FRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASIDAGI KOGNITIV-PRAGMATIK AXBOROT VA ULARNI TUSHUNISH USULLARI HAMDA PRAGMATIK MAZMUNNI IMPLITSIT SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR

Аннотация

Frazeologizm semantikasidagi pragmatik axborot nutq jarayonida yoki matnda muayyan kommunikativ vaziyatda reallashib, lingvistik va ekstralingvistik, tarixiy–madaniy, ijtimoiy-madaniy, etimologik axborotlarni ifodalab, muloqot ishtirokchilarining (muallif, kitobxonso‘zlovchi-tinglovchi) pragmatik maqsad va munosabatlarni ifodalalovchi lisoniy vositalardir.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
36-44
67

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Maxmudjonova, F. (2025). FRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASIDAGI KOGNITIV-PRAGMATIK AXBOROT VA ULARNI TUSHUNISH USULLARI HAMDA PRAGMATIK MAZMUNNI IMPLITSIT SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR. Международная конференция академических наук, 4(1), 36–44. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/icas/article/view/64496
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Frazeologizm semantikasidagi pragmatik axborot nutq jarayonida yoki matnda muayyan kommunikativ vaziyatda reallashib, lingvistik va ekstralingvistik, tarixiy–madaniy, ijtimoiy-madaniy, etimologik axborotlarni ifodalab, muloqot ishtirokchilarining (muallif, kitobxonso‘zlovchi-tinglovchi) pragmatik maqsad va munosabatlarni ifodalalovchi lisoniy vositalardir.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

36

FRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASIDAGI KOGNITIV-PRAGMATIK

AXBOROT VA ULARNI TUSHUNISH USULLARI HAMDA

PRAGMATIK MAZMUNNI IMPLITSIT SHAKLLANTIRUVCHI

VOSITALAR

Maxmudjonova Fariza

SamDAQU akadedmik litsey

ingliz tili fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14771115

Annotatsiya

Frazeologizm semantikasidagi pragmatik axborot nutq jarayonida yoki

matnda muayyan kommunikativ vaziyatda reallashib, lingvistik va
ekstralingvistik, tarixiy–madaniy, ijtimoiy-madaniy, etimologik axborotlarni
ifodalab, muloqot ishtirokchilarining (muallif, kitobxonso‘zlovchi-tinglovchi)
pragmatik maqsad va munosabatlarni ifodalalovchi lisoniy vositalardir.

Kirish so’zlar:

konnotativ komponentlar, konnotativ obrazlilik,

kommunikatik-pragmatik maqsad, implitsitlik muammosi.

Sub’ektning ob’ektni baholashi tabiat, odamlar, narsa va hodisalarga

nisbatan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlarda, olamni lisoniy idrok qilishdagi
milliy, madaniy, etnografik, ijtimoiy mavqe, etnografik xususiyatlarini
ifodalovchi lisoniy birliklarda o‘z aksini topadi. Ular frazeologik birlik
semantikasidagi milliy madaniy konnotativ komponentlar deya yuritilib, til
konseptosferasiga kiruvchi tushunchalar sifatida ÿrganiladi [Korolova 1982].
Frazeologik birliklar semantikasida ifodalanadigan pragmatik axborotda
pragmatik maqsad va munosabat, konnotativ obrazlilik, 63 millliy-madaniy
ÿziga xosliklar boshqa lisoniy birliklarga qaraganda kuchliroq ifodalanadi.
Pragmatik axborotdagi ma’noni anglashda frazeologizm tarkibidagi quyidagi
makrostrategik koordinatlar aniqlanadi: a) frazeologik birlikni qo‘llashdan
maqsad(funksiyalar); b) bunda qanday nutqiy harakatlar amalga oshiriladi; v)
nutqiy harakatlar orqali kommunikantlar o‘rtasida qanday pragmatik
munosabatlar yuz beradi (sub’ekt-ob’ekt munosabatlari); g) frazeologik birlik
qo‘llanilgan matnning pragmatik potensiali (kitobxonga, tinglovchiga ta’siri),
unda muallifning, so‘zlovchining kommunikativ intensiyasi. Bunday axborot
retseptorning kognitiv mental ongida tahlil qilingach, frazeologizmning haqiqiy
ma’nosining idrok qilish jarayoni boshlanadi va tinglovchida (kitobxonda)
axborotga nisbatan verbal pragmatik munosabatlar yuz beradi. Idrok qilish
manbadagi axborotning implitsitligi va eksplitsitligida, bildirilgan axborotning
ongli yoki ongsiz idrok qilinishi bilan bog‘liq. Muallifning(so‘zlovchining) mental
niyati turli variantlardagi mazmunni ifodalash mumkinligi tufayli dastlab,


