МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
22
KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI
KIMYOVIY VA BIOLOGIK VOSITALARNING TA’SIRI (kichik dala
sharoitida)
Z.Yo’ldosheva
1
U.Xamirayev
2
B. Sodiqov
2
D.Toshmetova
3
1
Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil izlanuvchisi
2
Toshkent davlat agrar universiteti dotsentlari
3
Samarqand Davlat veternariya meditsinasi va chorvachilik biotexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13902454
Hozirgi vaqtda alternarioz kasalligi tufayli kartoshka ekini hosilining
o‘rtacha yo‘qotilishi yiliga 5% ni tashkil qiladi. Ba’zi yillarda kasallangan
o‘simliklar miqdori 100% ga yetadi va hosildorlik 5 dan 78% gacha kamayadi
(Алдиба А. Ш., Еськов И. Д., Мельников А. В., 2019.).
Ushbu maqolada alternariozga qarshi, kimyoviy va biologik vositalarning
kichik dala sharoitida ta’sirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari
keltirildi.
Kimyoviy preparatlardan Gidromil granula 68% s.d.g. va Ridomil Gold
MS 68% s.d.g. preparatlari alternariozning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir
etishi aniqlandi. Biologik preparatlardan esa Orgamika S, s. preparati bilan 2,0
l/ga hamda Serenada Aso sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-meyorda
qo‘llanilganda alternariozning rivojlanishi sezilarli darajada kamayganligi
aniqlandi.
Kalit so‘zlar
: o’simlik,
kartoshka, kasallik, alternarioz, zamburug’, A.solani,
kasallikning tarqalishi, rivojlanishi, Bacillus amyloliquefaciens,
biologik
samaradorlikl.
So‘ngi yillarda zararli organizmlar ta’sirida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan
olinadigan hosilning miqdori va sifati kamayib bormoqda. Bunga sabab, patogen
mikroorganizmlarning iqlim sharoitga moslashishi hamda ularga qarshi
samarali kurash choralarining o‘z vaqtida olib borilmasligidir (Yuldashova Z. et
al., 2023; Bakhrom S. et Al., 2022; Sodikova D. et al., 2022).
Kartoshkada alternarioz kasalligini
A. solani
(Sorauer 1896) zamburug‘i
qo‘zg‘atadi (Van der Waals J. E. et al. – 2003). Qulay sharoitlarda kasallik iyun
oyining oxirida, gullashdan oldin paydo bo‘lishi mumkin, lekin odatda iyul
oyining o‘rtalaridan avgust oyining boshigacha sezilarli darajada rivojlanishi
(mintaqaga qarab) kuzatiladi. Kasallik bilan o‘simlikning barglari, kamdan-kam
hollarda poyalar va juda kamdan-kam hollarda tuganaklar zararlanadi. Kasallik
belgilar ko‘proq pastki barglarida paydo bo‘ladi. Ba’zi epifitotik yillarda,
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
23
alternarioz barglarni tezda nobud bo‘lishidan farqli o‘laroq, o‘simlikka ko‘proq
zarar yetkazadi, bu esa hosildorlikning 20% yoki undan ko‘proq pasayishiga olib
keladi. O‘rtacha erta va o‘rtapishar navlar ko‘proq zarar ko‘radi (Иванюк ва
бошқ., 2003), lekin yo‘qotishlar miqdori ma’lum bir o‘stiriladigan navning
qarshilik darajasiga ko‘proq bog‘liq (Ахатов А. К. и др. -2013).
Kartoshkaning yuqori hosildorligini ta’minlovchi chora-tadbirlar
majmuasida o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish asosiy o‘rinda turadi.
