Авторы

  • Erkin Norbo‘tayev
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori
  • Kozim Nishonboyev
    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50745

Ключевые слова:

huquqbuzarliklar profilaktikasi viktimologiya huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi jismoniy zarar yetkazish.

Аннотация

Maqolada ma’muriy hududda qasddan tan jaroxati yetkazish jinoyatlari viktimologik profilaktikasining chora tadbirlarini amalga oshirgan holda, jinoyatlarning sodir etilishi, nosog`lom muhitni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning sabab va sharoitlari hamda viktimligi yuqori shaxslarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan taklif va tavfsiyalar bildirilgan.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

55

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY HUDUDDA

QASDDAN TAN JAROXATI YETKAZISH JINOYATLARINING

VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI QO`LLASHNING

SAMARADORLIGI

Norbo‘tayev Erkin Xurozovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori

Nishonboyev Kozim Adham o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14185113

Annotatsiya:

Maqolada ma’muriy hududda qasddan tan jaroxati yetkazish

jinoyatlari viktimologik profilaktikasining chora tadbirlarini amalga oshirgan
holda, jinoyatlarning sodir etilishi, nosog`lom muhitni keltirib chiqaruvchi
omillar, ularning sabab va sharoitlari hamda viktimligi yuqori shaxslarga nisbatan
sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan taklif va tavfsiyalar
bildirilgan.

Annotation:

In the article The Crimes of intentional bodily harm in the

Administrative Region with the implementation of measures of the victimological
prophylaxis, the occurrence of atrocities, factors that provoke an unhealthy
environment, their causes and conditions and victuality occur in relation to
runner individuals proposals and recommendations aimed at preventing crimes
have been expressed.

Kalit

so’zlar:

huquqbuzarliklar

profilaktikasi,

viktimologiya,

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi, jismoniy zarar yetkazish.

Keywords:

prevention of offenses, victimology, from offense victim, causing

physical harm.

Qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlari, jismoniy zarar yetkazish,

shaxsning sog`lig`iga jiddiy ta’sir o`tkazish, bularning barchasi ba’zan shaxsning
umr bo`yi nogiron bo`lib qolishiga olib kelishi mumkin. Ushbu jinoyatlar
ko`pincha shaxsiy janjallar, shaxsiy nizolar yoki huquqiy tartibsizliklar paytida
sodir bo’ladi. Ushbu jinoyatchilikni oldini olishda jabrlanuvchiga aylanish
ehtimoli yuqori bo`lgan shaxslarga huquqbuzarliklar profilaktikasining
viktimologik profilaktika chora tadbirlari qo`llash samarali hisoblanadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi:

2014-yil 14-mayda qabul qilingan

qonunga muvofiq, “Huquq tartibotni saqlash hamda mustahkamlash,
huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarlik
sodir etish sabablarini va ularga imkon berayotgan shart sharoitlarni aniqlash,
bartaraf etish maqsadida qo`llaniladigan huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus,
akka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

56

boshqa chora tadbirlar tizimi hisoblanadi.” Mazkur profilaktik chora tadbirlarni
amalga oshirish qanchalik to`g’ri yoki noto`g`ri ekanligini ularning natijasi
ko`rsatadi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to`g`risidagi qonun”ning 43-moddasida,

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki
muassasaning muayyan shaxslarning jabrlanuvchiga aylanishi xavfini
kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora tadbirlarini qo`llashga doir faoliyati
huquqbuzarlikning viktimologik profilaktikasidir. Biz huquqbuzarliklarning
viktimologik profilaktikasini qo`llashda bir nechta sabablar, qarashlar,
me’zonlarga ajratamiz. Bularga:

1.

Jinoyatlarning ijtimoiy va psixologik sabablari.

Qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlari ko`pincha hissiy muammolar,

shaxsiy nizolar yoki ijtimoiy tengsizliklar tufayli sodir bo`ladi. Profilaktika
yordami tufayli bu sabablarni ko`rsatadigan va to`g`ri qo`llay oladigan chora
tadbirlar belgilanishi masadga muofiqdir.

2.

Viktimologik tahlil.

