Авторы

  • Dilraboxon Malikova
    pedagogka fanlari bo‘yicha PhD Qori Niyoziy nomidagi TPMI mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.60703

Ключевые слова:

keys – study texnologiya ta’lim jarayon faollashtirish muammoli vaziyatlar tahlil qilish ilmiy–ijodiy qobiliyatlar.

Аннотация

Quyida keys-study texnologiyasidan gumanitar fanlarni o’qitishda foydalanish ta’limda ijodiy - ma’naviy muhitni yaratilishi, darsni samarali tashkil etilishi, texnologik yondashish - pedagog ijodkorligining samarador mahsuli ekanligi bayon etilgan.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

31

O’QUVCHILARNI IJODIY-MA’NAVIY TARBIYALASHDA “KEYS

STADI” TEXNOLIGIYASIDAN FOYDALANISH

( KEYS-STUDY)

Malikova Dilraboxon

pedagogka fanlari bo‘yicha PhD

Qori Niyoziy nomidagi TPMI mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14383760

Annotatsiya.

Quyida keys-study texnologiyasidan gumanitar fanlarni

o’qitishda foydalanish ta’limda ijodiy - ma’naviy muhitni yaratilishi, darsni
samarali tashkil etilishi, texnologik yondashish - pedagog ijodkorligining
samarador mahsuli ekanligi bayon etilgan.

Tayanch so’z va iboralar:

keys – study, texnologiya, ta’lim, jarayon,

faollashtirish, muammoli vaziyatlar, tahlil qilish, ilmiy–ijodiy qobiliyatlar.

Nazariya.

Keys-stady (inglizcha case - to‘plam, aniq vaziyat, study -

ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda
uning maqsadga muvofiq tarzdagi еchimi variantlarini izlashga yo'naltirilgan
aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil
etilishiga asoslanadi.

Keys stadi - o`qitish, axborot, kommunikatsiya va boshqaruvning qo'yilgan

ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy
muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida kutilayotgan o’quv natijalariga
kafolatli еtishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir tartibga keltirilgan
optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan o’qitish
texnologiyasidir.

Keys stadi texnologiyasi kelib chiqishi va ta’lim tizimida qo‘llanilishi o‘tgan

asrning yigirmanchi yillariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda bu
texnologiya undan ham oldinroq mavjud bo‘lib o‘quv jarayonlarida qo‘llanilib
borilgan. Keys stadi texnologiyasining kirib kelishida yunon faylasufi Suqrotning
maktabi alohida ahamiyatga egadir. Chunki Suqrotning shogirdlari bilan olib
borgan bahs-munozarali suhbatlari, aynan keys stadi texnologiyasini eslatadi.
Shuningdek, turli kashfiyotlarning o‘z tasdig‘ini topishi, isbotlanishida ham keys
stadi texnologiyasi o‘ziga xos o‘ringa ega. Masalan, tanqidiy keyslar ko‘pchilik
nazariyalarni isbotini topishda qo‘llanilgan.

Metodika.

Keys stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida

o‘qitish usulidir.

Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtayi nazaridan

mazkur metod tarafdorlari ko'payib bormoqda.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

32

Har qanday keys quyidagi tuzilishga ega bo‘ladi:

vaziyat-muammo, badiiy asardan va hayotdan misol;

vaziyatning konteksti - xronologik, tarixiy, joy konteksti, harakat
ishtirokchilari o‘ziga xosliklari;

muallif tomonidan keltirilgan izoh;

keys stadi texnologiyasi bilan ishlashda topshiriqlar va savollar to'plami;

ilova.

Qaysi turga kirishidan qat’i nazar keys stadi texnologiyasi o‘z ichiga

yuqoridagi tarkibiy qismlarni oladi. Ularning to‘g‘ri ketma-ketlikda, zarur
qonuniyatlar asosida joylashtirilishi texnologiya samaradorligini oshiradi.
Shuning uchun Keys stadi texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlarini alohida
ko'rsatib o'tish zarurdir.

Keys stadi texnologiyasini ishlab chiqish bosqichlari:

Ta’lim maqsadini belgilash;

O’quvchilarning ta’limdagi yutuqlari natijalari uchun “mas’uliyat
zonasi”ni aniqlash;

Mo'ljallangan o'quv natijalariga erishishni ta’minlaydigan pedagogik
vazifalani belgilash:

Keys texnologiyasini amalga oshiruvchi o‘qituvchi faoliyatining bosqichlari:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) asosiy bosqich: keys texnologiyasini amalga oshirish;
3) tahliliy, baholovchi bosqich.

Tayyorgarlik bosqichi.

Ilmiy-tadqiqotchilik, uslubiy va loyihalash faoliyatini

o‘z ichiga olib, o'qituvchi harakatlarining quyidagi izchilligi bilan bogliq
bo‘ladi:
• keysni yaratadi (agar tayyor keysdan foydalanilmasa);
• ta’lim texnologiyasini loyihalashtiradi va rejalashtiradi;
• ta’lim oluvchilarni tayyorlaydi, ularning keys bilan mustaqil ishlashi uchun
o‘quv va uslubiy ta’minotni ishlab chiqadi.

