Авторы

  • Eshqobilov Bobomurod Eshmamatovich
    Muzrabot tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori, podpolkovnik

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119544

Ключевые слова:

jinoyatchilik huquqbuzarliklar profilaktikasi ichki ishlar tizimi zamonaviy texnologiyalar videokuzatuv sun’iy intellekt biometrik tizimlar raqamlashtirish jamoat xavfsizligi profilaktika inspektori axborot tizimlari “xavfsiz shahar”.

Аннотация

Maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi roli tahlil etilgan. O‘zbekiston ichki ishlar tizimida olib borilayotgan raqamli islohotlar, xususan videokuzatuv vositalari, biometrik texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari va avtomatlashtirilgan axborot bazalari orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Muzrabot tumani IIB tajribasi asosida texnologik yondashuvlarning amaliy samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida uchrayotgan texnik, tashkiliy va huquqiy muammolar tahlil qilingan, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Maqola jinoyatlarni fosh etishdan ko‘ra, ularning oldini olishni raqamli yechimlar orqali ta’minlashning istiqbollarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ushbu yondashuvning xalqaro tajribalar bilan bog‘liqligi va mahalliy sharoitga moslashuvi asosida tahliliy xulosalar keltirilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

108

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA JINOYATLARNI OLDINI OLISH:

O‘ZBEKISTONDA AMALIY YONDASHUV

Eshqobilov Bobomurod Eshmamatovich

Muzrabot tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi

profilaktika katta inspektori, podpolkovnik

Annotatsiya:

Maqolada

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarining

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi roli tahlil etilgan.

O‘zbekiston ichki ishlar tizimida olib borilayotgan raqamli islohotlar, xususan videokuzatuv

vositalari, biometrik texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari va

avtomatlashtirilgan axborot bazalari orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritilgan.

Tadqiqotda Muzrabot tumani IIB tajribasi asosida texnologik yondashuvlarning amaliy

samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida uchrayotgan

texnik, tashkiliy va huquqiy muammolar tahlil qilingan, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar

ilgari surilgan. Maqola jinoyatlarni fosh etishdan ko‘ra, ularning oldini olishni raqamli yechimlar

orqali ta’minlashning istiqbollarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ushbu yondashuvning xalqaro

tajribalar bilan bog‘liqligi va mahalliy sharoitga moslashuvi asosida tahliliy xulosalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

jinoyatchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ichki ishlar tizimi, zamonaviy

texnologiyalar, videokuzatuv, sun’iy intellekt, biometrik tizimlar, raqamlashtirish, jamoat

xavfsizligi, profilaktika inspektori, axborot tizimlari, “xavfsiz shahar”.

KIRISH

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish har qanday demokratik

jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Zamonaviy sharoitda jinoyat sodir etilishiga ta’sir etuvchi omillar tobora murakkablashib

borayotgan bir paytda, ularning oldini olish, tezkor aniqlash va zararsizlantirishda texnologik

yechimlardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlar

tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, sun’iy intellekt, videokuzatuv tizimlari, biometrik identifikatsiya,

katta hajmdagi axborotni tahlil qilishga mo‘ljallangan dasturlar jinoyatchilikka qarshi kurashda

samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillardagi qaror va farmonlarida ichki ishlar

organlarining faoliyatini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fuqarolar

xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan islohotlarga ustuvor o‘rin ajratilmoqda. Xususan, "Xavfsiz

shahar" loyihasi, Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari bazasini yangilash, jamoat joylarida

kuzatuv kameralarini keng joriy etish, harakatdagi obyektlarni avtomatik aniqlash tizimlari

(ANPR) orqali nazoratni kuchaytirish — bu sohadagi tub o‘zgarishlarning yaqqol ifodasidir.

Shunga qaramay, mamlakatimizda ayrim hududlarda, xususan chekka tuman va qishloqlarda

ichki ishlar organlarining texnik bazasi yetarli emasligi, axborot texnologiyalaridan foydalanish

darajasi pastligi, qog‘ozbozlik saqlanib qolayotgan hollari ushbu islohotlarning to‘liq samara

berishiga to‘sqinlik qilmoqda. Jinoyatlarni fosh etishda tezkorlik va aniqlik talab etilayotgan bir


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

109

paytda, eskicha hisobot yuritish usullari, ma’lumot almashishning qo‘lda bajarilishi tizim

samaradorligini sezilarli darajada pasaytirmoqda.

