Авторы

  • Gulchinar Allamuratova
    Ajinyaz nomidagi NDPI- Boshlang‘ich ta‘lim fakultetining 3- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50644

Ключевые слова:

matematika o‘qitish metodikasi boshlang’ich sinf innavatsion tehnologiyalar 2sinf matematika darsligi.

Аннотация

Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinflarga matematika fanining paydo bolish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan va hozirgi XXl asrdagi matematika darsliklarini solishtiramiz.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

5

MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASINI BOSHLANG‘ICH

SINFLARDA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI.

Allamuratova Gulchinar Ilmuratovna

Ajinyaz nomidagi NDPI- Boshlang‘ich ta‘lim

fakultetining 3- guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12663546

Annotatsiya;

Ushbu maqolada, boshlang‘ich sinflarga matematika fanining

paydo bolish tarixi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan va hozirgi XXl asrdagi
matematika darsliklarini solishtiramiz.

Kalit so‘zlari;

matematika o‘qitish metodikasi, boshlang’ich sinf, innavatsion

tehnologiyalar, 2sinf matematika darsligi.
Boshlangʻich sinflarda innovatsion tehnologiyalardan foydalanish , darsning
samaradorligini yanada oshiradi.

So’ngi yillarda mamlakatimizda o’rta maktabda matematika o’qitishda,

ayniqsa, boshlangʻich ta’lim tizimida o’z ko’lami va ahamiyati jihatidan
nihoyatda katta bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirildi va oshirilmoqda .
Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligi , maktablar to’gʻrisidagi Qonun va
farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning

shakllanish

jarayoni,

bozor

munosabatlarining

raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “ Ta’lim to’gʻrisida “gi Qonun
talablari matematikani turmush bilan bogʻlash va uni mustahkamlashga o’z
ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi , balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir
boshlangʻich sinf o’qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo’yadi. Matematika so’zi
qadimgi grekcha so’zidan o’lingan bo’lib , uning ma’nosi –“Fanlarni bilish
“demakdir.Matematika fanining o’rganadigan narsasi (oʻbyekti) fazoviy formalar
va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika
kursining maqsadi oʻquvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga
olgan holda matematik bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu
matematik bilimlar sistemasi ma’lum usullar (metodika) orqali oʻquvchilarga
yetkaziladi. “Metodika”grekcha soʻz boʻlib, “metod”degan “yoʻl” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika
fanining tarmogʻi boʻlib, jamiyat tomonidan qo’yilgan oʻqitish maqsadlariga
muvofiq, matematikani oʻqitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum
bosqichida tatbiq qiladi. Matematika oʻqitish metodikasi boshqa fanlar, eng
avvalo,matematika fani – o’zining bazaviy fani bilan uzviy bog’liq. Hozirgi zamon
matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to’plamlar nazariyasiga
tayanadi. Boshlang’ich sinf uchun mo’ljallangan hozirgi zamon matematika


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

6

darsligining birinchi sahifalarida biz o’quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga
duch kelamiz:
“Rasmda nechta quyon bo’lsa, bir qatorda shuncha katakni bo’ya, rasmda
nechta bo’ri bo’lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo’ya”. Bunday topshiriqlarni
bajarish bolalarni ko’rsatilgan to’plamlar elementlari orasida o’zaro bir qiymatli
moslik o’rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega.Matematika oʻqitish metodikasi umumiy metodika qay
darajada o’qtilishiga bog’liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan
belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi tomonidan
ishlatiladi. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning tashkiliy shakllari
dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o’quvchilarning yakka tartibda guruh va
jamoa

bo’lib

ishlashlari,

ekskursiyalar,sinfdan

tashqari

ishlardan

iborat.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o’quvchilarda mustaqil
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda
matematikaning