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

37

anglash uchun frazeologizmning matndagi denotativ strukturasiga tayaniladi. Bu
o‘rinda frazeologik ma’no birlikning o‘zidan yoki kontekst yordamida idrok
qilinadigan frazeologizmlar farqlanadi. Ma’lumki, frazeologizmlar tarkibidagi
pragmatik axborot muloqot jarayoniga, matnga emotsionallik, ifodadorlik,
intensivlik

beradigan,

fikrni

estetik

ta’sirli

ifodalashda

turlicha

assotsiatsiyalardan foydalanib, obrazli ifodalashda muhim rol ÿynaydi. Professor
A.Mamatov frazeologizm semantikasidagi obrazlilikni tushunishning beshta
asosi haqida fikr bildiradi: 64 1.Tilda mavjud bo‘lgan erkin so‘z birikmasi
ifodalovchi ma’no bilan frazeologizm ifodalaydigan ma’nodagi o‘xshashlikka
asoslangan obrazlilik. Masalan: Etre en colère – g‘azablanmoq = Tirer son épée –
qilichini yalong‘ochlamoq – g‘azablanib ketmoq. 2.Frazeologik xarakterga ega
bo‘lmagan turg‘un so‘z birikmasiga asoslangan frazeologik obrazlilik: Piler sous
le poids du travail –og‘ir mehnat tufayli qaddi bukilmoq= avoir l’échine souple –
kimningdir oyog‘iga tiz cho‘kmoq. 3.Ibora yoki lisoniy birlikning so‘zma-so‘z
ma’nosiga asoslanib yasalgan frazeologik obrazlilik: Être en hausse- mansabi
ko‘tarilmok= faire son chemin ; 4.Ayrim iboralar komponentlarining so‘zma-so‘z
ma’nosiga asoslangan frazeologik obrazlilik: Se mettre sur les bancs= o‘qishga
kirmoq; Avoir de la barbe au menton= iyagiga saqol bitmoq, haqiqiy erkak
(yigit) yoshiga etmoq. 5.Frazeologik birlikning asosiy ma’nosiga asoslanib
vujudga kelgan obrazlilik: La saison d’or –oltin kuz = La saison d’or - keksalik,
umrning oxiri [Mamatov2015:10-12] . Frazeologik ma’noni aniqlashda
tadqiqotchidan quyidagi faoliyat turlarini rejalashtirish talab qilinadi: 1)
frazeologik birliklar haqidagi bilimlarni to‘liq egallab olish; 2) frazeologik
birliklarni matn ichidan ajrata olish; 3) frazeologik ma’noni anglashda nafaqat
ularning semantikasini, balki ekspressiv-semantik, pragmatik funksiyalarini
ham farqlay olish. Frazeologik ma’noni anglashdagi ko’pchilik xato-kamchiliklar
aynan ularni matn ichidan taniy olmaslik bilan bog‘liq. Tinglovchi yoki kitobxon
ularni ko’pincha erkin so’z birikmalari deb tushunadi va bu ularni oddiy 65
so’zlar vositasida tushunilishiga sabab bo’ladi. Tinglovchi yoki kitobxon ularni
muallif(so‘zlovchi)ning individual uslubi sifatida ham tushunishi mumkin va bu
erkin so’z birikmalarini turg‘un so’z birikmasi sifatida tushunilishiga olib keladi.
Masalan, fransuz yozuvchisi O.Balzakning “Evgeniya Grande” asaridan olingan
quyidagi parchadagi xizmatkor ayolning tashqi qiyofasini tasvirlash uchun
qo‘llanilgan “une taille de cinq pieds huit pouces” jumlasiga e’tibor beraylik: La
grande Nanon ainsi nommée à cause de sa taille de cinq pieds huit pouces
apparnenait à Grandet depuis trent-cinq ans. Uzunlik birliklarini ifodalovchi
so‘zlardan tashkil topgan bu iboradagi “pied” - oyoq, “pouce”- barmoq


