Авторы

  • Dilfuza Fayzullayeva
    p.f.n., dotsent, Xalqaro Nordik Universiteti
  • Maxfuza Negmatova
    Universitet 2-kurs magistori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.64831

Ключевые слова:

ta’lim tarbiya inklyuziv tafakkur rivojlanish intеllеktual salohiyat takomillashuv ijodiy tafakkur dunyoqarash ijodiy yondashuv tafakkur.

Аннотация

ushbu maqolada alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib berish, ular bilan olib borilga tajriba sinov ishlari olingan natijalar, inklyuziv ta’limning samaradorligi haqida so‘z boradi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

77

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI O‘QITISHDA INKLYUZIV

TA’LIMNING MAQBULLIGI VA SAMARADORLIGI

Fayzullayeva Dilfuza Mirakbarovna

p.f.n., dotsent,

Xalqaro Nordik Universiteti

Negmatova Maxfuza Mansurovna

Universitet 2-kurs magistori

https://doi.org/10.5281/zenodo.14800872

Annotatsiya:

ushbu maqolada alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish,

ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori
ta’lim jarayonada teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
imkoniyatini yaratib berish, ular bilan olib borilga tajriba sinov ishlari olingan
natijalar, inklyuziv ta’limning samaradorligi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, tarbiya, inklyuziv, tafakkur, rivojlanish, intеllеktual

salohiyat, takomillashuv, ijodiy tafakkur, dunyoqarash, ijodiy yondashuv,
tafakkur.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, barcha sohalarni chuqur

islohotlar maydoniga aylantirdi. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-
madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, o‘zgarishlar,
yangilanishalar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
bo‘lgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda kelajak avlodni zamon
talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh, mustahkam bilimli, kuchli
irodali, yuksak salohiyatli barkamol shaxs etib tarbiyalash, ular ongiga
mustaqillik, g‘urur kabi g‘oyalarini singdirish, mustahkam immunitetli insonni
shakllantirishdek oliy, murakkab shu bilan birga dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.

Shu jumladan, alohida ehtiyoji bolalarga ta’lim berish, ularni maktabgacha

ta’lim tashkilotlariga qatnashi, sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim jarayonada
teng ishtirok etishi, muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini
yaratib berib, ularning hayotidagi keyingi ijtimoiy moslashuvini osonlashtirish
maqsadida Inklyuziv ta’lim texnologiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Inklyuziv ta’lim - bu tabiy jarayon bo‘lib, butun dunyo hamjamiyati

tomonidan tan olingan eng insonparvar ta’lim sanaladi, inglizcha “inclusion -
uyg‘unlashgan, jalb qilingan” degan ma’noni anglatadi. Bu jarayonlar juda
murakkab, mashaqqatli bo‘lib, har bir bola o‘ziga xos yondashuvni, o‘ziga xos
e’tiborni talab etadi. Bunday ta’limda tarbiyachi-pedagoglar, kasbiy mahorat
ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlari orqali asosiy vazifani
bajaradilar. Ayniqsa, sog‘lom bolalar bilan nogiron bolalar orasida tafovut


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

78

sezilganda, ya’ni nogiron bolaning o‘z tengdoshlariga qo‘shilmay, tortinchoq,
o‘zidagi imkoniyatlaridan foydalana olmasligi sababli uyalgan yoki ba’zilari
kamsitilgan, ba’zilari oilada haddan tashqari avaylanganliklari sababli qaysar,
injiq bo‘lib qolishgan bo‘ladi. Bu ta’lim amaliyoti va ta’lim xizmatlarini
tashkillashtirishni va ularga fundamental, haqiqiy o‘zgarishlar kiritishni talab
etadi. Sog‘lom bolalar kabi alohida ehtiyojli bolalar ham ta’lim olish va jamiyatda
o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish huquqiga egadirlar.

Inklyuziv ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, pedagog-tarbiyachilar

guruhdagi bolalarning xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, qobiliyatlari,
imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga oladi. Shu munosabat bilan ish shakllari,
usullari va texnologiyalarini o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Pedagoglar bolalar
faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari va usullariga amal qilgan holda,
inklyuziv guruh bolaning bilish faoliyati, xulq-atvori va muloqotining
xususiyatlaridagi alohida e’tiborli tomonlarini inobatga olgan holda
mashg‘ulotlarni tashkil etishi maqsadlidir.

Ma’lumki, inklyuziv ta’limni amaliyotda maqsadli joriy etishda predmetli-

rivojlantiruvchi muhit juda yaxshi samara beradi. Predmetli-rivojlantiruvchi
muhit - ta’lim muhitining bir qismi hisoblanib, alohida ehtiyojli bolalar
rivojlanishi uchun maxsus tashkil etilgan joy, materiallar, johozlar va o‘quv
qurollar bilan ifodalanadi.

Alohida ehtiyoji bolalar uchun yaratilgan predmetli-rivojlantiruvchi muhit

turli xil ta’lim dasturlarini, jumladan, inklyuziv ta’limni amalga oshirishga
yordam berishi lozim, pedagoglar har bir bolaning imkoniyatlari, qobiliyatlari,
qiziqishlari va faoliyat darajasini inobatga olgan holda individualligini samarali
rivojlantirishi zarur. Ammo eng muhimi, u bolalarning erkinligi, mustaqil
faoliyati va o‘z-o‘zini faolligini rivojlantirishga xizmat qilmog‘i lozim. Pedagoglar
alohida ehtiyojli bolalarning individual xususiyatlarini va ularning
imkoniyatlarini hisobga olgan holda rivojlantiruvchi munitni modellashtiradilar.

“Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash va ularning faoliyatini

takomillashtirish” mavzusidagi akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya ishimizda alohida ehtiyojga ega bolalarga g‘amxurlik qilish va
ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali ta’lim
tashkilotlarida sifatli ta’lim olishlari uchun zurur shart-sharoitlar yaratish,
alohida ehtiyojli bolalar uchun yuqori sifatli ta’lim olish, tengdoshlari qatori
ta’lim resurslaridan erkin foydalanish hamda o‘zaro aloqa qilish ko‘nikmalariga
ega bo‘lishlari, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘ligida imkoniyati cheklangan
bolalarga o‘z tengdoshlari qatorida ta’lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

79

ehtiyoji hamda qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ishimizda asosiy
maqsad qilib oldik.

Tajriba sinov ishlarida alohida ehtiyojli bolalar bilan ularni nutqini

rivojlantirish, o‘yin orqali ta’lim berish metodlari asosida faoliyatlarni tashkil
etdik. Qiyinchiliklar tug‘dirsada, maroqli, zavqli bu jarayonda qisqa muddatda
ko‘zlagan natijaga erishdik. Predmetli rivojlantiruvchi muhitni qat’iy ta’minlagan
holda, ta’lim-tarbiya bilan bab-barobar korreksion rivojlantiruvchi tibbiy,
pedagogik, psixologik chora-tadbirlarni qo‘llagan holda ta’limiy faoliyatni tashkil
qildik.

Biz tajriba sinov ishlarini olib borish uchun 2 ta guruh tanlab olindi va 50

nafar bola jalb etildi. Biri tajribamizdagi guruh, ikkinchisi qiyosiy tanlangan
guruh. Tajriba guruhidagi anamal bolalar bilan olib borilgan ta’limiy faoliyat,
pedagogik jamoaning individual yondashuvi va kompleks ta’siri ostida o‘sish
suratini tahlil qilinib, kuzatib borildi. Quyosiy tanlangan guruhimizda esa
ta’limiy faoliyatlar odatiy tarzda tashkil etildi.

Tajriba sinov ishlarida 1.Korreksion rivojlantiruvchi, 2.Predmetli

rivojlantiruvchi, 3.Atrofni anglash xususiyatlari asosida olib borildi. Tajriba-
sinov ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda bizga maktabgacha ta’lim
tashkilotining ilg‘or, mahoratli, kasbiy salohiyatli pedagoglari jalb etildi. Tajriba-
sinov ishlari yakunida quyidagicha yutuqlarga erishildi.

Har ikkala guruh bolalari davlat talablarining beshta rivojlanish sohalari

bo‘yicha, rеyting nazorati talabiga muvofiq baholandi

Tajriba sinov guruh (Umumiy tipdagi MTT)

- Korreksion rivojlantiruvchi

45 % dan 70 % ga, Predmetli rivojlantiruvchi 48 % dan 73 % ga, Atrofni anglash
xususiyatlari 37 % dan 60 % ga o‘sish kuzatildi.

Nazorat guruh (Umumiy tipdagi MTT) -

Korreksion rivojlantiruvchi 45 %

dan 50 % ga, Predmetli rivojlantiruvchi 48 % dan 58 % ga, Atrofni anglash
xususiyatlari 37 % dan 45 % ga o‘sish kuzatildi.

Olingan natijalardan shu xulosaga kelish mumkinki, alohida ehtiyojli

bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya bilan bab-barobar korreksion rivojlantiruvchi
tibbiy, pedagogik, psixologik chora-tadbirlarni qo‘llash, balki, sog‘lom
bolalarning ta’siri ham ulardagi bo‘shliqlarni to‘ldirib borishda xizmat qilar
ekan. Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom tengdoshlari
o‘rasidagi alohida ehtiyojli bolalar bilan ta’lim-tarbiya jarayonni tashkil etish
juda maroqli va samarali natija berganligining guvohi bo‘ldik.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil qilingan mashg‘ulotlar bolalar

nutq ko‘nikmalarini, tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish jarayoniga sеzilarli ijobiy


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

80

ta’sir ko‘rsatishi ayon bo‘ldi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy
jarayonlarda ijodiy yondashuv asosida psiхologik-logopеdik hamda pеdagogik
va mеtodik bilimlardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat bеrish zarurligi
aniqlandi.
a-sinov jarayonida bolalarni fikrlashga undaydigan, ularda yuksak ma’naviy-
aхloqiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam bеradigan hamda ularning
tafakkurni rivojlantirishga хizmat qiladigan mashg‘ulotlarda ijodiy faoliyatidan

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g’risida qarori PQ-4312 08.05.2019
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta’lim olish ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora –
tadbirlari to‘g’risidagi qarori -4860 13.10.2020
3. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др.
Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . –
Казань, 2013
4. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными
возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников,
2010
5. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный
образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. –
М.: Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.
6. D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o‘quv va metodik qo‘llanma
2014-yil

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida qarori PQ-4312 08.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g’risidagi qarori -4860 13.10.2020

Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . – Казань, 2013

Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. – М.: Мозаика-Синтез, 2011. – 144 с.

D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o‘quv va metodik qo‘llanma 2014-yil