МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
66
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK
JARAYONLARI VA XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHI
Dilmurodova Zilola Davron qizi
Chirchiq Davlat pedogogika universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12068705
Аnnоtаtsiyа:
Ushbu mаqоlаdа kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
psixologik jarayonlari va xususiyatlarini shakllanishi, ularda uсhrаydigаn
qоbiliyаtlаr, bola qobiliyatini kichik maktab yoshidagidayoq o'rganish nima
uchun muhimligi о`rgаnib сhiqilаdi.
Kаlit sо‘zlаr:
kichik maktab yoshi, psixologik jarayon, psixologik
xususiyatlar, qоbiliyаt, bola qobiliyati , iqtidоr
Annotation:
In this article, the formation of psychological processes and
characteristics of students of primary school age, the abilities found in them,
why it is important to study the child's abilities at the primary school age is
studied.
Key words:
junior school age, psychological process, psychological
characteristics, ability, child ability, talent
Аннотация:
В
данной
статье
изучается
формирование
психологических процессов и особенностей учащихся младшего
школьного возраста, обнаруживаемые у них способности, почему важно
изучать способности ребенка в младшем школьном возрасте.
Ключевые слова:
младший школьный возраст, психологический
процесс, психологические особенности, способности, способности ребенка,
талант.
Kichik maktab yoshdagi o`quvchilarning 7 yoshdan 10 yoshgacha bo`lgan
bolalar bo`lib,ular boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning
hayoti va faoliyatida muhimo`zgarishlar yuz beradi.Binobarin,ularning
psixikasida ham sezilarli darajada o`zgarishlar bo`ladi.Bolaning maktabga kirishi
uning hayotida burilish chog`idir.Bola maktabga kirib o`qiy boshlashi
bilanoq.uning hayotida asosisy faoliyat o`qish bo`lib qoladi.O`qish o`quvchining
vazifasi,ijtimoiy burchidir.O`qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoqbolalar ko`p
narsalarni eshitadi va maktabdagi o`qish haqida ko`p narsalarni bilib oladi va
o`qishning nimaligini anglay boshlaydi. Maktabda bola sistemali ravishda
yangiliklar oladi.Bu o`quvchining kundan-kunga orttirib borayotgan,xilma-xil
mazmundagi bilimlarning manbaidir.Bolaning bilimlarni sistemali ravishda
o`zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib
boradi,aqliy jarayonlar rivojlanadi,shu bilan bir qatorda,bolaning emotsional va
irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib,rivojlana boshlaydi, Maktabdagi talim
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
67
jarayonining o`zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va diqqatlariga yangi
talablar qo`yadi. Maktabdagi o`qish, tashkiliy muayyan maqsadga qaratilgan
ancha ixtiyoriy protsesslar talab qiladi.Ko`rish sezgisi bilan idrok maktab
ta`limida katta o`rin egallaydi.Gap shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan
axborotning asrsiy qismini ko`rish retseptori faoliyati orqali oladi. Ya`ni ko`rish
retseptori orqali olinadigan axborot hamisha boshqa retsnptorlardan keladigan
axborotning 8O % ga to`g`ri keladi. O`quvchilarga dars paytida o`z diqqat
e`tiborini uzoqdagi predmetlarga doimiy ravishda ko`chirib turishga to`g`ri
keladi. Masalan:o`quvchi diqqatini doskadan o`qituvchining oldidagi
tsolga,so`ngra o`zi oldidagi daftarga ko`chiradi.Bu jaorayon aksincha ham
bo`lishi mumkin.Bu faoliyatda har ikkala ko`zni to`xtovsiz ravishda
moslashtirish zararuriyati tug`iladi.Bola ko`zini akkomadatsiya qobiliyati o`sa