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

38

ma’nosinia berishligi bilgan kitobxon yoki suhbatdosh jumlani “oyoq qo‘li
chaqqon, baland bo‘yli ayol” deya tushunishi mumkin. Aslida esa bu jumla
xizmatkor ayolning bo‘yi besh futu sakkiz dyum (taxminan 1 metr 75 sm.)
ekanligini ifodalayapti xolos. Qo’llanilishdan chiqib ketgan va lug‘atlarda
belgilanmagan frazeologizmlar, faqat alohida ijtimoiy guruhlarga tanish bo’lgan
frazeologizmlar orqali ifodalanadigan pragmatik axborot ko‘pincha ularni
tushunilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuningdek, frazeologik
axborot boshqa til vakillari uchun noma’lum bo‘lgan, jamiyating muayyan bir
ijtimoiy-madaniy qatlamiga mansub personajlar tilini, xulq-atvorlarini,
xarakterlarini, o’zaro munosabatlaridagi deyktik belgilarini ham ifodalalashi
mumkin. Kitobxon yoki tinglovchini frazeologik birlikdagi pragmatik axborotni
xato tushunishga majbur qiluvchi omillardan yana biri – ifodalangan
ma’nolarning bir xilligi, ammo bu ma’no boshqa tillarda o‘zgacha leksik birliklar
orqali ifodalanishidir. Bunday hollarda tarjima tilida mavjud bo‘lgan, asliyatga
semantik ekvivalent bo‘la oladigan ekvivalentlar tanlanadiMasalan, “rusé comme
le renard”= tulkidek ayyor; “ dure comme la pierre”= toshdek qattiq va hakozo
[Vinogradov 2004:181]. Nutq jarayonida, ayniqsa badiiy asar matnida
muallifning

individual

maqsadlariga

ko’ra

frazeologizmlar

turli

deformatsiyalarga, tarkibiy o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu odatda muallif
tomonidan personaj tiliga kinoya va yumor, nutq jarayonga tantanavorlik yoki
kulgili

tus

berish

maqsadida

turlicha

pragmatik

xarakterdagi

ekspressivemotsional, baholovchi vositalarni kiritishni ko’zda tutuvchi stilistik
usuldir. [67] Frazeologik birliklar tarkibidagi pragmatik axborotni o’zbek tilida
idrok qilish ko’pincha transformatsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Transformatsiya (tadbil) – bu tarjimaviy xatolarni bartaraf qilishning,
asliyatning leksik, grammatik, stilistik, pragmatik sathidagi ma’no mazmunni
tarjima tilida boshqa vositalarni qo‘llab tushunish usulidir. Pragmatik axborotni
anglashda frazeologizmlarning nutq jarayonidagi funksiyalarini tahlil qila bilish
ham muhimdir.Ular badiiy matnda, nutqda quyidagi pragmatik funksiyalarni
bajaradi: 1) frazeologik birlik sub’ektning ob’ektga nisbatan baholovchi, emotiv,
ekspressiv munosbati, nutqiy harakatini ifodalaydi; 2) frazeologik birlik
sub’ektning volyuntativ, ya’ni adresatning biror ish harakatga undashini,
kommunikatik-pragmatik maqsadini ifodalaydi; 3) frazeologik birlik orqali
ifodalanadigan pragmatik ma’no appelyativ funksiyani bajarib, adresatning
nutqiy xarkatini bajarishga da’vatini ifodalaydi; 4) frazeologik ma’noning
munosabat o‘rnatuvchi funksiyasi, ya’ni muayyan nutq vaziyatlarida
adresatning(tinglovchi-kitobxonni) diqqatetiborining tortish, pragmatik ta’sir