Mazkur tizim dehqonchilik standartlarini takomillashtirish, chidamli navlarni
ekish, biologik va kimyoviy nazorat vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
O‘simliklarni himoya qilish tizimida kimyoviy nazorat qilish usuli muhim o‘rinni
egallaydi. U tez ta’sir etishi, yuqori iqtisodiy samaradorligi, to‘g‘ri va mohirona
qo‘llanilganda inson salomatligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan
ajralib turadi. Biroq, kimyoviy moddalarning keng qo‘llanilishi atrof-muhitning
ifloslanishiga olib keladi. Shuning uchun endi masala ulardan foydalanishni
cheklash haqidadir [Деревягина М. К. и др. 2022].
Kasallikdan himoya qilish uchun mehnat yoki kimyoviy moddalardan
foydalanishning har qanday qisqarishi katta iqtisodiy va ekologik foyda
keltiradi. Bu, ayniqsa,
Phytophthora infestans
dan keyin butun dunyo bo‘ylab
kartoshkaning bargini zararlovchi ikkinchi eng halokatli patogeni bo‘lgan
Alternaria solani
dan himoyalanish uchun to‘g‘ri keladi.
A. solani
tuganaklarning
chirishiga sabab bo‘ladi, bu esa hosilning 50% gacha yo‘qotilishiga olib keladi
(Harrison va Venette, 1970; Horsfield va bosh., 2010). Ushbu zararni cheklash
uchun o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tez-tez qo‘llash kerak (Campo
Arana va boshqalar, 2007). So‘nggi o‘n yillikda agrokimyoviy moddalarning
atrof-muhitga salbiy ta’siridan xabardor bo‘lish bilan birga, fungitsidlardan
samarali foydalanishga bo‘lgan yehtiyoj tez o‘sdi (Van De Vijver R. et al. – 2020.).
Polojenets V.M. va boshqalarning 2009-2011 yillarda olib borgan
tadqiqotlarida kartoshkaning alternarioz kasalligiga qarshi bir nechta
preparatlarni sinovdan o‘tkazishgan. Preparatlarning kartoshka hosildorligiga
ta’sirini dala usulida o‘rganish davomida Skor 250 EC, fungitsidi eng yuqori
samarali ekanligi aniqlangan. (nazoratga nisbatan hosilning ortishi 11,0-26,4%),
eng kam samarali - Tanos (2,1-6,6%). Boshqa preparatlar Charivnik (7,5-16%),
Kuproksat (6,8-14,5%), Kvadris (8,7-16,8%), Akrobat MS (6,1-14,0%), sarimsoq
nastoykasi (8,4-17,3%) taxminan bir xil samaradorlikni namoyon qilgan.
Bundan tashqari, biologik toza kartoshka mahsulotlarini olish imkonini
beradigan, samarali fitofungitsid bo‘lgan sarimsoq nastoykasi (100 g/l) ni
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
24
alternariozga qarshi, kasallikning rivojlanishi past bo‘lgan yillarda qo‘llashni
tavsiya etgan (Положенец В. М. и др. 2015).
Bacillus turlari patogen zamburug‘larning rivojlanishini to‘xtatish yoki
o‘ldirish uchun ko‘p miqdorda antifungal birikmalar ishlab chiqarish qobiliyati
bilan mashhur (Chaurasia et al. 2005). Ular orasida ribosoma bo‘lmagan siklik
lipopeptidlar eng yaxshi o‘rganilgan (Nakano va boshq., 1988; Munimbazi va
Bullerman, 1998; Kim va boshq., 2004; Timmusk va boshq., 2005). Biroq, bu
uchuvchan bo‘lmagan antibiotiklar uzoq masofalarga tarqala olmaydi. So‘nggi
yillarda Bacillus tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchi organik birikmalar
(UOB) o‘simliklarning zamburug‘li kasalliklariga qarshi kurashda yangi
yondashuv sifatida baholandi. Tuproq zarralari orasida tarqalish va dastlabki
qo‘llash joyidan atmosfera orqali juda uzoq masofalarga tarqalish qobiliyati
tufayli UOBlar ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va maqsadli patogenlar
o‘rtasida bevosita yoki jismoniy aloqa qilmasdan o‘zlarining ingibitr faolligini
amalga oshirishlari mumkin (Minerdi va boshqalar., 2009; Heydari va
Pessarakli, 2010). Ularning kuchli antifungal faolligi atrof-muhitga ham,
odamlarga ham do‘stona bo‘lish xususiyati bilan birga, UOBlarni kelajakda
o‘simlik patogenlarini nazorat qilish uchun fungitsidlarni istiqbolli va barqaror
almashtirishga imkon beradi (Fialho va boshq., 2010; Parafati va boshq., 2017;
Zhang D. et al. – 2020.).
