Авторы

  • Sardor Kenjayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.
  • Abror Xolmirzayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.87809

Ключевые слова:

Chirchiq Avesto Sirdaryo Ajdarho Hindiston Axriman Yerqo‘rg‘on R. Sulaymonov.

Аннотация

Ushbu tadqiqotda O‘rta asrlar tarixida ajdarlar tasviri turli madaniy va diniy an’analarga ko‘ra o‘ziga xos shakllarda aks etgan. Ajdarlar haqidagi tasvirlar ko‘pincha mifologik va diniy ramzlar bilan boyitilgan bo‘lib, ular tarixiy-etnografik manbalarda va muhim manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarda uchraydi. Quyida ushbu tasvirlarning tahlili va tasnifi beriladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

90

O‘RTA ASRLAR TARIXIDA AFSONAVIY AJDARLAR

TASVIRI(TARIXIY-ETNOGRAFIK MANBALAR VA MANBAVIY

AHAMIYATGA EGA ASARLAR TASNIFI)

Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li

Xolmirzayev Abror Hasan o‘g‘li

Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari

falsafa doktori(PhD),dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15402657

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqotda

O‘rta asrlar tarixida ajdarlar tasviri turli

madaniy va diniy an’analarga ko‘ra o‘ziga xos shakllarda aks etgan. Ajdarlar
haqidagi tasvirlar ko‘pincha mifologik va diniy ramzlar bilan boyitilgan bo‘lib,
ular tarixiy-etnografik manbalarda va muhim manbaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
asarlarda uchraydi. Quyida ushbu tasvirlarning tahlili va tasnifi beriladi.

Kalit so‘zlar:

Chirchiq, Avesto, Sirdaryo, Ajdarho, Hindiston, Axriman,

Yerqo‘rg‘on, R. Sulaymonov.

Avestoning Vendidad kitobida aynan shu marosim aks etganini haqida

ma’lumotlar uchraydi. Yaxshi ruhlar bilan birga, odamga ziyon keltiradigan ruh
mavjudotlar tarixi ham qadim zamonlardan boshlanib, turli ko‘rinishlar olgan.
Shular atorida dev-ajdarholar haqidagi tasavvurlarning zamon va makon uzra
siljishi diqqatga sazovor. So‘g‘d Panjikentining V-VII asrlarga mansub ayvon
devorlaridan birida yelkalaridan ilonlar o‘sib chiqqan shoh Zashok shunday
tasvirlangan Mazkur mavzu So‘g‘dga ajdar ikki ming yil oldin qadimgi
Mesopotamiyada keng tarsalgani ma’lum bo‘lib, mahalliy silindrsimon
muhrlarida yelkalaridan ajdarholar o‘sib chiqqan ma’bud aks etgan. Xorazmda
eramizdan oldingi III asr va eramizning I asrlaridayoq sopol haykalchalarida ot,
tuya, qo‘y, ajdarho, qadimgi idishlarning dastalarida esa, sher tasvirlari
tasvirlangan. Eramizdan oldingi II asrga mansub idish bo‘lagida yo‘lbars va
jayron tasvirlangan. Bularning hammasi, o‘lkamizda totemizm rivojlanganidan
dalolat beradi. Ajdar haqidagi afsona Orol dengizi va Sirdaryo bilan
Amudaryoda ko‘plab uchragan osyotr balig‘i bilan bog‘liq[4; 17].

Asosiy qism.

Shular qatorida dunyo yaratilishi va uni ko‘rsatish totemi

sifatidagi Ajdarho va ilon tasvirlari o‘lkamizda keng tarqalib, ayrim timsollari
qurama mohiyatga egadir. Masalan, Buxoro risolalaridan biri bo‘lmish “Ixtiyoroti
badiiy” nomli asarning (1541 yil) miniatyurasidan Ajdarho siymosi o‘lkamizda
qadim zamonlarda qanotsiz, o‘rta asrlarda - qanotli, va, so’ngi o‘rta asr larda
to‘rt panjali, ilon tanali hayvon shaklida ifodalangani malumdir. Mazkur
“ko‘psismli” maxluqotlar turli muhitlar ramzlarini ifodalagan: qanoti katta
ochilgan haybatli dahani olovli, ilon badani esa yer osti va suvni IV-V asrlarda


