МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
102
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA
EKSPLUATATSIYADAGI KO’PRIK VA YO’LO’TKAZGICHLARNING
SHIKASTLANISHLARI VA ULARNING INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’MIRI
Hikmatova Inobat Fazliddin qizi
Toshkent Davlat transport universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14754064
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi sharoitida
ekspluatatsiyadagi ko’prik va yo’lo’tkazgichlarning shikastlanishlari va ularni
innovatsion texnologiyalar asosida ta’mirlashning samarasi haqida keltirib
o‘tilgan. Shuningdek, Deformatsion choklarni yangi texnologiyalar asosida
ta’mirlashda xizmat qiladigan mashina va mexanizmlar, materiallar keltirib
o’tilgan.
Kalit so’zlar:
deformatsion chok, chaqiqitosh mastikali deformatsion chok,
gifroizolyatsiya, inventarizatsiya, doimiy nazorat, rejali nazorat, profilaktik
nazorat, filtratsiya, mukammal ta’mir, rekonstruksiya.
Jahonda, zamonaviy shahar va megapolislarda transport-kommunikatsiya
tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, harakat jadalligi va tezligining
ortishini e’tiborga olgan holda avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarini qurish
va ekspluatatsiya qilish hamda ularni yagona tizimga keltirish masalalariga
alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda
ekspluatatsiyadagi avtoyo‘l ko‘priklarida tabiiy-iqlimiy va texnogen omillar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqson va shikastlanishlarni oldini
olish, mavjudlarini bartaraf etish inshoot konstruksiya elementlarida matoli
kompozitsion materiallarni qо‘llash orqali amalga oshirilmoqda. Shu jihatdan
avtomobil yo‘llaridagi mavjud ko‘prik inshootlarini mustahkamligi, ishonchliligi
va xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha mavjud hisoblash usullarini
takomillashtirish hamda shahardagi temirbeton ko‘prik inshootlarini faol
monitoring qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy qism.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-
oktabrdagi “Avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni
qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PQ-3309-sonli, 2018-yil 29-martdagi “Toshkent shahrida, viloyatlarda va
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2018-2022 yillarda avtomobil yo‘llari
ko‘priklarini, yo‘lo‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish, kapital
ta’mirlash va rekonstruksiya qilish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3632-
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
103
sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida bir nechta ko‘priklar
rekonstruksiya qilinmoqda [1].
“Farg‘ona yo‘li (Qo‘yliq) va 4P1 avtoyo‘llari chorrahasidagi transport
kesishmasining kapital ta’miri” loyihasi shu jumladandir. Bu yo‘lo‘tkazgich
1999-yilda qurilib ekspluatasiyaga topshirilgan. Vizual ko‘rik natijasida
deformatsion choklarda ham nuqsonlar aniqlangan va qoniqarsiz ahvolda deb
baholangan. Shuningdek, chokdagi kompensatorlar yaroqsiz, tayanchlar
yuqorisidagi qatnov qismi o‘pirilgan, qatnov qismidagi gidroizolyatsiya qatlami
buzilgan, suv filtratsiyasi izlari ko‘rinib turgan ahvolda (1-rasm).
Yo‘lo‘tkazgichning kapital ta’miri loyihasida deformatsion choklar to‘la
almashtirilishi tavsiya etilgan.
1-rasm. Farg‘ona yo‘li (Qo‘yliq) va 4P1 avtoyo‘llari kesishmasidagi
yo‘lo‘tkazgich tayanchlari ustidagi deformatsion choklarining qoniqarsiz holati
Toshkent shahri Bobur ko‘chasidagi temir yo‘l va KXAY ustidan o‘tgan
yo‘lo‘tkazgichning inventarizatsiya vaqtidagi foydalanish muddati 51 yil ekanligi
aniqlangach, undagi shikastlanishlar ko‘zdan kechirilib ko‘prik qoniqarsiz
ahvolga kelib qolganligi yaqqol ko‘rindi (2-rasm).
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
104
2-rasm. Bobur ko‘chasidagi temir yo‘l va KXAY ustidan o‘tgan
yo‘lo‘tkazgichning qoniqarsiz holati
Shu kungacha ko‘prikda harakat qismini qordan, loy va chiqindilardan
tozalash, devorlarini ohakli qorishma bilan bo‘yash, metall to‘siqlarini bo‘yash,
qish mavsumida harakat qismini tuz yordamida muzdan tozlash ishlari bajarib
kelingan, lekin ekspluatatsiya qilish jarayonida inshootlarning doimiy nazorati
bo‘yicha quyidagi tadbirlar: doimiy kuzatuv (yil davomida), profilaktika (3-10
yil), rejali – oldini olish ta’mirlash (5-20 yil), ta’mirlash (15-30 yil),
rekonstruksiya (zarurat tug‘ilganda) amalga oshirilmaganligi sababli temirbeton
oraliq qurilmalar, ko‘prik qoplamasi, tayanchlar, konuslar, yo‘naltiruvchi
inshootlar, ko‘prik osti fazosi kabi nosozliklar paydo bo‘lib, qoniqarsiz holatga
kelgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan yo‘lo‘tkazgichning asosiy qismida
mukammal ta’mirlash, o‘ng tomonidagi tushish yo‘lagini rekonstruksiya qilish
talab etiladi.
