МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
98
ONOMASTIKANING TIL TARAQQIYOTIDAGI OʻRNI
(GENERONIM MISOLIDA)
Bozorova Xusnida Mamarejab qizi
Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiya fakulteti
Amaliy filologiya yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14233981
Kalit soʻzlar:
onomastika, generonim, gazeta, jurnal, Mirzaahmed
Tursunov, Umarov Erkin, stilistik tahlil, grammatik tahlil, fonetik tahlili.
Annotasiya:
Onomastikaning til taraqqiyotidagi oʻrni juda katta, chunki
nomlar tilning rivojlanishiga, keng yoyilishiga taʼsir koʻrsatadi va ularning
oʻzgarishi tilning tarixiy jarayonlarini, ijtimoy oʻzgarishlarini oʻzida aks ettiradi.
Generonim onomastika sohasida keng tushunchani ifodalaydi. Generonim -
gazeta va jurnallar nomlarini oʻrganadugan onomastikaning bir yoʻnalishi
hisoblanadi. Gazeta va jurnal nomlarining tahlili bu sohada o‘ziga xos o‘rin
egallaydi, chunki ular ijtimoiy va madaniy kontekstda katta ma'no va ta'sirga
ega.
Аннотация:
Ономастика играет большую роль в развитии языка,
поскольку имена влияют на развитие и распространение языка, а их
изменение отражает исторические процессы языка и социальные
изменения. Генероним представляет собой широкое понятие в области
ономастики. Генероним — раздел ономастики, изучающий названия газет
и журналов. Анализ названий газет и журналов занимает уникальное
место в этой области, поскольку они имеют большое значение и влияние в
социальном и культурном контексте.
Onomastika - nomlarning ilmiy tadqiqoti, tilning vaqt oʻtishi bilan qanday
rivojlanganini va madaniyat, tarix hamda ijtimoiy muhit bilan qanday
bogʻliqligini oʻrganadi. Onomastika, nomlarning maʼnosi va ishlatilishdagi
oʻzgarishlarni tahlil qilib til va madaniyatning rivojlanishini kuzatadi. Baʼzi bir
nomlar vaqt oʻtishi bilan yangi maʼno kasb etadi yoki eski maʼnolarini yoʻqotadi.
Bu esa tilning semantik taraqqiyotiga oid qimmatli dalillarni taqdim etadi. Ayrim
nomlar tilning shaxsiy va madaniy xususiyatlarini aks ettiradi va bu nomlarning
tahlili orqali tildagi oʻzgarishlarni, ularning shakllanishini kuzatish mumkin.
Oʻzbek olimlaridan generonim sohasida Mirzaahmed Tursunov, Abdullayev
Shohrux, Umarova Erkin va Rahimov Rahmatulla kabi olimlarning ilmiy ishlari
mavjud.
Onomastikaning tilshunoslikdagi oʻrni katta va muhim. Onomastika bu
nomlar, yaʼni shaxsiy nomlar, joy nomlari, familiyalar va boshqa oʻziga xos
belgilarni oʻrganadigan tilshunoslikning bir sohasidir. Onomastika, shuningdek,
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
99
tilshunoslikning boshqa sohalari, masalan sintaksis, semantika va pragmatika
bilan ham bogʻliq boʻlib, nomlarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini
oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.
Gazeta va jurnal nomlarini odatda generonim (umumiy nomlar) sifatida
ishlatiladi. Masalan, "Xalq soʻzi", " Toshkent tongi" kabi gazeta nomlari umumiy
maʼnoda jamiyat va xalqni bildiradi, lekin ular har bir oʻziga xos nashrni
ifodalaydi. Bu nomlar biror nashrni belgilash uchun ishlatiladigan umumiy
soʻzlar sifatida koʻrilishi mumkin. Boshqa tomondan ayrim gazeta yoki jurnal
nomlari aniq spesifikator sifatida ishlaydi. Masalan, " Oʻzbekiston Respublikasi"
kabi nomlar esa aniq bir davlat yoki tashkilotni ifodalashda ishlatiladi.
Gazeta va jurnal nomlari - bu onomastikada oʻziga xos nomlar boʻlib, ular tilda
ijtimoiy, madaniy, siyosiy va tarixiy maʼnolarni aks ettiradi. Gazeta va jurnal
nomlari koʻpincha biror jamiyatning tarixiy, siyosiy yoki madaniy jarayonlarini
aks ettiradi. Masalan, "Xalq nuri" kabi jurnal nomi, xalqning yuksalishi yoki
ijtimoiy faollikni anglatishi mumkin.
Gazeta va jurnal nomlari tilning fonetik va morfologik jihatlarini ham aks
ettiradi. Qisqa va yodda qoladigan nomlar koʻpincha jurnallar va tomonidan
qoʻllaniladi. Misol uchun," Vogue" - moda va goʻzallik sohasidagi jurnal boʻlib
qisqa nomlar uning global miqyosdagi obroʻsini aks ettiradi. Bundan tashqari,
baʼzi gazeta yoki jurnal nomlarida morfologik oʻzgarishlar yoki soʻz birikmalari
mavjud boʻlib, bu ularning maxsus xususiyatlarini yoki maqsadlarini koʻrsatadi.
