МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
104
TALABA YOSHLAR INNOVATSION FIKRLASH TARZINI
SHAKLLANTIRISH MUHIM VAZIFA
N.Xolmirzaev
“Ijtimoiy fanlar”
kafedrasi v.b professori
https://doi.org/10.5281/zenodo.14974186
Bugun dunyoda ko‘plab mamlakatlar o‘z oldiga bozor iqtisodiyotiga
asoslangan demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib belgilagan. Shular qatori
O‘zbekiston Respublikasi ham ilm-fan, texnika va texnologiya xamda makon va
zamonga xos yangiliklar, ya’ni innovatsiya yutuqlarini o‘zida jamlagan,
rivojlangan, mamlakatga aylanishga shu asnoda barqaror taraqqiyot yo‘liga
chiqib olishga bel bog‘lagan. Bu kabi yutuqlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmaydi.
Buning uchun ilm-fan rivoji va yoshlar dunyoqarishining o‘zgacha tarzda
o‘zgarishi ya’ni bir xil fikrlashdan turlicha, boshqacha aytganda noan’anaviy
fikrlashga o‘tishi talab etiladi. Zero ana shu omil ta’minlansa ilm-fan, texnika va
texnologiya hamda makon va zamonga xos yangiliklar ya’ni innovatsiya
yutuqlari qo‘lga kiritiladi va jamiyat taraqqiy etadi.
Yoshlarda fanga, jamiyat va texnologiyaga innovatsion yondoshuvni
shakllantirish sirtdan sodda va oson ishdek tuyulsa-da, ammo u ko‘p qirrali va
murakkab jarayondir. Buning uchun qator murakkab vazifalarni amalga
oshirish zarur bo‘ladi. Xususan
- yoshlarning yengil-yelpi hayotga o‘rganib qolishini oldini olishimiz zarur;
- yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan
intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak .
- innovatsion g‘oyalarning moddiy jixatdan to‘liq ta’minlanishiga erishish
muhim ahamiyat kasb etadi;
- yaratilgan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tashkil qilish
lozim;
- har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari,
konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir .
- yoshlar ittifoqi qoshida innovatsiyalar markazi tashkil etilib, qobiliyatli
bolalar iste’dodini yanada rivojlantirish zarur;
- yaratuvchi, ixtiro qilish uchun moyilligi bor yoshlarni izlab topish uchun
maktabgacha ta’lim muassasalarida maxsus guruxlar tashkil etish kerak. Bunda
psixologlardan iborat jamoa bo‘lishligi yaxshi samara beradi;
- yoshlarning innovatsion faolligini yuksaltirish maqsadida maktablarda
texnika bilan bog‘liq fanlar: informatika va mehnat ta’limi fanlarini
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
105
chuqurlashtirilgan holda o‘qitish talab etiladi. Buning uchun o‘qituvchi kadrlar
salohiyatiga alohida e’tibor berish foydadan xoli bo‘lmaydi;
- oliy ta’lim tizimida aniq qilib belgilab qo‘yilgan fan dasturlaridan qochish,
talabalar salohiyatidan kelib chiqib maxsus dasturlar asosida yangicha
yondashish innovatsion fikrlaydigan kadrlar tayyorlash ishida muhim o‘rin
tutadi.
- mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas,
balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak .
- fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash zarur;
- talabalar, yosh olimlar va o‘qituvchilarga innovatsion loyihalarni ishlab
chiqish uchun zamonaviy ilmiy va laborotoriya uskunalari bilan jixozlangan
texnologik ishlab chiqarish maydonchalarini tashkil etish, mavjudlarini
zamonaviylashtirish zarur.
Shu bilan birga, xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan kompaniyalar,
tashkilotlar, olimlar va mutaxasislar ishtirokida innovatsiyalar sohasida
mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, ilmiy amaliy
konferensiyalar va seminarlar, tanlovlar o‘tkazish ham yaxshi samara beradi. Bir
so‘z bilan aytganda bugungi kun yoshlarini dunyoqarashini o‘zgartirish, ularni
mamlakatimiz rivoji yo‘lida safarbar etish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biriga aylandi. Bu borada amaliy choralar ko‘rish yoshlarni ilmiy
faoliyat xamda texnika va texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanishga
targ‘ib qilish har birimizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi.
Xulosa sifatida aytish joizki xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini
yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada
raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng
targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati,
fan texnikaning mislsiz yutuqlari bilan xamqadam bo‘lolmaymiz. Bu esa o‘z
navbatida dunyo xamjamiyatidan ortda qolishmizga va taraqqiy etgan davlatlar
qatoriga chiqishimizga to‘sqinlik qiladi.
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yhati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi, Xalq so‘zi 29.12.2018
2.
Mavrulov A. Ma’naviy barkamol inson tarbiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston,
2008.
3.
G‘aybullaev O. Yoshlar ongiga istiqlol g‘oyasini singdirishning ijtimoiy
mohiyati haqida // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. – 2005. – №1¬2. – B. 80¬–83.