Авторы

  • Dostonbek Sultonov
    O‘zDSMI FMF “Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50721

Ключевые слова:

rejissyor spektakl rassom talqin kechinma pyesa repertuar xarakter.

Аннотация

bu maqolada Ingliz Teatri haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan.


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

194

INGLIZ TEATRI

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich

talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015977

Annotatsiya:

bu maqolada Ingliz Teatri haqida va uning ilk

namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri
haqida juda ham

qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

rejissyor, spektakl, rassom, talqin, kechinma, pyesa,

repertuar, xarakter.

Uyg‘onish davri Ovro‘po teatri Angliya zaminida, buyuk dramaturg

Shekspir ijodi misolida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bu teatrda
qadimgi va yangi davr sahna san’atining yutuqlari o‘z o‘rnini topdi. Burjuaziya
hunarmandlar va dehqonlar ommasi bilan birgalashib feodallarga qarshi
kurashda o‘z hukmini tasdiqlashga qodir ekanini amalda isbot eta boshladi.
«Yengilmas kemalar karvoni»ni yakson qilib, Ispaniya ustidan g‘alaba
qozonishda ingliz millatining o‘rta va quyi qatlamlari qirollik hokimiyati va
uning saroy zodagon qo‘shinlaridan kam ishtirok etgan emas. Shu tarixiy
g‘alabalarning hayotbaxsh kuchi ta’sirida yangi xildagi inson yetishib chiqdiki,
uning obrazi Uyg‘onish davri ingliz dramasida butun borlig‘i bilan namoyon
bo‘ldi. Dramaturgiyada demokratik omma orasidan chiqqan va butun vujudi
bilan shu ommaga yaqin, dadil, jur’atkor hurfikrli kishilar kirib keladilar. Bular
Mario, Kid, Grin kabi dramaturglar edi. Dorilfununlarda tahsil ko rib, keng bilim
va aql-zakovat egalari bo‘lganliklari bois ulami «dorilfunun oqillari» deb atash
odat tusiga kiradi.
Yangi insonparvarlik ruhidagi teatr xalq teatri bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish
vazifasini shu «dorilfunun oqillari* amalga oshirib bordilar. Jon Lili (taxm.
1554—1606)—«dorilfunun oqillari* to‘dasiga mansub, Shekspirning to‘ng‘ich
zamondoshi, teatr san’atining birinchi alloma dramaturgi edi. Jo‘shqin iste’dodi
tufayli u pastoral va afsonaviy sujetlarning shartliliklari doirasida ham Uyg‘onish
davri kishisining yangi hissiy olamini noziklik bilan ifoda eta oldi. Shu qalam
sohibining ijod samarasi o‘laroq ingliz teatri o‘zining ibtidoiy bosqichidan
gullash bosqichiga ko‘tarildi. Lili komediyalari, o‘zining ta’biricha, «quruq qah-
qaha uyg‘otmay, qalb hishayajonini qo‘zg‘ash bilan» kishilarda did, oliy-
himmatlilik va mehr-oqibatlilik tuyg‘ularini tarbiyalashga qaratilgan. Lili