Ushbu maqolada jinoyatchilikning oldini olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning

nazariy asoslari, amaliy yondashuvlar, ichki ishlar tizimida raqamli yechimlar joriy etilishi,

shuningdek, Muzrabot tumani IIB misolida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Shuningdek,

mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Maqola

jinoyatga qarshi kurashish jarayonida texnologik taraqqiyotning o‘rni, huquqni muhofaza

qiluvchi organlarning raqamli transformatsiyaga moslashuvi va bu yo‘ldagi istiqbollarni

yoritishga qaratilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur tadqiqotda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning holati, muammolari va istiqbollari tizimli

tarzda o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy metodik asoslari sifatida kompleks yondashuv, sohalararo

tahlil, solishtirma huquqshunoslik va statistik metodlar qo‘llanildi.

1. Empirik ma’lumotlar tahlili

. Tadqiqotda 2022–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Jamoat xavfsizligi departamenti, Maktabgacha va maktab

ta’limi hamda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy statistik ma’lumotlar

asos qilib olindi. Shu bilan birga, Muzrabot tumani IIB faoliyati doirasida o‘rnatilgan

videokuzatuv tizimlari, texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari

ichki hujjatlar orqali o‘rganildi.

2. So‘rovnoma va suhbatlar

. Tadqiqot jarayonida ichki ishlar tizimida faoliyat yuritayotgan 40

nafar profilaktika inspektori va operativ xodimlar o‘rtasida yozma va og‘zaki shaklda

so‘rovnomalar tashkil qilindi. Ular orqali texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, mavjud

texnik imkoniyatlar va tizimdagi to‘siqlar bo‘yicha amaliy fikrlar olindi. Bundan tashqari,

mahalla faollari va jamoatchilik vakillari bilan ham suhbatlar olib borildi.

3. Solishtirma-huquqiy tahlil

. Jinoyatchilikka qarshi kurashda texnologiyalardan foydalanish

bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar, jumladan, Singapur, Janubiy Koreya, Buyuk

Britaniya va Rossiya kabi davlatlar tajribasi bilan taqqoslab tahlil qilindi. Xususan, “Smart city”

va “Safe city” loyihalarining tarkibiy qismlari, sun’iy intellekt asosida ishlovchi videokuzatuv

tizimlari, shaxsiy biometrik ma’lumotlar bilan ishlash tartiblari, huquqiy asoslar va fuqarolik

erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq mexanizmlar solishtirildi.

4. Kontent-tahlil

. Ichki ishlar tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident farmon va

qarorlari, Hukumat qarorlari, Ichki ishlar vazirligining yo‘riqnomalari va amaldagi

qonunchilikdagi axborot texnologiyalariga doir normalar kontent-tahlil usulida o‘rganildi.

Shuningdek, ochiq manbalarda chop etilgan ilmiy maqolalar, ekspert tahlillari, soha bo‘yicha

e’lon qilingan xorijiy adabiyotlar ham nazariy asos sifatida tahlil qilindi.

5. Holat tahlili (case-study)

. Muzrabot tumani misolida videokuzatuv vositalarining jinoyatlarni

aniqlashdagi amaliy samarasi, texnologiyalar yordamida xavfli shaxslar ustidan olib borilgan

nazorat va oldini olish choralari bo‘yicha aniq holatlar asosida tahlil o‘tkazildi. Bu metod

texnologik yondashuvlarning real sharoitdagi foydasini aniqlashga xizmat qildi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

110

6. Analitik yondashuv

. Tadqiqot davomida olingan statistik ko‘rsatkichlar, huquqshunoslik

asoslari va amaliy kuzatuvlar tahlili umumlashtirilib, tizimdagi dolzarb muammolar va ularning

yechimiga doir ilmiy xulosalar ishlab chiqildi. Bunda mavjud texnologik kamchiliklarning

sabablari, infratuzilmaviy yetishmovchiliklar va huquqiy ziddiyatli holatlar aniqlanib, ularni

bartaraf etish yo‘llari asoslab berildi.

NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashish va

huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi

organlar faoliyatida raqamlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvi, videokuzatuv vositalaridan

foydalanish va boshqaruv tizimining avtomatlashtirilishi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning

oldini olish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, “Xavfsiz

shahar” loyihasi doirasida respublikaning bir qator hududlarida videokuzatuv tizimlarining joriy

qilinayotgani jinoyatlarni sodir etish xavfini kamaytirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ayni vaqtda

ushbu tizimlar orqali muhim obyektlar, avtomobil harakati zich joylar va jamoat transporti

atrofidagi xavfsizlik nazorati kuchaytirilmoqda.

Hududiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, texnologik imkoniyatlarning joriy etilishi ko‘proq shahar

markazlarida amalga oshirilgan bo‘lib, tumanlar va chekka hududlarda infratuzilmaviy

kamchiliklar mavjud. Jumladan, ayrim mahallalarda videokameralar o‘rnatilmagan, internet

tarmog‘i to‘liq qamrab olmagan, bu esa texnologiyalarni barqaror ishlatish imkoniyatlarini

cheklamoqda. Biroq mavjud texnik vositalar asosida olib borilayotgan ishlar samarasi, xususan

tezkor aniqlash, holatni video asosida hujjatlashtirish va tergovga yordam beruvchi

ma’lumotlarni to‘plash borasida ijobiy natijalar bermoqda.

Muzrabot tumani misolida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, tuman IIB tomonidan mavjud

texnik baza imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, jinoyatga moyil shaxslar bilan individual

profilaktik suhbatlar o‘tkazish, ma’lumotlarni ichki elektron tizimda yuritish, mavjud

videokameralardan zarur holatlarda foydalanish kabi ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa,

jinoyatlarning oldini olishda an’anaviy choralarga zamonaviy vositalar qo‘shilib, tizimli

yondashuv shakllanayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish

borasida jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy muhitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiluvchi raqamli

vositalar — ichki ishlar tizimidagi xizmat yozuvlarini elektron yuritish, xizmat jadvalini

avtomatlashtirish va tezkor buyruq almashinuv tizimlari orqali boshqaruv sifati oshmoqda. Bu,

xususan, xizmat samaradorligi va vaqtni tejash, hujjat aylanishini soddalashtirishda muhim

ahamiyat kasb etmoqda.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston ichki ishlar tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy

etish yo‘nalishida asosli bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, mavjud

infratuzilmaviy farqlar, kadrlar malakasini oshirish, texnik vositalar bilan ta’minot masalalari

kelgusida yana ham chuqurlashtirilgan islohotlarni talab etadi. Texnologik yondashuvlar nafaqat

jinoyatga qarshi kurashda, balki fuqarolarning ichki ishlar tizimiga bo‘lgan ishonchini

mustahkamlashda ham muhim vosita sifatida shakllanmoqda.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

111

MUHOKAMA

Bugungi globallashuv davrida jinoyatchilikning oldini olish masalasi nafaqat huquqni muhofaza

qiluvchi organlar, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun dolzarb bo‘lib bormoqda. Xususan,

texnologik taraqqiyot sharoitida jinoyat turlarining shakli va usullari o‘zgarib borayotgan bir

paytda, unga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurati tobora

ortmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan

raqamlashtirish siyosati va texnik infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich

chora-tadbirlar bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning eng muhim

jihatlaridan biri — bu huquqbuzarliklarni aniqlash va fosh etish samaradorligining oshishidir.

Videokuzatuv kameralarining jamoat joylariga o‘rnatilishi, xizmat mashinalariga GPS kuzatuv

tizimlarining joriy qilinishi, xodimlarning elektron xizmat jadvali orqali nazorat qilinishi, xizmat

yozuvlarining markazlashgan raqamli tizimda yuritilishi amaliyotda muhim natijalar bermoqda.

Bu esa o‘z navbatida, jinoyat sodir etilganidan so‘ng emas, balki sodir etilishidan oldin uni oldini

olishga yo‘naltirilgan tizimni shakllantirish imkonini bermoqda.

Amaliy holatlarda kuzatilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, texnologik vositalar jinoyatga qarshi

kurashda inson omilining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Masalan, jinoyatga moyil

deb baholangan shaxslar bilan ishlashda, ularning avvalgi ma’lumotlari, yuritilgan profilaktik

suhbatlar, oila yoki turmush tarziga oid raqamli tahlillar orqali salbiy holatlarning oldini olish

imkoniyati oshadi. Shu bilan birga, tezkor ma’lumotlar almashinuvi va markazlashgan bazalarga

kirish imkoniyati huquqni muhofaza qilish jarayonida vaqtni tejaydi, inson xatosi ehtimolini

kamaytiradi va xizmat intizomini mustahkamlaydi.

Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekiston hududlarida bu texnologik yondashuvlar turlicha darajada

joriy etilgan. Yirik shahar va markazlarda infratuzilma yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, tuman

va chekka hududlarda hali ham texnik bazaning yetarli emasligi, internet qamrovining pastligi,

ba’zan elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli mavjud vositalardan to‘liq foydalanish imkoni yo‘q.

Bu esa hududlar o‘rtasidagi raqamli tengsizlik muammosini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai

nazardan, texnologiyalarni joriy etishda bir xillik va tizimlilikni ta’minlash muhim hisoblanadi.

Muhim jihatlardan yana biri — texnologiyalar bilan ishlaydigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdir.

Ichki ishlar xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish, texnik vositalarni to‘g‘ri va xavfsiz

ishlatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Shu bois,

so‘nggi yillarda Ichki ishlar vazirligi tizimida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari, elektron

o‘quv platformalari va interaktiv treninglar kadrlar salohiyatini mustahkamlashga xizmat

qilmoqda. Biroq bu jarayonlar ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda va ayniqsa hududiy

bo‘linmalar kesimida ayrim farqlar saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, texnologiyalarni keng

joriy etishda fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligi, axborot xavfsizligi va maxfiylikni

ta’minlash masalalari ham dolzarbdir. Bu borada milliy qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda.

Xususan, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar

texnologiyalarning mas’uliyatli qo‘llanilishini huquqiy jihatdan kafolatlamoqda.

Xulosa tariqasida aytish mumkinki, O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy

texnologiyalarning joriy etilishi ijobiy natijalar bermoqda. Biroq bu borada infratuzilmaviy

tengsizliklar, malakali kadrlar yetishmovchiligi, huquqiy me’yorlarning doimiy yangilanish


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

112

ehtiyoji, shuningdek, fuqarolarning axborot madaniyatini oshirish masalalari hali ham

dolzarbligicha qolmoqda. Amaliyot ko‘rsatmoqda: zamonaviy texnologiyalar jinoyatga qarshi

kurashish vositasi sifatida emas, balki tizimni takomillashtirish, xizmat intizomini

mustahkamlash va jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish uchun strategik

instrumentga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–92-sonli qarori. “Ichki ishlar organlari

faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” – 2022-yil 28-

yanvar.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti. www.iiv.uz

3.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi, 07.01.2021 yildagi holat.

4.

Xolmatov B., Mahkamova G. “Ichki ishlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalar” //

“Huquqiy islohotlar” ilmiy jurnal, 2023, №2, B. 54–60.

5.

Karimov T. “Raqamli xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish tizimi” // “Jamoat

xavfsizligi va boshqaruv”, Toshkent, 2022.

6.

“Xavfsiz shahar” loyihasi doirasidagi chora-tadbirlar. O‘zbekiston Respublikasi Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axboroti. www.mitc.uz

7.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi statistik hisobotlari, 2023-yil.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-noyabrdagi 719-sonli

qarori. “Videokuzatuv tizimlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”.

9.

Alimov S. “Huquqni muhofaza qilishda raqamli islohotlar” // “Taraqqiyot strategiyasi”

ilmiy-amaliy jurnali, 2023, №1.

10.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati hisobot ma’lumotlari, 2023-yil yakunlari.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–92-sonli qarori. “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” – 2022-yil 28-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti. www.iiv.uz

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2021 yildagi holat.

Xolmatov B., Mahkamova G. “Ichki ishlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalar” // “Huquqiy islohotlar” ilmiy jurnal, 2023, №2, B. 54–60.

Karimov T. “Raqamli xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish tizimi” // “Jamoat xavfsizligi va boshqaruv”, Toshkent, 2022.

“Xavfsiz shahar” loyihasi doirasidagi chora-tadbirlar. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axboroti. www.mitc.uz

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi statistik hisobotlari, 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-noyabrdagi 719-sonli qarori. “Videokuzatuv tizimlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”.

Alimov S. “Huquqni muhofaza qilishda raqamli islohotlar” // “Taraqqiyot strategiyasi” ilmiy-amaliy jurnali, 2023, №1.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati hisobot ma’lumotlari, 2023-yil yakunlari.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)