali deemulgatorlar tarkibini ishlab

chiqishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqotlar asosan matematik loyihalashtirish

metodlari bilan olib borish asnosida oltingugurt birikmali hamda fosfor tarkibli

deemulgator

kompozitsiyalarini

olishga

erishilgan.

Deemulgirlovchi

komponentda asosan elektrolitli flokulyantlar bo‘lgan kompozitsiya olingan


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

70

bo‘lib, ular yordamida emulsiyalarni zaruriy holatgacha suvsizlantirish imkoniga
ega bo‘linadi.

Neftshlamli emulsiyalarni parchalashda ko‘p o‘rganilmagan usuli bu

emulsiya tarkibidagi suvlarni muzlatish orqali samarador ajratish usuli
hisoblanadi. Bu xususda A.M. Yeremeyeva, A.A. Yelpidinskiylarning, “Neft shlam
emulsiyalarini past haroratda ta’sir etish orqali suvsizlantirish” ilmiy tadqiqot
ishlarida neft shlamlariga past harorat bilan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan
suvsizlantirishga erishish jarayoni o‘rganilgan. Bunda muzlatilgan neft shlamli
emulsiyalarga mexanik ta’sir ettirish yo‘li bilan, emulsiyalarni parchalash
ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga erishish mumkinligi asoslab berildi.
Tadqiqotlar natijasida berilgan xulosalar: NShElarning eng yuqori
suvsizlanishiga bir me’yorda muzlash va xuddi shunday eritish jarayonlarida
erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Ochilov A.A., Axmedova O.B. Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash
texnologiyasi // Darslik. Buxoro. 2022. 340 bet.
2.Попов, В. Н., Богданов, В.С. Расчет количества нефтешлама при очистке
резервуаров // Агроинженерия, 2012. 3 (54), C. 17-19.
3.Калимуллин А.А. Полигоны утилизации нефтешламов - решение
экологических проблем нефтяников//Нефтяное хозяйство.-2003.№
6.С.104-105
4.Боковикова Т.Н. Экологические проблемы влияния нефтешламов на
окружающую среду // Защита окружающей среды в нефтегазовом
комплексе. – 2013. – №2. – С. 35-40.
5.Коршунова Т.Ю., Логинов О.Н. Нефтешламы: состояние проблемы в
Российской Федерации и методы снижения их отрицательного
воздействия на окружающую среду // Экобиотехнология. 2019. Т. 2. №1. С.
75-85.
6.Очилов А.А. Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых
эмульсий тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон.
научн. журн. Москва, 2021. №9 (90). С. 18-21.
7.А.А.Очилов Разруюшение устойчивых водонефтяных и нефтешламовых
эмульсий местных нефтей. Universium: Технические науки. Москва.2020.
12(81) 2020. С.24-26.
8.Очилов А.А. Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых
эмульсий тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон.
научн. журн. Москва, 2021. №9(90). С. 18-21.

Библиографические ссылки

Ochilov A.A., Axmedova O.B. Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash texnologiyasi // Darslik. Buxoro. 2022. 340 bet.

Попов, В. Н., Богданов, В.С. Расчет количества нефтешлама при очистке резервуаров // Агроинженерия, 2012. 3 (54), C. 17-19.

Калимуллин А.А. Полигоны утилизации нефтешламов - решение экологических проблем нефтяников//Нефтяное хозяйство.-2003.№ 6.С.104-105

Боковикова Т.Н. Экологические проблемы влияния нефтешламов на окружающую среду // Защита окружающей среды в нефтегазовом комплексе. – 2013. – №2. – С. 35-40.

Коршунова Т.Ю., Логинов О.Н. Нефтешламы: состояние проблемы в Российской Федерации и методы снижения их отрицательного воздействия на окружающую среду // Экобиотехнология. 2019. Т. 2. №1. С. 75-85.

Очилов А.А. Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых эмульсий тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон. научн. журн. Москва, 2021. №9 (90). С. 18-21.

А.А.Очилов Разруюшение устойчивых водонефтяных и нефтешламовых эмульсий местных нефтей. Universium: Технические науки. Москва.2020. 12(81) 2020. С.24-26.

Очилов А.А. Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых эмульсий тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон. научн. журн. Москва, 2021. №9(90). С. 18-21.