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

39

qilish, bu orqali suhbatdoshni javob reaksiyasiga rag‘bat uyg‘otish vazifasini
bajaradi. 5) frazeologik axborot muloqot jarayonida ekspressiv estetik ta’sir
kilish funksiyasini ham bajaradi. [Volf 1985:228]. Frazeologik birlikning
konnotativ-pragmatik ma’nosi shu o‘rinda fikrni ikki planda ifodalash uchun
xizmat qiladi: birinchidan olamdagi, atrof–borliqdagi narsa va voqealar
ikkilamchi nominsiya qilinadi va ikkinchidan, sub’ektning ob’ektga turlicha
baholovchi munosabatlarini ifodalaydi. Frazeologik birlik semantikasidagi
implkatsiya, presuppozitsiya, inferensiya, implekatura, allyuziya va h. orqali
ifodalanadigan pragmatik [68] ma’noni yoki kognitiv-fon axborotni anglash
quyidagi omillarga tayanilgan holda idrok qilinadi: a) frazeologizm qo‘llanilgan
nutq vaziyati. Bunda muloqot sodir bo‘lgan joy, sharoit, vaqt,
kommunikantlarning o‘zaro munosabatlaridagi ijtimoiy mavqe, (deyktik
vositalar): b) kommunikantlar o‘rtasidagi suhbat uslubini, xarakterini,
mavzusini belgilovchi distansiya, qo‘shimcha tushuntirishlar berish zaruratining
yo‘qligi, avvaldan ma’lum bo‘lgan axborotni chetlab o‘tish imkoniyatining
mavjudligi(implekatura); v) muloqot jarayonida suhbatdoshlarning turli
sohalarga doir fon bilimlardan foydalanish darajasi (lisoniy tajriba boyligi);
g)muloqot jarayonida qo‘llanilgan presuppozitsiyali yoki implitsit axborotning
suhbatdoshlar tomonidan aniq tushunilish darajasi; d) frazeologik birlik
qo‘llanish jarayonidagi pragmatik maqsadning aniqligi, muloqot jarayonidagi
o‘zaro hamkorlik; e) muloqot jarayonida nutq odobi talablariga javob bera
oladigan o‘zaro xushmuomilalik. Tildagi implitsitlik muammosini va uning
badiiy matnni tushunishdagi rolini tadqiq qilish hozirgi zamon
pragmalingvistikasi,

kognitiv

tilshunosligi

bilan

shug‘ullanayotgan

tadqiqotchilar uchun eng murakkab va qiziqarli masalalardan biridir. O‘zida
implitsit axborotni mujassam qilgan, muallif tomonidan verbal ifodalanmagan,
qitobxon yoki tinglovchining o‘zi anglab etishni ko‘zda tutadigan bunday
yashirin ma’nolar badiiy asarning emotsional, pragmatik ta’sirini, muallifning
badiiy mahoratini belgilashi bugungi kunda sir emas. Badiiy matnda implitsit
ifodalangan fikr, uning ifodalanish turlari va vositalari bir asrdan beri nafaqat
tilshunoslarni, balki adabiyotshunoslarni, faylasuflarni, ruhshunos olimlarni
ham qiziqtirib kelmoqda. Bu borada ilgari surilgan g‘oyalar, konsepsiyalar,
yo‘nalishlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan xanuzgacha implitsit
axborotning mohiyati, uning tinglovchining (o‘quvchining) reaksiyasiga
bog‘liqligi, implitsit axborotni tushunish mexanizmi borasida xilma-xil bahslar
davom etib kelayapti. Bu borada lingvistik, psixologik, psixolingvistik, kognitiv
va pragmatik nuqtai nazardan amalga oshirilgan nazariy va eksperimental


