Авторы

  • Sayatxon Fayzullaeva
    Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrası o‘qituvchisi
  • Ulbo’lsin Bekchanova
    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Kutubxona –axborot faoliyati” 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50731

Ключевые слова:

lirik kechinma sheriyat lirik qahramon she’r ichki forma.

Аннотация

Lirik asarlarda motiv sujet asardagidan farq qiladi. Lirik va epik motivlarning farqli xususiyati haqida I.V.Silantev monografiyasida fikr bildiriladi. Olim motivlarga voqeaviy jihatdan yondashib, epik asarlarda voqea muallif tomonidan bayon etilishi, lirik asarlarda esa kitobxon bevosita qatnashishini anglatadi. Natijada lirik asar voqeasi subyektivlashadi [1]. Shoirning poetik mahorati asosida yaratgan kechinmasi faqat shoirning tanho o‘ziniki bo‘lib qolmasdan kitobxonning ham ichki olamiga ta’sir qiladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

181

LIRIK KECHINMADA MOTIVLARINI O‘RGANISH

Fayzullaeva Sayatxon Uzakbaevna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) O‘zbekiston davlat san’at va

madaniyat instituti Nukus filiali “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrası

o‘qituvchisi

Bekchanova Ulbo’lsin Xamid qizi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Kutubxona –

axborot faoliyati” 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14010977

Tayanch so’zlar:

lirik kechinma, sheriyat, lirik qahramon, she’r, ichki

forma.

Ключевые слова:

лирическое возбуждение, поэзия, лирический

герой, стихотворение, внутренняя форма

Key words:

lyrical excitement, poetry, lyrical hero, poem, inner form

Lirik asarlarda motiv sujet asardagidan farq qiladi. Lirik va epik

motivlarning farqli xususiyati haqida I.V.Silantev monografiyasida fikr
bildiriladi. Olim motivlarga voqeaviy jihatdan yondashib, epik asarlarda voqea
muallif tomonidan bayon etilishi, lirik asarlarda esa kitobxon bevosita
qatnashishini anglatadi. Natijada lirik asar voqeasi subyektivlashadi [1].
Shoirning poetik mahorati asosida yaratgan kechinmasi faqat shoirning tanho
o‘ziniki bo‘lib qolmasdan kitobxonning ham ichki olamiga ta’sir qiladi. Rus
olimlaridan E.Proshin, A.Appolonova, N.Vershinina, K.Xetagurova, A.Kalashnikova,
o‘zbek adabiyotshunosligida lirik motiv masalasi so‘nggi paytlarda o‘rganish
obyekti sifatida tanlangan. U.Qobilov, N.Qodirova, M.Klicheva va bosqalarning
ilmiy ishlarida lirikada motiv masalasi maxsus o‘rganiladi. Qoraqalpoq
adabiyotshunosligida bu masalalar oldin o‘rganilmagan, degan xulosa kelib
chiqishi tabiiy. Badiiy asardagi motiv va uning badiiy xususiyati umimiy poetika
tarkibida o‘rganildi [2]

Biz maqolada hozirgi qoraqalpoq poeziyasida lirik kechinmalarning

motivlarini o‘rganish obyekti qilgan shoirlar B.Seytaev, O.Satbaev,
M.Jumanazarova va P.Mirzabaevalarning ijodini o‘rganishda mushtarak
xususiyatlarini umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganishni lozim
topdik: 1) vatanga muhabbat motivi; 2) oshiqlik va yor ishqi motivi; 3) yaqin
insonlar yodi motivi; 4) jamiyatda yolg‘izlanish motivi; 5) ijodkorlikka sodiqlik
motivi va b.

Hozirgi qoraqalpoq pоeziyasida shoirlar o‘z lirik asarlarida

vatanga

muhabbat motivi

asosida ichki hayajonini goh sevinib, goh kuyunib, goh nolib

tasvirlashining guvohi bo‘lamiz mumkin. Masalan, O.Satbaevning vatanga


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

182

muhabbat motivi asosida yaratilgan she’rlariga e’tibor berganimizda, uning
vatanni va tug‘ilgan yerni kuylashning an’anaviy shakllaridan yiroqlashib
boshqacharoq yо‘l tanlaganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, «Qorekenglik»
she’rida el-yurt go‘zalligini, ko‘ngilga yaqin jihatlarini bekorga maqtab
kuylamaydi. Aksincha, o‘z elining olg‘a rivojlanishiga qadam qо‘ymay,
o‘zgarishsiz yashayotganiga qayg‘uradi.