boradi.Akkomadatsiyaning eng yuqori diopozoni 10 yoshli sh bolalardagina
kuzatiladi. Mashg`ulot jarayonida bolada gox uzoqqa,gox yaqinga qarashga
extiyoj bo`ladi.Har ikkala ko`zning simmetrik xolati ham sezilarli darajada
boshlang`ich
ta`limida
takomillashadi.O`qish
faoliyatining
boshlarida
o`quvchilarning toliqishlari yuqorida ko`zsatilgan ko`rish sezgi jarayonida
akkomadatsiya va konvergentsiya aloqasi to`la garmoniyaga ega bo`lgan xolda
takomillashadi,toliqish zaiflashadi.Kichik maktab o`quvchilari ranglarni va rang
tuslarni seza boshlaydilar.e.I.Ignatevning tekshirishlari shuni ko`rsatadiki,asosiy
rang tomonlarining tusini ajratish murakkab ishdir.Shuning uchun bolalarni
bunga o`rgatish kerak. 1-sinf o`quvchilari qizil rangning o`rta hisobda 3 ta
tusini,sariq rangning 2ta tusini ajrata oladi.Yashil va ko`k ranglarni butunlay
ajrata olmaydilar.1-inf o`quvchilari,ayniqsa qizlar asosa eng ko`p uchraydigan
qizil,sariq, yashil va ko`k ranglardan iborat 4 ta rangni yaxshi ajratadilar. Agar
bolalar rangning tuslarini ajratishga maxsus o`rgatilsa,ularda ranglarni farqlay
olish xususiyati ancha o`sib boradi.
Masalan bu sohada 20 ta eksperimental mashg`ulot o`tkazilganda, bolalar eng
och ranggacha bo`lgan ip kalavasini ajratganlar.Ana shundan keyin ular o`rta
hisob bilan 12 ta qizil, 10 ta sariq,6 ta 29 yashil,4 ta ko`k ranglarni bir-biridan
farq
qila
olganlar.Kichik
maktab
yoshi
fonematik
eshitish,ya`ni
nuttsqning,eshitishning rivojlapnishi va takomillashuvi davridir. O`qish
mashg`ulotlari va yozma mashqlar o`quvchilarda fonematik eshitishning ancha
nozik xususiyatining paydo byuo`lishiga yordam beradi.
Diqqat o`qish jarayonining zarur sharti bo`lib hisoblanadi.Idrokning
to`laligi,to`g`riligi,tezligi,esda qoldirishning tez va aniqligining diqqatiga
bog`liqdir. Fikrlash jarayonlari diqqat tufayli aniq,mantiqli, mazmunli
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
68
bo`ladi.Chunki,o`quvchilarning mutstsaqil ravishda masala echishlari va masala
tushunishdan
oldin
ular
diqqatning
kuchi
va
barqarorligini
ta`minlaydi.O`quvchilarning aqliy faoliyatining zarur shartlarini ta`minlash
uchun o`qituvchi kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining xususiyatlarini yaxshi
bilishi kerak. Diqqat asosiy nerv jarayonlari bo`lgan qo`zg`alish va
tormozlanishning yoki xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladigan psixik
aktivligining muhim tomonidir. Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kitchik
yoshdagi o`quvchilarining bosh miya yarim sharlari po`tsida juda tez paydo
bo`ladi.Shu sababli agar bir qo`zg`aluvchi bolaning miya qobig`ida qo`zg`alishni
vujudga keltirsa, 2 qo`zg`ovchi bosh miyada juda tezlik bilan yangi qo`zg`alish
o`chog`ini tormozlab qo`yishi mumkin.Bu kichik yoshdagi bolaning diqqatini jud
atez va oson chalg`itish mumkinligini ko`rsatadi.O`quvchilar diqqatining bu
xususiyatining ularning o`qish materiallarini o`zlashtirishlariga xalaqit
beradi.Shu sababli o`qituvchi bola diqqatini bunday xususiyatlarini doimo esda
tutgan xolda,darsning uning bir momenti bilan ikkinchisin bog`lab,utsalik bilan
o`tkazishi va bu momentlarning bir-birini tormozlab qo`ymasligi uchun darsning
har bir bosqichini yaxshilab o`ylab ko`rishi kerak.O`qish faoliyati tomonidan
qo`yilgan jiddiy talablarning bir qismi tabiiy o`quvchilarning diqqatini ishga
soladi.O`qish jarayonining ta`siri otsida kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining
barcha xususiyati va sinflari intensiv ravishda o`sib boradi va bu bilan ixtiyorsiz