TADQIQOT USULLARI.
Tajriba Toshkent viloyatining Toshkent
tumanidagi “Mirqosim Kamola fayz” hamda Zangiota tumanidagi “Oybek-
Bilolbek” fermer xo‘jaliklarida amalga oshirildi.
Sun’iy zararlash va fungitsidlarni purkash kichik dalaga ekilgan 9 haftalik
kartoshkaning “Gala” navi nihollarida olib borildi. Barcha o'simliklar bir
Sun’iy zararlashdan 5 kun o‘tgach preparatlar turli sarf-meyorlarda
Bunda, ham kimyoviy ham biologik vrsitalar sinovdan o‘tkazildi. Birinchi
khqb/ml (Andoza) (7,0 l/ga) preparatlari sinovdan o‘tkazildi.
Tajriba 6 ta variantda hamda 3 ta qaytariqda amalga oshirildi. Bunda har
bir qaytariqda qator orasi 90 sm hamda o‘simlik orasi 30 sm qilib belgilandi. Har
bir qaytariqga 10 tadan, 3 ta qaytariqda jami 30 tadan o‘simlik ekildi. Har bir
O‘simlik a’zolarining zararlanish darajasini hisobga olish inokulyatsiyadan
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
25
Alternariozning tarqalishi quyidagi formula asosida aniqlandi:
P =
N
n
100
,
Bu yerda, P - kasallikning tarqalishi,%; n - namunadagi kasal o‘simliklar
soni, dona; N - namunadagi o‘simliklarning umumiy soni, dona(Чумаков и др.,
1974).
Kasal o‘simliklarning zararlanish darajasi 5 balli shkala yoki foizda
aniqlanadi.
0 ball - 0 sog‘lom o‘simlik; 1 ball - 10% gacha kasallangan o‘simlik; 2 ball -
11 - 25% gacha kasallangan o‘simlik; 3 ball - 26 - 50% gacha kasallangan
o‘simlik; 4 ball - 50% dan ko‘proq kasallangan o‘simlik.
Kartoshkada alternariozning rivojlanishi quyidagi formula yordamida
aniqlandi:
𝑅 =
Ʃ(а × б)•100
Н•К
Bu yerda, R – kasallikning rivojlanishi %;
Ʃ(a • b) – kasallik bilan zaralangan a’zolarning ballardagi ifodasiga
ko‘paytmasining yig‘indisi;
N – kuzatilgan o‘simlik a’zolarining umumiy soni;
K – shkaladagi eng yuqori ball (Чумаков и др., 1974).
Qo‘llanilgan vositalarning biologik samaradorligini aniqlash usuli.
Preparatlarning biologik samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblandi:
Bs =
(Rn − Rt)
Rn
∙ 100
Bs – preparatlarning biologik samaradorligi, %;
Rn – nazorat variantida kasallik rivojlanishi, %;
Rt – tajriba variantida kasallik rivojlanishi, % (Дементьева, 1985).
T
A
D
Q
I
Q
O
T
N
A
T
I
J
Tajribada eng yuqori biologik samaradorlirk Gidromil granula 68% s.d.g.
preparati bilan 2,5 kg/ga sarf-meyorda ishlov berilgan variantda kuzatildi.
Jumladan, 30 o‘simlikdan 20 tasi sog‘lom ekanligi hamda 7 ta o‘simlik 1
ballgacha, 3 ta o‘simlik 2 ballgacha zararlanganligi aniqlandi.
