МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
59
TIJORAT BANKLARDA AHOLI OMONATLARINI JALB QILISH
ZARURIYATI
Xakimov Zohid Norbo‘tayevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
z.khakimov@tsue.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.14192116
Aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, naqd pul
mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, mamlakat
iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish uchun
investisiya resurslarining g‘oyat muhim manbai sifatida aholining erkin pul
mablag‘larni tijorat banklari omonatlariga jalb etishni yanada rag‘batlantirish
maqsadida 2008 yil 21 fevralda "Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini
liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda «Bank - mijoz uchun, mijoz
bank uchun emas» tamoyili asosida bank tizimi tubdan isloh qilindi va
liberallashtirildi. Mijoz o‘zi bank tanlash, pul mablag‘larni bir nechta banklardagi
hisobvaraqlarida saqlash va o‘z mablag‘larini, qaerda joylashganidan qat’iy nazar,
bankning istalgan filialidan olish huquqiga egadir. Bugunga kelib mamlakatning
barcha mintaqalari va aholi punktlarida tijorat banklarining 800 dan ortiq
filiallari va bo‘linmalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotganini
aytib o‘tish kifoya.
Shu bilan birga, ayrim insonlarda bank tizimiga nisbatan ishonchsizlikdan
iborat siyqa munosabatlar hamon saqlanib qolmoqda, pulni banklardan
tashqarida saqlash odati chuqur ildiz otgan. Bunday psixologik stereotip
davlatning faqat bitta monopolist-banki bo‘lgan, pullarni olish har doim ham
qulay bo‘lavermagan, ko‘pincha banklarning o‘zida mablag‘ bo‘lmagan avvalgi
tizim sharoitlarida yuzaga kelgan. Oqibatda aholida pullarni jamg‘arma
kassalarda saqlashga ishonchsizlik tug‘ilgan hamda aksariyat pul jamg‘armalari
uyda saqlangan.
Ta’kidlash joizki, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish va pul
mablag‘larini xufyona iqtisodiyotdan real sektorga jalb etish maqsadida bir qator
mamlakatlarda kapitalni legallashtirish amalga oshirildi. Xususan, Rossiya
Federasiyasi, Qozog‘iston, Shvesariya kabi mamlakatlarda kapitalni amnistiya
qilish bo‘yicha bir martalik tadbirlar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Tijorat
banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini
ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmon aholining
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
60
bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash va aholining bo‘sh pul
mablag‘larini tijorat banklari omonatlariga jalb etishga qaratilgan.
Mazkur yo‘nalishda ko‘p ishlar amalga oshirildi, zamonaviy qonunchilik-
huquqiy baza yaratildi, amaldagi qonun hujjatlarining tegishli tartib-qoidalari
tasdiqlandi, biroq ular zamon talablariga hali to‘liq javob berayotgani yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmonga
muvofiq 2008 yil 1 aprel - 2009 yil 1 aprel oralig‘idagi davrda istagan kishi bankda
o‘z depozit hisob varag‘ini ochishi, unga milliy va xorijiy valyutadagi
cheklanmagan miqdorda va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlaydigan
hujjatlarni taqdim etmagan holda istalgancha pul mablag‘larini qo‘yishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish muhimki, omonatchi ham shaxsiy hisobvarag‘iga, ham
taqdim etuvchining hisobvarag‘iga, ya’ni anonim tarzda mablag‘ qo‘yishi mumkin,
mablag‘larning o‘zi esa naqd pul shaklida ham, omonatchilarning xorijiy
banklardagi shaxsiy hisobvaraqlaridan pul o‘tkazish yo‘li bilan ham qo‘yilishi
mumkin.
Farmonga ko‘ra, nafaqat qo‘yiladigan mablag‘larning kelib chiqish manbalari
to‘g‘risida deklarasiya va hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi, ularni so‘rab
olish qat’iyan ta’qiqlab qo‘yildi. Bunday so‘rovlar banklardan tashqari mahalliy
hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa nazorat
organlariga ham man etildi. Boz ustiga, pul qo‘yuvchidan pul mablag‘larining kelib
chiqish manbalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar va boshqa axborotlarni har
qanday tarzda talab qilish noqonuniy hisoblanadi, bu esa bank siri to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya etilishini ta’minlaydi.
