Авторы

  • Akmaljon Xoldarov
    Farg‘ona davlat universiteti , tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.60688

Аннотация

Jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari ilm-fan insoniyat taraqqiyotining bosh omili ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu borada O‘rta asr Sharq mutafakkirlari ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiya uchun naqadar dolzarb va zarur ekanligini ochib berish, ushbu bebaho ilmiy  merosni yanada teran tadqiq qilish va ommalashtirish jahon   sharqshunosligining eng asosiy masalalari sifatida e’tirof etilmoqda.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

100

GERMANIYADA ARABSHUNOSLIK MAKTABINING SHAKLLANISHI

VA RIVOJLANISHI

Xoldarov Akmaljon Axmadjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti , tayanch doktoranti

ORCID: https://orcid.org/0000-0002-0126-6789

aaxoldarov95@gmail.com: +998993681543

https://doi.org/10.5281/zenodo.14551384

Jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari ilm-fan insoniyat

taraqqiyotining bosh omili ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu borada O‘rta asr Sharq
mutafakkirlari ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiya uchun naqadar dolzarb
va zarur ekanligini ochib berish, ushbu bebaho ilmiy merosni yanada teran
tadqiq qilish va ommalashtirish jahon sharqshunosligining eng asosiy
masalalari sifatida e’tirof etilmoqda.

XII–XIII asrlarda Yevropada Sharq madaniy boyliklariga qiziqishning

boshlanishi, arab tilidagi asarlarni tarjima qilish zaruriyatini vujudga kelttirdi..

XI-XIII asrlarda musulmon fan yutuqlarini o’rganishni maqsad qilganlar

asosan ispan yoki italyan olimlari hisoblanishardi. XVII-XIX asrlarga kelib, nemis
olimlari bu izlanishlarda asosiy rol o’ynay boshlashdi. Bu davrdagi nemis
tarixshunosligida “Musulmon sivilizatsiyasi”, arab tilshunosligiga doir ilmiy
izlanishlar sezilarli tarzda ko’paydi. Sharq falsafasiga oid arab tilidagi
asarlarning nemis tiliga tarjima qilinishi tezlashdi. Germaniyada arab
tilshunoslari, oriyentalistlari, foklorshunoslari paydo bo’ldi. Bu orqali
“Rivojlangan davr” da yevropa xalqlari hayotida musulmon ilm fan yutuqlarini
amaliy tarzda qo’llash anchagina ijobiy ko’tarilishlarga sabab bo’ldi.

Respublikamizda xalqimizning boy tarixi va madaniyatining ajralmas bir

qismini tashkil etadigan, ma’naviy va ilmiy taraqqiyotimiz uchun g‘oyat muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy qo‘lyozmalarni ilmiy tadqiq etish, ularni
yurtimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida targ‘ib qilish yuzasidan keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada IX–XII asrlarda yashab ijod qilgan
markaziy osiyolik buyuk mutafakkirlar ilmiy merosi salmoqli tadqiqotlarning
ob’ektiga aylandi. Zero, bugungi notinch va tahlikali zamonda taraqqiyot va
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, butun
insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir»1. Biroq, shu bilan birga, hozirga qadar allomalar asarlarining XII–
XIII asrlarda Yevropada tarjima etilishiga oid masalalar maxsus tadqiq
etilmaganligini eslatib o‘tish joiz. Jumladan, bu borada ko‘pincha tarjimaning
yaratilgan asrini keltirish bilangina cheklanilishi, asar tarjimoni kimligi, tarjima


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

101

qanday uslubda, qachon, qaerda yaratilgani hamda uning fandagi tatbiqiga oid
masalalarga kam e’tibor qaratilishi, ayni sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari muhim
ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.

XIII-XV asrlarda Ispaniya hududidagi xristianlar faoliyati qator arab

lug‘atlari va qisqa grammatik qo‘llanmalar yaratilishiga olib keldi, ular o‘z ichiga
nafaqat mumtoz til materialini, balki qayta ishlangandan keyin yo‘q bo‘lib ketgan
ispan-arab shevalarini ham qamrab olgan. Qadimgi shevalar yodgorligi sifatida
mazkur lug‘at va glossariylar o‘z ahamiyatini hozirgi paytgacha saqlab
qolmoqda.