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

195

romantik komediya deb ataluvchi yo‘nalishga asos soldi. U dramatik
xattiharakatni lirik jo‘shqinlik bilan to‘ldirdi, nasriy nutqni shoirona ifodaviylik
bilan boyitdi. Kristofer Mario (1564—1593)—o‘z davri ingliz teatrining haqiqiy
asoschisi va allomalaminag ta’biricha, «Uyg‘onish davrining jo‘shqin dahosi*
sifatida ko‘ringan buyuk dramaturg edi. Etikdo‘z oilasidan chiqqan Mario
Kembrij dorilfununida tahsil ko‘rib, erkin san’atlar magistri unvoniga erishadi.
Marloni ijodda favqulodda qudratli shaxslar qiziqtirgan edi. «Sohibqiron Temur»
Marloning birinchi pyesasi bo‘lib, o‘zining favqulodda yangiligi bilan
tomoshabinlarni larzaga soldi. Mazkur asarda dramaturg o‘z aql-idroki, shijoati
bilan dunyoni larzaga keltirgan buyuk sarkarda obrazini yaratgan bo‘lsa,
«Doktor Faustning fojiali tarixi» asari bilan dunyoni ilm kuchi orqali egallagan
alloma tabib timsolini yaratdi. Sohibqiron Temur haqidagi asar ikki qismdan
iborat. 1587-yili asar London teatrlaridan birida qo‘yilib, katta muvaffaqiyat
qozongach, Mario darhol uning ikkinchi qismini yozishga kirishib, uni 1588-yili
tugatadi. Asarning birinchi qismida Temuming Boyazid qo‘shinlari ustidan
qozongan g‘alabasi Misr, Marokash va boshqa sharq mamlakatlariga yurishi
tasvir etilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida Ovro‘po sarhadlarini egallashi hikoya
qilingan. Mario tasvir etgan Temur shu qadar qat’iyatli, qattiqqo‘l, irodasi
mustahkamki, u sustkashlik, irodasizlik qilganligi uchun o‘g‘li Jahongir (Kalif)ni
qilichi bilan chopib tashlaydi. Mario o‘z qahramonini qoralamaydi, aksincha,
Sohibqironni ko‘klarga ko‘tarib maqtash va ulug‘lash bilan asarini yakunlaydi.
Mario o‘z qahramonini afsonaviy bahodir tarzida kursatadi. E’tiborlisi shundaki,
muallif aslzoda feodal xonadonidan chiqqan Temurni «quyi tabaqadan chiqqan
cho‘pon», uzining fidoyiligi, o‘tkir aql-idroki va omilkorligi bilan qonuniy
hukmdorlarni dog‘da qoldirgan qudratli zot sifatida ko‘rsatadi. Temur o‘zining
kambag‘aldan chiqqanligini faxr tuyg‘usi bilan qayd etadi: Garchi otam o‘zi
cho‘pon o‘tgan bo‘lsa ham O‘z kuchim-g‘ayratim bilan podshoman bugun. Temur
chin xalq qahramoni sifatida jangu-jadallarda har doim o‘z lashkarlari bilan
yelkama-yelka turib, ular bilan birgalikda nafas oladi va ulami o‘z ortidan g‘alaba
sari ergashtirib boradi. Bo‘lg‘usi janglar hususida o‘y surarkan, lashkarlari
haqida shunday deydi: Ko‘rinishidan oddiy cho‘pon bo‘lsa ham bular, ammo bir
kun vaqti kelib harbiy yurishga tuman-tuman lashkarlarimni boshlab borganda,
yer ostida yotgan kuchli dovul nafasi erkinlikka chiqish uchun hamla qilganday,
tog‘lar titrab to‘lg‘anadi. Temurning quyidagi so‘zlari yangi qiyofali insonga
madh tarzida yangraydi: Odamlarni yaratdi-yu, qodir tabiat bezovta va sarkash
ruhni unga joyladi. Anglash uchun yulduz burchi ravon yo‘li-yu, koinotning ajab
sirli tanosibligin, bilimga tashnalik o‘ti ichida yonib, tinim bilmas g‘uj-g‘uj olis


background image

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

196

sayyoralarday. Imdod qilar izla, intil, olg‘a borgin deb, yetmaguncha sirli maqsad
haqiqatiga. Mario yirik, qudratli obraz yaratar ekan, o‘z qahramonining
ulug‘vorligini uning kuchida, huknidorlik layoqatida deb biladi. Mario «Eduard
II» (1593) tragediyasida ingliz tarixiga murojaat etib, ingliz teatriga tarixiy
solnoma janrini olib kirdi. Keyinroq Shekspir bu janrni yuksak rivojlanish
darajasiga olib cliiqadi. Ingliz teatri sahnasida Mario asarlari qatori «dorilfunun
oqillari» guruhiga oid Tomas Kid (1557—1595) asarlari ham munosib o‘rin
tutgan. Uning «Ispan fojiasi» asari ingliz sahnasida qasos tragediyasi janrini
shakllanishiga turtki bo'ldi. Marloning yana bir mshhur zamondoshi Robet Grin
(1558— 1592) bir necha pyesalari, ayniqsa «Jord Grin, Vekfild dala qorovuli»
qahramonlik komediyasi bilan o‘z iste’dodini yaqqol namoyon etgan. Grin
ijodining xalqchilligi uning ifoda uslubida ham yaqqol ko‘rinadi. Shekspirning
salaflari Uyg‘onish davri ingliz tragediyasi va komediyasiga asos soldilar: xalq
sahnasiga qimmatli g‘oyaviy, axloqiy haqiqatlar kirib keldi, sahnada qudratli
qahramon, yangi zamonning mardonavor, shijoatkor kishisi obrazi mujassam
etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.

2.

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

3.

poligraf. 2011.

4.

www.ziyo.uz kutubxonasi

Библиографические ссылки

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

poligraf. 2011.

www.ziyo.uz kutubxonasi