МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
97
AKSONOMETRIK PROEKTCIYALARNING TASVIRIY VA AMALIY
SAN'ATDA AHAMIYATI
R.R.Madiyarova
Katta o'qituvchi
Qoraqalpoq Davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15309632
Annotatsiya
: Amaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal
proektsiya va aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta.
Geometrik figuralarning usta rassomlar tomonidan zamonaviy aksonometriya
qoidalariga asoslanib chizilganligini ko'ramiz. Bu rasmlar ijodida aksonometriya
elementlari shakillanib bordi. Bu rasmlardagi qirrali sirtlar frontal, qiyshiq
burchakli izometriya, frontal qiyshiq burchakli dimetriya qoidalariga asoslanib
chizilganligi yuqorida qayd qilingan fikrlarni yanada tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar
: Ortogonal, aksonometriya elementlari, geometrik figura,
tasvir, erkin perspektiva, ijodkor muhandis.
Buyumlarning yaqqol perspektiv tasviriga ortogonal proektsiyalardagi kabi
o'lchamlar qo'yish mumkin bo'lganida edi, nima bo'lardi? Ularning tuzilishi,
katta kichikligi, ko'lamli yaqqolligi, fazoviy ko'rinishi haqida aniq tassavurga ega
bo'lardik. Bu usul hozirda aksonometrik proekciyalar deb ataladi.
Aksonometrik proekciyalar usulining qachon va qaerda aniqlanganligi ilmiy
manbalarda turli xil talqin qilinadi. Lekin bu haqidagi ma'lumotlarning ayrim
namunalarini Misrdagi qadimiy suratlarda ko'rish mumkin. Misrda
kamonchilarning tasvirida qadimgi yodgorliklardagi birinchi kamonchi aniq
tasvirlanib, qolganlari esa perspektiv qisqartirilmasdan aks ettirilishida
aksonometriya usullarining ayrim elementlarini ko'rish mumkin. Bu tasvir
hozirgi zamon qiyshiq burchakli frontal aksonometriyaga o'xshaydi. Keyinchalik
bunday tasvirlashni erkin perspektiva deb ham atashadi. Amaliy ishlarda
(geometriya, me'morchlik, mexanika) da yaqqol tavirlardan foydalanish,
perspektiv tasvirni chizish qiyinchiligi erkin perspektiva tasvir-zamonaviy
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
98
aksonometriyaning hosil bo'lishiga sabab bo'la oladi. Ko'pchilik mutaxassislar
bunday tasvirlarda hech qanday aniqlik va ilmiylik yo'q deb xisoblashar edi.
Amalda qo'llanilayotgan bu tasvirni perspektiva tasvir deb atashga sabab, u
ham chiziqli perspektivadek uch o'lchamli fazoning ta’ssurotini beradi va erkin
deb qonun – qoidalarga amal qilmagan holda narsa yoki buyumning tasvirini
yaqqol o'zi hoxlaganidek ko'rinishda aks ettirar edi. Bunda o'zaro parallel
chiziqlarning mutanosibligini saqlab va ba'zan hollarda esa bu tasvirlar gorizont
(ufq) chizig'iga qarab biroz kengayib boruvchi ko'rinishda ham chiziladi.
Uzoqlashgan buyumlar o'z kattaligida tasvirlanar edi. I asrdan XVII asrgacha
bo'lgan davrlarda shahar-larning rejalarini uchish balandligida tasvirlanar,
binolarning esa tik holatidagi ko'rinishlarda aks ettirigan.
Bunday holdagi tasvirlarni kitoblarga istalgan miniatyuralarda ham ko'plab
uchratsa bo'ladi. XVI asrga kelib texnikaning rivojlanishi ijodkorlar oldida
shunday inshootlarni qurish uchun ko'rilmagan (uchratilmagan) vazifalarini
ko'ndalang qilib qo'ydi. Amalga oshiriladigan mehnatning murakkabligi shaxsni
emas, balki jamoa bilan ishlashni taqozo qiladi. Bu hol ijodkorlardan rassom,
rassomdan esa ijodkor muhandis bo'lishini taqozo qiladi. Yangi shakllarning
barpo etilishi muxandislikda ijodiy fikrlarni yanada o'sishiga sabab bo'ladi. XVI
asrga kelib murakkab chizmalar va texnik rasmlar chizildi. Bular xarakteri
jihatidan zamonaviy aksonometrik proektsiyalarga o'xshardi.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
99
Bunda geometrik figuralarning usta rassomlar tomonidan zamonaviy
aksonometriya qoidalariga asoslanib chizilganligini ko'ramiz. Bu rasmlar ijodida
aksonometriya elementlari shakillanib bordi. Bu rasmlardagi qirrali sirtlar
frontal, qiyshiq burchakli izometriya, frontal qiyshiq burchakli dimetriya
qoidalariga asoslanib chizilganligi yuqorida qayd qilingan fikrlarni yanada
tasdiqlaydi. Bu borada rassomlar faqat tasvirlanayotgan buyumlarning shakliga
e'tibor bergan bo'lib, uning nazariy asoslarini talqin qilmagan va yozma qismi
ham berilmagan.
Yevropada kashf etilgan aksonometrik proekciyalar haqidagi ilm XVII asrga
to'g'ri kelsa, Markaziy Osiyoda ulardan ancha ilgari, X asrlarda ma'lum bo'ldi.
Hozirgi kunda aksonometrik proekciyalar yanada ko'prok ahamiyat kasb
etmoqda. Texnikaning rivoji, xususan, kompyuterlarda uch o'lchamli shakllarni
chizish, o'lchamlarni aniqlash, sarflayotgan materiallar hajmini aniqlash,
yasalayotgan buyum, ko’rilayotgan inshootni hoxlagan tomonidan ko'rish,
tasvirlash, chiza olish, osonlik bilan ularni o'zgartirish imkonini bermoqda.
Qadimgi ustalar ilmi hozirgi zamon muxandislari ilmi bilan barobar edi va
ba'zi hollarda ularning bilimlarining ustun jihatlarini ko'rishimiz mumkin.
Amaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal proekciya va
aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta. Zero, mohir usta,
naqqosh chizmani har tomonlama mukammal o'rgansagina, betakror san'at
asari yarata olishi shubhasiz.
Adabiyotlar:
1. Sh. Abduraxmanov. Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent. 2006 y.
2. S.A. Frolov, M.V.Pokrovskaya. V poiskax nachala. Rasskazi o nachertatel'noy
geometrii, «Visshaya shkola». 1985y.
3. A.S.Arziev, R.R.Madiyarova, T.T.Sarsenbaev. Talabalarning mustaqil ta'limini
chizma geometriya fanidan tashkil etish texnologiyasi. Journal of Universal
Science Research/ 1(5). 1418-1422.
4. P.B.Nasirov, R.A.Arzieva (2023). Technology of organizing independent
education of students in mathematics. Academia Repository, 4(11), 62-67.
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
100
5. R.A.Arzieva – (2023) Razvitie tvorcheskix umeniy i navqkov studentov v
protsesse professional'noy podgotovki. Journal of Universal Science Science
Research, 353-358.
6. G. Ochilova. (2021). Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan
ta'lim jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari. Arxiv nauchnix issledovaniy,
37(1)