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

40

tadqiqotlarning 73 o‘ziyoq til va nutqdagi implitsitlik muammosi ko‘p aspektli va
ko‘p qirrali ekanligidan dalolat beradi. Tilda va nutqda implitsitlik muammosi
bugungi kunda tilshunoslarni, mantiq va faylasuf olimlarni qiziqtirib kelayotgan,
o‘zining murakkab semantik tarkibi bilan, tilda turlicha vositalar bilan
ifodalanishi bilan eng qiziqarli va murakkab muammolardan biridir.
Muammoning nazariy asoslari I.V. Arnold (1982, 1991); S.A. Askoldov (1997);
A.V. Bondarko (1978, 1984); E.S. Kubryakova (1981, 1991, 1996, 2002); A.A.
Maslennikova (1999); YU.M. Skrebnev (1975, 1985, 1990); YU.S. Stepanov
(1971, 1997, 2002)va ko‘plab boshqa olimlarning tadqiqotlarida atroflicha
o‘rganilgan. Lisoniy vositalar orqali ifodalangan axborotning muayyan bir tilning
grammatik, sintaktik qurilishiga bog‘liqligi implitsitlikning grammatik aspektni
tashkil qilsa, yashirin ifodalangan ma’noning stilistik, pragmatik, kognitiv
aspektlarda qiyoslab o‘rganilishini uning til va nutq jarayonida qo‘llanilishini
tadqiq qilishni taqozo qiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida fikrning implitsit
ifodalanishi nutqiy aktning aspektual, temporal, modal, personal, lokativ,
posessiv aspektlarida tadqiq qilinib kelinmoqda-ki, bu borada hamon bahslar
davom etayotganinni, ayniqsa implitsit axborot tushunchasini izohlashda
yagona ta’rifning mavjud emasligi kuzatilmoqda. Jumladan, ayrim olimlar
[T.I.Silman (1969), A.A.Brudniy (1976), K.A.Dolinin (1983)] implitsit ma’noni
o‘rganishda asos sifatida leksik birliklarni tan olsalar, boshqalari uni muloqat
akti jarayonida tadqiq qilish fikrini ilgari suradilar.I.V.Arnold (1982),
A.V.Bondarko (2006), A.G. Baranov (2007), G.K Xamzina (1997). Bunday xilma-
xil yondashuvlarni implitsit ma’noni vujudga keltiruvchi lisoniy vositalar
talqinida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ayrim tilshunoslar implitsit
ifodalangan ma’noni podtekst, presuppozitsiya , lakuna, allyuziya, «to‘liq
ifodalanmagan fikr»[ T.I Silman 1969], [V.Y Mirkin 1976], [A.A. Brudniy 1976],
[I.R Galperin 1981] deya atasalar, boshqalari ularning barchasini implitsit
ifodalangan fikr, yoki implikatsiya deya atashni Arnold (1983), Dolinin K.A
(1983), A.G. Baranov (2007), Xamzina G.K(1997) ma’qul ko‘radilar. Fikrimizcha,
yuqorida keltirilgan atamalarning barchasi fikrning implitsit ifodalanishida
barobar ishtirok etishadi va biz ham ularni fikrni implitsit ifodalash vositalari
degan talqinga qo‘shilamiz. Rus tilshunos olimi A.I. Shevchenko ularni uchta
tipga bo‘ladi: 1) kontekst, 2) vizual-hissiy vaziyat, 3) tinglovchining
(o‘quvchining)

fikrning

verbal

komponentlarining

sintaktik-semantik

xususiyatlariga asoslangan hususiy appersepsion bazasi(fon bilimlari)
[SHevchenko 1983:23]. Ikkinchi bir tadqiqotchi A.V. Bondarko yuqoridagi
tiplarni yana alohida bo‘laklarga bo‘lib, implitsit ifodalanuvchi ma’noni


