МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
80
MATN USTIDA ISHLASHDA KOMMUNIKATIV O'YINLARDAN
FOYDALANISH METODIKASI (INGLIZ TILINI IKKINCHI CHET TILI
SIFATIDA O'QITISH MISOLIDA)
Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13924631
Annotatsiya
So’nggi yillarda chet tillarini o’rganishga va o’qitishga bo’lgan
e’tibor sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa chet tili darslarini, xususan,
ingliz tili fanini qiziqarli qilib o’tishni ya’ni turli innovatsion metodlardan, texnik
vositalardan, turli xil o’quvchini jalb qiluvchi, interfaol o’yinlardan foydalanishni
taqozo etmoqda. Dars davomida bunday o’yinlardan foydalanish o’quvchining
fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Ushbu maqolada rus va
ingliz tillarini o’yinlar orqali o’rganish metodlari yoritib berilgan
Kalit so’zlar:
chet tili, interfaol o’yinlar,texnik vositalar,didaktik o’yinlar,
Rolli o’yinlar uslubi, o’yinli grammatika, Taboo words (ta’qiqlangan so’zlar),
Pictionary(so’zli o’yin).
Abstract
In recent years, the emphasis on the study and teaching of
foreign languages has increased significantly. This is done to make foreign
language lessons, especially English, more interesting, that is, using a variety of
innovative methods, techniques and interactive games that challenge a wide
variety of students. Using these games throughout the lesson further enhances
students' interest in learning the subject. This article describes techniques for
learning English and russian through games.
Keywords:
foreign language, interactive games, technical means, didactic
games, role-playing style, game grammar, taboo words (forbidden words),
Pictionary game).
Bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish muhim ahamiyat kasb
etayotganligi sababli, tillarni nafaqat oliy ta’lim muassasalarida, maktablarda,
shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham o’rgatilmoqda. Darslarda
o’ziga xos usullar,qiziqarli metodlar bilan o’tilmasa, o’quvchilarni darsga jalb
qilish biroz murakkab vazifaga aylanishi mumkin [1-4]. Agarda darslarda
an’anaviy usullardan kechilsa, qiziqrli qilib olib borilsa bu nafaqat dars sifatini
ta’minlaydi, shu bilan birga zerikishni oldini olib, passiv o’quvchilarni ham
darsda ishtirok etishga jalb qiladi.
Ingliz va rus tilini o’rgatish jarayonida bir qator qiziqrli o’yinlar mavjud. Shuni
aytib o‘tish joizki, bolalarga til o’rgatishda shunday o’yinlardan oydalanish
kerakki, unda barcha o’quvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsadan
yangilik olishsin (masalan yangi lug’atlar yodlab ketishi mumkin,har kuni shu
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
81
jarayon takrorlansa, o’quvchining lug’at boyligi yuqori darajaga ko’tariladi).
O’quvchilarga darsni grammmatik tushunchalar bilan boshlash noo’rindir,
ayniqsa kichik sinf o’quvchilarini tezda zerikishiga sabab bo’ladi. Natijada dasrga
bo’lgan qiziqish so’nishi mumkin [5-9]. Ular bilan hattoki salomlashish
jarayonini ham noan’anaviy tarzda boshlash kerak, masalan, o’qituvchi kirishi
bilan darsni qandaydir salomlashishga oid inglizcha qo’shiq bilan boshlash
(asosan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mativatsion usuldir)usuli samarali
usuldir. Shu tariqa dars davom etsa, o’quvchilar dars davomida ha bir
topshiriqqa bo’lgan e’tiborini yo’qotishmaydi. Xattoki ular ingliz tili darslarini
intizorlik bilan kutishadigan bo’lishadi. Albatta, bularning barchasini o’qituvchi
tashkillashtirishi kerak va bu pedagogning zimmasida. Shunday ekan chet tilini
o’rganishni qiziqarli qilish uchun ba’zi o’yin turlarini keltirib o’tish mumkin [10-
14]. Ingliz va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun ,,Rolli
o’yinlari’’dan foydalnish mumkin. Bu o’yinning afzallik tomonlari shundaki, bu
vaziyatdan kelib chiqib o’ynaladi. Bu o’yin nafaqat fan o’rganilishi uchun foydali,
shu bilan birga aqliy qobilyatni shakllantirishga ham yordam beradi. Bu o’yinda
mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yo’lovchining
taksini to’xtatgan jarayonidagi suhbati, yoki kiyim do’konlaridagi muloqotlar -
bularning barchasini ingliz tilida ham gapirib, ham ko’rsatib berishadi. Aynan
shu o’yinda, guruh bilan ishlash taktikasini qo’llasak ham bo’ladi, ya’ni
o’quvchilarni guruhlarga ajratib turli mavzularni bo’lib berish. Bu holatda
raqobatlashuv ham vujudaga keladi. Raqobat-yuksalish mezonidir [15].
