Авторы

  • A.N. Zulfikorov
    “Zarmed” Universiteti dotsenti
  • N.K. Hamroqulova
    “Zarmed” Universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50655

Ключевые слова:

Oqova suv mikroflora saprobnist sellyuloza kletchatka organic moddalar gidrobiontlar.

Аннотация

Har qanday kimyoviy yo’l bilan tozalangan suvning foydali jihatlari kamayib boradi.Tozalashning eng oson va to’g’ri yo’li bu saproblar yordamidan foydalanishdir.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

102

SUVO’TLARNING SAPROBLILIK DARAJASI VA XUSUSIYATLARI

Zulfikorov A.N.

“Zarmed” Universiteti dotsenti

Hamroqulova N.K.

“Zarmed” Universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12179194

Annotatsiya:

Har qanday kimyoviy yo’l bilan tozalangan suvning foydali

jihatlari kamayib boradi.Tozalashning eng oson va to’g’ri yo’li bu saproblar
yordamidan foydalanishdir.

Kalit so’zlar:

Oqova suv,mikroflora,saprobnist,sellyuloza,kletchatka,organic

moddalar,gidrobiontlar.

Аннотация:

Польза от любой химически обработанной воды

уменьшается, самый простой и точный способ ее очистки —
использование сапроб.

Ключевые слова:

Сточные воды, микрофлора, сапробность,

клетчатка, клетчатка, органическое вещество, гидробионты.

Annotation:

The benefits of any chemically treated water are diminished.

The easiest and most accurate way to purify it is to use saprobes.

Keywords:

Wastewater, microflora, saprobnist, cellulose, fiber, organic

matter, hydrobionts.

Ma’lumki suv havzalarining ifloslanishi ikki xil bo’ladi: birlamchi va

ikkilamchi iflosliklar. Birlamchi iflosliklarning asosiy manbai insonlarning
turmushdagi va ishlab chiqarishdan kclib chiqqan oqova suvlarni tashkil qiladi,
shuningdck, yer sathidan oqib tushadigan iflos suvlar ham birlamchi iflosliklar
jumlasiga kiradi. Ular tarkibida tuproqdan va tuproq mikroflorasidan yuvilib
chiqqan, inson va hayvonlarning fiziologik qoldiqlaridan kelib chiqqan organik
va mineral moddalar va turli mikroblar bo’ladi.

Suv toshgan va yog’ingarchilik paytlarda suv havzasi sohillarining ba’zi

joylari o ‘zidagi o‘simliklar bilan birga suvga botib kctadi. Bu jarayonlar bilan bir
qatorda o ‘simlik qoldiqlari samarali ravishda chirib ham tushadi. Oqibatda suv
havzasiga deyarli katta miqdorda organik moddalar tusha boradi. Shahar
kanalizatsiyasining oqova suvlari bilan birga suv havzalnriga katta miqdorda
chala oksidlangan (asosan, qiyin oksidla nadigan) organik moddalar ham
tushadi. Bundan tashqari, faol balchiqning muallaq harakatlanuvchan qoldiqlari
(turli-tuman mikrob va sodda hujayralar), anorganik birikmalar, biogen
elementlar (azot va fosfor)ning og’ir metallarning tuzlari ham , chunonch i
sulfatlari, xlorid va hokazolar ham suv havzalariga kelib tushadi. Ular ichida o‘zi


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

103

zaharli bo’lmasa ham monokarbon kislota, merkaptanlar, vodorod sulfid kabi
zaharli m oddalar keltirib chiqaradigan moddalar ham uchraydi.

Suv havzaiari uchun ayniqsa sanoat korxonalarining oqova suvlari katta

xavf tug‘diradi. Bu oqova suvlaming havzalarga oqib tushishi natijasida
nihoyatda xilma-xil iflosliklar paydo bo‘ladi. Ularning ba’zilari sianidlar, mishyak
va fenol birikmalari gidro- b io n tla r u c h u n z a h a r hisoblanadi, boshqalari,
masalan, kletchatka va lignin (selluloza kombinatlari oqova suvlarining ajralmas
komponentlari) zaharli bo‘lmasa ham, ular zaharli moddalar ishlab chiqara
oladi.Sanoat korxonalarining oqova suvlaridan suv havzalariga ba’zi m
ikroorganizm lar, masalan, achitqi (xamirtu rush )lar ham tushadi. Odamlar va
hayvonlarning suvda cho‘milishlari natijasida ham suv havzalariga bakterial
iflosliklar tushadi.