O‘rta asrlarda Sharqni o‘rganish jarayoni Germaniyada barcha G‘arbiy

Yevropa davlatlari uchun umumiy – katolik ilohiyotiga muvofiq va cherkov
homiyligida kechdi. XII asr o‘rtalarida Papa Innokentiy IV Yevropada birinchi
bo‘lib sharq tillari (ibroniy va arab) va adabiyoti kafedrasini tashkil qildi. 1311-
yilda Papa Klement V Venadagi Sinodda arab, xaldey, ibroniy tillarini katolik
olamining yirik universitetlarida o ‘rgatish tashabbusi bilan chiqqanida, bu
jarayon umumyevropa xarakterini oldi. Bundan Germaniya ham chetda qolmadi.
Germaniyalik talabalar ko‘p asrlar mobaynida Parij, Oksford, Salamanka
universitetlarida, shuningdek, Yevropa sxolastikasining boshqa markazlarida
ta’lim olishdi. Uzoq yillar davomida lotin tiligagina tarjima qilingan (masalan,
Qur’oni karim ma’nolarining 1143-yildagi tarjimasi) va shu tilda yozilgan
manbalar, XV asrdan boshlab esa nemis tiliga o‘girilganini ko‘rishimiz mumkin.

XVI asrning o‘rtasida sharq harflari bo‘yicha ilk asarlar va birinchi arab

grammatikasi lotin tilida chop etiladi. Arab tilidagi qo‘lyozmalarning Yevropada
to‘planishi ham arab tilining faol o‘rganilishiga olib keladi. XVI asrda
Germaniyada turkologiya shakllanishni boshladi. Uning rivojlanishi Usmoniylar
manbalarini o‘rganish asosida bo‘ldi. Bu esa bir vaqtda arabcha qo‘lyozmalarga
qiziqish o‘sib borishiga, bu esa, o‘z navbatida, arab tilining yanada faolroq
o‘rganilishiga olib keladi. XVI asrning o‘rtasida sharq harflari bo‘yicha ilk asarlar
va birinchi arab grammatikasi lotin tilida chop etiladi. Arab tilidagi
qo‘lyozmalarning Yevropada to‘planishi ham arab tilining faol o‘rganilishiga olib
keladi. XVII asrda ba’zi nemis xonliklari Sharq bilan savdoda faollik va qiziqish
bildirishgan. 1633-yilda Golshtiniya gersogi Fridrix III Leypsig universiteti
magistri, olim, yozuvchi va tarjimon Adam Oleariy boshchiligida Rossiyga elchi
yuboradi. Uning Rossiya orqali Eronga sayohati olti yil davom etadi.

Mazkur davrda Germaniyada arab tili va yozuvi bo‘yicha birinchi

qo‘llanmalar chop etiladi. XVI-XVII asrlarda Sharq mamlakatlari bilan savdo
aloqalari jadal rivojlangan sharoitlarda sharq tillarini bilish ehtiyoji


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

102

Gollandiyada arabshunoslik rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
Aynan shu mamlakatda Foma Erpeniusning (1614) "Arab tilining birinchi ilmiy
grammatikasi" paydo bo‘ladi. Bu grammatika kitobi asosida g‘arbiy Yevropada
ikki asr arab tili o‘rgatildi va bu darslik Yevropada arabshunoslikning keyingi
rivojiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Leyden universiteti arabshunoslik va umuman
sharqshunoslikni an’anaviy markazi bo‘lib qoladi. Hozirgi kunda ham u o‘z
mavqeini yo‘qotgani yo‘q. Bu yerda arab qo‘lyozmalarini o‘rganish va tanqidiy
nashr etishga ilmiy asoslar solindi.

XVII asrdan boshlab Arab Sharqi mamlakatlari bilan G‘arbiy olimlar

aloqalari mustahkamlanadi. Arab milliy leksikografiyasi asosida arab
leksikografiyasi rivojlanadi. Angliyada tarixiy mazmundagi arab asarlari asosida
arablarning islom oldi va islomdan keyingi tarixini, musulmon diniy adabiyotini
o‘rganish boshlanadi. Olimlar arab tili va ilohiy yozuvlarning qadimgi tillarini
XVII-XVIII asrlarda o‘rganib, arab, xaldey, suriya va efiopiya tillarining
o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa keyinchalik mazkur tillarni o‘rganishda
tarixiy-qiyosiy yondashuvga asos solib, ularning qardoshligini aniqlashga xizmat
qiladi.

