МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
110
LEGAL AND PRACTICAL ASPECTS OF EARLY CONDITIONAL
RELEASE FROM SERVING A SENTENCE
Khalilov D.A.
Lecturer in the Department of Penitentiary Activities at the Academy of the
Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14555116
Annotation:
early conditional release from serving a sentence, revocation
of early conditional release, regulation, and improvement of early conditional
release.
Keywords:
conditional early release from serving a sentence, Article 73 of
the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan, probation period, criminal
legislation, rule of law, human rights, social adaptation, humanitarian
commission, moral correction, legal status of convicts, foreign experience, fight
against crime.
Bugungi kunda sud-huquq islohotlari natijasida jinoyat qonunchiligi
normalari yanada liberallashtirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda jazodan ozod
qilish asoslari asos va shartlari soddalashtirildi va javobgarlikdan ozod etishga
qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalarning mahkumlarga nisbatan qo‘llanilishi
salmog‘i ortdi.
Shuningdek, insonparvarlik akti sifatida mahkumlarga nisbatan jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish amaliyoti yanada kengaytirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yildan 2023-yilgacha
bo‘lgan vaqt oralig‘idagi statistika ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda har yili
o‘rtacha 26 mingdan ortiq jazo o‘tayotgan mahkumlar o‘rnatilgan tartib qoida
talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi sababli
jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi .
O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo
muddatining kamida uchdan bir qismini; og‘ir jinoyati uchun, shuningdek
qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan
jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan
jazo muddatining kamida yarmini; o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan
muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan
almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi
jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo
muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin
qo‘llanilishi mumkin .
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
111
Ta’kidlash kerakki, jinoyat qonunchiligiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsga faqat bitta shart qo‘yiladi -
jazoning o‘talmagan qismi (sinov muddati) davomida yangi jinoyat sodir
etmaslik, ammo bu talab barcha fuqarolarga taalluqlidir va ularning
konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
sinov muddati davomida ozod qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan muayyan huquqiy cheklovlar nazarda tutilmagan, bu esa bugungi kunda
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish mohiyatan shartsizdir
degan xulosaga sabab bo‘ladi.
Bu yo‘nalishdagi ayrim xorijiy davlatlar tegishli qonunchilik va meyoriy-
huquqiy bazasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni bekor
qilish imkoniyati, hamda ushbu shaxslar xulq-atvori ustidan nazorat qilish
vositalari nazarda tutilgan. Biroq, shartli ozod bo‘lgan mahkum shuni yodda
saqlashi kerakki, qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda ozod qilingan
jazoning o‘talmagan qismini haqiqiy jazo qo‘llash tahdididir. Shuning uchun
ham, shartli ozod qilingan mahkumning mavqei shu jihatdan boshqa barcha
shaxslarning pozitsiyasidan farq qiladi, chunki u yangi jinoyat sodir etgan
taqdirda nafaqat o‘zi uchun, balki oldingi hukm bo‘yicha jazoning o‘talmagan
qismi uchun ham jazolanishi tahdidi ostidadir.
Fikrimizcha, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan
shaxsning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishi muhim va zarur deb
hisoblaymiz. Bu majburiyatlar nafaqat jamiyat xavfsizligini ta’minlash, balki
mahkumning qayta jinoyat sodir etish ehtimolini kamaytirish va uning jamiyatga
qayta moslashishini ta’minlash uchun muhimdir.
Jumladan, xorijiy davlatlardan Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksining 731-
moddasiga ko‘ra, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish muayyan
shartlar asosida, shuningdek, ozod qilingan shaxsning jamiyatdagi normal
hayotga qaytishini osonlashtirishga qaratilgan nazorat vositalari bilan birga
qo‘llanilishi mumkin. Germaniyada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli
ozod qilingan shaxslarga ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun qoidalar
belgilanadi . Buyuk Britaniyada jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod
qilingandan keyin uch yil ichida shaxs jinoyat qonunini buzsa, ilgari va yangi
jinoyati uchun javobgar bo‘lishi mumkin . AQShda jazoni o‘tashdan muddatidan
ilgari shartli ozod qilingan shaxs nazoratga muhtojmi yoki yo‘qligini muhokama
qilinib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish muddatini
qoniqarli darajada o‘tkazsa, shartli ravishda ma’lum bir shartlardan ozod
qilinishi mumkin .
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
112
Shuningdek, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish instituti
o‘ziga xos individual funksiyalarga ega: bularga, birinchidan, iqtisodiy jihatdan
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan mahkumlar jazoni ijro
etuvchi organlar ularga sarflanadigan moliyaviy mablag‘larini tejashga imkon
beradi; ikkinchidan, siyosiy jihatdan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli
ozod qilish jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya huquqi bilan belgilanadi.
Davlatning ushbu yo‘nalishdagi siyosiy maqsadlarini, faoliyat yuritish
tamoyillarini, ushbu faoliyatni tartibga soluvchi normalar uning oldida turgan
vazifalari orqali ifodalaydi; uchinchidan, tarbiyaviy jihatdan jazo o‘tayotgan
mahkumlarning ma’naviy sohasiga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, huquqbuzarning
ongini, xatti-harakatlarini o‘zgartirish sanaladi; to‘rtinchidan, qayta tarbiyalash
jihatdan, mahkumlarning xatti-harakatlarida ma’lum bir tuzatish vazifasini
o‘taydi va ularning keyingi ijtimoiy moslashuvi uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi;
beshinchidan, mafkuraviy jihatdan davlatning manfaatlari va maqsadlari
ifodalangan g‘oyalar va ularni amalga oshirish tizimidan biri hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlardan tashqari, ushbu institut tartibga solish va
himoya qilish bilan ham tavsiflanadi.