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

91

So‘g‘dga bostirib kirgan Sirdaryobo‘yi qabilalarida ham Ajdarho siymosi keng
tarqalgan bo‘lib, Turonda ularning turli shakldagi tasvirlari yanada ko‘payadi.
Xioniy va eftalitlar davrida o‘lkamizda iloh va ma’budalarning boshi ustida uchar
ajdarholar va boshqa hayvonlarning tasvirlari ko‘plab uchrab, ajdarho shaklida
ishlangan aso va bayroq tug ‘lar ham mavjud bo‘lgan. Hind-sak tangasida esa,
ajdarho mehrob oldida turgan otning tepasida parvoz etmoqda. Eronda bu holat
kuzatilmasligi, o‘lkamizning mahalliy e’tiqodlari rivojlanganidan dalolat berib,
uning o‘z zamonamizda vujudga kelganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Qadimgi
Turon afsonalarida Ajdar-Ajdarho sezilarli o‘rin egallab, “Shohnoma”da
Rustamning ajdodi hisoblanadi[2; 332]. Rustam esa, onasi Rudobaning
shajarasiga ko‘ra, Zahhokning avlodi sifatida butparast bo‘lib, zardushtiylikka
qarshi chiqadi. Bu borada, “Shohnoma”da Rustam avvaliga, ajdarho ilon
tomonida bo‘lishi, keyinchalik esa, unga qarshi kurashuvchi qahramon sifatida
kuylanishi diqqatga sazovor. Nazarimizda, ajdarho maqomining bunday
o‘zgarishi, zardushtiy kohinlarining ajidalashtirilgan tashvqoti tufayli, ajdarho
yovuzlik ma’budi Axrimanning hamrohi qatoriga o‘tishi bilan bog‘liqdir. Shu
tufayli, suv ilohasi ham u bilan birgalikda tasvirlanmay qo‘yadi. Biroq
zardushtiylik davrida Ajdarho yolg ‘on tashuvchi yomon siymolar qatoriga
qo‘shib qo‘yilganiga qaramay, islomgacha aholi orasida o‘z mohiyatini
yo‘qotgani yo‘q. Va hatto, islomdan keyin ham xalq orasida uning siymosi
saqlanib kelganiga Surxondaryoning X asriga mansub haykalcha misol bo‘la
oladi. Shu bilan birga, qadim zamonlarda shohlar ajdarhoni kurashda mag‘lub
etib, yurtiga farovonlik keltirgani va shu orqali, o‘z hukmronligini tasdiqlagani
ma’lum. Masalan, qadimgi Vavilon saltanatining homiy ilohi, yorug‘lik
kuchlarining peshvosi Marduk (yahudiycha Morduxay) insonlarni qutqarish
uchun zulmat tartibsizligining hukmroni ajdarho Tiamat bilan kurashib, uni
yengadi. Bu mavzu Vavilon va Xorazm muhrlarida tasvirlangan.

Keyinchalik, shoh-kohinlarning ajdarho bilan kurashib, g‘alaba qozonishi

va xalqi hamda o‘lkasiga tinchlik va farovonlik keltirish mavzusi III-VI asrlarga
mansub Qarshi tangasida o‘z aksini topib, xuddi shunday mavzu Amudaryo
xazinasining tosh lavhida bir qahramon sher-ajdarhoning ustiga minib olish
saxnasida ham namoyon bo‘ladi . Bakqriya Tillatepasining 2000 yil oldingi
shohlar manbalarida Ajdarho siymosi eng ko‘p uchrab, suv ilohasining ikki
yonida ham ajdarholar tasvirlangan.

O‘lkamizga ajdarho totemi doirasida Hindistondan kelgan yana bir timsolga

Varaxsha saroyining ganchkori peshtog‘idagi shoxli ilon-ajdarhoning o‘yma
tasviri misol bo‘la oladi. Samarkand viloyati hududida xuddi shunga o‘xshash


