МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
103
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK SOHASINI RIVOJLANISHI
Rustam Baxronov
- Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13881347
Xorijiy mamlakatlarda davlat-xususiy sheriklik tabiatining umumiy qabul
qilingan talqini mavjud emas. Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga turli
mamlakatlar tomonidan turli xil taʼriflar berilgan.
Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida davlat-xususiy sheriklikka - davlat
va xususiy korxonalar oʻrtasida davlatning mulkida ishtirok etishga imkon
tugʻdiradigan shartnoma deb tushuniladi. Bunday kelishuv davlat vakili va
xususiy korxona vakili oʻrtasida shartnoma imzolanganini nazarda tutadi, hamda
shartnomaning predmeti davlatga tegishli obyektni rekonstruksiya qilish, qurish
va yoki joriy taʼmirlash, boshqarish va boshqalar xisoblanadi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari esa davlat-xususiy sheriklikka quyidagicha
oʻz taʼriflarni beradi. Masalan Buyuk Britaniyada davlat-xususiy sheriklik
munosabatlari keng tarqalgan boʻlib, davlat-xususiy sheriklik – bu, yuqori sifatli
va raqobatdosh davlat xizmatlari koʻrsatishning asosiy elementi deya talqin
etiladi
Davlat-xususiy sheriklik oʻzining boy tarixiga ega. Fransiyada konsessiya
kelishuvi boʻyicha kanalning birinchi qurilishi 1552-yilga borib taqaladi.
Britaniyada XVII-XVIII asrlarda Hindiston va boshqa koloniyalarni boshqarish
bilan shugʻullangan taniqli Sharqiy Hindiston kompaniyasiga davlat imtiyozlari -
konsessiya berilgan. XIX-XX asrlar oxirida, jadal qurilish davrida temir yoʻllar va
poʻlat sanoati rivojlanishi, koʻplab mamlakatlarda, konsessiya shartnomasi
modelidan faol foydalanilgan. Eyfel minorasi ham shunday shartnoma asosida
qurilgan.
Keyinchalik urushdan keyingi Yevropada mahalliy infratuzilmani tiklash
uchun davlat-xususiy sheriklikning turli shakllari qoʻllanila boshlandi.
Bugungi kunga qadar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat-xususiy
sheriklik sohasini tartibga solishning eng rivojlangan meʼyoriy va amaliy bazasi
mavjud boʻlib, u allaqachon keng tarqalgan.
Rossiyalik olimlar V.G.Varnavskiy, A.V.Klimenko, V.A.Korolev lar asarida
davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimining
shakllanishi, “davlat-xususiy sherikligi” kategoriyasining iqtisodiy mohiyati va
mazmuni, maqsad va vazifalari, tarkibi va modellari, davlat va xususiy
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida iqtisodiy faoliyatning asosiy yoʻnalishlari,
davlat va tadbirkorlik oʻrtasida hamkorlik shakllarini amalga oshirish uchun
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
104
moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish manbalari, davlat va jamoatchilik mulki
obʼektlari bilan bogʻliq yoʻnalishlari oʻrganilgan.
Maʼlumki, jahonda, xususan, rivojlangan mamlakatlarda infratuzilmaga
investitsiyalar xususiy sektor hamkorligida amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sherikligi – jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun har bir
davlatning milliy iqtisodiyotining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan va sust
rivojlanayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun davlat tashkilotlari va xususiy
sektor oʻrtasidagi qonuniy munosabatlar tizimidir. Bu tizimning asoslari barcha
aʼzolarning teng huquqliligi, hamkorlik, tavakkalchiliklar hamda daromadlarni
teng va adolatli taqsimlash, davlat va xususiy sektorning barcha harakatlari
birlashuviga asoslangan boʻladi.