Tartibga solish – bu ijtimoiy munosabatlarning normal tashkil etilishini. Jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari talablariga muvofiq, ijtimoiy faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy ta’sir ko‘rsatish usuli hisoblanib,
ularni amalga oshirishning xarakterli usullari quyidagilardir: jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilish asoslari va shartlari, ozod qilingan
shaxslarning huquqiy holati hamda davlat organlarining ushbu institutni amalga
oshirishdagi huquq va vakolatlari kiradi. Himoya qilishning asosiy maqsadi
qonun buzilishining oldini olishdir. Uning o‘ziga xosligi mahkumlarning
noqonuniy xatti-harakatlariga taqiqlarni o‘rnatish va sanksiya tahdidi orqali
ularning irodasiga ta’sir ko‘rsatishdir.
O‘zbekiston
Respublikasining
2023-yil
15-fevraldagi
“O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-817-son qonuniga muvofiq jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida Jinoyat-ijroiya
kodeksiga 971-modda kiritildi . Mazkur moddada mahkumlarning tuzalish
yo‘liga o‘tganligini aniqlash mezonlari belgilangan bo‘lib, mahkumni tuzalish
yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish to‘g‘risidagi xulosani komissiya
tomonidan beriladi.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
113
Yuqoridagi tahlillarga asoslangan holda qayd etishimiz kerakki, birinchidan,
jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tushunchasiga ta’rif
berishda, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish shartli
kechirish emasligiga e’tibor qaratish lozim. Bu holatda jazoning majburlov ta’siri
to‘xtamaydi va jazodan ozod qilishning bu turi qo‘llaniladigan shaxs mahkum
maqomidagi shaxs hisoblanadi; ikkinchidan, shartli ozod qilish tayinlangan jazo
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu jinoiy-huquqiy mexanizm u orqali axloqan tuzatish
maqsadiga erishiladi; uchinchidan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli
ozod qilish jazodan ozod qilish turlaridan biri bo‘lib, u jinoyat va jinoyat-ijroiya
huquqining murakkab instituti hisoblanib, huquqiy xususiyatga ega. Uning
muddatining boshlanishi sud tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari
shartli ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlanadi, oxiri esa
jazo muddati tugagan kun hisoblanadi; to‘rtinchidan, jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilishning mohiyati sud hukmi bilan tayinlangan
jazoning belgilangan qismini o‘tagan va axloqan tuzalganligini isbotlagan
mahkumni qayta jinoyat sodir etmaslik sharti bilan jazoni o‘tashdan ilgari ozod
etishdan iborat.
Shundan kelib chiqqan holda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod
qilishga quyidagicha mualliflik tushunchasini berish maqsadga muvofiq:
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish – jazo turlari uchun
o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda
bo‘lgan, shu bilan birga qonunda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga
ruxsat etilgan mahkumga nisbatan sud tomonidan tayinlangan jazoning
qonunda nazarda tutilgan qismini o‘taganligi uchun jazodan ozod qilishdir.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi ikkinchi qismini
quyidagi tahrirda bayon qilish lozim: “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli
ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari
uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol
munosabatda bo‘lgan hamda tuzalish yo‘liga o‘tganligi to‘g‘risida insonparvarlik
komissiyasining xulosasi mavjud bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu o‘zgarish orqali, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kunidagi Oliy Majlisga qilgan
murojaatnomasidagi ta’kidlaganlaridek “jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va
shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish
muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga
o‘tkaziladi” degan nutqlari inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
114
qaratilgan islohotlarning izchil davomi sifatida hamda jinoyat va jinoyat-ijroiya
qonunchiligidagi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
normalarini unifikatsiya qilish bilan birga uning samaradorligini oshirishga
yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli
ozod qilishga loyiqligini isbotlash qilishga harakat qiladilar, bunda mahkum
ijobiy xulq-atvorini namoyon qilish bilan birga kelgusida jamiyat hayotiga
ijtimoiy moslashuvini rejalashtiradi va qayta jinoyat sodir etmaslikka bo‘lgan
intilishini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashishda
samarali huquqiy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi 2020-yil 29-dekabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-817-son Qonuni.
4.
Respublika jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar
yuzasidan ma’lumot // https://stat.sud.uz/.
5.
Преступление и наказание в Англии, США, Франции, ФРГ, Японии.
Общая часть. Отв. ред. Н. Ф. Кузнецова. – М. : Юрид. лит., 1991 – 287 с.
6.
Уголовное право зарубежных стран // Уч. пособие. Под ред. Н.Е.
Крылова, А.К .Серебрянникова. – М. : Зерцало, 1998. – 208 с.
7.
Примерный Уголовний кодекс США. Под ред. Б. С. Никифорова. – М. :
Прогресс, 1969 – 303 с.
8.
Мелентьев М.П., Корчинский В.А. Реализация принципа социальной
справедливости в право применительной деятельности исправительно
трудовых учреждений. Киев, 1991. С. 17.
9.
Халилов Д. Жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилиш
институтининг ривожланиш тарихий босқичлари //Евразийский журнал
права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 226-232.
10.
Xalilov D., Muxammatqulov S. JAZONI O ‘TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI
SHARTLI OZOD QILISHNING TUSHUNCHASI VA MOHIYATI //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 19. – С. 101-108.
11.
Ugli K. D. A. THE ESSENCE OF THE STAGE OF PAROLE IN THE EXECUTION
OF PUNISHMENT AND ITS THEORETICAL AND LEGAL ASPECTS //International
Journal Of Law And Criminology. – 2024. – Т. 4. – №. 08. – С. 21-25.