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

92

ilonbadan hayvon tasvirlangan oltin nishona topilgan va Ermitajda saqlanuvchi
o‘lkamiz qadimotlaridan bir idishning ajdarho shaklidagi dastasi ham shunga
o‘xshashdir. Qashsadaryoning Yerqo‘rg‘on shahar ibodatxonasidan topilgan
ajdarho boshining haykalcha qolipi, Afrosiyobdagi Varxuman saroyidagi tuyalar
ustida chizilgan shaxslar qo‘lidagi asoning bosh qismi va Panjikent
ibodatxonasida fravashilar qo‘lidagi asoning bosh qismidagi tasvirlardagi
mavjudotning ham boshi ilonga o‘xshab cho‘zinchoq, ko‘zlari lo‘ppi bo‘lib,
hindlarning shoxli Makara nomli mavjudotiga o‘xshab ketadi. Yuqorida
ko‘rganimizdek, dunyoning yaratilish mavzui suv muhiti va ajdarxo bilan bog‘liq
bo‘lgan. Bu borada suv ilohalarining ham ahamiyatini unutmasligimiz lozim[5;
88]. Ayrim g‘arb olimlarining fikricha, sarchashma suvi ma’budalari So‘g‘d
ibodatxonalarida turli ramzlar bilan birlashib, ajdarho og‘zidan shiddatli suv
otsimi ufurishining tasvirlari so‘g‘dliklarning e’tiqodida u, suv homiysi bo‘lganini
ifodalaydi. Yana bir tasvirda iloha Anaxita ajdarxo ustida o‘tiribdi. Hind-yevropa
mifologiyasida ham ajdarho suv qo‘riqchisi sifatida gavdalanadi. Avestoda uch
boshli ajdarxo Ajidaho o‘z yurtida Ardvi (Anaxita)ga surbonlik keltirishi ham
bunga dalil bo‘la oladi. Uch boshli ajdarhoning eng qadimgi tasviri Baqtriyaning
Hasanlu ibodatxonasidagi tilla idishda topilib, u Anaxita e’tiqodi bilan bog‘lanadi.
Darhaqiqat, o‘lkamizda Ajdarho tasviri turli buyumlar va ibodatxonalar
devorlariga tushirilib, uni Anaxita e’tiqodi bilan, aniqrog‘i, ilohaning quyi-yer
osti qismidagi va suv muhiti vazifalari bilan bog‘lashgan Avestoda nomlangan
uch boshli ajdarho Ajidarho olimlar orasida turli bahslarga asos solib,
nazarimizda, yuqoridagi tahlilga bir misol bo‘la oladi. R. Sulaymonov, olimlardan
A. Bivar, M. Dandamayev va A. Ribakovlarga tayanib, “Ajidarho” tarjimasi
“Daxlar ajdarhosi”, deganiga urg‘u beradi. Uning fikricha, Ajdar haqidagi afsona
Orol dengizi va Sirdaryo bilan Amudaryoda ko‘plab uchragan osyort balig‘i bilan
uyg‘unlashib, Volga bo‘yidagi Astraxan shahri ham lisoniy tizmaga binoan,
osyotrga topinish bilan bog‘liq: Ashtarxan, Osyoter, Ashtar, Ajdar. E’tiqodning
masofa va zamon uzra siljishi natijasida u afsonaviy ilon - Ajdarga aylanadi.
Mazkur holat sak qabilalari orasida ajdarhoga e’tiqod keng tarqalganini
oydinlashtiradi. Ayrim olimlar, Shahrisabzda XX asrgacha saqlanib kelgan Malik
Ajdar mozoriga sig‘inish e’tiqodi ham aynan shu tariqa izohlanishi kerak, deb
hisoblaydilar. Ilonning qo‘rg‘oshindan ishlangan tanasi Yerqo‘rg‘ondan topilib,
So‘g‘d shahristonlaridan biridagi devoriy rasmda iloha ajdarho ustida turibdi,
bosh kiyimida cho‘tir ilon o‘rnashgan, yonida esa, qo‘riqchisi qanotli bo‘ri
tasvirlangan.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

93

Naxshab ilohasi ilonbadan ajdarho bilan tasvirlanib, poytaxti Yerqo‘rg‘onda

esa, hukmdorning muhrida ajdarho ustida o‘tirgan shoh tasvirlangan. Uning
qo‘lidagi qamchi kohinlar tabaqasiga mansubligini bildirib, ro‘parasida turgan
iloha bir qo‘lida hukmronga jom uzatib, ikkinchi qo‘lida ajdarhoning jilovini
ushlagan. Ajdarho esa, Ilohaning muqaddas hayvoni sifatida Qashqadaryoning
totem hayvoni bo‘lgani uchun hukmron undan boshqaruv rishtalariga fotiha
olganini yoki iloha yordamida o‘ziga bo‘ysundirilganini bildiradi. Ya’ni hukmron
Suv ilohasidan samoviy va daryo suvlarini boshqarish va, shu orqali, vohaning
farovonligini ta’minlashga ruxsat oladi. Mazkur mazmun IV-V asrlarda So‘g‘d
mafkurasida yetakchi bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga tayangan o‘troq qabilalarga xos
bo‘lgan[3; 135].

Yerqo‘rg‘onda topilgan muhr qolipida ajdarho ustida o‘tirgan hukmronga

jom uzatayotgan iloha tasviri aynan shu ma’noda ilohiyotga mansub ekanini
bildirgan.

