Авторы

  • Nozimjon Odilov
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50698

Ключевые слова:

intellktual mulk blokcheyn Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) “WIPO alert” mobil ilova platformalar

Аннотация

Internetda intellektual mulk huquqlari tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, uning ahamiyati, nazariy-huquqiy asoslari va o‘ziga xos jihatlari, muhofaza qilinishi, milliy qonunchilikka ta’siri hamda ayrim konseptual masalalar va ularga yechim sifatida taklif-tavsiyalar xususida fikr yuritiladi. Xorijiy mamlakatlar intellektual mulk huquqi sohasida erishilgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik, sud amaliyoti hamda tajribalar aks ettiriladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

29

RAQAMLI DAVRDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI HIMOYASI

Odilov Nozimjon Jumanazar o‘g‘li

| odilovnozimjon216@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11611544

Annotatsiya.

Internetda intellektual mulk huquqlari tushunchasining

paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, uning ahamiyati, nazariy-huquqiy asoslari va
o‘ziga xos jihatlari, muhofaza qilinishi, milliy qonunchilikka ta’siri hamda ayrim
konseptual masalalar va ularga yechim sifatida taklif-tavsiyalar xususida fikr
yuritiladi. Xorijiy mamlakatlar intellektual mulk huquqi sohasida erishilgan
yutuqlar, xalqaro hamkorlik, sud amaliyoti hamda tajribalar aks ettiriladi.

Kalit so’zlar:

intellktual mulk, blokcheyn, Butunjahon intellektual mulk

tashkiloti (BIMT), “WIPO alert”, mobil ilova, platformalar
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda intellektual mulk bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni mustahkamlashning eng asosiy
mezonlaridan biriga aylanib ulgurgan. Ma’lumki, intellektual mulk obyektlari
nomoddiy aktivlar hisoblanib, uning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni kundan
kunga oshib bormoqda. Yurtimizda intellektual mulk huquqidan jumladan,
Internet tarmog’ida to‘g‘ri foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj naqadar dolzarb
ekanligi bilan ifodalanadi. O‘zbekistonning ushbu sohada turli rivojlangan
davlatlar hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorli va
Internetda intellektual mulkni huquqiy tartibga solish masalalari o‘ta muhim
xarakterga ega bo‘ladi hamda kechiktirib bo‘lmas yechim talab qiladi. Ushbu
savollarga nisbatan huquq tizimi rivojlangan mamlakatlarning huquq normalari
va sud amaliyotini, xalqaro tajribani o‘rganish orqali javob topish mumkin.
Bugungi kunda Internet tarmog’i axborot tarqatish, ijodkorlik va innovatsiyalar
uchun cheksiz platforma bo'lib xizmat qiladi. Biroq, uning imkoniyatlari orasida
intellektual mulk huquqlari ko'pincha buziladigan murakkab tizim ham yotadi.
Internetda intellektual mulk huquqlarning buzilishi uchun javobgarlikning
dolzarbligi turli ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va axloqiy o'lchovlar bilan kesishadi.
Global Innovatsion Siyosat Markazi (GIPC) tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan
tadqiqotga ko‘ra, raqamli qaroqchilikning dunyo bo‘ylab qiymati 29,2 milliard
dollardan 63,6 milliard dollargacha baholangan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki,
AQSh, Xitoy va Rossiya qaroqchilik darajasi eng yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022-yil bergan
hisobotiga ko’ra, hisobot davrida intellektual mulk sohasida sodir etilgan
huquqbuzarliklarga nisbatan 142 ta holatda jami 135,2 mln so‘m jarima


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

30

tayinlangan. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilishlar bo‘yicha jismoniy va
yuridik shaxslarga 1043 ta taqdimnoma va 842 ta ogohnoma kiritilgan.
Bundan tashqari, Internetda intellektual mulk huquqlarining buzilishining
iqtisodiy oqibatlari ham sezilarli darajada. Ommaviy axborot vositalari,
nashriyot, dasturiy ta'minot ishlab chiqish va farmatsevtika kabi intellektual
mulkka katta tayanadigan sohalar qalbakilashtirish va mualliflik huquqi bilan
himoyalangan materiallardan onlayn ruxsatsiz foydalanish tufayli katta zarar
ko'radi. Ushbu yo'qotishlar nafaqat individual ijodkorlarga ta'sir qiladi, balki
keng iqtisodiy oqibatlarga, jumladan, ish o’rnini yo'qotishi, tadqiqot va
ishlanmalarga investitsiyalarni qisqartirilishi va soliq tushumlarini kamayishi
kabilarga ham olib keladi.

Tadqiqot maqsadi va usullari: Ushbu tadqiqotning maqsadi nazariy

qoidalar va amaliyotdagi muammolarni kompleks tadqiq etish asosida
Internetda intellektual mulk huquqlarning buzilishi uchun javobgarlikka
taalluqli holatlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish,
xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganish, mazkur sohadagi muammolarni
aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaldagi qonunchilikni
takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar mutaxassislari va olimlari
tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va xulosalardan, xususan, kiber va
moliya huquqi sohasiga oid qarashlaridan, shuningdek, rasmiy-yuridik,
mantiqiy, qiyosiy-huquqiy va qiyosiy-tipologik tahlil metodlaridan keng
foydalanildi.

Tadqiqotning natijalari: O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida

intellektual mulk huquqlariga doir huquqiy normalar o‘rganildi, xorijiy
davlatlarda intellektual mulk huquqlari himoyasi bo‘yicha yaratilgan huquqiy
tizimning zamonaviy holati va undan ko‘zlangan maqsadlar tahlil qilindi va
olingan tahlil asosida xalqaro normalar holati va mavjud milliy qonunchilikni
takomillashtirish yuzasidan xulosa chiqarildi.
Tadqiqotning ilmiy-uslubiy ahamiyati: Tadqiqot ishida ko‘rib chiqilgan
muammolarning dolzarbligiga, xulosalar va takliflarning asoslantirilganlik
darajasiga qarab tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati belgilanadi.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, unda bayon etilgan qoidalar va
xulosalardan intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalarini va huquqni
qo‘llash amaliyoti mexanizmini takomillashtirishda, ushbu sohada davlat
tomonidan tartibga solish sohalarining oqilona nisbatini topishda foydalanilishi
mumkin.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

31

Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlari himoyasi tizimi,
ularni Internetda buzganlik uchun javobgarlik masalalari bilan bog‘liq savollarga
yechim beradigan normativ-huquqiy hujjatda fuqarolik va jinoiy javobgarlik
moddalarining yetishmasligi, amalda mavjud huquqiy hujjatlarda juda ko‘p
ochiq qoldirilgan masalalar mavjudligi va bir mavzuga oid huquqiy asoslarning
turli normativ-huquqiy hujjatlar qismlarida belgilanishi va oqibatda, ko‘plab
huquqiy asoslar va majburiyatlar belgilanmay qolib ketishi intellektual mulk
huquqi sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi huquq va
majburiyatlar, javobgarliklarni belgilab qo’yilishiga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.