МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
105
ONOMASTIKANING TIL TARAQQIYOTIDAGI ROLI (FALERONIM
VA DIGNITONIM BO’YICHA)
Yo’ldosheva E’zoza Ulug’bekovna
Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti
Amaliy filologiya ta’lim yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14234024
Kalit so’zlar:
onomastika, faleronim, unvon, medal, orden, dignitonim,
professor, Doktor
Annotatsiya
: Onomastika sohasi yangi yo’nalishlardan biri bo’lib, o’zbek
tilshunosligida endi izlanishlar olib borilyapti. O’qituvchilar, asosan, toponimika,
atroponim va xoronimlar bo’yicha izlanishlar qilishmoqda. Maqolada
onomastikaning faleronim va dignotinim tarmoqlari haqida ma’lumot berilgan.
Faleronim- davlat tasarrufidagi xalq va ularning xizmatlari uchun beriladigan
mukofot bo’lsa, dignotinim shaxsiy hayot yo’lidagi izlanishlari, xizmatlari,
erishgan yutuqlari uchun beriladi mansab va unvorlar hisonlanadi.
Аннотация
: Область ономастики является одним из новых
направлений, и в настоящее время проводятся исследования в узбекском
языкознании. Учителя проводят исследования по основам, топонимии,
атропонимии и хоронимам. В статье представлены сведения о
фалеронимных и дигнотимических ветвях ономастики. Фалероним — это
награда, вручаемая людям и их заслугам, находящимся под контролем
государства, а дигнотим — это должности и почести, присуждаемые за
исследования, заслуги и достижения в личной жизни.
Onomastika- bu tilshunoslikning shaxs ismlari, joy nomlari, unvonlar va
boshqa nomlanishlarning kelib chiqishi, ma’nosi, rivojlanishi va qo’llanilishini
o’rganuvchi sohadir. Til taraqqiyotida onomastikaning o’rni muhim. Chunki
nomlash jarayonlari til va madaniyatning ko’zgusi hisoblanadi. Onomastikaning
til taraqqiyotidagi ahamiyati:
1.
Tilning tarixiy rivojlanishini aks ettiradi;
2.
Madaniy ta’sirlarni o’rganishga yordam beradi;
3.
Tildagi o’zgarishlarni ko’rsatishga imkon beradi;
4.
Lingvistik mintaqalar chegaralarni belgilaydi;
5.
Milliy va madaniy identifikatsiyani ifodalaydi;
Faleronim va dignitonim tilshunoslikdagi nominative birliklar bo’lib, ularning
o’ziga xos ma’nolari va ishlatilish bo’limlari mavjud. Fa’leronimlar mukofotlar,
nishonlar, medallar yoki harbiy va ijtimoiy unvonlarning rasmiy nomlaridir. Ular
ijtimoiy qadr, xizmat va jasoartni ifodalaydi. Masalan, “Shon-sharaf” ordeni,
“Mehnat Qahramoni” noshoni kabi. Faleronimlarning vazifalari: biror shaxsning
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
106
yuksak xizmatlarini e’tifor etish yoki madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks
ettirish.
Dignitonimlar yurqori ijtimoiy maqomni, unvonni yoki shaxsiy yutuqlarni
ifodalovchi maxsus nomlar. Ular ko’pincha shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini
belgilaydi. Masalan, “Professor”, “Doktor”, “Senator”. Dignitonimlarning vazifasi:
shaxsning jamiyatdagi o’rnini ko’rsatish yoki ma’lum bir sohada erishgan
yutuqlarini tan olishdir. Faleronimlar xalq tarixidagi jasorat va qadriyatlarni
saqlash vositasi bo’lsa, dignitonimlar til orqali shaxsning ijtimoiy mavqeyini
ko’rsatadi va madaniyat taraqqiyotuni aks ettiradi.
Faleronim atamasi phaleronym grekcha- falera “medal”, “ism” bo’lib, metal
bezaklari, ya’ni harbiy sohalarda mukofot sifatida beriladigan unvonlar deb
yuritiladi. So’nggi vaqtlarda tilshunoslikda faleronim birliklar tadqiqiga ham
qiziqish oshib bormoqda. Xususan, Jahon Tilshunosligida A.Superanskaya,
T.Shmeleva va oʻzbek tilshunosligidan E.Begmatovlar oʻz ishlarida lisoniy
jihatdan tahlil qilishgan va ma’lumotlar berishgan. Biroq, faleronimlarning
semantik, lingvomadaniy va tarjimashunoslik jihatidan oʻzbek va ingliz tillarida
chogʻishtirma tadqiqot yetarlicha oʻrganilmagan. Faleronimlarning fonetik
tahlili: jarangdorligi va ohangdoshligi(“Shon-sharaf”); leksik tahlili: madaniy va
tarixiy asosga ega(“Buyuk xizmatlari uchun”); grammatik tahlili: kelishik
qoʻshimchalarinj qabul qila oladi(“Doʻstlik” ordenini qabul qilishdi); dialektik
tahlili: Milliy xususiyatlar bilan bogʻliq bo’ladi(“Koʻksaroy” medali turkiy
madaniyat ildizga ega).
Dignitonimlar- insonning ijtimoiy maqomi, unvoni yoki xizmat lavozimini
ifodalaydigan maxsus nomlardir. Dignitonimlar asosiy xususiyatlari ijtimoiy
maqom va darajani belgilaydi- professor; kasbiy unvonni ifodalaydi- Bosh
muhandis; tarixiy va madaniy belgilarni aks ettiradi- Shoir. Ularni ham fonetik,
leksik, dialektik tahlil qilsak, fonetik tahlil: qisqa va qulay talaffuz imkonini
beradi(“Senat”). Leksik tahlil: ijtimoiy va kasbiy mavqeini ifodalaydi(“Amir”).
Grammatik tahlili: kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi(“Akademik”ni taklif
qilamiz). Dignitonimlar koʻpincha rasmiy yozishmalarda aniqlovchi sifatida
ishlatiladi: “Hurmatli Prezident janoblari…”
Dignitonimlar tilning rivojlanishi va madaniyatining ijtimoiy tuzilishini
oʻrganishda muhim vosita hisoblanadi. Ular tahlilda adabiy til shakllarida
ishlatiladi, hududiy shevalarda oʻzgarish kuzatiladi- qadimiy turkiy tillardan
kirib kelgan unvonlar- “Bek”, “Sulton”, “Xon”.
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, bugungi kunda onomastika sohasidagi koʻp
yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilmagan. Fan-oʻzbek
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
107
tilshunosligida toʻla ochilmagan. Hali izlanishlar olib borish mumkin boʻlgan
qirralar juda koʻp. Masalan, faleronim va dignitonimdir. Faleronimlar hali to’liq
ochilmagan soha, uning etimologiyasi va grammatik jihatlari boʻyicha izlanishlar
kam. Tilshunoslik nuqtasi nazaridan tahlil qilinsa ham faleronim, ham
dignitonimlarda fonetik, leksik va dialektik tahlillar doirasida ma’lumotlarda
aniq chegara qoʻyilmagan. Yangi ilmiy ish talabgorlari uchun bu yoʻnalish ayni
muddao bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Onomastika:o;quv qo’llanma\ Bayramali Kilichov-Buxoro:2023;
2.
https://journalsnuu.uz/index.php/1/article/view/4460;
3.
“Faleronimlarning yuzaga kelishi va uning shakllari” Berdiyeva Nasifa
Abdumalikovna. Alfraganus magistranti maqolasi;
4.
https://journalsnuu.uz/index.php/1/article/view/4460.