Ushbu variantda kasallikning tarqalishi 33,3 % ni, rivojlanishi 10,8 % ni
hamda biologik samaradorlik 80,9 % ni tashkil etdi. Mazkur preparat bilan 2,0
kg/ga sarf-meyorda ishlov berilgan variantda kasallikning 43,3 % tarqalib, 13,3
% gacha rivojlanishi kuzatildi, biologik samaradorlik esa 76,5 % ni tashkil etdi.
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
26
Tajribada eng kam biologik samaradorlik Kamistar 32,5% sus.k. preparati
bilan 0,5 l/ga sarf-meyorda ishlov berilgan variantda (73,5 %) kuzatildi. Bunda
kasallik aniqlangan 14 ta o‘simlikdan 1 tasi 3 ballgacha, 2 tasi 2 ballgacha hamda
11 tasi 1 ballgacha zararlanganligi mahlum bo‘ldi. Ushbu preparatning 1,0 l/ga
sarf-meyori esa alternariozning rivojlanishiga 79,4 % gacha ta’sir qildi.
Andoza sifatida tanlangan Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparati bilan 2,5
kg/ga sarf-meyorda ishlov berilgan variantda 30 ta o‘simlikdan 19 tasida
kasallik belgilari aniqlanmadi. 3 ta so‘imlikda 2 ball va 8 ta o‘simlik 1 ballgacha
rivojlanishi kuzatildi. Bu variantda biologik samaradorlik 79,4 % ni tashkil etdi.
Biofungitsidlarning biologik samaradorligini hisoblaganimizda, Orgamika
S, s. preparati bilan 2,0 l/ga hamda andoza sifatida tanlangan Serenada Aso
sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilgan variantlarda eng yuqori
(72,7 %) biologik samaradorlik aniqlandi. Jumladan, Orgamika S, s. preparati
bilan 2,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilgan variantda kasallikning tarqalishi 33,3 %
ni hamda rivojlanishi 15,0 % ni tashkil etdi. Mazkur preparat bilan 1,5 l/ga sarf-
meyorda qo‘llanilgan variantda esa kasallikning tarqalishi 46,7 % ni hamda
rivojlanishi 18,3 % ni tashkil etdi. Bunda 30 ta o‘simlikdan 12 tasida 3 ballgacha,
4 tasida 2 ballgacha hamda 8 tasida 2 ballgacha zararlanish kuzatildi (2-jadval).
Orgamika F, s. 1,5 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilgan variantda 30 ta o‘simlikdan 14
tasi (46,7 %) da kasallik belgilari aniqlandi hamda uning 20,0 % gacha
rivojlanishi kuzatildi. Bu variantda biologik samaradorlik 63,6 % ni tashkil etdi.
2,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilgan variantda esa 12 ta o‘simlikda kasallik
belgilari aniqlanib, uning 18,3 % gacha riojlanishi kuzatildi. Mazkur variantda
Orgamika F, s. preparati alternariozning rivojlanishini 66,7 % gacha
to‘xtatganligi aniqlandi.
a ta’siri.
№
Preparatlar
nomi
Ta’sir etuvchi
moddasi
Sarf-
meyo
ri
Namunadagi
o‘simliklarni
ng umumiy
soni, dona
Zararlanish darajasi,
ball
KT,
%
KR,
%
BS,
%
0
1
2
3
4
1
Kamistar
32,5% sus.k.
Azoksistrobin +
Difenokonazol
0,5
30
16
11
2
1
0
46,7
15,0
73,5
1,0
30
20
7
2
1
0
33,3
11,7
79,4
2
Gidromil
Mankotseb
2,0
30
17
11
1
1
0
43,3
13,3
76,5
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
27
granula 68%
s.d.g.
+Mefenoksam
2,5
30
20
7
3
0
0
33,3
10,8
80,9
3
Ridomil
Gold MS
68% s.d.g.