Tan jarohati yetkazilgan predmet yoki sovuq qurollar tekshirilishi,

jinoyatdan jabrlanuvchi, viktimligi yuqori shaxslarning huquqiy, ijtimoiy yoki
psixologik xususiyatlarini aniqlash mqsadga muvofiqdir. Masalan, ayrim shaxslar
boshqa shaxslar bilan muloqotda bo`lganda o`zlarini zaif his qilishi, bu esa
jinoyatchilar tomonidan zo`ravonlik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni,
g`ayriijtimoiy xulq atvorli shaxsga ma’lum bir qulay shart-sharoit yuzaga keladi.

3.

Jismoniy va qonuniy huquq.

Huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxslarning jismoniy xolatini aniqlash.

Profilaktika inspektorlari tomonidan jabrlanuvchining qonuniy manfaatlarini
ta’minlash, huquqbuzarni aniqlash hamda unga qonuniy chora ko`rishning
muhimligi.

4.

Ijtimoiy yordam va reabilitatsiya.

Jinoyatdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy yordam berish muhim masala

hisoblanadi hamda reabilitatsiya qilish, tibbiy, pedagogik hamda psihologik
yordam ko`rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish muhim masala
hisoblanishi.

5.

Jinoyatchilikka qarshi ma’rifat va tarbiya.

Bunda ijtimoiy profilaktikaga katta ahamiyat berish zarur hisoblanadi.

Ma’rifat, tarbiya va huquqiy targ`ibot orqali jismoniy zo`ravonlikka qarshi
kurashish, nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish, qonun bilan belgilangan tartibda


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

57

qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlariga javobgarlikning muqarrarligi
tushuntirishi.

6.

Jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va qayta integratsiyalash.

Jinoyat sodir etgan shaxslar bilan ishlash. Profilaktika jarayonida, qasddan

tan jarohati yetkazilgan shaxslarni qayta tiklash va jamiyatga qayta integratsiya
qilish yo`llari ham ko`rsatilishi ham zarur.

7.

Qonuniy javobgarlik va jazolarni ijro etish.

Sodir etilgan har bitta jinoyat yoki huquqbuzarlikka qonunan javobgarlik

masalasini ko`rib chiqish, tayinlanlangan jazolarni tasirchanligini oshirish va
kelgusida sodir etilishi mumkin bo`lgan jinoyatlarni samarali oldini olishga
yordam berishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda jiddiy signal bo`lib
xizmat qilishi ushbu faoliyani samarali tashkillashtirishning muhim omillari
hisoblanadi.

Xulosa:

Ma’muriy hududda qasddan tan jarohati yetkazish jinoyatlarining

viktimologik profilaktikasi profilaktika inspektorlarining o`zida bir qancha
strategiyalarni qamrab olishi, aniq yo`nalishlar belgilanishi, jamoatchilik va
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan qilinadigan hamkorlik bir
qancha ijobiy natijalarni ko`rsatadi. Xususan bu jarayon ijtimoiy, huquqiy va
jismoniy tarbiyani inobatga olib, jinoyatchilikka qarshi kompleks yondashuvni
taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., 2024.

2.

Kodekslar toplami.

3.

Viktimologiya. IIV Akademiyasi Darslik

4.

O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar

organlari to`g`risida”gi qonuni.
5.

O’zbekiston

Respublikasining

“Huquqbuzarliklar

profilaktikasi

to’g’risida”gi 2014-yil 14-maydagi qonuni.
6.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar

organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora tadbirlar
to’g’risida”gi PQ-2883-sonli qarori// O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari
to’plami. -2017

Elektron adabiyotlar

http:// akadmvd.uz

http:// lex.uz

http:// www.ziyonet.uz


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

58

http:// www.stat.uz

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., 2024.

Kodekslar toplami.

Viktimologiya. IIV Akademiyasi Darslik

O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi qonuni.

O’zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida”gi 2014-yil 14-maydagi qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2883-sonli qarori// O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami. -2017

Elektron adabiyotlar

 http:// akadmvd.uz

 http:// lex.uz

 http:// www.ziyonet.uz

 http:// www.stat.uz