Авторы

  • Javohir Fayziyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.50769

Аннотация

Mazkur tezisda gazli dvigatellarda qo‘llaniladigan o‘t oldirish svechalarining samaradorligini oshirish va ularning ekspluatatsiya davrini uzaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dvigatellarning ishlashi davomida o‘t oldirish svechalarining eskirishi va ishdan chiqishi motor samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu tezisda, ishlash muddati va samaradorlikni ta’minlash uchun svechalar konstruksiyasini optimallashtirish, material tanlash va texnik xizmat ko‘rsatish usullarining takomillashtirilishi o‘rganiladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

88

GAZLI DVIGATELLAR OʻT OLDIRISH SVECHALARINI ISHLASH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA EKSPLUATATSIYA DAVRINI

UZAYTIRISH

Fayziyev Javohir Xayrulla o’g’li

https://doi.org/10.5281/zenodo.13927466

Annotatsiya:

Mazkur tezisda gazli dvigatellarda qo‘llaniladigan o‘t oldirish

svechalarining samaradorligini oshirish va ularning ekspluatatsiya davrini
uzaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dvigatellarning ishlashi davomida o‘t
oldirish svechalarining eskirishi va ishdan chiqishi motor samaradorligiga
bevosita ta’sir qiladi. Ushbu tezisda, ishlash muddati va samaradorlikni
ta’minlash uchun svechalar konstruksiyasini optimallashtirish, material tanlash
va texnik xizmat ko‘rsatish usullarining takomillashtirilishi o‘rganiladi.

Dvigatelga o’z vaqtida va to'g'ri texnik xizmat ko’rsatish avtomobilning

uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi va kutilmaganda buzulish holatlari
kuzatilmaydi. Sifatli motor moyi va uni muntazam almashtirish — busiz hatto
salondan chiqqan eng qimmatbaho mashina ham doimo xizmat ko‘rsatish
shahobchasida bo‘ladi. Aksincha, yuqori sifatli avtoximiya qismlarning xizmat
muddatini uzaytiradi va nosozliklardan himoya qiladi.

Maqsad va vazifalar

Dvigatelning ishlash muddatini qanday uzaytirish va motor moyini

tanlashda qanday xususiyatlarga e'tibor berish kerakligi haqida ma'lumot
beramiz.

Formula.

Zamonaviy benzin va dizelda yuradigan dvigatelli yengil

avtomobillar va kichik yuk mashinalari uchun sintetik moylar mos keladi. Bu
variant dvigatelni toza saqlaydi, cho‘kindilar va qurumlarning shakllanishiga
to'sqinlik qiladi. Ular, shuningdek, barcha tezliklarda va har qanday haroratda
ishqalanishni kamaytiradigan yuqori sifatli qo'shimchalar tufayli qismlarni
eskirishdan himoya qiladi.
Masalan, Shell Helix Ultra Professional AG 5W-30 — bu PurePlus
texnologiyasidan foydalangan holda tabiiy gazdan yaratilgan to'liq sintetik
moydir. Unda dvigatelning tiniq ishlashi sababli ishqalanish darajasini va hatto
yoqilg'i sarfini kamaytiradi.

Qovushqoqlik.

Mazkur klassifikasiyaning bir qancha jahon standartlari

mavjud. Eng zamonaviysi — SAE (Society of Automotive Engineers) ni ko'rib
chiqamiz, unda barcha mavsumiy moylar belgi-harflar orqali defis bilan
belgilanadi: 0W-30 dan 15W-40 gacha. Lotincha W harfi bilan kelgan birinchi