Umr yo‘li qing‘ir-qiyshiq,

Ayt, nelarni ko‘z ko‘rmaydi,
Hamma narsa o‘zgarsa ham,
Qoraqalpoq o‘zgarmaydi [3]

Shoir Bazarbay Seytaevning tug‘ilgan yer haqidagi she’rlarida vatanga

muhabbat motivini yuksak ko‘tarinkilik bilan, kuchli his tuyg‘u bilan kuylagani
sezilib turadi. Masalan, shoirning Vatan haqidagi she’rlaridagi ichki
kechinmalaridan tug‘ilgan yerning va el-yurtning bugungi erkin va baxtli
hayotidan qanoatlanib sevinish tuyg‘ulari sezilib turadi.

Shoir Minayхan Jumanazarоvaning har bir asarida tasvirlangan

vatanparvarlik g‘oyalari lirik qahramon kechinmasining pafоsini belgilab turadi.
Shoir P.Mirzabaevaning vatanga muhabbat motividagi kechinmalari oldin
keltirib o‘tgan shoirlardan tubdan farq qiladi. Shoirning lirik qahramoni
хalqchilligi bilan ajralib turadi. Shoir kechinmalarida ona vatan go‘zalligi birinchi
о‘ringa ko‘tarilmaydi, el-yurtiga, umumхalq insoniylik xususiyatlariga sevinadi.

Hozirgi qoraqalpoq pоeziyasida

oshiqlik va yor ishqi motividagi

keshinmalar

lirik qahramonlarning tabiiy (jinsiy), timsoliy va ramziy, ijtimoiy va estetik-etik
qarashlaridan har xil mazmunlarda tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz. Bunda
shoirlarning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlaridan kelib chiqib yorga bо‘lgan
kechinmalarini berishda turli pоetik usul va vositalardan mohirlik bilan
foydalanganining guvohi bо‘lamiz.

Maqolada tahlil qilingan materiallar asosida hozirgi qoraqalpoq pоeziyasida

shoirlar ijodida

yaqin insonlar yodi motividagi

kechinmalarning ko‘plab

tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Ayriliq, yо‘qotish, topish, uchrashuv,
shuningdek, insonlarga xos bо‘lgan ichki tuyg‘ular oila a’zolari bilan birgalikda
ijodkor qalbida ham katta ma’naviy yuksaklikni yoki shodlik hissini paydo qiladi.
Mana shunday ichki tuyg‘ular asosida ham she’r yaratilishi tabiiy. Masalan, Shoir
B.Seytaevning «O‘tganlarni eslash a’lo fazilat» she’riy to‘plamida shoirning
onasini eslashi, farzanddan ajralib qolish kechinmalari uning qalbidan chiqqan
g‘am-tashvishlaridan yaralgani ko‘rinib turibdi.

– Ag‘il-tegil ko‘z yoshlari,


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

183

Mungli ona bo‘zlab oh urar.
Farzandining marmar toshdagi,
Siypalaydi peshonasidan.

Shuningdek, shoirning «Ma’naviy suhbat», «Mangu armon», «Dardimni

qog‘ozga to‘kib turibman…» she’rlarida lirik qahramonning farzandidan ayrilish
haqidagi kechinmalari ellegik mazmunda yorqin aks ettirilgan.

Shoir M.Jumanazarоvaning she’rlarida yaqin insonlar yodi motividagi

kechinmalari kenglik хrоnоtоpini bir oz kengroq olib, o‘z oilasi bilan emas,
xalqaro miqyosni egallaydi. Shoir onani kuylasa butun elning bolalari tilidan
kuylaydi, agar farzandini kuylasa, butun el onasi tilidan kuylaydi. Qarindoshlik
tuyg‘ulari ham shunday. Masalan, uning «Onajon» she’ri tirik yetim bolalar
tilidan beriladi:

«Yetti yangam yig‘ilib,

Yolg‘iz onam bo‘lolmas»,
Yormam borar suyulib,
Kulcha yopib berolmas [4].

Uning «Onajon», «Qizlarimni qizg‘onaman», «Aka», «Norasida», «Nevara

ko‘rdim, oy ko‘rdim», «Arzay qizim, oy qizim», «Jumaboyga» (umrlik yo‘ldoshi),
«Yot bo‘lding-ku, qarog‘im» (Qarindoshlik) va shu kabi boshqa bir necha
she’rlarining mazmunini yaqin insonlar haqidagi kechinmalari tahkil qiladi.