qonuniyatlarini

o’rganishga

bo‘lgan

qiziqishlarini

tarbiyalashdan iboratdir.O’quvchilarda matematik tafakkumi va matematik
madaniyatni shakllantirish.Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal
belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o’quvchilarni atroflicha
fikrlashga o‘rgatadi.O’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik
hayotda uchraydigan elementar masalani yechishga tatbiq qila olishga o’rgatish,
o’quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalani hal qilishga
o’rgatish.Matematika o‘qitishda texnik vosita va ko’rgazmali qurollardan
foydalanish malakalarini shakllantirish. Maktab oldinga hozirgi zamon talablari
va ta’lim maqsadlarning qoʻyilishi matematika oʻqitish mazmunining tubdan
oʻzgarishiga olib keldi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarga matematikadan samarali
ta’lim berilishi uchun oʻqituvchi boshlangʻich sinflar uchun oʻqitish metodlarini
mukammal egallab, chuqur oʻzlashtirib olmogʻi zarur. Bundan kelib chiqadi-ki
matematika darsligi katta yordam beradi.
2016 -yil nashrdan chiqgan 2-sinf matematika darsligi bilan 2021- yil
nashrdan chiqgan darsliklarni taqqoslab koʻrsak ancha oʻzgarishlarni koʻrshimiz
mumkin. 2016-yil nashrdan chiqgan matematika darsligida sakkizta shartli
belgilar berilgan:
1.Multimediali ilova
2.Ogʻzaki bajarish uchun mashqlar
3.1,2,3....yozma bajarish uchun mashqlar


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

7

4.Katta, kichik, teng belgilarni qoʻyish
5.Boʻsh kataklarga kerakli raqam yoki ishoratlarni qoʻyish
6.Oʻylab top!
7.Uy vazifasi uchun topshiriqlar
8.Darsning tugashi
Ushbu matematika darsligida soʻzlar koʻp berilgan, rasmlar esa kam. 2021-
yildagi matematika darsligida yettita shartli belgilar berilgan.
1.Ogʻzaki bajaramiz
2.Yozma bajaramiz
3.Birga bajaramiz
4.Aqlni charxlaymiz
5.Taqqoslaymiz
6.Amaliy topshiriq
7.Uyda bajaramiz
Bu darslikda esa soʻzlar kam, rasmlar koʻp berilgan . Shuning oʻzida ham
ikkalasining oʻrtasidagi oʻzgarishlarni yaqqol koʻrishimiz mumkin. Rasmlar koʻp
berilgan darsliklar bolalarning soʻz boyligini koʻpayishiga erkin fikrlashga ruhan
va jismonan sogʻlom boʻlib yetishishda ahamiyatga ega. Hozirgi kunda
innovatsion tehnologiyalar rivojlangani sababli kitoblardagi oʻzgarishlar juda
katta. Bu oʻzgarishlar jajji bilimsevar bolalarimizning yana-da koʻproq bilim
egallashlari uchun olib borilyotgan sayharakatlardir. Bularning natijasini bolsa
maroq bilan bilim olayotgan oʻquvchilar timsolida koʻrshimiz mumkin .
Zamanoviy tehnologiyalar tez rivojlanishining sababchilari, maktab
oʻquvchilarining izlanuvchanligi, chaqqon udaburonligi bilimga zirakligidan
intiluvchanligidan darak beradi.
Xulosa qilib aytganda barkamol sogʻlom avlodni tarbiyalash, yoshlarga , ilgʻor
pedagogik

va

innovatsion

tehnologiyalar

asosida

ta’lim

berish

mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilyotgan ustuvor vazifalaridan
biridir. Komil insonni voyaga yetkazishda boshlangʻich ta’lim poydevor
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Matematika: 2-sinf uchun darslik/N. Abdurahmonova, L. O‘rinboyeva;

Ma’sul muharrir M. Jumayev. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
2.

Matematika: 2- sinf uchin darslik Lolaxon Oʻrunbayeva, Shuxrat Ismoilov,

Nigora Ruzikulova va Umida Raxmonova . Toshkent:2021.
3.

WWW.google.uz

4.

Baxtiyor. uz

Библиографические ссылки

Matematika: 2-sinf uchun darslik/N. Abdurahmonova, L. O‘rinboyeva; Ma’sul muharrir M. Jumayev. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

Matematika: 2- sinf uchin darslik Lolaxon Oʻrunbayeva, Shuxrat Ismoilov, Nigora Ruzikulova va Umida Raxmonova . Toshkent:2021.

WWW.google.uz

Baxtiyor. uz