Topshiriqni yaxshi bajargan guruh rag’batlantirilsa, qolgan o’quvchilarning
intilishi ham kuchayadi. Bundan tashqari, ingliz tili darslarini mazmunli
o’tkazish uchun didaktik o’yinlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir [16-
19]. OBJECT- bu o’yin o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga xizmat qiladi.
Bizga ma’lumki, chet tili fanlarini o’rganishdagi eng muhim yo’nalish bu yangi
so’zarni yod olishdir. O’quvchilarning xarakterlarini hisobga olsak, har bir
o’quvchi o’z usulida lug’at yodlaydi. Shunga ishonchimiz komilki, o’yinlar orqali
yangi so’zlarni yodlash hammaga mos keladi va bu jarayonni yengillashtiradi.
Yuqorida aytib o’tgan o’yinimizda, dars paytida sinf xonadagi 15 ta buyum stol
ustiga qo’yiladi va o’quvchilar kelib bu buyumlarni ko’zdan kechirishadi.
Buyumlarning usti yopib qo’yiladi va so’ngra o’quvchilar ko’rgan narsalarini,
ma’lum vaqt davomida ingilizchasini doskaga yozishlari kerak. Eng ko’p so’zni
to’g’ri yoza olgan o’quvchi g’olib bo’ladi. Shu o’yinning sifatini ta’minlash
maqsadida shuni ayta olamanki, shu vaziyatning o’zida qolgan,ishtirok etmagan
o’quvchilarni ham darsga jalb qilish uchun, ularga shu buyum nomlariga
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
82
bittadan gap tuzish toshirig’i berilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi va bu
befarqlikning oldini ham oladi . Pictionary - ko’pchilik ingliz tili fanini
o’rgatuvchi va o’rganuvchilar uchun bu o’yin tanishdir, ya’ni o’z nomi bilan so’z
o’yini va unda rasm chiziladi. Bu o’yinda rasm chizish uchun oddiy doskadan
yoki magnit doskadan foydalanish mumkin. Sinf o’quvchilari ikki guruhga
bo’linadilar va har bir jamoa uchun doskaning ikki tarafiga jadval chiziladi.
Jamoalarning ballari shu jadvallarga yozib boriladi. Parta ustiga so’z nomlari
yozib qo’yiladi va teskari qilib o’giriladi. Har bir guruhdan o’quvchilar
navbatma-navbat chiqib, yashiringan so’zlar orasidan birini tanlab, doskaga
chizib beradi. Qaysi jamoa birinchi topsa shu jamoaga ball beriladi. Bu o’yin ham
o’quvchilar zehnini charxlaydi. Shuni ham ayta olamizki, rasmlardan foydalanish
- o’quvchilarni tez jalb qiluvchi taktikadir, ayniqsa,u o’quvchilarning o’zi
tomonidan yaratilsa. Taboo words o’yini (Ta’qiqlangan so’zlar) - bu qiziqarli
o’yin o’quvchilarga sinonim so’zlar va ularning tariflarini qo’llashda yordam
beradi. Sinonimlardan foydalanish nutqning ravonligi, so’zlashuvning chiroyli
bo’lishini ta’minlaydi. Ayniqsa ingliz tili fanida so’z qo’llash bilan bog’liq
xatolikga yo’l qo’ymaslik kerak, chunki ingliz tilidagi ko’plab bir xil ma’noni
anglatuvchi so’zlar, gap mazmuniga ko’ra foydalaniladi. Aynan ushbu o’yin shu
jihatda ehtiyotkor bo’lishga yordam beradi. Bunda guruhlar tashkil qilinadi,
ya’ni o’quvchilar qarama-qarshi holda o’tiradilar. Har bir jamoa o’z jamoasidan
bir kishini ro’parasidagi stulga o’tirishi uchun tanlaydi. O’qituvchi esa
o’quvchilar ortiga o’tib katta qog’ozda yozilgan so’z ushlab turadi. O’rindiqda
o’tirgan o’quvchilar bu so’zni ko’ra olmasligi kerak bo’ladi. Jamoaning o’rindiqda
o’tirgan a’zosiga o’qituvchi ushlab turgan so’zni ayttirish uchun biroz vaqt