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

89

raqam ekspluatatsiya haroratining pastki chegarasini, ikkinchisi esa yuqorisini
anglatadi.
Shell Helix Ultra Professional moyining SAE bo‘yicha qovushqoqligi - 5W-30. Bu
keng harorat oralig'ida dvigatelning barqaror ishlashini ta'minlaydi: bunda
termometrdagi harorat - 35 ° C ga tushib ketsa ham, avtomobil muammosiz o‘t
olishini taminlaydi.
Motor moyini har 7-10 ming kilometrda yoki avtomobil ishlab chiqaruvchisining
tavsiyalariga muvofiq o'zgartirish tavsiya etiladi. Agar avtomobil aksariyat
hollarda magistralda o'rtacha tezlikda harakat qilsa, moyni almashtirish kamroq
amalga oshiriladi: har 13-15 ming kilometrda.
Avtomobilingizni megapolis yo'llarida ham, shahar tashqarisidagi o‘nqir-
cho‘nqirliklarda ham qulay yurishi uchun ACEA tizimi (Association des
Constructeurs Européens d'Automobiles) bo'yicha tasniflash uchun motor
moyining tavsifiga qarang, u yerda harflar dvigatel turini, raqamlar esa himoya
darajasini bildiradi. Son qanchalik baland bo'lsa, moyning xususiyatlari
shunchalik zamonaviy bo'ladi.
Misol uchun, C3 nazorat qilish tizimiga ega dvigatellar uchun mukammal
himoyani ta'minlaydi va katalizatorlarga ta'sirini kamaytiradi. ACEA tizimiga
ko'ra Shell Helix Ultra Professional aynan shu klassga egadir. Ya'ni, moy
darajasini doimiy kuzatib borib, uni o'z vaqtida almashtirilsa, u turli sharoitlarda
dvigatelning maksimal himoyasini ta'minlaydi.

Moylar turli standartlar bo‘yicha tasniflanadi, jumladan API (American
Petroleum Institute) standarti. Ushbu tizim mahsulot sifati va xususiyatlarini
ko'rsatadi - har bir harf va kombinatsiya himoya va ishlash darajasini bildiradi.
Uning harflari qanchalik uzun bo'lsa, moy shunchalik yangiroq va yaxshi bo'ladi.

Shell Helix Ultra Professional AG 5W-30

eng yuqori standart API SN talablariga

javob beradi, u benzinli dvigatelni mukammal himoya qiladi, shu jumladan
cho'kindi va eskirishdan, hattoki yuqori harorat va bosim sharoitida ish faoliyati
bo‘yicha yaxshi xarakterlanadi.
Motor-tester va elektron avtotestr yordamida aniqlangan ko'rsatkichlarni
me'yoriy ossillogrammalar bilan taqqoslab, o'zgaruvchan tok generatori,
kondensator va o't oldirish g'altagining birlamchi sim chulg'ami holati,
taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqish va uning holati, o't oldirish
chaqmoqlaridagi kuchlanish va o't oldirish g'altagining ishlash qobiliyatini
aniqlab beradi. Hozirgi vaqtda motor-testerlarning ikkinchi avlodi bo'lgan
mikroprotsessorli tizimga asoslangan avtotesterlardan keng foydalanish
diagnostika jarayonini to'liq avtomatlashtirish imkonini beradi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

90

Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi
tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib
borish

lozim.

Xizmat ko'rsatish vaqtida taqsimlagichning mahkamlanganligi tekshiriladi va
zarur bo'lsa, yana mahkamlanadi. Bundan avval o't oldirish onining to'g'ri
o'rnatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog'i yechib olinib, uning
ichki va tashqi sirtlari kirdan tozalanadi.
Uzgich kontaktlari orasini moy qoldiqlari va changdan benzin shimdirilgan
zamsh materialida tozalash kerak.
Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bulgan mayin
oynasimon jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ularning yuzasida
paydo bo'lgan do'nglik va chukurliklar tekislanishi lozim. Ularni to'liq tekislash
tavsiya etilmaydi.
Kontaktlar tozalangandan so'ng ularni havo bilan puflash, so'ngra benzinda
yengil namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash
lozim.
Harakatlanuvchi kontakt o'z o'qida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni
barmoq bilan tortib, so'ng qo'yib yuboriladi, richag prujina chertilgandek, tez
sur'atda dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin
qaytsa, harakatlanuvchi kontakt yoki kontakt yig'masi yangisiga almashtiriladi.
Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli sozlagichlarning ishlashi
hamda uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning
ochiq holatda turish burchaklarini o'rnatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki
shunga o'xshash jihozlarda amalga oshirish darkor. Uzgich o'qining ichquymasi
hamda ko'p avtomobillarda qo'llanilayotgan vakuum sozlagich podshipnigini
davriy ravishda moylab turish lozim.
O't oldirish burchagini irgarilatishni tekshirish va sozlash. Bu ishni bajarish
siqish taktida, ishlamay turgan dvigatelda, porshen yuqori chekka nuqtaga
yaqinlashish chog'ida blok va shkivdagi (yoki maxovikdagi) belgilarni bir-biriga
to'g'ri keltirilib, so'ngra bir uchi kontaktga keluvchi simga va ikkinchi uchi
massaga ulangan lampochkaning yonish onini aniqlash orqali bajariladi. Biroq
bu usulda xatolik