Farmonning yana bir muhim bandi shundaki, jismoniy shaxslar tomonidan
qo‘yilgan pul mablag‘lari joriy yilning 1 apreli - 2009 yilning 1 apreli oralig‘idagi
davrda soliq organlari tomonidan tekshi-rilmaydi - chunki ular barcha turdagi
soliqlardan va majburiy to‘lov-lardan ozod etilgan.
Farmonda bank siriga rioya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlash, uni
oshkor etgani uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qattiq javobgarlik
choralarini qo‘llash masalalariga katta e’tibor berilgan.
Qabul qilingan Farmonning amalga oshirilishi banklar bilan aholi o‘rtasida
ishonchli sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tijorat banklari
omonatlariga milliy va xorijiy valyutadagi bo‘sh pul mablag‘lari tushishini sezilarli
miqdorda oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va aholining
turmush darajasini izchil ravishda oshirish uchun ulardan investisiya resurslari
sifatida foydalanish imkonini beradi.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
61
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining omonatlarini jahon moliyaviy
inqirozining ehtimol tutilgan salbiy oqibatlaridan himoyalashning ishonchli
kafolatlarini ta’minlash, aholi omonatlarini tijorat banklariga jalb qilish uchun
qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2008 yil 28 noyabrda
"Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini
himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra:
1.
“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, jismoniy shaxslarning
tijorat banklari depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan pul mablag‘lar davlat
tomonidan himoyalangan va fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lashning
ishonchli kafolatlari qonunan ta’minlanadi;
2.
Omonatlarning miqdorlaridan qat’iy nazar, fuqarolarning tijorat
banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari bo‘yicha to‘la hajmda haq to‘lash
kafolatlanadi;
3.
Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha to‘liq miqdorda haq to‘lash tijorat
bankining mablag‘i hamda qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklarining
badallari va ajratmalari hisobiga shakllantiriladigan fond mablag‘i hisobidan
amalga oshiriladi.
Aholi omonatlarini ularning birinchi talabidayoq to‘lig‘icha qaytarish va
jozibador omonat turlarini kengaytirib borish bilan bir qatorda, banklarda
saqlanadigan ushbu mablag‘larning qaytarilishini kafolatlash aholining banklarga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2023 yilda omonatlarni kafolatlash tizimini isloh qilish, bank moliya
tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash, uni ilg‘or xorijiy tajriba va
xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishga
alohida e’tibor qaratildi.
Omonatchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash orqali banklarda omonatlarni kafolatlash
sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Banklardagi omonatlarni
himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi sohaga oid xalqaro
standartlarga – “Omonatlarni kafolatlashning samarali tizimi asosiy
tamoyillari”ga muvofiq ishlab chiqildi.
Bunda, omonatlarni kafolatlash agentligi faoliyati, kafolatlash tizimi,
banklarning kafolatlash tizimida ishtiroki, omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi
mablag‘lari manbalari, kafolatlash ob’ektlari, kafolatlangan omonatlar miqdori va
ular bo‘yicha kompensasiya to‘lash tartibi nazarda tutilmoqda.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
62
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Fuqarolarning banklardagi omonatlarini
kafolatlash fondiga (keyingi o‘rinlarda – Fond) yo‘naltirilgan kalendar badallar
miqdori 2022 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshib, 666,1 mlrd so‘mga yetdi.
Bunda, Fond faoliyat boshlaganidan buyon kelib tushgan kalendar badallar
miqdori 2024 yil 1 yanvar holatiga jami 2,0 trln so‘mni tashkil etdi. 2023 yilda
banklardan kelib tushgan kalendar badallar, olingan daromad va muddati
tugaganligi sababli Fondga qaytarilgan jami 2,1 trln so‘mlik mablag‘lar daromad
keltiruvchi aktivlarga, shu jumladan, 1,2 trln so‘mi davlat qimmatli qog‘ozlariga,
45 mlrd so‘mi O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi
obligasiyalariga hamda qolgan qismi tijorat banklarining depozit va depozit
sertifikatlariga joylashtirildi.
2024 yilning 1 yanvar holatiga Fondning jami qo‘yilmalari yil boshiga
nisbatan qariyb 1,0 trln so‘mga yoki 1,5 barobarga oshib, 3,1 trln so‘mga yetdi
hamda mazkur qo‘yilmalar hisobidan olingan daromadlar 457,6 mlrd so‘mni
tashkil etdi.