Suv havzasining ikkilamchi iflosliklari — suvdagi organizmlarning

chirishidan kelib chiqqan ifloslik keng kam xavf tug‘diradi. Fitoplanktonning
ma’lum faslda rivojlanishi va uning halokati natijasida suv juda ko‘p organik
moddalar bilan boyiydi, ulami mineral moddalarga o‘tkazish uchun ko‘p
miqdorda kislorod kerak bo‘ladi. Suvosti o‘tlari har qanday sharoitga
moslashuvchilar bo'lganligi uchun, har qanday suv havzasidan ham uglerodli
ozuqa manbayini topa oladi. Ularning rivojlanish darajasini ta'minlovch i omil
suvda biogen (y a ’ni azot va fosfor) elementlarining birikmalari kamligi
hisoblanadi. Shunday qilib, suv havzaga biogen elementlar birikmalarining
kiritilishini to'xtatib, suvosti o’t1arning ortiqcha rivojlanishini to‘xtatish ham
mumkin.

Suv havzasining ifloslanish darajasi shu suvda bor bo‘lgan organik

birikmalarning miqdoriga va ularning tabiatiga bog'Iiq. Bu bog‘lanish shundan
iboratki, ifloslanishning har qaysi darajasiga biror maxsus turdagi
organizmlarning rivolanishi munosib keladi. Tarkibida ma’lum miqdor organik
moddalari bor biror ifloslanish darajasidagi muhitda organizmlarning
rivojlanish xususiyati ayni organizmning saprobligi deb ataladi. Suv havzasining
ifloslik darajasi ayni muhitda ma’lum saproblikda yashovchi organizmning
saprobligi bilan tasvirlanadi. Ifloslanish darajasiga qarab, barcha suv havzalari
yoki ularning zonalari: poli-, mezo- vn oligosaproblarga bo‘linadi. Polisaprob zon
a (kuchli ravishda ifloslangan zona ) o ‘zida katta m iqdor beqaror organik
birikm alar bortigi va kislorodning deyarli yo'qligi bilan tavsiyalanadi. Shu
sababdan bu zonadagi biokimyoviy jarayoniar anaerob tabiatga ega. U joydagi
suv havzasi (suv)da organik moddalarning anaerob yemirilish mahsulotlari C02,
N2S, CH 4 mavjuddir. Suvning 1 ml da bakteriyalar soni ko‘pgina millionlarga


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

104

yetishi mumkin .Bunday zona sharoitida geterotrof o'simlik organizmlar: turli-
tuman saprofit bakteriyalar, ipsimon bakteriyalar, suv o'simliklari jumlasidan
Evglena viridis, zamburug’ Mardan Fusarium adualductum yoppasiga
rivojlanadi. Polisaprob zonaning hayvon organizmlari jumlasiga kiruvchilarning
eng muhimlari mayda, rangsiz infuzoriyalar Colpidium colpoda, VotricoIIa
microstoma, bir hujayrali mikroblar (amyobalar) Pelornyxa palustrus lardan
iboral. Bentos mikronufus asosan, anaerob saprofil bakteriyalar Tubifek,
Limnodrilus, Chironomus plumosus hasharot chivin lichinkalaridan iborat.