bo’ladi . Tennis o’yini - bu o’yinning maqsadi o‘quvchilarning tezligini
oshirishdir. Bu o’yin zanjir o’yiniga o’xshaydi va tanlangan mavzu doirasida
bo’lib o’tadi. Bunda aytilgan so’zning so’nggi harfiga yangi so’z aytishi kerak,
masalan mavzu nomi ,,Animals’’ bo’lsa, mavzudan chetlashmagan holda .,,Tiger’’
so’zi bilan boshlansa, ikkinchi ishtirokchi ,,rabbit’’deb davom ettiradi. Shu tariqa
o’yin davom etadi. O’yin davomida to’xtab qolgan o’quvchi 5 daqiqa davomida
javob bera olmasa o’yindan chetlashtiriladi va qolgan o’quvchilar bilan davom
ettiriladi. O’yinni sinf bilan ya’ni ko’pchilik bilan o’ynash juda qiziqarli va
maroqli bo’ladi. Bu o’yinni mavzuni o’zgartirish orqali ham o’ynash mumkin. Shu
bilan birga, o’yinlarni tashkil etish jarayonida, ularni turli texnik vositalar bilan
bog’lab o’tish ham qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Chunki bugungi tez
sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonda barcha yoshlar, o’smirlar va kattalar
ham zamonaviy texnalogiyalarga befarq emas. Shunday ekan, qiziqarli fan
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
83
o’yinlari kompyuterlarda tashkil qilinishi orqali samarali natijaga erishish
mumkin. Darhaqiqat, dars berishda grammatik tushunchalar ham o’rgatiladi,
chunki o’qituvchilarning dars rejalarida bu ko’rsatilgan. Ammo, bu jarayonni
osonlashtirish va qiziqarli o’tkazish uchun ham o’yin mavjud. Masalan mavzu
so’z turkulari (parts of speech). Ular so’z turkumlarini yaxshi o’rganishlari va
bir-biridan ajrata olishi kerak. O’quvchilarga ingliz tilida musiqa qo’yib berilib
qo’shiq ichidan tinglash paytida faqat ot (noun) so’z turkumiga oid so’zlarni
yozish topshirig’i berilishi va keying o’quvchiga boshqa so’z turkumi berilishi
mumkin. Shunday qilib mavzu mustahkamlanadi, bu usulni boshqa mavzularni
o’tish jarayonida ham qo’llash mumkin. Buni o’quvchilar uchun madaniy hordiq
sifatida tashkillashtirish ham mumkin. O’yinlardan foydalanishda ularni
bolalarning bilimiga va yoshiga qarab o’zgartirishimiz, ya’ni osonlashtirish yoki
murakkablashtirishimiz mumkin. Ushbu yuqorida keltirilga o’yinlarning
maqsadi o’quvchilarning xotirasini kuchaytirish, aqliy salohiyatini oshirish,
tezkorlik, ziyraklik, yangi so’zlarni oson esda saqlash va eng asosiysi darsni
mazmunli tashkil qilishdir. Bugungi kunda ta’lim jarayoni asosan an’anaviy
tarzda olib borilayotgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet
tillarini uzluksiz o’rganishni tashki qilish, shuningdek, o’qituvchilar malakasini
oshirish hamda zamonaviy o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada
takomillashtirlishni taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-
kommunikatsiyalari bilan ta’lim berishning ilg’or uslublarni joriy etish yo’li bilan
o’sib kelayotgan yosh avlodni shu o’rganayotgan tillarining mutaxasisi bulishi va
buning negzida ular shu tillarda bemalol so’zlash olishlari maqsadga muvofiqdir.
Zero, barchasi yoshlarimizning buyuk kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchundir.
Zamonaviy ta'lim tizimida o'quvchilarning qiziqishini oshirish va bilim olish
jarayonini samarali qilish uchun yangi metodlar va vositalar izlanmoqda.