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

41

aniqlashda 1) fikrning(matnning) lisoniy mazmunini; 2) kontekst orqali
ifodalanadigan axborot mazmunini; 3) vaziyat orqali ifodalanadigan axborot
mazmunini; 4) muloqot jarayonida [76] qo‘llaniladigan fon bilimlarni; 5)
diskursning pragmatik elementlarini hisobga olishni taklif qiladi. Taklif
qilinayotgan 1 va 2 tip tayanch vositalar kontekst orqali anglashiladigan
implitsit ma’noni ko‘zda tutadi va ularni alohida tayanch vositalar sifatida
ajratishga asos yo‘q. Bu o‘rinda 4 va 5 tipdagi «tayanch» vositalar ham
pragmatik ifodalanadgan fon bilimlarni ifodalashi tufayli, ularni E.N.Shiryaev
taklif qilgan 3 tip «tayanch» vositalar safiga qo‘shish maqsadga muvofiq.
Qolaversa, fikrning implitsit ifodalanishida yuqoridagi tayanch vositalarning
barchasi o‘zaro bog‘liklikda ishtirok etadi va bularning hammasi badiiy
matnning implitsit axborotnini tashkil qiladi. Bu o‘rinda fikrni implitsit
ifodalanishida qo‘llaniladigan podtekst, allyuziya, presuppozitsiya, implikatura,
lakuna kabi atamalarning barchasini implikatsiya deya atashni taklif qilgan K.A
Dolinin fikriga qo‘shilishga to‘g‘ri keladi [Dolinin 1983: 37]. Demak, imlikatsiya
birinchi navbatda podtekst(tagma’no) orqali anglashiladi va gapiruvchi
tomonidan qo‘llanilgan presuppozitsiyaga gapiruvchi va tinglovchilarning
muloqot vaziyatlariga, fon bilimlariga asoslanadi. Har qanday fikr kommunikativ
maqsadni ifodalashda muayyan presuppozitsiyalarga asoslanib, to‘liqsiz
ifodalanishi va bunday to‘liqsizlik turli nutq vaziyatlarida turlicha bo‘lishi
mumkin. Shu nuqtai nazardan implitsit ifodalanadigan ma’noni va axborotni
tushunish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim bo‘ladi: 1)fikrning to‘liq
tushunish uchun jumla ifodalayotgan axborotdan tashqarida, noverbal
ifodalangan ichki to‘liqsiz ma’nononi anglashga yo‘naltirilgan mental faoliyat; 2)
gapiruvchi tomonidan strategik usul sifatida amalga oshiriladigan,
tinglovchining(o‘quvchining) bu jumla ichidagi to‘liqsiz ma’noni o‘zi anglab
etishiga yo‘naltiriladigan mental faoliyati .[ 77] Birinchi tip implitsitlik ko‘pincha
axborotning verballashgan va verballashmagan zvenolaridan ma’lum bir
xulosaga kelib, mantiqiy fikrlashni talab qiladigan presuppozitsiyaga asoslanadi.
Quyidagi misolda ob’ektiv sabab va semantik-sintaktik bog‘lanish orqali
mantiqiy prpesuppozitsiya qilinadigan va inkor qilingan suhbatdosh fikri,
implitsit ifodalangan axborotni ko‘rishimiz mumkin: - Ce soir je t’invite aller au
cinema-Bugun kechkurin men seni kinoga taklif qilaman. – Ma mère est malade -
Onam kasal. Ushbu misolda birinchi suhbatdosh uzatayotgan axborot - ikkinchi
suhbatdosh tomonidan tasdiq formada kelayotgan, birinchi suhbatdosh gapiga
sintaktik-semantik jihatdan bog‘langan axborot orqali inkor ma’noni
ifodalayapti. Birinchi suhbatdosh javobdan mantiqiy xulosa chiqarib, o‘z taklifi