Asta-sekin G‘arbiy Yevropa arabshunosligi fan sifatida teologiyadan ajralib

ketadi. Bir qator olimlar, ayniqsa, Angliyada g‘arb uchun arab so‘z san’atining
estetik qadrini ochib beradi. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida arab she’riyati
bo‘yicha tarjima va asarlar paydo bo‘ladi. Maorif davrining ma’naviy va madaniy
ta’siri, Napoleon ekspeditsiyasining Yaqin Sharqdagi siyosiy va iqtisodiy
manfaatlari, Shampolion tomonidan Misr iyerogliflarining ochish-o‘qilishi
natijasida Fransiyada arabshunoslik va arab tilini o‘rganish faol rivojlandi. Bu
mamlakatda yirik sharq tillari maktabi shakllandi va u tez orada nazariy
tadqiqotlar ilmiy markaziga aylanadi.
Por Royal universal grammatikasining paydo bo‘lishi va undagi universalizm
g‘oyalarining rivojlanishi (tilshunoslikka kirish kursini qarang) 1810-yilda
Silvestr de Sasening arab tili ilmiy grammatikasining birinchi kitobi paydo
bo‘lishiga olib keldi. Bu grammatika g‘arbiy Yevropa filologiyasi rivojida tub
o‘zgartiruvchi bo‘lib, mazkur filologiyaning yo‘nalishini butun bir asrga belgilab
berdi. XIX asr o‘rtasiga kelib, Fransiyada sharqshunoslik milliy va xalqaro
markazlari, qo‘lyozmalarning katta to‘plamlari shakllanadi. Mumtoz
arabshunoslik bilan bir qatorda, arab shevalariga ham qiziqish paydo bo‘ladi.
Silvestr de Sase maktabi XIX asr mobaynida uning an’analarini davom ettirib,
XIX asr birinchi choragida yashab ijod qilgan, ilm bilan shug‘ullangan
Rossiyadagi arabshunoslar shakl- lanishiga olib keldi. Silvestr de Sase maktabi


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

103

XIX asrning 1-yarmi va o‘rtasida arab leksikografiyasi bo‘yicha fundamental
ishlar olib borgan, Qur’on, “1001 kecha” ertaklarini nashr ettirgan.
Germaniyadagi shogirdlarining sa’y-harakatlari bilan u yanada rivojlandi.

Adabiyotlar:

1.

Adam Olearius. Guliston asarining tarjimasi (XVII asr).

2.

Goethe, Johann Wolfgang von. West-östlicher Divan (1819).

3.

Mahmudov O.V. Yevropada Markaziy Osiyo olimlari ilmiy merosini

o‘rganishda Toledo maktabining o‘rni. Toshkent, 2018.
4.

Burnett C. A group of Arabic-Latin Translators Working in Northern Spain

in the Mid-12th Century // Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland.
1977. – Vol. 1. – P. 62–108.
5.

Mahmudov O.V. Toledo maktabi – afsona yoki haqiqat: H.TS.Santoyo va

A.Kalashnikovga raddiyalar. O‘tmishga nazar. 4-jild, 4-son. Toshkent, 2021.
6.

Stephanie Bremerich, Dieter Burdorf und Abdalla Eldimagh. Orientalismus

heute Perspektiven arabisch-deutscher Literatur- und Kulturwissenschaft. 2021.

Библиографические ссылки

Adam Olearius. Guliston asarining tarjimasi (XVII asr).

Goethe, Johann Wolfgang von. West-östlicher Divan (1819).

Mahmudov O.V. Yevropada Markaziy Osiyo olimlari ilmiy merosini o‘rganishda Toledo maktabining o‘rni. Toshkent, 2018.

Burnett C. A group of Arabic-Latin Translators Working in Northern Spain in the Mid-12th Century // Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland. 1977. – Vol. 1. – P. 62–108.

Mahmudov O.V. Toledo maktabi – afsona yoki haqiqat: H.TS.Santoyo va A.Kalashnikovga raddiyalar. O‘tmishga nazar. 4-jild, 4-son. Toshkent, 2021.

Stephanie Bremerich, Dieter Burdorf und Abdalla Eldimagh. Orientalismus heute Perspektiven arabisch-deutscher Literatur- und Kulturwissenschaft. 2021.