diqqatidan ixtiyoriy diqqatga ko`chsh osonlashadi. Kichichk yoshdagi bolalarda
emotsiyalilik kuchli bo`lib,diqqatga ham o`z ta`sirini o`tkazadi.Agar o`qish
materiali o`zining yorqinligi,obrazliligi va jonliligi bilan ajralib tursa,diqqat bilan
ancha kuchli namoyon bo`ladi.Bu yoshdagi o`quvchildar diqqatning darsga jalb
qilishning eng muhim sharti o`qitishni ko`rgazmali qilish,illyutsratsiyalardan
foydalanish hamda o`qituvchi nutqinig yorqin,obrazli bo`lishidir.emotsionallik
bir tomondan bola tafakkurining ham tanqidiy xarakteriga ega emasligi
bo`lsa,ikkinchi tomondan tafakkur taraqqiyotining xali uncha yuqori darajada
emasligidir.Bularning hammasi kichik yoshdagi o`quvchilarda tashqi diqqatning
namoyon bo`lishiga sabab bo`ladi.Shuning uchun o`qish materialini idrok
etishda diqqatning o`zlashtirilishi lozim bo`lgan materialining muhim
tomonlariga emas,ikkinchi darajali tomonlariga qaratiladi. Kichik yoshdagi
o`quvchilarda ixtiyorsitz diqqat yuqori turadi.Lekin,maktabda o`qish birinchi
yiliyoq o`quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga kuchli ta`sir
ko`rsatadi. Diqqatning bu turi B.T.Annoevning yozishicha,»… katta odamlar bilan
bolalarning birgalika faoliyati va tarbiyaning maxsuli bo`lib hisoblanadi.
Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq o`sishi maktab yoshidagi bolalarda idrok
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
69
va tafakkurning tarbiyalanishga bog`liqdir». O`quvchilarning darsdagi diqqatini
1-sinf o`quvchilarining o`zlari emas, balki o`qituvchining o`zi tashkil qiladi va
yo`lga soladi. Masalan, darsda kichik yoshdagi o`quvchi o`z diqqatini tarqoqligini
enganligini uchun emas, balki o`zi itoat etishga majbur bo`lgan, 30
o`qituvchining ta`siri otsida quloqsolib o`tiradi. Muayyan maqsadga qaratilgan
barqaror diqqat bolalarda ham uncha rivojlanmagan tarmoqlanish jarayoni bilin
bag`langandir. Ma`lumki, idrok ham bilim manbaidir. Idrok murakkab aqliy
jarayondir. Idrokda retseptiv, pertseptiv va appertseptiv tamonlarni ajratish
mumkin. Kichik yoshdagi o`quvchilarda idrakning o`sishi yuqorida ko`rsatilgan
retseptiv, pertseptiv va appertseptivdan iborat barcha tamonlarini qayta
to`zilishi va o`sishi demakdir. O`quvchilar predmetlarni, ularning tasvirini va
nutqini idrok qiladilar. Bolalar predmetlarni idrok qilishi hususiyati ularni
batafsil aniq aks ettirishlari bilin harakterlanadi. Bular diqqatning hususiyati
bilan tushuntiriladi. O`quvchilar diqqati asosan tashqi diqqat harakterida bo`lib,
ichki diqqat ularda hali taraqqiy etmagandir. Shuning uchun yaxshi tanlangan
ko`rgazmali qurol kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qitishda foydalidir. Kichik
maktab o`quvchilariga ta`lim berishda biror o`rinishni, biror predmetni aks
ettiruvchi rasmlar va boshqa ko`rgazmali qurollar katta ahamiyatga egadir. quyi
sinf o`quvchilarning ukish protsessida materialni so`zma-so`z esga tusharishlari
xam katta urin egallaydi. Bunday esga tushirish yangi programma asosida qayta
kurilgan yangi maktab xayotida xam zarur urin olmokda. O`quvchilarga
yangidan-yangi bilimlarini berilishi ular nutkining lugat jixatdan tobora o`sib
borishni takoza kilayotganidan dalolot beradi. Kichik yoshdagi o`quvchilar
xotirasining o`sishida ikkta asosiy xarakterli momentlar borligini aytib utish
zarur. O`quvchilar kupincha ukuv materialini zarur narsa tarikasida esda
koldirishga va esga tushurishga xarakat qiladilar. Ular bilim olishning
zaruriyatini tushunadilar, darsga tayyorlanadilar, bir-biriga savol beradilar.