Diniy an’anaga binoan, ma’buda-ilohalarga hamrohlik qiluvchi hayvonlar

yordamida ularning avvalgi, ya’ni zoomorf (hayvonlarga taqlid etuvchi)
siymolari aniqlangan. O‘lkamizda suv ilohasi qadimda ikki ko‘rinishda
tasvirlangan: qo‘lida oyna, yonida ilonlar yoki ajdarholar (bunga misol
Yerqo‘rg‘on va Dalvarzintepa ibodatxonalari); ikkinchisi — to‘rtqo‘lli ma’buda -
senmurvlar, ikkiqo‘llisi esa - ajdarholar ustidagi taxtda o‘tirib, tojida nilufar guli
tasvirlangan. Bulardan birinchisi - o‘lkamizdagi qadimiy e’tiqodlar bilan bog‘liq
bo‘lsa, ikkinchisi qurama siymolar natijasidir. Baqtriyadan topilgan tilla
nishonada uch tomonidan suv ajdarholari joylashgan, yuqori qismida gullagan
o‘simlik va qushlar bor ma’buda tasvirini qam Anaxita deb hisoblashadi. Vaqt
o‘tishi bilan, zardushtiylik dini ta’sirida iloha tasvirlaridan ajdarho yo‘loladi,
chunki u ko‘rganimizdek, Avestoda yovuzlik ma’budi Axriman hamrohi sifatida
qoralanadi.

Anaxita timsoli bilan unga samrotslik va xodimalik qiluvchi jangovar qizlar

siymosi ham o‘zaro bog‘liq bo‘lib, Qirq-qiz - jasur erksevar qizlarning Vatanni
himoya qilishi haqidagi umumjahon mavzusi o‘lkamizda ham o‘z aksini topgan.
Xiva yonidagi “Olma otishgan" shahristoni xarobasi ajdarho olib qochgan yer
ostidagi go‘zal qiz afsonasi bilan bog‘lis bo‘lib, Xonqada esa Gullibibi (Gullar
bekasi) e’tiqodi mavjud bo‘lgan. Ajdarhoga qarshi kurashuvchi o‘lkamiz
qahramonlari qatorida Makedonskiy bosqini bilan Rimdan kirib kelgan Geraklni
ham nomlasak bo‘ladi. Erta Kushon tangalarida uning yo‘lbars terisidagi, qo‘lida
gurzi va olma ushlagan tasviri mavjud. Chirchiq namunasidan topilgan va VI-VIII
asrlarga mansub bo‘lgan bir ko‘za dastasi tepasiga bo‘rttirib o‘yilgan


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

94

“ajdarsimon mahluq ikki qo‘li bilan ko‘za labini changallab, ichiga vajohat bilan
qarab turibdi... bu kabi jonzotlar qo‘riqchilik vazifasini bajarishgan, ya’ni idish
ichidagi suyuqlikni yovuz ruhlardan himoya qilgan”.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Асқаров А. Узбекистон тарихи (Энг қадимги даврлардан эрамизнинг

V асригача) Т.: «Ўқитувчи», 1994. Б-125.
2.

Кароматов Ҳ. Ўзбекистонда мозий эътиқодлар тарихи. – Т.: Ғафур

Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2008. – Б. 523.
3.

Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1/ Mas'ul muharrir:

A.Sagdullayev; Taqrizchilar H.Sodiqov va boshq. T.: «Sharq», 2010. - 512 b.
4.

Sultonov F., Yodgorov Sh., Bozorboyev F., Shoimov U. Tarix. -T; O'zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2007, 17-bet.
5.

Норкулов Н., Низомиддинов И. Миниатюра тарихидан лавҳалар. T.:

1970. Б- 88.

Библиографические ссылки

Асқаров А. Узбекистон тарихи (Энг қадимги даврлардан эрамизнинг V асригача) Т.: «Ўқитувчи», 1994. Б-125.

Кароматов Ҳ. Ўзбекистонда мозий эътиқодлар тарихи. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2008. – Б. 523.

Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1/ Mas'ul muharrir: A.Sagdullayev; Taqrizchilar H.Sodiqov va boshq. T.: «Sharq», 2010. - 512 b.

Sultonov F., Yodgorov Sh., Bozorboyev F., Shoimov U. Tarix. -T; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2007, 17-bet.

Норкулов Н., Низомиддинов И. Миниатюра тарихидан лавҳалар. T.: 1970. Б- 88.