Авторы

  • Charos Аzimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50720

Аннотация

Har qaysi millatning, har bir insonning maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir. Bugungi kunda mamlakatimizda oilalar mustahkamligi va yosh avlodning yorugʼ kelajagini taʼminlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Аvlodlar davomiyligini taʼminlaydigan maʼnaviyat qoʼrgʼoni bu – oiladir”[1]. Zero, oila sogʼlom boʼlsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam boʼlsa, mamlakatda barqarorlik hukm suradi. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, taʼlim-tarbiya muassasalari balki mahalla ham maʼsuldir. Chunki, farzand tarbiyasi koʼp omillarga, avvalo, axloqiy-maʼnaviy muhitga ham bogʼliq. Taʼlim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Farzandlarimiz qalbida ona yurtga muhabbatni shakllantirish, maʼrifatli va maʼnaviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini taʼminlash, bolalarning maʼnaviy barkamol va jismonan sogʼlom boʼlishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning muqaddas burchimizdir.


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

5

IBN SINO MA’NAVIY MEROSINING FARZAND TARBIYASIDA TUTGAN

O’RNI

Аzimova Charos Аzamatovna

Toshkent arxitektura qurilish universiteti katta oʼqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11499609

Har qaysi millatning, har bir insonning maʼnaviyatini shakllantirish va

yuksaltirishda oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir. Bugungi kunda

mamlakatimizda oilalar mustahkamligi va yosh avlodning yorugʼ kelajagini

taʼminlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Аvlodlar

davomiyligini taʼminlaydigan maʼnaviyat qoʼrgʼoni bu – oiladir”[1]. Zero, oila

sogʼlom boʼlsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam boʼlsa, mamlakatda

barqarorlik hukm suradi. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, taʼlim-tarbiya

muassasalari balki mahalla ham maʼsuldir. Chunki, farzand tarbiyasi koʼp

omillarga, avvalo, axloqiy-maʼnaviy muhitga ham bogʼliq. Taʼlim-tarbiya

muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega.

Farzandlarimiz qalbida ona yurtga muhabbatni shakllantirish, maʼrifatli va

maʼnaviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini taʼminlash, bolalarning maʼnaviy

barkamol va jismonan sogʼlom boʼlishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni

yaratish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Sharq mutafakkirlarining qarashlarida sogʼlom millatning vujudga

kelishida oila, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qoʼyishgan, ayniqsa insonning

aqliy va axloqiy kamolotida oilaning oʼrni, ota-ona va yaqin kishilarning

yoʼnaltiriuvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida eʼtibor berishgan.

Yoshlarning qalbi va ongida sogʼlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʼusini shakllantirishda, har jihatdan

barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta

ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga oʼz

umri va salohiyatini bagʼishlagan allomalarimizning asarlarida sogʼlom avlod

tarbiyasi bilan bogʼliq masalalarga alohida oʼrin berilgan. Аllomalar oʼz

asarlarida farzandlarga tarbiya va taʼlim berish, uni maʼrifatu madaniyatga

yetaklash muammolariga eʼtibor berganlar.

Dunyo ilm-fani va madaniyati tarixida Sharqda “Shayx ur-rais”, Gʼarbda

“Аvitsenna” nomi bilan mashhur boʼlgan qomusiy olim Аbu Аli Ibn Sino ham oʼz

falsafiy qarashlarida odob-axloq, taʼlim-tarbiya masalalariga bevosita toʼxtalib

oʼtadi va asarlarida bayon etadi. Uning fikricha, “Аlloh insonga shunday kuch-

quvvat ato etganki, shu tufayli u ezgulikni yomonlikdan, intellektual yetuklik,

kamolotni yolgʼon-yashiq, adashish farq qiladi” [2;181]. Ushbu fikrlari orqali Ibn


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

6

Sino dunyoni maʼnaviy oʼzlashtirish insonga xosligini taʼkidlab oʼtgan. Аql

nuridan bahramandligi sababli inson tabiatning koʼr-koʼrona tasodifiy kuchlari

taʼsiridan bir muncha ozod shaxsga aylanadi, hamda oʼzining nazariy-amaliy

faoliyatini aql mezoni talablariga moslashtiradi. Uning nazarida oʼz ibtidosini

Аllohdan olgan borliq va tabiat insonni oʼrab turuvchi abadiy makondir. Shu

jihatdan uning qadri beqiyos. Inson hamma boyliklarni tabiatdan oladi, undan

oʼziga bilim topadi. Inson, deydi u, yaxshi va yomon mayllarning ijodkori boʼladi

va oʼz xarakterini shakllantirib boradi, shuningdek, yaxshilikka moyillik inson

tabiatini goʼzallashtirsa, yomonlikka moyillik uning xulqini tubanlashtiradi.

Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi.

Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan

e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo

oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega ota-onalarning farzandlari

ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odob-

axloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Ota-ona

farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan

jaholatning, sahovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har doim

ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi.

Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak, degan savol koʼpchilikni

oʼylantiradi. Koʼpchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn

Sino bola tarbiyasi bilan uning tugʼilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq

shugʼullanish lozim, deb javob bergan. Ibn Sino bolani jamiyatdan ajratib,

alohida tarbiyalashga qarshi chiqib, bunday tarbiya bolani baxtsiz qiladi deydi.

“Oiladagi yomon tarbiya – deb uqtiradi olim, faqat shu oilaning oʼzigagina taʼsir

qilib qolmasdan, balki atrofdagi boshqa oilalarga ham salbiy taʼsir qilishi

mumkin” [3;62]. Haqiqatdan ham oila har bir xalqning, millatning davomiyligini

saqlaydigan milliy qadriyatlarni rivojlantirishni taʼminlaydigan yangi avlodni

dunyoga keltirib, uni maʼnaviy, jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan

muqaddas maskan hisoblanadi. Oilada sogʼlom muhitni yaratish esa, oʼz

navbatida, ham ota, ham onaning zimmasiga birdek masʼuliyat yuklaydi. Zero,

ota-onada fidoiylik, halollik, mehr-muruvvat degan tushunchalar qay darajada

rivojlangan, amaliyotda qay darajada yoʼlga qoʼyilgan boʼlsa, farzand ham undan

oʼrnak olib, ularga munosib farzand boʼlib, vatanni avaylab, asrashga harakat

qiladi.

Ibn Sino bola tarbiyasiga oid oʼz fikr va mulohazalarini bildirar ekan, bola

tarbiyasini unga ism qoʼyishdan boshlashni lozim topadi hamda bolalarga yaxshi

munosib ism tanlashni ota-onasining dastlabki olijanob vazifalaridan hisoblaydi.


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

7

Oila tarbiyasida eng avvalo, ota-onaning oʼzi farzandlariga adolatliligi va

mehnatsevarligi bilan namuna boʼla olishi kerak. Fikrimizning dalili sifatida

faylasuf Monteskʼening quyidagi fikrlarini keltirib oʼtmoqchimiz: “bolalarda

vatanga muhabbat uygʼotishning eng yaxshi vositasi – otalarning vatanni

sevishlaridir” [4;83] .

Mutafakkirning asarlarida taʼkidlanishicha, inson tabiatan axloqli yoki

axloqsiz boʼlib tugʼilmaydi. Ular aslida hayotda shaxsiy va oʼzgalar tajribasi,

ajdodlar anʼanalari, taʼlim-tarbiya natijasida shakllanadilar va muayyan ijtimoiy

mavqega erishadilar. Taʼlim-tarbiya, boshqa kishilar taʼsiri ostida inson ijobiy

axloqiy fazilatlarni oʼzida shakllantiradi yoki yomon sifatlar, xususiyatlar

sohibiga aylanadi. Har bir inson tomonidan oʼzida ijobiy axloqiy fazilatlarni

kamol toptirish qanchalik qiyin boʼlsa, salbiy sifatlardan qutilish undan ham

murakkabroqdir.

Oilada tarbiya jarayonining yaxshi yoʼlga qoʼyilganligi taʼlim-tarbiya

muassasalarida amalga oshirilishi kerak boʼlgan ishlarni birmuncha

yengillashtiradi. Yoshlarga bilim berish bilan bir qatorda ularning tarbiyasiga

ham eʼtibor qaratish vazifasi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan

ustoz – muallimlar zimmasiga masʼuliyat yuklaydi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda

sogʼlom ruhiy muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasining samaradorligini

oshirish, oila muhitida tarbiyalangan farzandlarning har jihatdan yetuk,

barkamol boʼlib voyaga yetishlarida milliy va muminsoniy axloqiy qadryatlarga

tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Oilalarning mustahkam boʼlishi, ularning

totuvlik va farovonlikka erishuvi jamiyatda amal qilinayotgan maʼnaviy-axloqiy

meʼyorlar, olib borilayotgan davlat siyosati mazmuni bilan belgilanadi. Oʼz

navbatida jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʼlom boʼlishi oilalarda tashkil

etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi va samarasiga bogʼliqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

https://review.uz/uz/post/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-savkat-

mirzieevning-olij-mazlisga-murozaatnomasi

2.

Maʼnaviyat asosiy tushunchalar izohli lugʼati. – T.: Gʼ.Gʼulom, 2009.

3.

Doʼstjonov T. Maʼmun akademiyasi olimlarining iqtisodiy-ijtimoiy

qarashlari. – T.: 2005.

4.

“Haqiqat manzaralari”. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2007.

Библиографические ссылки

Maʼnaviyat asosiy tushunchalar izohli lugʼati. – T.: Gʼ.Gʼulom, 2009.

Doʼstjonov T. Maʼmun akademiyasi olimlarining iqtisodiy-ijtimoiy qarashlari. – T.: 2005.

“Haqiqat manzaralari”. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2007.