Uzlarining dasrdagi javoblarining sifatiga e`tibor beradilar. Javoblariga
beriladigan baxolarga diqqat bilan qo`lok soladilar. Kichik yoshdagi o`quvchilar
xotirasining o`sishida ikkinchi xususiyat o`quvchilarda abtsrak tafakkurning
o`sishi munosabati bilan boglik bo`lgan katta uzgarishlardan iborat.
Endi esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qobilayatlari to‘g‘risida
fikr yuritamiz. Bolaning qobiliyatlarini qanday aniqlash mumkin?
Psixologlarning aytishicha, bu allaqachon erta yosh bola o'ziga xos qobiliyatlarni
namoyon qila boshlaydi. Ularni o'z vaqtida tanib olish uchun bolani ota ona va o
‘qituvchi diqqat bilan kuzatib borish kerak. Agar bola suhbat davomida imo-
ishora qilishni yaxshi ko'rsa, bu holat quyadini ifodalaydi: bu aniq belgilar badiiy
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
70
qobiliyatlar. Bunday bolalar ko'pincha o'zlarining hikoyalari va harakatlari bilan
atrofdagilarda har qanday his-tuyg'ularni uyg'otishga harakat qilishadi. Ular
tomoshabinlar oldida chiqish qilishni yaxshi ko'radilar. Ular ko'pincha boshqa
bolalarga taqlid qilishadi, ularning odatlari va harakatlarini nusxalashadi. Bu
holat ota-onalar aralashib, bolaga bunday yo'l tutish xunuk ekanligini
tushuntirishlari muhimdir.
ХULОSА VА MUNОZАRА
Qоbiliyаtlаrni tаrkib tоptirish vа rivоjlаntirish muаmmоsigа munоsаbаti bilаn
psiхоlоglаrning bir qаnсhа tаdqiqоtlаri о‘quvсhilаrning turli fаоliyаt turlаrigа
bо‘lgаn qоbiliyаtlаrini аniqlаshgа qаrаtilgаnligini kо‘rsаtib о‘tish kеrаk. Har bir
insonda qandaydir qobiliyat mavjud bo'ladi. Inson tug‘ildiki u qandaydir layoqat
bilan dunyoga keladi uni aniqlab qobiliyat darajasini ko‘rib bu qobiliyatni
rivonlantirib uni iste’dod yoki talant darajasiga ko‘tarish mumkin. Maktabda
maktab psixologining hozirgi kundagi muhim vazifalaridan 9-11 sinflarda
amalga oshirilibgina qolmasdan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
qobiliyatlarini diagnostika qilib aniqlash va ular bilan ish olib boorish bu aynan
kasbga yo‘naltirish yoki kasb tanlashdagi qator qiyinchiliklarni o‘z-o‘zidan
bartaraf etishga va o‘quvchilar aynan shu yoshlarga kelib qaysi kasbni tanlasam
ekan degan o‘y hayollarini yuzaga kelmasligiga hamda ular o‘z xususiyatlarini,
qobiliyatlarini va qaysi kasbga moyil ekanliklarini erta yoshdayoq anglab
yetishlari o‘z kasblarini tanlashlari uchun zamin yaratishiga olib keladi.
Аdаbiyоtlаr rо`yхаti:
1.
G`оziеv.Е. Ontogenez psixologiyasi o‘quv qo‘llanma Toshkent “NIF MSH”
2020
2.
G`оziеv.Е. Pеdаgоgik psiхоlоgiyа аsоslаri T “О`qituvсhi” 2010y
3.