Mezosaprob zona (ya'ni o'rta darajadagi ifloslanish zonasi) a (alfa) va p

(beta) saprob zonachalarga boMinadi. Ularning birinchisida organik m
oddalarning oksidlanish jarayoni sodir bo‘lib, bunda ammiak hosil bo‘ladi. Bu
zonada kislorod bor (lekin yetarli emas). Bu zonada, asosan, kislorod
tanqisligiga bardosh beradigan organizmlar istiqomat qiladi. Ko'pchilikni
geterotrof bakteriyalar sianobakteriyalardan Oscillatoria, diatomlardan Navicula
lanceolata Ag., Stephanodiscus hantzschii Grun., Her, Nitzschia palea (Kütz.) W.
Sm., Stephanodiscus sp. sp., yashil suvo`tlardan tashkil topadi. Bu ycrda
yashovchi hayvonot organizmlari jumlasiga ko'p sonli infuzoriyalar
(Paramecium caudatum, Opercularia coanctata) kolovratkalar (Rotaria), jgutli
past qisqichbaqasimon (Daphnia magna, Daphnia pulek)lar kiradi. Balchiqlarida
ko‘pgina

oligoxetlar,

xironomid

lichinkalari

uchraydi.Ikkilamchi

mezosaprobzonachada oson oksidlanadigan organik birikmalar deyarli sira
uchramaydi. U suvlarda ammiak va uning oksidlanish hosilalari — nitrit va
nitratlar uchraydi.Bu suvlarda kislorod miqdori katta qismni tashkil qiladi. Bu
muhitda avtotrof organizmlar rivojlanadi, chunonchi, sianobakteriyalar
(Anabaena), yashil tusli (Scenedesmus), Actinastrum hantzschii Lagerh. va
diatom (Melosira) suv o'simliklar, nitratlovchi bakteriyalar rivoj topgan. Eng
sodda hayvonlardan infuzoriyalar va tomiroyoqlilar rivojlanadi. Boshqa
plankton hayvonlardan kolovratka va qisqich-baqasimonlar rivojlanadi.
Zonaning tagida bakteriyalar juda ko‘p turdagi chuvalchanglar, turli hasharotlar
lichinkalari, molluskalar ishtirokida shiddatli ravishda minerallanish jarayonlari
sodir boMadi. Makrofitlar (shox barglilar) paydo boMadi.Oligosaprob (toza suv)
zonada suvda erigan organik moddalar deyarli uchramaydi, shu sababdan bu
joylarda, asosan, avtotrof organizmlar rivojlanadi. Kislorod miqdori to'yinish
darajasiga yaqin qiymatga ega miqdorda uchraydi. Bu zona nitratlanish
jarayonlarining tugallanishi bilan tavsiflanadi. Bakteriyalaming umumiy miqdori
1 ml da mingta, yuzta, hatto o‘ntagacha kamayib ketadi. Mikroorganizmlaming
tur o‘zgarishida katta xilma-xillik kuzatiladi. Bu zonada suv o‘tlardan diatomik


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

105

(Cymbella ) va yashil suvo`tlardan Anabaena spiroides Kleb. , Ulotrix zonata,
oltin tusli suvo`tlardan Chromukina ovalis uchraydi..U m um an polisaprob
zonadan oligosaprob zonaga o’tishda mikroblarning xillari ko‘payib, miqdor
kamayadi.
Toshpo`lotov Y. (2015) ma`lumotiga ko`ra Zarafshon quyi oqimida

bahorda

saproblik indeksi nisbatan yuqori (1,67), qishda past (1,22), yoz (1,47) va kuz
(1,52) oylarida oraliq ko`rsatkichga ega. Saproblik chegarasiga ko`ra bahorda
mezosaprob, qolgan fasllarda esa oligosaprob . O`rtacha saproblik indeksi 1, 47
ga teng, ya`ni oligosaprob. Biologik hovuz oqimi bo`ylab suvning fizik-kimyoviy
va ekologik xususiyatlarining turlicha bo`lishi suvo`tlarning va shu jumladan
indikator-saprob turlarni tarqalishi va rivojlanishiga turlicha ta`sir ko`rsatgan.
Biologik hovuzning boshlanish qismidagi nuqtalarda suvning harorati 2-3 0S
dan (qish) 22-23 0S gacha (yoz), oqim tezligi 0,55-0,25 m/sek dan (qish) 1,50-
1,55 m/sek gacha (yoz), suvning tiniqligi 0,08-0,15 m dan (qish) 0,20-0,30 m
gacha (yoz), umumiy minerallar miqdori 300,5 mg/l dan 305,0 mg/l gacha, rN
7,3-7,5 o`zgarib turdi. Bu nuqtalarda jami 119 tur bo`lib, shundan 37 turi (31,09
%) indikator-saprob turlari hisoblanadi. Bu qismdagi o`rtacha saproblik indeksi
1,27; oligosaprob, sinfi va razryadi 2-2b; tozaroq.X. Olimjonova(2015)ning
ma`lumotlariga ko`ra CHimkentning biologik hovuzlarida uning sanitar holati
oqova suvining ifloslik darajasining ko`rsatuvchi suvo`tlarning 78 ta indikator
turlari aniqlangan. Saprob organizmda ksero saproblar-1, oligomezosaproblar-5,
beta-mezasasaproblar-30,