Keys texnologiyasini loyihalashtirish

.

O’qituvchining keysni yaratish va

uni yеchish jarayonlari bilan bog‘liq harakatlarining izchilligi:
• Ishchi dasturi asosida o‘quv mashg'uloti shakli, turi va vaqtini belgilaydi
(amaliy mashg’ulot, mustaqil ish,o‘quv amaliyoti).
• O‘quv mashg‘uloti maqsadini oydinlashtiradi, o‘quv-mashg’ulotlaridan
kutiladigan natijalar va pedagogik vazifalani belgilaydi.

Xulosa o’rnida 1-sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda

foydalaniladigan keyslardan numanalar keltiramiz.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

33

Saodat bilan Sitora maktab hovlisini tozalashar ekan to`satdan bayroq

ko`tarib

kelayotgan

bolalarga

ko`zlari

tushdi.

“Bayroqni

qayerga

osmoqchisizlar?” - dedi Salima. “Bilmadim”, - dedi Sobir. “Bayroqni
maktabimizning eng baland joyiga osish kerak, usta amakini chaqiramiz”, - dedi
Salima. “Balandga osish shartmi, axir shunchaki bayroq-ku?” – dedi Sobir. “Axir
bu bizning bayrog`imiz, bayrog`imiz bizning faxrimiz, O`zbekistonimizning
ramzi”, - dedi Salima. Usta amaki yordamida bolalar maktabning eng baland
nuqtasiga bayroqni osishdi.

Siz bayroq haqida nimani bilasiz?


Abdullaga har tun buvisi ertak aytib berardi. Kunlarning birida

buvisi kasal bo`lib qolib ertak aytolmay qoldi. Abdulla o`sha tun yomon

tush ko`rdi. Tushida ertak qahramoni bo`lgan bo`ri: “Nega buvingni kasal
qilding, nega buving kasal bo`lib qoldilar?” – deb Abdullaga gapirayotganmish.
Abdulla cho`chib uyg`ondi. Buvijoni yotgan xonaga bordi. “ Buvijon sizga nima
yordam qilay, nima qilsam tezroq tuzalib ketasiz?” – dedi Abdulla. Bolajonim sen
besh bahoga o`qisang, senga har kuni ertak aytib berishga roziman, men tezroq
tuzalaman, chunki sen besh baho olsang sening olgan baholaring menga quvvat
bo`ladi, shifo bo`ladi.

“Konstitutsiya nima?”, - deb so`radi Sitora. Konstitutsiya - bu bizning

qonunlarimizning majmuasi, javob berdi o`qituvchi opa. Qonun nima degani?
Qonun biz rioya qilishimiz kerak bo`lgan qoidalar deya javob berdi o`qituvchi
opa. Iya, biz nimaga rioya qilishimiz kerak? Biz yaxshi o`qishimiz , o`zimizni
yaxshi tutishimiz kerak. Bu ham qonunmi? Albatta, qonun kichik qoidalardan
boshlanadi va kattalashib boradi. Biz bilim olyapmiz, bu ham Konstitutsiyada
belgilab berilgan. Biz shifokorning yoniga borib tibbiy ko`mak olamiz, bu ham
konstitutsiyada belgilab berilgan. Bu kabi biz dam olamiz, bu ham
konstitutsiyamizda belgilab berilgan. O`zbek tili – davlat tili, bu ham
konstitutsiyamizda alohida ko`rsatilgan va belgilab berilgan. Iya, unda
konstitutsiyani o`rganishimiz kerak ekan-da, - dedi Sitora. Albatta,
konstitutsiyamizni o`rganish kerak deya javob berdi o`qituvchi opa.

Vali maktabga yugurib kelayotganda madhiya yangrab qoldi. “Ex,

ulgurmadim”, -dedi Vali. “Nimaga ulgurmading?” – dedi qarshisidan chiqqan Ali.
“Madhiyaga ulgurmay qoldim. Sen nega yuguryapsan, axir madhiya
yangrayapdi-ku? Ey qo`shiqda , kim ko`rib turibdi. Yo`q, bu davlatimizning


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

34

ramzlaridan biri. Axir madhiyada butun dunyo tik yuradi. Men olimpiadada
ko`rganman, sportchilarimiz birinchi o`rinni olganda madhiya yangragan payt
hamma tikka turib madhiyamizni eshitgan. Sen ham, men ham tikka turishimiz
kerak, hattoki shu gaplashib turganimiz ham noto`g`ri, chunki madhiya
yangrayabtida.