Interaktiv o'yinlar bu jarayonda muhim rol o'ynaydi. Ular nafaqat o'quvchilarni
jalb qiladi, balki ularning o'zlashtirish darajasini ham oshiradi.
Interaktiv O'yinlarning Afzalliklari
Qiziqish va Motivatsiya: O'yinlar o'quvchilarning diqqatini tortadi. Ular o'yin
jarayonida faol ishtirok etish orqali o'zlarini qiziqarli muhitda his
qilishadi.Hamkorlik va Jamoaviylik: Ko'p o'yinlar jamoaviy ravishda o'ynaladi,
bu esa o'quvchilarga bir-birlari bilan muloqot qilish va hamkorlikda ishlash
imkonini beradi. Bu ko'nikmalar kelajakda juda muhimdir.Muammolarni Hal
Qilish: O'yinlar ko'pincha muammolarni hal qilishga asoslangan bo'ladi.
O'quvchilar real hayotdagi vaziyatlarga yaqin sharoitda fikrlash va qaror qabul
qilish ko'nikmalarini rivojlantiradilar. O'z-o'zini Baholash: O'yinlar orqali
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
84
o'quvchilar o'z muvaffaqiyatlarini baholash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu esa
ularni yanada ko'proq o'rganishga undaydi.Tezkor Fikr Yuritish: O'yinlar tezkor
fikr yuritishni talab qiladi, bu esa o'quvchilarning aqliy qobiliyatlarini
rivojlantiradi.
Interaktiv O'yinlarni Qanday Qo'llash
Darslarda O'yin Elementlari: O'qituvchilar dars jarayonida o'yin
elementlarini qo'shishlari mumkin. Masalan, savol-javob o'yinlari yoki
viktorinalar orqali darsni yanada qiziqarli qilish mumkin. Onlayn Platformalar:
Turli onlayn platformalar (masalan, Kahoot!, Quizlet) orqali interaktiv o'yinlar
tashkil etish mumkin. Bu platformalar orqali o'quvchilar masofadan turib ham
ishtirok etishlari mumkin. Simulyatsiyalar: Real hayotdagi vaziyatlarni
simulyatsiya qiluvchi o'yinlar orqali o'quvchilar amaliy ko'nikmalarni
rivojlantirishlari mumkin. Masalan, iqtisodiy simulyatsiyalar yoki ekologik
muammolarni hal qilishga qaratilgan o'yinlar. O'rganish Jarayoni Bilan
Integratsiya: O'yinlarni o'qitish dasturiga mos ravishda tanlash va ularni ta'lim
maqsadlariga muvofiq ravishda qo'llash zarur.
Interaktiv o'yinlar ta'lim jarayonini yangilash va o'quvchilarning qiziqishini
oshirishda juda samarali vosita hisoblanadi. Ular yordamida o'qituvchilar
nafaqat bilim berish, balki o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ham
ta'minlashlari mumkin. Kelajakda interaktiv o'yinlardan foydalanish ta'lim
sohasida yanada keng tarqalishi kutilmoqda, bu esa ta'lim sifatini oshirishga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adaboyotlar:
1. "Pedagogika" - S. M. Kamilov.Ta'lim jarayonining nazariy va amaliy asoslari,
o'qitish usullari haqida ma'lumotlar.
2. "O'qitish metodlari" - R. A. Qodirov
O'qitish usullarini tahlil qilish va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha
tavsiyalar.
3. "Ta'lim metodikasi" - M. A. Sattorov
Ta'lim jarayonida foydalaniladigan metodlar va ularning qo'llanilishi haqida.
4. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" - N. A. Murodov. Zamonaviy ta'lim
texnologiyalari va innovatsion usullarni qo'llash haqida
5. "O'qitish usullari va texnologiyalari" - L. M. Ergasheva.O'qitish jarayonida turli
usullar va texnologiyalarni qo'llash bo'yicha amaliy misollar.
6. "Pedagogik texnologiyalar" - T. A. Abdurahmonov.Pedagogik texnologiyalarni
o'rganish va ularni ta'lim jarayonida qo'llash.
7. "Ta'limda o'yin metodlari" - Z. R. Shukurova. O'yinlarni ta'lim jarayonida
qanday samarali ishlatish mumkinligi haqida.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
85
8. "O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma" - Oliy ta'lim muassasalari uchun. •
O'qituvchilarga mo'ljallangan usullar va strategiyalar to'g'risida.