Hozirgi qoraqalpoq pоeziyasida

jamiyatda yolg‘izlanish motivi

ko‘pgina

qoraqalpoq shoirlarining ijodidan chetda qolmagan. Jamiyatda yuz berayotgan
hodisalarga shoirlar o‘z fikr-xayollarini, antipatiyasi va simpatiyalarini pоetik
tarzda bildirib boradi. Bunday motivdagi lirik kechinmalar о‘quvchining o‘z
davriga, jamiyatga, hattoki, o‘ziga-o‘zi baho berib, haqiqiy mardlik pоzitsiyasini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, lirik asarlarda

ijodkorlikka sadoqat motivida

berilgan

kechinmalarda tabiat tomonidan berilgan shoirlik qobiliyat, ilhom va ilohiy
iste’dodning alohida e’tibor bilan tilga olinishini ba’zan uchratamiz. Masalan,
shoir O.Satbaev «Yorilish» she’rida badiiy ijod jarayonini maishiy hodisalar bilan
taqqoslab, kuchli «yorilishning» natijasini ko‘rsatish orqali shoilarga xos yo‘shni,
iste’dodni harakatdagi detallar yordamida yuqori sur’atda ilhomlanib yetkazadi.

Shoir yuragida «yorilish» bo‘lmay,
She’rlar tug‘ilishi hech mumkin emas.
Tuyg‘u vulkanlari tikka otilmay,
Tug‘ilgan qo‘shiqlar…yo‘q, qo‘shiq emas! [5]


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

184

Shoirning «Ey, yashin! Men sendan so‘ramayman o‘t…», «Kaskadyorlar», «Bir
kunlik umri bor maqolalar», «Bir shoirsimonga», «Ona tilim», «Qishlog‘im»
she’rlarida shoirlik, qobiliyat, ilhom haqidagi ijodga sodiqlik motividagi
kechinmalari poetik usulda tasvirlanadi. Shiningdek, shoir B.Seytaevning «Duel»,
«Iste’dod qadri», «Qoqilmasin mingan tulporing» (A.Oripovga bag‘ishlov),
«Yettinchi osmondagi g‘oyibona suhbat» (I.Yusupovga bag‘ishlov), «Sen shoirni
sevasan, jonim», shoir M.Jumanazarovaning «Yakka qoldiring», «Qalbimda bir
tuyg‘u tug‘yoni», «Menga she’rimdan o‘zgasi yolg‘on», «Shoirning yoriga», shoir
P.Mirzabaevaning «Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasida tug‘ilgan fikrlar»,
«Oy qiz! O‘ylandingmi safar oldidan», «Tug‘ilish» va boshqa she’rlarda shoir
qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar o‘xshash predmet, obyektiv detallar bilan
taqqoslab, mohirlik bilan yetkazib beriladi. She’rlarning har birida shoirlikning
sharti, qadr qimmati haqidagi qimmatbaho qarashlar keng o‘rin oladi,
kechinmalari bilan parallel tarzda badiiy tasvirlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Силантьев И. В. Поэтика мотива. – М.: Языки славянской культуры, 2004.
– C. 86-87.
2. Жәримбетов Қ. XIX әсир қарақалпақ лирикасының жанрлық
қәсийетлери ҳәм раўажланыў тарийхы. – Нөкис: Билим, 2004;
Оразымбетов Қ. Ҳәзирги қарақалпақ лирикасында көркем формалардың
эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, 2004.
3. Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма). – Нөкис:
Қарақалпақстан, 1992. – Б. 13.
4. Жуманазарова М. Кетпек ушын келгенмен... Таңламалы шығармалары. –
Нөкис: Қарақалпақстан, 2011. – Б. 19-20.
5. Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма)

Библиографические ссылки

Силантьев И. В. Поэтика мотива. – М.: Языки славянской культуры, 2004. – C. 86-87.

Жәримбетов Қ. XIX әсир қарақалпақ лирикасының жанрлық қәсийетлери ҳәм раўажланыў тарийхы. – Нөкис: Билим, 2004; Оразымбетов Қ. Ҳәзирги қарақалпақ лирикасында көркем формалардың эволюциясы ҳәм типологиясы. – Нөкис: Билим, 2004.

Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма). – Нөкис: Қарақалпақстан, 1992. – Б. 13.

Жуманазарова М. Кетпек ушын келгенмен... Таңламалы шығармалары. – Нөкис: Қарақалпақстан, 2011. – Б. 19-20.

Сәтбаев О. Ай сығалайды. (Қосықлар ҳәм поэма)