(Andoza)
Mankotseb +
metalaksil M
2,5
30
19
8
3
0
0
36,7
11,7
79,4
4
Nazorat
-
-
30
0
9
9
7
5
100,0
56,7
-
Izoh: KT, %-kasallikning tarqalishi; KR, %-kasallikning rivojlanishi; BS, %-
biologik samaradorlik.
a ta’siri.
№
Preparatlar
nomi
Ta’sir etuvchi
moddasi
Sarf-
meyor
i
Namunadagi
o‘simliklarnin
g umumiy
soni, dona
Zararlanish
darajasi балл
KT,
%
KR,
%
BS,
%
0
1
2
3
4
1
Orgamika S,
s. 2 x 10
8
khqb/ml
Bacillus
amylolique
faciens VKPM
B -12464
1,5
30
16
8
4
2
0
46,7
18,3
66,7
2,0
30
20
4
4
2
0
33,3
15,0
72,7
2
Orgamika F, s.
2 x 10
8
khqb/ml
Trichoderma
asperellum
VKPM F-1323
1,5
30
16
7
4
3
0
46,7
20,0
63,6
2,0
30
18
5
4
3
0
40,0
18,3
66,7
3
Serenada Aso
sus.k. 1x10
9
khqb/ml
(Andoza)
Bacillus
amylolique
faciens QST -
713
7,0
30
19
6
3
2
0
36,7
15,0
72,7
4
Nazorat
-
-
30
0
1
0
8
8
4
100,0
55,0
-
Izoh: KT, %-kasallikning tarqalishi; KR, %-kasallikning rivojlanishi; BS, %-
biologik samaradorlik.
XULOSALAR.
Kimyoviy preparatlardan Gidromil granula 68% s.d.g. va
Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparatlari alternariozning rivojlanishiga sezilarli
darajada ta’sir etishi aniqlandi. Biologik preparatlardan esa Orgamika S, s.
preparati bilan 2,0 l/ga hamda Serenada Aso sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-
meyorda qo‘llanilganda alternariozning rivojlanishi sezilarli darajada
kamayganligi aniqlandi.
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
28
Ammo Kamistar 32,5% sus.k. preparati qo‘llanilgan variantda biologik
samaradorlikning 73,5-79,4 % gacha hamda Orgamika F, s. preparati
qo‘llanilganda 63,6-66,7 % bo‘lishi bu, kasallikni barcha o‘simliklarga bir xil
yuqtirilganligini hisobga olgandi, yaxshi natija hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Алдиба А. Ш., Есков И. Д., Мелников А. В. Биологический контрол
алтернариоза картофеля (Altrnaria solani) микробными антагонистами
//Аграрный научный журнал. – 2019. – №. 9. – С. 4-10.
2.
Ахатов А. К. и др. Болезни и вредители овощных культур и
картофеля. – 2013. Положенец В. М. и др. Изучение эффективности
фунгицидов в системе защиты картофеля от альтернариоза
//картофелеводство: история развития и результаты научных
исследований по культуре картофеля. – 2015. – С. 384-388.
3.
Дементьева М.И. Фитопатология. –М: Агропромиздат, 1985. -397 с.
4.
Деревягина М. К. и др. Влияние различной пестицидной нагрузки на
развитие фитофтороза и альтернариоза картофеля в Центральном
регионе России //Аграрный научный журнал. – 2022. – №. 9. – С. 18-23.
5.
Иванюк В.Г. Защита картофеля от болезней, вредителей и сорняков /
В.Г. Иванюк, С.А. Банадысев, Г.К. Журомский. – Минск : РУП «Белорусский
НИИ картофелеводства», 2003. – 550 с.
6.
Чумаков А.Е. (ред.). Основные методы фитопатологических
исследований. М.: Колос, 1974 – 192 с.
7.
