Авторы

  • Muhabbat Sodiqova
    Andijon davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.83586

Ключевые слова:

qishloq xo‘jaligi tashqi aloqalar eksport-import ilmiy hamkorlik xalqaro tashkilotlar.

Аннотация

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashqi aloqalar, ularning shakllanishi va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ilk tarixiy davrlardan boshlab, bu soha dunyo mamlakatlari o‘rtasida resurlar, texnologiyalar, o‘simlik va hayvonot navlarini almashinuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan. Maqolada turli mamlakatlar bilan amalga oshirilgan eksport-import munosabatlari, ilmiy-tadqiqot hamkorliklari hamda zamonaviy davrda xalqaro tashkilotlarning roli ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, tashqi aloqalarda yuz berayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

131

QISHLOQ XO‘JALIK SOHASIDAGI TASHQI ALOQALAR VA UNING

TARIXIY TAJRIBASI (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)

Sodiqova Muhabbat Salimovna

Andijon davlat pedagogika instituti

Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15333134

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashqi aloqalar,

ularning shakllanishi va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ilk tarixiy
davrlardan boshlab, bu soha dunyo mamlakatlari o‘rtasida resurlar,
texnologiyalar, o‘simlik va hayvonot navlarini almashinuvini ta’minlashda
muhim o‘rin tutgan. Maqolada turli mamlakatlar bilan amalga oshirilgan
eksport-import munosabatlari, ilmiy-tadqiqot hamkorliklari hamda zamonaviy
davrda xalqaro tashkilotlarning roli ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, tashqi
aloqalarda yuz berayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida
fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

qishloq xo‘jaligi, tashqi aloqalar, eksport-import, ilmiy

hamkorlik, xalqaro tashkilotlar.

Аннотация:

В данной статье анализируются внешние связи в сфере

сельского хозяйства, а также направления их формирования и развития. С
древних времён сельское хозяйство играло важную роль в обмене
ресурсами, технологиями и сортами растений и животных между
странами. В статье рассматриваются экспортно-импортные отношения,
научно-исследовательское сотрудничество с различными государствами и
роль международных организаций в современный период. Кроме того,
затрагиваются проблемы, возникающие в области международного
сотрудничества, и пути их решения.

Ключевые слова:

сельское хозяйство, внешние связи, экспорт-

импорт, научное сотрудничество, международные организации.

Annotation

: This article analyzes the foreign relations in the agricultural

sector and their formation and development. Since ancient times, agriculture has
played a crucial role in exchanging resources, technologies, and plant and animal
varieties among countries. The article explores export-import relations, research
collaborations with various nations, and the role of international organizations
in the modern era. Additionally, it addresses challenges facing international
cooperation in agriculture and possible solutions.

Key words:

agriculture, foreign relations, export-import, research

collaboration, international organizations.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

132

Qishloq xo‘jaligi insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy sohalaridan biri

bo‘lib, u ilk tarixiy davrlardanoq turli mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy
va siyosiy aloqalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutgan [1]. Xususan, dunyo
mamlakatlari o‘rtasida ekin navlarini almashinuvi, hayvonot zotlarini
takomillashtirish, texnologik yutuqlar bilan tanishuv kabi jarayonlar bir necha
asrlik tarixqa ega. Mustaqillikka erishganidan so‘ng, mamlakatimizda ham
qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirish, chet el bozorlariga chiqish, ilmiy
hamkorlik aloqalarini kengaytirish asosiy ustuvor vazifalardan biriga aylandi
[2].

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet el bozorlariga olib chiqishda eng

muhim yo‘nalishlardan biri – yuqori sifatli mahsulot va uning raqobatbardosh
narxidir. Zamonaviy davrda rivojlanayotgan mamlakatlar mevalar, sabzavotlar,
paxta, go‘sht va sut maxsulotlari eksporti bilan iqtisodiy manfaatdorlikka
erishmoqda .

FAO, Jahon banki, IFAD kabi xalqaro tashkilotlar qishloq xo‘jaligi

infrastrukturasini yaxshilash, yerlarni meliorativ holatini saqlash, suv
resurslaridan oqilona foydalanish kabi loyihalarda ko‘maklashadi . Shu orqali
transchegaraviy daryolardan foydalanish, yer unumdorligini oshirish, genetik
jihatdan yaxshilangan o‘simlik navlarini yaratish borasida hamkorlik
munosabatlari shakllandi .