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

42

inkor qilinayotganligini anglab olishi lozim. Ya’ni, javob axborotdagi
verballashmagan inkor (to‘liqsiz axborot) mantiqiy presuppozitsiya orqali
to‘ldirilayapti. Bunday implitsitlik matn orqali ifodalanganida esa, tinglovchi
(o‘quvchi) kontekst orqali ifodalangan implitsit ifodalangan axborotni: ya’ni
birinchi suhbatdosh - yigit, ikkinchisi- qiz ekanligini, ular anchadan beri qadrdon
ekanligini ham presuppozitsiya orqali anglab oladi.. Badiiy matnda
ifodalanadigan bunday implitsit axborot tilshunoslikda gap strukturasidagi
implitsit ifodalangan axborotni sintaktik jihatdan tadqiq qilishga yo‘naltiriladi.
Bu o‘rinda matn hosil qilishda presuppozitsiyaga asoslangan implitsit
propozitsiyali gap tiplari va implitsit prezumsiyaga asoslangan gap tiplari
aniqlanadi. Implitsitlikni lingvokognitiv nuqtai nazardan o‘rganilishida
birbirlarini to‘ldiruvchi, gohida bir-birlari bilan sinonim ravishda
qo‘llaniladigan, masalan, implitsit bilim, implitsit ma’no, implitsit mazmun
singari qator atamalarga duch kelamiz. Implitsit bilim deyilganida, odatda ko‘zda
tutilgan, ammo lisoniy vositalar orqali ifodalanmanggan ma’no-mazmunni
anglab olishga doir aqliy –mantiqiy operatsiyalar tushuniladi. Bu atama
tilshunoslikka L.V.Bondarko tomonidan kiritilgan bo‘lib, lisoniy ma’noning
interpretativ komponentlari ko‘zda tutiladi. Bu komponent grammatik
kategoriyalar: aspektuallik, temporallik, modallik, personallik, lokativlik,
posessivlik kabi kategoriyalar orqali voqelanadi [Bondarko 2006]. Badiiy
matnda implitsit ifodalanadigan axborot podtekst –tagma’no tushunchasi bilan
ham bog‘liq. Muhim ma’noviy kategoriyalar hisoblanmish podtekst va
implikatsiya tushunchalarining umumiy tomonlari bo‘lsa-da, ular o‘rtasida
muayyan darajada farqlar ham mavjud. Odatda podtekst –tagma’no deyilganda
kishilarga o‘rganish bo‘lib qolgan, kundalik turmushda suhbat jarayonida
qo‘llaniladigan yashirin, hamma tushunavermaydigan ma’no nazarda tutiladi.
Implitsitlik atamasi esa terminologik xarakterga ega bo‘lib u nutqning belgili
lisoniy va psixologik aspektlarini nazarda tutadi. Podtekst deyilganida, ko‘pincha
muloqot jarayonida intuitiv anglab 80 olinadigan, noverbal ifodalangan fikr ham
nazarda tutiladi.Ana shu nuqtai nazardan har ikkala atama sinonimik ravshda
qo‘llanilib kelinmoqda. Badiiy matndagi implitsit ifodalanadigan fikr rus
tilshunos olimlari Dolinin K.A (1983), Bagdasaryan (1983), Nikitin (1988),
Sitdikova (1985), Molchanova (1988), Bezugla (2007), Ermakova (2007, 2008,
2009)larning tadqiqotlarida atroflicha o‘rganilgan. Qator tadqiqotlarda
implitsitlik va podtekstning to‘liqsiz sinonimlari sifatida «yashirin ma’no» Popov
(1983), Maslennikova (1999), Oblachko (2005), «ma’no ko‘pplpnliligi» [Fedorov
1981], «matniy implikatsiya» [Kuxarenko 1974], [Arnold 1982, 1983, 1990]


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

43

atamalari qo‘llanilishini ham kuzatamiz. Implitstlik muloqot jarayonida nutq
vaziyati va kontekst orqali aniqlanadi. Bu o‘rinda nutqiy implitsit ma’noning
lisoniy vositalar orqali ifodalangan implitsit mazmundan farqlash muhimdir.
Chunki nutqiy implitsit ma’noni hosil qilishda turli-tuman komponentlar:
situativ