Birinchi qor yog`di. Charos maktabga borolmay qoldi, chunki u kasal

bo`lib qolgan edi. Ammo Charos darsdan qolib ketganidan achindi. Maktabdan
keyin uning dugonasi Visola kirib kelganda “Voy dugonajon yaxshiyam kelding,
bugun maktabda nimani o`tdilaring, vazifa berildimi?” – dedi. “Iya, Charos sen
kasalsan-ku, darsni nima qilasan?” – deb so`radi Visola. Qiziqmisan Visola, men
dars tayyorlamasam sizlardan orqada qolaman-ku, - dedi Charos. Shunda Visola
papkasidan o`zi bugun dars tayyorlash uchun olgan kitob-daftarlarini chiqardi
va ular birgalashib dars tayyorlashdi, o`tilgan mavzuni takrorlashdi.

Qorbobo bormi deya so`radi Malika onasidan. “Albatta bor”, -dedi

onasi. “Sen nima so`ramoqchisan? Men Qorboboga maktub yozmoqchiman”, -
dedi Malika. Bu sir. Ertasi kuni Malikaning onasi uning yostig`ining tagidan bir
xat topdi. Xatda shunday so`zlar yozilgan edi: “ Qorbobojon, qishloqda buvim
yashaydilar ular biznikiga yangi yilda mehmon bo`lib kelishlarini juda-juda
xohlayman”.

Sultonning akasi Vatan himoyachisi. Bugun ularning bayrami. Sulton

akasiga xat yozmoqda. Akajon, men maktabda a’lo baholarga o`qiyapman, doimo
besh baho olaman, jismoniy tarbiya darslarini juda yaxshi ko`raman. Jismoniy
tarbiya darsidagi barcha mashqlarni o`z vaqtida bajaryapman. Akajon, undan
tashqari menga matematika, ona tili kabi fanlar ham juda-juda yoqadi. Men ham
siz kabi “Vatan himoyachisi” bo`lmoqchiman, axir Vatan himoyachisi hamma
narsani bilishi kerak-ku, to`g`rimi?

Kumush bilan Shalola yaqin dugonalar. Ular maktabga borisharkan

yo`llaridan Tohir ota chiqib qoldi. Assalomu alaykum bobojon, dedi qizlar. Va
alaykum assalom qizlarim, Kumushoy qizim, sen nima uchun sochlaringga
yaltiroq zakolka taqib olding, axir maktabga boryapsan-ku? Birovlarning
e’tiborini jalb qilasan, dugonalaring zakolkangni tomosha qilgilari kelib qoladi,
sen esa o`z vaqtida darsga e’tibor berolmaysan, dugonalaring ham sendan


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

35

zakolkang haqida savollar berib seni chalg`itishadi. Kumushoy darrov
zakolkasini olib, sochlarini o`rib oldi. Shalola esa hayron qoldi. Iya, qiziq ekan-a
Tohir bobo, nega seni zakolkangni so`radi? Axir, Tohir bobo bizning yaqin
qo`shnimiz, dedi Kumush. U bizga gapirsa yaxshi, aqlli , odobli bo`linglar deb
gapiradi-da.

Komilning ota-onasi unga telefon sovg`a qilishdi. Komil juda-juda xursand

bo`ldi. Oh, ertaga maktabga telefonimni olib boraman, axir o`rtoqlarimda telefon
yo`q-da, men birinchi bo`lib telefon olib borib o`rtoqlarimga maqtanaman.
Shunda Komilning otasi uni yoniga chaqirdi. “O`g`lim Komiljon, biz senga telefon
olib berdik, ammo uni maktabda ishlatmaysan. Maktabga kirayotganingda
telefonni o`qituvchingga topshirasan, qaytib chiqayotganingda maktabda
darslarim tugadi deb onangga xabar berasan , onang seni maktabdan olib keladi.
Iya dadajon, axir telefonni o`rtoqlarimga ko`rsatmaymanmi? Bolajonim telefon
maqtanish uchun olib berilmagan, telefon onangga sening sog`-salomat
darslardan bo`shaganingni bildirish uchun olib berildi. Aks holda telefonni olib
qo`yishga majbur bo`lamiz”, -dedi Komiljonga otasi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. F.A. Astanova A. Abduqodirov Case- Study uslubi Toshkent 2018 yil.
2. “Ta`lim to`g`risidagi qonun” Toshkent 2020 yil.
3. J.Tolipova, I.G`ofurov “Biologiyada ta`lim texnologiyalari” Toshkent 2003 yil.
4. A.Hamidov O`qituvchi uchun qo`llanma Toshkent. 1999 yil.
5. F.T.Rabbimova “Keys stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi” “PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-20, Issue-1, November - 2022

Библиографические ссылки

F.A. Astanova A. Abduqodirov Case- Study uslubi Toshkent 2018 yil.

“Ta`lim to`g`risidagi qonun” Toshkent 2020 yil.

J.Tolipova, I.G`ofurov “Biologiyada ta`lim texnologiyalari” Toshkent 2003 yil.

A.Hamidov O`qituvchi uchun qo`llanma Toshkent. 1999 yil.

F.T.Rabbimova “Keys stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi” “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-20, Issue-1, November - 2022