МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
102
DENOV TUMAN HUDUDIDA ANTROTOPONIM NOMLAR.
Sulaymonova Aziza
Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti
Amaliy filologiya yo'nalishi 122-guruh 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14234002
Kalitsoʻzlar:
Antrotoponim, toponim, tub, yasama,Abduqahhor Karimov,
Habibulloh Boltayev, joy nomlari, koʻcha, mahalla ,guzar.
Annotatsiya:
Maqolada Denov tuman hududida atoqli otlar yoki tarixiy va
buyuk shaxslarning mahalla,guzar,koʻcha nomlariga qoʻyilishi va ularning
yasama, tub ekanligi aniqlash tahlil qilish ularning oʻrganilishi ahamiyatga ega
hisoblanadi.Bu masala yuzasidan Onomastikaning antrotoponim yo'nalishi
oʻrganadi va tahlil qiladi.Faqat Denov tuman miqyosida emas balki boshqa
hududlarda ham bu masala boʻyicha shugʻullangan va koʻpgina ishlar olib
borilgan.Bu maqolada ham shu asosida ish olib borilgan
Annotation:
In the article, it is important to analyze the use of famous
horses or historical and great people in neighborhood, guzar, and street names
in Denov district and to determine whether they are artificial or original. The
anthropotoponymic direction of onomastics studies and analyzes this issue. Only
Denov not only at the district level, but also in other regions, and a lot of work
has been done on this issue. This article is also based on this conducted.
O'zbek onomastikasi (nomshunosligi) o'tgan asrning ikkinchi yarmidan
boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O'zbek
nomshunosligi bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar o'zbek
onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug'atlar, ko'p
sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitadi.
Ma'lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo
bo'lish va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek tildagi barcha atoqli
otlar yig'indisini o'zida ifodalaydi. Onomastika fani tildagi mavjud onomastik
tizimlarni aniqlash va o'rganishni maqsad qilib qo'yadi.
Antrotoponim — tilshunoslik va geografiyada shaxslarning ismlari asosida
shakllangan joy nomlarini ifodalovchi atama. Ushbu so‘z ikki qismdan iborat:
"Antro" — inson yoki odam;
"Toponim" — joy nomi.
Antrotoponimlar odatda joylarga yoki hududlarga odamlarning nomlari bilan
bog‘liq holda berilgan.
Bu hodisa tarixiy shaxslarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning hududiy
ta'siri yoki hurmatiga ko‘ra joy nomlarini shakllantiradi. Antrotoponimlar
geografiya, tarix va madaniyatni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
103
Antrotoponimika yo‘nalishida ish olib borgan olimlar tilshunoslik,
geografiya va tarix sohalariga ixtisoslashgan bo‘lib, ular joy nomlarining kelib
chiqishi, evolyutsiyasi va ma'nolarini tadqiq qilishgan. Quyida ushbu yo‘nalishda
faoliyat yuritgan taniqli olimlardan ayrimlari keltirilgan:
Denov-Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatidagi tuman 1958-yilda
tashkil topgan Denov tumanining ma'muriy -iqtisodiy markazi.Kattaligi va
aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.Denov tumani
tarixan qadimiy joylardan biri hisoblanadi. Bu hududda ko'plab tarixiy obidalar
va madaniy meros mavjud. Tuman hududida qadimiy shaharlar va qishloqlar
joylashgan.Denov tumani o'zining tabiiy go'zalliklari, tarixiy obidalari va
madaniy merosi bilan sayyohlar uchun qiziqarli joy hisoblanadi. Tuman
hududida sayyohlikni rivojlantirish uchun turli imkoniyatlar mavjud.
Joy nomlari:
"Ibn Sino"koʻchasi.
"Mirsaid"koʻchasi.
"Uvaysiy" mahallasi.
"Feruz" mahallasi.
"Muqimiy" koʻchasi.
"Furqat" mavzesi.
"Sharof Rashidov" koʻchasi.
"Gulbaxor" koʻchasi.
"Behbudiy" koʻchasi.
"Ibrohim ota" savdo majmuasi.
"Habibullo"savdo rastasi.
"Alisher Navoiy" bogʻi.
"Buxoriy"guzari.
"Abu Bakr" mahallasi.
"Shirin" mahallasi.
"Furqat" mavzesi.
"Muqimiy" koʻchasi.
"Amir Temur" mahallasi.
"Mirzo Ulug'bek" koʻchasi.
"Sobir Rahimov" koʻchasi.
"Bibixonim"koʻchasi.
"Uvaysiy" mavzesi.
"Toʻra Soliyev"koʻchasi.
"Jome" mahallasi.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
104
"Roʻzi Muhammad" mahallasi.
"Alpomish"mahallasi.
"Jayron"koʻchasi.
Bir asosli nomlar.
Mirsaid,Uvaysiy,Feruz,Muqimiy,Furqat,Gulbaxor,Behbudiy,Habibullo,Buxoriy,Sh
irin,Furqat,Jome,Alpomish,Jayron.
Ikki asosli nomlar:
Ibn
Sino,Sharof
Rashidov,Ibrohim
ota,Abu
Bakr,Amir
Temur,Mirzo
Ulug'bek,Sobir Rahimov,Toʻra Soliyev,Roʻzi Muhammad.
Tub:
Abu Bakr,Furqat,Shirin,Jayron,Alpomish,Feruz,Jome,Uvaysiy.
Yasama:
Gulbaxor,Habibullo,Mirsaid,Bibixonim,
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak umuman olganda nomlar judayam koʻp va tahlilga
ham ancha mehnat talab etadi bu yoʻnalish esa kishini ham oʻziga jalb etadi.Bu
yoʻnalishda nafaqat oʻzbek olimlari balki boshqa davlat olimlari ham qoʻl urgan.
Oʻzbek olimlaridan Abduqahhor Karimov,Maqsud Qoriyev, Habibulla Boltaboyev
oʻz ishlarini olib borgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.Qorayevning "Toponimika"qoʻllanmasi.
2.
Tursunov, H. "O‘zbek onomastikasi" — O‘zbek xalqining tarixiy va
madaniy antroponimlariga oid asar.
3.
Hanks, P., Hardcastle, K., Hodges, F. "A Dictionary of First Names" —
Inglizcha va boshqa tillarda antroponimlarni qamrab olgan lug‘at.