“Toshkent – Keles – Qozog‘iston Respublikasi Sari-ag‘ach shahri 4P-4a
avtomobil yo‘lining 2 km dagi temir yo‘l ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgichi”
ko‘rikdan o‘tkazilganida foydalanilgan muddati 23 yil ekanligi aniqlangan va
yo‘lo‘tkazgichni rekonstruksiya qilish tavsiya etiladi (3-rasm).
3-rasm. Toshkent – Keles – Qozog‘iston Respublikasi Sari-ag‘ach shahri 4P-
4a avtomobil yo‘lining 2 km dagi temir yo‘l ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgichining
qoniqarsiz holati
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
105
Ahmad Donish ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li (Abdurahmonov), Miskin va
Usta shirin kesishmasidagi yo‘lo‘tkazgichning foydalanish muddati 18 yil
ekanligi aniqlangan (4-rasm). Xavfsizlik nuqtai nazaridan yo‘lo‘tkazgichni
mukammal ta’mirlash talab etiladi.
4-rasm. Ahmad Donish ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li (Abdurahmonov),
Miskin va Usta shirin kesishmasidagi yo‘lo‘tkazgichning qoniqarsiz ahvoli
Mazkur yo‘lo‘tkazgichda qovurg‘ali (гребенчатый) turdagi deformatsion
chok konstruksiyasi qo‘llanilgan. Deformatsion choklar qoniqarsiz ahvolda.
Oraliq to‘sinning yon ko‘rinishidan uning nosoz holatda ekanligini ko‘rish
mumkin. Ushbu shikastlanishlar holatoga ko‘ra yo‘lo‘tkazgichni mukammal
ta’mirlash talab etiladi.
Imom Al-Buxoriy va Shoxi Zinda koʻchalari kesishmasidagi yoʻl oʻtkazgichi
inventarizatsiyadan o‘tkazilganda foydalanilgan muddati 18 yil ekanligi
aniqlandi (5-rasm).
5-rasm. Imom Al-Buxoriy va Shoxi Zinda koʻchalari kesishmasidagi yoʻl
oʻtkazgichning qoniqarsiz ahvoli
Keltirib o‘tilgan yo‘lo‘tkazgichlardagi sikastlanish va nuqsonlar ko‘plab
ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlarda uchraydi.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
106
2025 — 2030 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa
sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va
saqlash bo‘yicha 6188 ta ko‘prik inshooti rejaga kiritilgan.
Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy
inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va saqlashda
ishlarni yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu
borada deformatsion choklarni ta’mirlashda Jahon amaliyotidagi ko‘plab usullar
o‘rganib chiqildi va yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha
tavsiyalar berildi.
6-rasm. Deformatsion choklarni ta’mirlashda sarflanadigan xarajatlar
o’rtasidagi tavfovut diagrammasi
Bitta yoʻl oʻtkazgichning deformatsion choklarini yangi innovatsion
texnologiyalar qoʻllash orqali va eski texnologiyalar asosida ta’mirlash
jarayonida xarajatlar oʻrtasidagi tafovut 10 yilda 243,8 ming AQSh.dollarini
tashkil etadi.
Yangi innovatsion texnologiyalarni qoʻllashning afzalliklari shundan
iboratki, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning temir beton konstruksiyalarini uzoq
muddat xizmat qilishini ta’minlaydi.
Amalda mavjud texnologiyalar asosida deformatsion choklarni
ta’mirlashdagi asosiy kamchiliklar: koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning temir
beton konstruksiyalari qismlariga yomgʻir va qorlarda hosil boʻlgan suvlarning
oʻtishi sababli yuza qismlarining emirilishiga olib kelgan. Buning oqibatida,
doimiy ta’mirlash ishlari xarajatlari ortib ketadi.
0
10 000
20 000
30 000
40 000
50 000
60 000
70 000
23 244
68 806
24 501
0
26 070
0
27 730
0
29 556
0
31 564
0
33 774
0
36 205
0
38 635
0
41 309
0
narx
(A
QS
H
dol
lari
Eski texnologiyalar Yangi texnologiyalar
Deformatsion choklarni ta'mirlashda yangi texnologiyalarni qoʻllash va amaldagi me'yorlar
asosida ta'mirlash ishlari uchun sarflanadigan xarajatlar oʻrtasidagi tafovut DIAGRAMMASI
2022
2023
2024
2025
2026
2027
2028
2029
2030
2031
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
107
Yuqorida keltirib oʻtilgan deformatsion choklarni saqlash uchun amalga
oshiriladigan harajatlarni inobatga olgan holda, yangi texnologilarni qoʻllanilishi
maqsadga muvofiqdir. Chunki, yangi texnologiyaning samarali ishlashi temir-
beton konstruksiyalarning saqlanish muddatini uzaytiradi, avtotransport
vositalarining harakatlanishida qulayliklar yaratadi.