Jadid ziyolilari davrida ham gazeta va jurnallarga nom tanlash muhim
ahamiyatga ega boʻlgan. Jadidlarning bir necha yillik harakatlaridan soʻng Ismoil
Obidov muharirligida " Taraqqiy" jurnali nashrdan chiqdi. Bundan keyin
Munavvar Qorining "Xurshid", Abdulla Avloniyning " Shuhrat" gazetalari nashr
boʻldi. Bundan tashqari, " Tarjimon", " Ulfat", " Vaqtlar", " Sadoi Turkiston" ,
"Samarqand", " Oyina" kabi jurnallar nashrdan chiqarilgan. Har bir jurnal
nomlarining qoʻyilishida aniq maqsad va sabablar boʻlgan. Jadidlar asosan
gazetaga nom tanlashda xalq maʼrifatparvarligi ularni birlashtirish va ziyoli
qatlamlar orasiga chiqarish koʻzda tutilgan.
" Sadoyi Turkiston" jurnali nomining stilistik, semantik, sintaktik, grammatik va
fonetik tahlili. Ushbu tahlil jurnal nomining nafaqat til balki madaniyat va tarixiy
ahamiyatini ham yoritishga yordam beradi.
Sintaktik tahlil. "Sadoyi" soʻzi sado ( tovush yangrashi) va yi qoʻshimchasidan
tashkil topgan boʻlib, bu soʻzning maʼnosi " turli joylarda aks sado qilgan tovush"
yoki " yangi yangrayish"ni bildiradi. " Turkiston" bu toponim, yaʼni geografik
hududning nomi. Turkiston nomi mintaqani bildiradi, bu nomning siyosiy,
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
100
madaniy va tarixiy ahamiyati katta. Sintaktik jihatdan " Sadoyi Turkiston" nomi
sifat ( sadoyi) va ot ( Turkiston) birikmasi sifatida ishlatilgan.
Grammatik tahlil jihatdan bu nom tarkibidagi soʻzlar oʻzgarmas shaklda
ishlatiladi va faqat konteksga qarab maʼnosi aniqlanadi.
Semantik tahlil. Sadoyi Turkiston - bu nom bir vaqtning oʻzida madaniyat, tarix,
xalqning ovozi va ijtimoy ahamiyatga ega hisoblanadi. Sadoyi soʻzi turli xil
oʻzgarishlarni yangiliklarni xalqning fikrini ifodalasa, Turkiston nomi esa bu
oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradigan geografik, siyosiy va madaniy hududni
bildiradi.
Stilistik tahlil. Sadoyi Turkiston jurnalining bu nomi xalq ovozi, xalqning
yangiliklari va tarixiy merosining birligini ifodalovchi simvol sifatida qabul
qilinadi.
Fonetik tahlil. Sadoyi soʻzi undosh tovushlar ( s, d,y)dan tashkil topgan boʻlib, bu
tovushlarning talaffuzi silliq va biroq kuchli taʼsiri koʻrsatadi.
Turkiston soʻzi koʻproq sodda va qisqa talaffuzga ega. Unda ( t,r,ks) tovushlari
ishlatilgan boʻlib, bu tovushlar xalqning mustahkamligini bildiradi.
" Sadoyi Turkiston" jurnalining tahlili uning sintaktik, grammatik, semantik,
stilistik va fonetik jihatlari orqali bu nomning nafaqat tilshunoslik, balki
madaniyat va siyosat bilan bogʻliq chuqur maʼno va ahamiyatga ega ekanligini
koʻrsatadi. Nomning har bir tahlilini olib borishi orqali jurnalning maqsadi, oʻrni
va ijtimoiy yoki siyosiy ahamiyati haqida yaxshiroq tushuncha hosil qiladi.
Xulosa
Onomastika fanida generonim atamasi yetarlicha ochib berilgan.
Generonim bu gazeta jurnal nomlarining tahlili hisobladi. Gazeta va jurnal
nomlari judayam koʻp boʻlib, har bir nom maʼlum sabab va maqsadlar bilan
qoʻyiladi. Har bir gazeta va jurnal nomining qoʻyilishida oʻziga xos boʻlgan tarixiy
jarayon mavjud. Har bir gazeta va jurnal nomini semantik, sintaktik, grammatik,
stilistik va fonetik tahlildan oʻtkazish kerak. Ana shundagina gazeta nomlarining
tahlili toʻliq yoritiladi va maqsadlari namoyon boʻladi. Gazeta va jurnallar jadid
davridan beri, yani 1900- yillardan beri nashrdan chiqarilib kelinmoqda. Qariyb
bir asrdan buyon minglab gazeta nomlari turli xil nomlar bilan nashrdan
chiqmoqda. Agar ularning nomlarini bir joyga toʻplab biror bir ish qilinsa juda
katta ilmiy ish vujudga keladi. Chunki generonim atamasi katta obyektni oʻz
ichiga oladi. Gazeta va jurnal nomlari nafaqat ijtimoiy, siyosiy, va madaniy
o‘zgarishlarni aks ettiradi, balki ular brendni yaratish va marketingdagi
muvaffaqiyat uchun ham muhimdir. Bunday nomlar jamiyatda qanday qabul
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
101
qilinishini tahlil qilish, ular orqali kengroq ma'lumot olish va tushunish imkonini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/o-zbek-onomastik-
ko-lamining-hajmi-va-mazmuni
2.
https://zenodo.org/records/7785076
3.
https://oyina.uz/uz/article/907
4.
Oʻzbek onomastikasiga doir muhim qoʻllanma. Primov A. 2020