Davaetshin M.G., To`ychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent 2002.
4.
M.G. Davaetshin, Sh.Do`stmuhamedova, M.Mavlanov, S.To`ychieva. «Yosh
va pedagogik psixologiya» o`quv metodik qo`llanma Toshkent 2004 yil
Grаfiсhеskiе mеtоdо` v psiхоlоgiсhеskоy diаgnоstikе. Е.S. Rоmаnоvа., О.F.
Pоtyоmkinа-M., 2012.
5.
Umumiy psiхоlоgiyа. M.G.Dаvlеtshin., S.M.Tо`yсhiеvа.-T., 2012.
6.
О`qituvсhilаrgа psiхоlоgik yоrdаm bеruvсhi о`yin vа mаshqlаr.
Mаtmurаtоvа. N.B. (о`quv. mеt. qо`l. T., 2016.)
7.
Дилмуродова З. Развитие способностей детей младшего школьного
возраста //Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных
наук в медицинском образовании. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С.87-493.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
71
8.
Dilmurodova, Z. D. (2023). Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning
psixologik xususiyatlari va ularning qobiliyat darajalari aniqlash.Научные
исследования и общественные проблемы, 1(1), 33-37.
9.
Dilmurodova, Z. (2023). Bola qobiliyatini barvaqt aniqlash muhim!. Youth,
science, education: topical issues, achievements and innovations 2023 Prague,
Czech.
10.
Dilmurodova, Z. D. (2022). Psixologiyada qobiliyat muammosi.
11.
Актуальные проблемы обучения, 1(2), 15-25.
12.
Jumayevich, E. N., & Talipjanovna, M. N. (2023). Characteristics
13.
of implementing the cluster approach in the educational system.
International Journal of Pedagogics, 3(02), 44-47.
14.
Ходжамкулов, У. Н., Мадгапилова, НТ (2020). Необходимость
15.
и условия формирования кластера педагогического образования (на
примере системы образования Узбекистана). Европейский журнал
исследований и рефлексии в образовательных науках, (8), 4.
16.
Madgapilova, N. T. (2023). Social-psychological cooperation of educational
organizations and theoretical basis of the cluster approach. Экономика и
социум, 11(114), 554-560.
17.
Kodirova, M. M., & Anvarova, S. (2024). TIBBIY MALAKALI
MUTAXASISLARNI TAYORLASHDA UMUMIY TIBBIY PEDAGOGIKADAN
FOYDALANISH MEHANIZMI.(KOMMUNAL VA MEHNAT GIGIYENASI FANINI
OQITISH MISOLIDA). Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 20(4), 59-63.
18.
Kodirova, M. M., & Muxammadova, G. Q. (2024). PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR TIZIMINING TIBBIYOT FANLARINI O ‘QITISHDAGI O ‘RNI
(Kommunal va Mehnat gigiyenasi dars mashgulotarini organayzerlar asosida).
PEDAGOGS, 53(1), 37-41.
19.
Muxammadova, G. Q., & Kodirova, M. M. (2023). ISHLAB CHIQARISH
SANOAT KORXONALARINI AHOLI YASHASH JOYLARI ATMOSFERA HAVOSIGA
TASIRI. Экономика и социум, (11 (114)-2), 274-279.
20.
Mukhammadova, G. Q., Kodirova, M. M., & Boqijonov, F. A. (2024). THE
EFFECT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON ATMOSPHERIC AIR. British Journal
of Global Ecology and Sustainable Development, 28, 5-9.
21.
Madgapilova,
N.
T.
(2022).
Kаsbiy
kоmpеnеtlik
о`rgаnish
ijtimоiypsiхоlоgik fеnоmеn sifаtidа. Development and innovations in science,
1(1), 7-
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
72
22.
Olimovna, R. M. (2023). BAYNALMINAL OILALARNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI ORGANISH IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO
SIFATIDA. PEDAGOGS, 48(2), 49-51.
23.
Roziqova, M. (2023). BAYNALMINAL OILALARNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Interpretation and researches, 1(1).