kontekst,

avvaldan

o‘zlashtirilgan

ensiklopedik,

pragmatik,

kommunikativ bilim va malakalar ham ishtirok etadi. Implitsit mazmunni idrok
qilish jarayonida qo‘l keladigan kognitiv bilimlar shunday qilib nutqiy fikrni
presuppozitsiyalar orqali kontekst yordamida idrok qilinishiga olib keladi. Nutq
jarayoni kognitiv aspektda tadqiq qilingan ishlar tahlilidan quyidagi ikki
xulosaga kelish mumkin: birinchidan, kognitiv bilimlar inson ongida muayyan
ma’no anglatuvchi strukturalar shaklida saqlanadi. Shunday qilib, inson ongidagi
kognitiv bilimlar nutq jarayonida tizimli xarakterga ega bo‘lgan pragma- [81]
kommunikativ va baholovchi pragmatik implitsit mazmunni vujudga kelishiga
xizmat qiladi Badiiy matnda yoki muloqot jarayonida qo‘llanilgan pragmatik
axborot va pretsedentlik fenomeni muayyan ijtimoiy muhitida yashagan va
yashayotgan barcha kishilar uchun doimo tushunarli bo‘ladi va uni nutq
jarayonida, diskursda qo‘llanishi boshqa til vakillari uchun doimo tushunarli
bÿlavermaydi [Babenko 2004]. P.Merimening Tamango novellasidan olingan
quyidagi misolda pragmatik axborot joy nomi orqali implikatsiya qilinmoqda.
Ikkinchi til vakili uchun bunday joy nomi hech qanday pragmatik axborot uzata
olmasligi sababli u matn ostida yoki ichida izohlanadi. Au combat de Trafalgar, il
eut la main gauche fracassée par un éclat de bois ; il fut amputé. Trafalgar
jangida kema machtasining zambarak o‘qidan qulagan yog‘ochi uning chap qo‘l
panjalarini majaqlab yubordi.Uning panjalarini kesishga to‘g‘ri keldi.( Au combat
de Trafalgar - Fransuzlar dengiz floti inglizlar tamonidan tor-mor qilingan
denigiz qirg‘og‘idagi joy nomi) Bu o’rinda pretsedent otlar orqali implitsit
ifodalangan fikr va axborotning quyidagi umumiy belgilarini keltirish mumkin: -
pretsedent otlar orqali ifodalangan implitsitlik, ya’ni noverbal ifodalanadigan
axborot milliy-lisoniy jamiyatning barcha vakllari tomonidan yaxshi
tushunilgani holda tarjimada tilida yoki boshqa milliy madaniyat vakillari uchun
qÿshimcha izoh berishni talab qiladi; [83] pretsedentlik orqali ifodalangan
implitsit axborot muayyan millat vakillarining milliy-madaniy ongida
shakllangan kognitiv bilimlarga asoslanadi. Bunda shu millatga mansub o’ziga
xoslik va umummilliy universal kategoriyalar o’z ifodasini topadi; -muloqotda
yoki diskursda qo’llanilgan pretsedent ot bilan ifodalangan implitsit ifodalangan
axborot u yoki bu milliy-lisoniy, madaniy jamiyat rivojlanishi jarayonida doimo
yangilanib turishi mumkin [Gudkov 1997, 106-117]. Rus pragmalingvisti


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

44

M.L.Makarov matnni umumiy tuzilishini o‘rganishda noverbal ifodalanadigan
implitsit axborotni presuppozitsiya propozitsiya, referensiya, eksplikatura,
inferensiya, implikatura, relevantlik kabi noverbal vositalar orqli talqin qilishni
taklif qiladi [Makarov 2003, 119-137].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoev Sh. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2018 yil 6
aprel. - №15 (4465).
2.

Mirziyoev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz

ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir mavzusida
O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq
so‘zi. 2019 yil, 4-avgust.
3.

23. Виноградов, В. С. Лексические вопросы перевода художественной

4.

прозы. М.: Изд-во МГУ, 1978.- С. 174 с.

5.

24. Виноградов, B.C. Перевод. Общие и лексические вопросы. М., 2004.

-240 с.
6.

49. Макаров М.Л.Коммуникативная структура текста.-Тверь, 1990.-

130 с.
7.

50.Маров В.Н. Прагматико-стилистическая характеристика речи

8.

партнеров коммуникаци. // Сборник науч. трудов: Прагматика и

стилистика
9.

текста. Алма-Ата: КазГУ, 1988. - 173 с.

10.

51. Наер, В.Л. Прагматика текста и ее составляющие // Сб. науч.

трудов.
11.

Вып. 245. -М., 1985.

12.

52.Нахимова, Е. А. Прецедентные имена в массовой коммуникации

13.

:монография. -ГОУ ВПО «Урал. гос. пед. ун-т» ; Ин-т социального

образования. Екатеринбург, 2007.-207 с.

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2018 yil 6 aprel. - №15 (4465).

Mirziyoev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir mavzusida O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2019 yil, 4-avgust.

Виноградов, В. С. Лексические вопросы перевода художественной

прозы. М.: Изд-во МГУ, 1978.- С. 174 с.

Виноградов, B.C. Перевод. Общие и лексические вопросы. М., 2004. -240 с.

Макаров М.Л.Коммуникативная структура текста.-Тверь, 1990.- 130 с.

Маров В.Н. Прагматико-стилистическая характеристика речи

партнеров коммуникаци. // Сборник науч. трудов: Прагматика и стилистика

текста. Алма-Ата: КазГУ, 1988. - 173 с.

Наер, В.Л. Прагматика текста и ее составляющие // Сб. науч. трудов.

Вып. 245. -М., 1985.

Нахимова, Е. А. Прецедентные имена в массовой коммуникации

:монография. -ГОУ ВПО «Урал. гос. пед. ун-т» ; Ин-т социального образования. Екатеринбург, 2007.-207 с.