«Koʻprikqurilish» tresti UK tizimidagi yangidan tashkil etilgan
«Koʻprikkurilishfoydalanish»
UK
balansiga
qabul
qilib
olinayotgan
Respublikamizda mavjud 500 p.metr va undan uzun boʻlgan 71 ta koʻpriklar va
yoʻl oʻtkazgichlar defarmatsion choklarining umumiy uzunligi 12 km.ni tashkil
etadi. Ushbu choklar yangi texnologiyalar asosida ta’mirlansa 3,3 mln.AQSh
dollari, amalda mavjud texnologiyalar asosida ta’mirlanganda esa 5,9 mln. AQSh
dollari sarflanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, defarmatsion choklar yangi
innovatsion texnologiyalar asosida ta’mirlanganida 2,6 mln. AQSh dollari
miqdoridagi mablagʻ tejaladi.
Deformatsion choklarni ta’mirlash uchun xarid qilinayotgan yangi
mexanizmlar oʻzining samaradorligi bilan ularni xarid qilish uchun
sarflanadigan xarajatlarni qisqa vaqt mobaynida qoplaydi.
Choklarni
toʻlgʻizuvchi
mexanizm CRAFCO SUPERSHOT. (
190-200S)
Issiq qorishmani yotqizuvchi
mexanizm PATCHER.
( 218S)
Asfalt
qoplamalarini
qirquvchi
mexanizm –
CRAFCO MOD.30
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
108
Asfalt
qoplamalaridagi
yoriqlarni ta’mirlashda
ishlatiladigan mexanizm -
CRAFCO MOD.30(RS-200)
Germetik
/Sealant
Roadsarver 34515
Mastika/Mastic PARKING LOT
PLS202
7-rasm. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarning
deformatsion choklarini ta’mirlashda foydalaniladigan mexanizmlar va
materiallar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan yo‘lo‘tkazgichlarning qoniqarsiz shikastlanishlarini
yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llab ta’mirlashdan so‘ng ularning
ekspluatatsiya umri oshirildi. Deformatsion choklari chaqiqtosh mastikali
deformatsion chok konstruksiyalariga o‘zgartirildi (8-10 rasmlar).
8-rasm. Deformatsion choklarning mukammal ta’mirdan avvalgi holati
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
109
9-rasm. Muakammal ta’mirdan so‘ng deformatsion choklarning yangi
texnologiya asosida almashtirilgan holati
10-rasm. Yangi qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichda deformatsion choklarning
yangi texnologiya asosida o‘rnatilishi
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
110
11-rasm. Rezinali deformatsion chok konstruksiyasi
12-rasm. Rezina-metall deformatsion chok konstruksiyasi
Chaqiqtosh mastikali deformatsion chok konstruksiyasidan tashqari
Respublikamizda Jahon amaliyotida anchadan buyon qo‘llanilib kelinayotgan
rezina-metal deformatsion chok va rezina deformatsion chok konstruksiyalari
ham qo‘llanilmoqda (11-12 rasm).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Toshkent
shahrida, viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2018-2022 yillarda
avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
111
qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish Dasturini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PQ–3632-sonli qarori.
2.
Shermuxamedov U.Z., Sobirova M.M. O‘zbekiston Respublikasining
avtomobil yo‘llaridagi temirbeton ko‘prik inshootlarini ekspluatatsiya tizimining
hozirgi holati // “Yosh ilmiy tadqiqotchi” I xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.
– TDTrU, 2022-yil 1-2 Aprel, – 30-34 b.
3.
Хикматова И. Ф. Обзор эксплуатируемых деформационных швов на
существующих мостах // “Journal of science-innovative research in
Uzbekistan” Jurnali volume 2, issue 6, 2024. June, p. 552.
4.
I. F. Khikmatova. Features of work and scope of application of crushed
stone mastic expansion joints of bridge structures // Nazariy va amaliy
fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta’limning innovatsion yo’nalishlari,
Vol.1 №5 (2024). May
5.
Хикматова И. Ф. Тенденции совершенствования деформационных
швов автодорожных мостов // Innovative technologies in construction
Scientific Journal (ITC) Volume 9| Issue 1, p. 106-110
6.
Шермухамедов У.З. Влияние точности настройки динамических
гасителей колебаний на сейсмостойкость мостов // Вестник ДНУЖТ. –
2012. №41, – с. 175-181.
7.
Курбацкий Е.Н. Сейсмоизолирующие устройства для мостов. – М.:
МИИТ, 2010. – 73 с.
8.
Владимирский С.Р. Современные методы проектирования мостов.
М.: Транспорт, 1998 г.