al'fa-mezasaproblar-14,polisaproblar-

5,

beta

mezasaproblar-6, alfa-polisaproblar-1, poli-al'fa-mezasaproblar-3, poli-beta-
mezasaproblar-1,

kseno-beta-mezasaproblar-1dan

topilgan.

Biologik

hovuzlarning eng iflos oqova suvlar tushadigan boshlang’ich qismida polisaprob
kabi ifloslikni yuqori darajasini ko`rsatuvchi indikatorlar rivojlansa,
hovuzlarning oxirgi qismida tozalangan darajasini ko`rsatuvchi oligo-
mezasaproblar, oligo-beta mezasaprob organizmlar ko`plab rivojlanadi.
Ularning tarkibi, o`sishi, ko`payish darajasi fasllar bo`yicha o`zgarib turadi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

ТАРКИБИДА М. и др. МЕХАНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ПОЧВ РОМИТАНСКОГО

РАЙОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВ //DEVELOPMENT. – Т. 31.
– С. 47.
2.

Амонова Д. Б., Хамрокулова Н. К. К., Сулаймонов Б. Б. У. Методы

независимой и творческой деятельности студентов в обучении биологии
//Academy. – 2020. – №. 6 (57). – С. 16-17.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

106

3.

Хамрокулова

Н.

К.

К.

ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ

СВОЙСТВА

ИНТРОДУЦИРОВАННЫХ

КОРНЕВЫХ

ЛЕКАРСТВЕННЫХ

РАСТЕНИЙ

БУХАРСКОГО ОАЗИСА //Academy. – 2021. – №. 1 (64). – С. 26-28.
4.

Хамроева Н. К. К. Преимущества возможностей “smart education” в

обучении биологии //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 50-52.
5.

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN

//E Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.
6.

Хамрокулова Н., Мустафаева М. И. БИОИНДИКАТОРНОСТЬ-ИЗУЧЕНИЯ

СТЕПЕНИ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОД ПРИ ПОМОЩИ АЛЬГОФЛОРЫ БИОПРУДОВ
//Национальная ассоциация ученых. – 2016. – №. 4-1 (20). – С. 102-103.

Библиографические ссылки

ТАРКИБИДА М. и др. МЕХАНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ПОЧВ РОМИТАНСКОГО РАЙОНА И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВ //DEVELOPMENT. – Т. 31. – С. 47.

Амонова Д. Б., Хамрокулова Н. К. К., Сулаймонов Б. Б. У. Методы независимой и творческой деятельности студентов в обучении биологии //Academy. – 2020. – №. 6 (57). – С. 16-17.

Хамрокулова Н. К. К. ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ИНТРОДУЦИРОВАННЫХ КОРНЕВЫХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ БУХАРСКОГО ОАЗИСА //Academy. – 2021. – №. 1 (64). – С. 26-28.

Хамроева Н. К. К. Преимущества возможностей “smart education” в обучении биологии //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 50-52.

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.

Хамрокулова Н., Мустафаева М. И. БИОИНДИКАТОРНОСТЬ-ИЗУЧЕНИЯ СТЕПЕНИ ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОД ПРИ ПОМОЩИ АЛЬГОФЛОРЫ БИОПРУДОВ //Национальная ассоциация ученых. – 2016. – №. 4-1 (20). – С. 102-103.