Bakhrom S., Dilduza S., Alisher O. Effects of Phytopathogenic Fungi on
Plants //Бюллетень науки и практики. – 2022. – Т. 8. – №. 4. – С. 192-200.
8.
Campo Arana R. O., Zambolim L., Costa L. C. Potato early blight epidemics
and comparison of methods to determine its initial symptoms in a potato field
//Revista Facultad Nacional de Agronomía Medellin. – 2007. – T. 60. – №. 2. – pp.
3877-3890.
9.
Fialho M. B. et al. Volatile organic compounds produced by Saccharomyces
cerevisiae inhibit the in vitro development of Guignardia citricarpa, the causal
agent of citrus black spot //World Journal of Microbiology and Biotechnology. –
2010. – Т. 26. – pp. 925-932.
10.
Harrison M. D., Venette J. R. Chemical control of potato early blight and its
effect on potato yield //American Potato Journal. – 1970. – T. 47. – pp. 81-86.
11.
Heydari A. et al. A review on biological control of fungal plant pathogens
using microbial antagonists //Journal of biological sciences. – 2010. – Т. 10. – №.
4. – pp. 273-290.
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
29
12.
Horsfield A. et al. Effect of fungicide use strategies on the control of early
blight (Alternaria solani) and potato yield //Australasian Plant Pathology. –
2010. – T. 39. – pp. 368-375.
13.
Kim P. I. et al. Purification and characterization of a lipopeptide produced
by Bacillus thuringiensis CMB26 //Journal of applied microbiology. – 2004. – Т.
97. – №. 5. – pp. 942-949.
14.
Minerdi D. et al. Volatile organic compounds: a potential direct long‐
distance mechanism for antagonistic action of Fusarium oxysporum strain MSA
35 //Environmental Microbiology. – 2009. – Т. 11. – №. 4. – pp. 844-854.
15.
Munimbazi M., Bullerman B. Isolation and partial characterization of
antifungal metabolites of Bacillus pumilus //Journal of applied microbiology. –
1998. – Т. 84. – №. 6. – pp. 959-968.
16.
Nakano, M. M., Marahiel, M., and Zuber, P. (1988). Identification of a
genetic locus required for biosynthesis of the lipopeptide antibiotic surfactin in
Bacillus subtilis. J. Bacteriol. 170, 5662–5668.
17.
Parafati L. et al. Performance evaluation of volatile organic compounds by
antagonistic еasts immobilized on hydrogel spheres against gray, green and blue
postharvest decays //Food microbiology. – 2017. – Т. 63. – pp. 191-198.
18.
Sodikova D. G., Sodikov B. S., Mardonov S. U. Taxonomic analysis of
micromycetes of the highest plants of the Denau arboretum //IOP Conference
Series: Earth and Environmental Science. – IOP Publishing, 2022. – Т. 1112. – №.
1. – С. 012120.
19.
Timmusk S., Grantcharova N., Wagner E. G. H. Paenibacillus polymyxa
invades plant roots and forms biofilms //Applied and environmental
microbiology. – 2005. – Т. 71. – №. 11. – pp. 7292-7300.
20.
Van De Vijver R. et al. In-field detection of Alternaria solani in potato crops
using hyperspectral imaging //Computers and electronics in agriculture. – 2020.
– T. 168. – pp. 105106.
21.
Van der Waals J. E. et al. Influence of environmental factors on field
concentrations of Alternaria solani conidia above a South African potato crop
//Phytoparasitica. – 2003. – Т. 31. – pp. 353-364.
22.
Yuldashova Z., Sodikov B., Khamiraev U. Alternaria disease of potato and
its control (review). EPRA International Journal of Research and Development
(IJRD), 2023. 8(5), 168–172.
23.
Zhang X. et al. Lipopeptides, a novel protein, and volatile compounds
contribute to the antifungal activity of the biocontrol agent Bacillus atrophaeus
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
30
CAB-1 //Applied microbiology and biotechnology. – 2013. – Т. 97. – pp. 9525-
9534.