5

gacha yetadi. Shuning uchun yakuniy sozlash dvigatel salt

yurishda ishlab turganida va tezlashayotgan vaqtda tezlik va yuklanishni hamda
vakuumli va markazdan qochirma sozlagichlar ishini hisobga olib amalga
oshiriladi. Agar dvigatelning salt yurishida vakuumli sozlagich uzib qo'yilsa,
tirsakli valning aylanishlar soni to'satdan tushib ketadi, markazdan qochirma
sozlagichning yaxshi ishlamasligi dvigatelning tezlik olish qobiliyatini


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

91

susaytiradi.
O't oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop
yordamida bajariladi. Uning ishlash prinsipi qisqa vaqt (0,0002 s) oralig'ida
belgilangan onlarda aylanuvchi detalni qisqa yorug'lik impulsi bilan yoritilsa, u
qo'zg'almas bo'lib ko'rinishiga asoslangan. Shunga asosan tirsakli valning kichik,
o'rta va katta aylanishlarida o't oldirish burchagining me'yoriy qiymatlari
tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra uzgich-taqsimlagich sozlanadi yoki
almashtiriladi. Almashtirilgan uzgich-taqsimlagich ustaxonada ta'mirlanadi va
ta'mirlash sifati qo'zg'almas jihozlar yordamida tekshiriladi.

Xulosa:

Gazli dvigatellarda o‘t oldirish svechalarining samaradorligini oshirish va

ekspluatatsiya davrini uzaytirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, ushbu dvigatellar uchun muhim hisoblangan svechalarning texnik
holati motorning umumiy ishlash ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi.
Tadqiqot davomida svechalarning ishlash muddatini uzaytirish va energiya
samaradorligini ta’minlash uchun qator texnik va materiallar bo‘yicha yechimlar
taklif qilindi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yuqori harorat va bosim sharoitida ishlaydigan
svechalar uchun sifatli materiallar tanlash, ularning sirtini mustahkamlash va
yangi texnologik yechimlarni qo‘llash ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan
tashqari, o‘t oldirish jarayonini boshqarishning optimallashtirilgan usullari
motorlarning yonilg‘i sarfini kamaytirish va ishlash samaradorligini yaxshilash
imkonini beradi.
Tadqiqot natijasida gazli dvigatellarda ishlatiladigan o‘t oldirish svechalarining
ekspluatatsiya muddatini oshirish bo‘yicha taklif etilgan usullar amaliyotda
qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish,
dvigatellarning samaradorligini oshirish va ekologik jihatdan qulayroq ishlashini
ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Hamroqulov О., Magdiyev Sh.P. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi.

Т., «Adolat», 2005.
2.

Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). МЕТОДИКА

ОПРЕДЕЛЕНИЯ

ДЕТАЛЕЙ,

КРИТИЧЕСКИХ

ПО

НАДЕЖНОСТИ

АВТОМОБИЛЕЙ. Academic research in educational sciences,
3.

Адилов, О. К., Умиров, И. И. Ў., & Барноев, Л. (2020). ТРАНСПОРТНИ

ҲАВФСИЗ БОШҚАРИШ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ БАҲОЛАШ. Academic research
in educational science.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

92

4.

. Адилов, О. К., Джиянбаев, С. В., Каршибаев, Ш. Э., Кулмурадов, Д. И., &

Самиев, Х. Х. (2015). Вторичные продукты масложирового производства.
Молодой ученый, (2), 118-121.
5.

Baxtiyorovich, A. I., & Ogli, R. U. F. (2021). YENGIL AVTOMOBILLARDA

YOQILGI SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 1(1)

Библиографические ссылки

Hamroqulov О., Magdiyev Sh.P. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Т., «Adolat», 2005.

Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ДЕТАЛЕЙ, КРИТИЧЕСКИХ ПО НАДЕЖНОСТИ АВТОМОБИЛЕЙ. Academic research in educational sciences,

Адилов, О. К., Умиров, И. И. Ў., & Барноев, Л. (2020). ТРАНСПОРТНИ ҲАВФСИЗ БОШҚАРИШ КЎРСАТКИЧЛАРИНИ БАҲОЛАШ. Academic research in educational science.

. Адилов, О. К., Джиянбаев, С. В., Каршибаев, Ш. Э., Кулмурадов, Д. И., & Самиев, Х. Х. (2015). Вторичные продукты масложирового производства. Молодой ученый, (2), 118-121.

Baxtiyorovich, A. I., & Ogli, R. U. F. (2021). YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILGI SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1)