1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, qishloq xo‘jaligi sohasida

ham chuqur islohotlar boshlandi. Dastlab paxta-g‘alla monopoliyasi saqlanib
qolgan bo‘lsa-da, bosqichma-bosqich diversifikatsiya jarayoni amalga oshirildi.
Asta-sekin, paxta va g‘alla majburiy rejalari qisqartirildi, dehqon va fermer
xo‘jaliklariga o‘z xohishiga ko‘ra ekin turini tanlash huquqi berildi. Ayniqsa,
Andijon viloyatida meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik
sohalari jadal rivojlana boshladi. Kooperatsiya, klaster usuli joriy etilib, fermer
xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi bozorlarga chiqish
imkoniyatlari kengaytirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi innovatsion
uslublarni qo‘llash orqali viloyat qishloq xo‘jaligi yanada rivojlanishga
erishdi.[6]

Mustaqillikning dastlabki bosqichlarida O‘zbekistonga xorijiy sarmoya kirib

kelishi uchun huquqiy bazani takomillashtirish muhim vazifa bo‘ldi. Jumladan,
“Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlar, investitsiya muhitini yaxshilashga
qaratilgan prezident farmonlari qabul qilindi. Natijada Andijon viloyatida
paxtani qayta ishlash, to‘qimachilik, yog‘-moy sanoati, meva-sabzavotlarni qayta
ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar barpo etila boshladi. Xorijiy investitsiyalar


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

133

viloyatning qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalar, ilg‘or texnologiyalar joriy
etilishiga, ishlab chiqarish hajmining ortishiga xizmat qildi. Misol uchun,
Andijonda bir necha yirik to‘qimachilik klasterlari ishga tushirilib, xorijiy
tehnologiyalar yordamida paxta tolasi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan
qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Natijada, ilgari faqat
xomashyo sifatida eksport qilinadigan paxta tolasi endilikda ip-kalava, mato,
tayyor kiyim-kechak kabi yakuniy mahsulotlar ko‘rinishida xorij bozorlariga
yo‘naltirilmoqda. Bu esa viloyat iqtisodiyotiga qo‘shimcha daromad keltirish
bilan birga, ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim
o‘rin tutadi.[7]

Andijon viloyatida agroiqtisodiy islohotlar tufayli meva-sabzavotchilikka

e’tibor kuchaydi. Iqlimning qulayligi, suv resurslarining nisbatan yetarliligi, ekin
yerlarining unumdorligi tufayli viloyatda gilos, olma, uzum, anor, shaftoli,
bodring, pomidor, piyoz, sarimsoq kabi mahsulotlar yirik hajmda yetishtiriladi.
Ayni paytda ularning bir qismi o‘z ichki bozorimizni ta’minlash bilan
cheklanmay, qator xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Bunda Rossiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq bozorlariga chiqish
jadal rivojlanmoqda.

Meva-sabzavot mahsulotlarini xorijga eksport qilishda qator muammolar

ham mavjud. Masalan, logistika infratuzilmasi, saqlash hamda qayta ishlash
texnologiyalari yetarlicha rivojlanmagan davrda mahsulotlarning tez buzilishi,
eksport hajmining pasayishi, raqobatbardoshlikning zaifligi kabi muammolar
yuzaga kelardi. So‘nggi yillarda hukumat dasturlari doirasida sovutkich
omborlari, zamonaviy omborxonalar qurilishi va meva-sabzavot yetishtirish
texnologiyalarini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu esa Andijon
viloyatining xorijiy bozorlar bilan hamkorligini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda.

Andijon viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida

ham jiddiy ijobiy o‘zgarishlar mavjud. Xususan, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi ortib, ushbu mahsulotlarni qayta ishlash tarmoqlari
rivojlanmoqda. Tashqi bozorga sut va go‘sht mahsulotlarini eksport qilish hajmi
hozircha cheklangan bo‘lsa-da, kelajakda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ham katta
salohiyat mavjud. Ayni paytda xorijiy hamkorlar bilan urug‘chilik, chorva
seleksiyasi, naslchilik ishlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga
qo‘yilmoqda. Bu esa sog‘lom, mahsuldor qoramol zoti, parrandalarni
ko‘paytirish va exportbop mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

134

Qishloq xo‘jaligi sohasida xorijiy hamkorlikni rivojlantirishda huquqiy va

institutsional asosning puxta bo‘lishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasidan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasini tartibga soluvchi qonunlar,
Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Andijon viloyati
hokimligining dasturlari xorijiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishda
poydevor bo‘lmoqda.[8] Xususan, “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonun,
“Qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlar, “Xorijiy
investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun
hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar viloyatda tashqi iqtisodiy faoliyatni
liberalizatsiya qilish, investorlar huquqlarini himoya qilishda muhim rol
o‘ynaydi.

Qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarining

xorijga

eksporti

O‘zbekiston

iqtisodiyotining savdo balansida ijobiy ko‘rsatkichlarni shakllantiradi. Bugungi
kunda paxta tolasi, to‘qimachilik, meva-sabzavot, yog‘-moy mahsulotlari,
shuningdek, chorva va parrandachilik mahsulotlari ham xorij bozorlariga
yo‘naltirilmoqda. Andijon viloyati yirik eksport hajmiga ega bo‘lgan
hududlardan biri hisoblanib, mamlakatning umumiy qishloq xo‘jaligi eksportida
munosib o‘rin tutadi. Qishloq xo‘jaligi sohasida tashqi aloqalarning kengayishi
xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish, ilm-fan yutuqlarini qo‘llash, innovatsion
texnologiyalarni lokal sharoitga moslashtirish imkonini bermoqda. Xususan,
Andijon qishloq xo‘jaligi institutlari, professional ta’lim muassasalari, qishloq
xo‘jaligi klasterlari chet ellik ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali kadrlar
malakasini oshirish, zamonaviy laboratoriya va tajriba bazalarini yaratish
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xorijda stajirovka qilayotgan yosh mutaxassislar
soni yildan yilga ortib, ular qaytgach, o‘z amaliy bilimlari bilan ishlab chiqarish
va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar. Andijon viloyatining
har bir tumani qishloq xo‘jaligining ma’lum tarmog‘iga ixtisoslashgan. Masalan,
Baliqchi, Marhamat, Izboskan, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod va boshqa
tumanlarda bir qator tarmoqlar alohida rivoj topgan. Bu tumanlar xorijiy
bozorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniga ega bo‘lsa, ayrim
tumanlarda logistika, infratuzilma, texnologik salohiyat yetarli darajada
rivojlanmagan bo‘lib, ular hududiy iqtisodiy o‘sishda ortda qolmoqda. Shuning
uchun viloyat miqyosida izchil hududiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiyalarni
tumanlar kesimida teng taqsimlash, klaster usuli orqali kooperatsiyani
kuchaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

2019 yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi

vazirligida Isroil qishloq xo‘jaligi va agrar tarraqqiyot vazirligi bosh direktori


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

135

o‘rinbosari Mixal Levi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuvda
O‘zbekistonda zamonaviy mexanizmlarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi
rivojlanishi yo‘lida ilg‘or texnologiyalarni keng tatbiq etishga qaratilgan sa’y-
harakatlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va
qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo’yicha
kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda Isroil texnologiyalari asosida
paxtachilikda tomchilab sug‘orish texnologiyasidan unumli foydalanib
kelinmoqda [9].

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashqi aloqalar Andijon viloyati iqtisodiyotini

rivojlantirish,

aholi

farovonligini

oshirish,

eksport

salohiyatini

mustahkamlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Tarixiy tajriba shuni
ko‘rsatadiki, har qanday davrda tashqi aloqalarning foydali jihatlarini to‘g‘ri
o‘zlashtira olgan, xorijiy tajribani lokal sharoitga muvaffaqiyatli moslashtirgan
mintaqalar iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lib, aholi turmush darajasini
yaxshilashga erishadi. Mustaqillik yillarida Andijon viloyatida ham bu borada
muayyan yutuqlarga erishildi, ammo kelajakda amalga oshirish lozim bo‘lgan
vazifalar hali juda keng va turfa. Shu bois, qishloq xo‘jaligi sohasida tashqi
aloqalarni yanada takomillashtirish, diversifikatsiya qilish, innovatsiyalarni jalb
qilish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ekologik mas’uliyatni yuksaltirish
eng muhim ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Diamond, J. (1997). Guns, Germs, and Steel: The Fates of Human Societies.

W.W. Norton.
2.

FAO (2021). State of Food and Agriculture. Rome: Food and Agriculture

Organization.
3.

Ахмедов, Ш. (2001). Қадимий цивилизациялар тарихи: қишлоқ

хўжалиги тараққиёти. Тошкент: Фан нашриёти.
4.

World Bank (2019). Agricultural Trade and Market Access. Washington,

D.C.: World Bank.
5.

Назаров, Н. (2022). Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги секторини

модернизация қилиш. Тошкент: Иқтисодиёт нашриёти.
6.

Jo‘raev N. “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishda

investitsiyalarning roli”. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2019.
7.

Azimov Sh. “To‘qimachilik klasterlari faoliyati va uning iqtisodiy

samaradorligi” // “Milliy iqtisodiyot va tadbirkorlik” ilmiy jurnali, №1, 2020. – B.
34–42.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

136

8.

“Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi

tahriri), 2020-yil 28-dekabr. https://www.xabar.uz/uz/post/qishloq-xojaligi-
sohasida-isroil

Библиографические ссылки

Diamond, J. (1997). Guns, Germs, and Steel: The Fates of Human Societies. W.W. Norton.

FAO (2021). State of Food and Agriculture. Rome: Food and Agriculture Organization.

Ахмедов, Ш. (2001). Қадимий цивилизациялар тарихи: қишлоқ хўжалиги тараққиёти. Тошкент: Фан нашриёти.

World Bank (2019). Agricultural Trade and Market Access. Washington, D.C.: World Bank.

Назаров, Н. (2022). Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги секторини модернизация қилиш. Тошкент: Иқтисодиёт нашриёти.

Jo‘raev N. “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishda investitsiyalarning roli”. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2019.

Azimov Sh. “To‘qimachilik klasterlari faoliyati va uning iqtisodiy samaradorligi” // “Milliy iqtisodiyot va tadbirkorlik” ilmiy jurnali, №1, 2020. – B. 34–42.

“Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri), 2020-yil 28-dekabr. https://www.xabar.uz/uz/post/qishloq-xojaligi-sohasida-isroil